PQ-5017-son Qaror · 03.03.2021

Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5017
  • Qabul qilingan sana:03.03.2021
  • Kuchga kirgan sana:04.03.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5017/0177

Ichki isteʼmol bozorida goʻsht, sut, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida:

1. Belgilansinki:

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4243-son qarori 2-bandiga muvofiq berilgan imtiyozlar chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi;

2021-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi.

2. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1-ilovada keltirilgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda:

ularni olib kirishda hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddati 120 kunga uzaytiriladi;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-156-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-yanvar)

toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining hisobot davri yakunidagi salbiy farq summasi soliq toʻlovchining arizasiga asosan tezlashtirilgan tartibda 20 kundan kechiktirmasdan qoplab beriladi hamda soliq summasi qoplab berilgandan soʻng, kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan:

(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

chorvachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, goʻsht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 soʻm hamda sotilgan sutning har bir litri uchun 200 soʻm;

(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

parrandachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 1 250 soʻm miqdorida respublika budjetidan subsidiyalar ajratiladi.

(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Bunda, ushbu subsidiyalar qoʻshilgan qiymat soligʻidan vaqtinchalik ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi;

b) 2024-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan baliqchilik xoʻjaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 1 500 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 500 soʻm miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi.

(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Ushbu bandda nazarda tutilgan subsidiyalar qoʻshilgan qiymat soligʻidan qarzdorligi mavjud boʻlmagan, shuningdek, kontragentlarni tanlashda lozim darajada ehtiyotkor boʻlgan korxonalarga ularning subsidiyalar olish toʻgʻrisidagi arizalariga asosan keyingi oyning 25 sanasigacha ajratiladi.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son)

4. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga oʻzlari tomonidan yetishtirilgan va realizatsiya qilingan mahsulotlar uchun subsidiyalar ajratish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

“Oʻzbekchorvanasl” agentligi markaziy apparati tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat Parrandachilik va quyonchilik sohalarini rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish;

“Oʻzbekchorvanasl” agentligi direktorining parrandachilik va quyonchilik sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini kiritish;

“Oʻzbekchorvanasl” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Chorvanasl” markazlarida 2 ta shtat birligidan iborat parrandachilik va quyonchilik ishlarini rivojlantirish sektorini tashkil etish;

Davlat veterinariya xizmati tizimida chorva mollari, parrandalar va baliqlar ozuqasi tarkibini tahlil qilish hamda parrandalar kasalliklari tashxisini qoʻyish boʻyicha laboratoriyalarni tashkil etish;

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga qoʻshimcha ravishda respublikada goʻsht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi, tayyorlovchi hamda realizatsiya qiluvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek, oʻzaro hamkorligini taʼminlashga koʻmaklashish vazifasini yuklash.

6. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi markaziy apparati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Chorvanasl” markazlari tuzilmasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni hamda chorva mollari va parrandalar va baliqlar ozuqasi tarkibini tahlil qilish va parrandalar kasalliklari tashxisini qoʻyish boʻyicha laboratoriyalar xodimlarini mazkur qoʻmita tizimining umumiy shtat birliklari hisobiga shakllantirsin.

2021-yil 1-aprelga qadar chorva mollari va parrandalar ozuqasi tarkibini tahlil qilish hamda parrandalar kasalliklari tashxisini qoʻyish boʻyicha laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 3 milliard soʻm mablagʻ ajratilsin.

7. Quyidagilar “Oʻzbekchorvanasl” agentligining parrandachilik va quyonchilik sohasidagi qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:

parrandachilik va quyonchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini olib borish;

parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini olib borish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;

parranda va quyonlar uchun toʻla qiymatli, yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yoʻli bilan parrandachilik va quyonchilik tarmogʻining ozuqa bazasini mustahkamlash;

parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va uni qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil qilish.

8. Moliya vazirligi:

a) “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan sunʼiy suv havzalari, ularda yetishtiriladigan baliqlar va baliqchilik texnologik uskunalarini sugʻurtalash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Bunda, boʻron, dovul, sel, suv toshqini, zilzila, kasalliklar oqibatida nobud boʻlish, mazkur joyga xos boʻlmagan darajada havoning sovuq yoki issiq kelishi, portlash, baliqxoʻr qushlar tomonidan zarar yetkazilishi va uchinchi shaxs tomonidan qasddan qilingan harakat, oʻgʻriliklar (jinoyat ishi ochilgan boʻlsa) sugʻurta hodisalari sifatida sugʻurtalash tartibida nazarda tutilsin;

b) “Oʻzbekchorvanasl” agentligi bilan birgalikda respublikada faoliyat yuritayotgan parrandachilik korxonalaridagi mavjud parrandalarni turli kasalliklar va favqulodda vaziyatlar (elektr energiyasi va tabiiy gazdagi uzilishlar) oqibatida nobud boʻlishini sugʻurtalash tartibini ishlab chiqsin.

(8-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)

9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aholiga sifatli va arzon parranda hamda baliq mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish maqsadida “Parrandasanoat” va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmalari taklifiga asosan:

parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga oʻzi ishlab chiqargan tuxum, parranda goʻshti va baliq mahsulotlarini sotish uchun dehqon bozorlari va aholi gavjum hududlardan (arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari oʻtkazilishi belgilangan joylar negizida) oʻrnatilgan tartibda doimiy savdo joylari (nuqtalari);

har bir dehqon bozorida hamda shahar (tuman)dagi aholi gavjum joylarda kamida 2 tadan yengil konstruksiya asosida parranda va baliq mahsulotlari sotishga moʻljallangan savdo doʻkonlarini qurish uchun joy ajratilishini taʼminlasin.

10. “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ raps (urugʻi, shroti, kunjarasi, yogʻi), pista (urugʻi, shroti, kunjarasi, yogʻi), soya (urugʻi, shroti, kunjarasi, yogʻi), baliq uni va yogʻi, arpa, makka, fosfat (trikalsiy, monokalsiy, dikalsiy) va xolin xlorid mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalarni birja savdolariga jalb qilish choralarini koʻrsin.

Mahsulotlarni birja orqali milliy yoki xorijiy valyutada import qilishga ruxsat beriladi.

11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro tajribani oʻrgangan holda birja savdolari orqali mahsulotlar importini amalga oshirishda “birja ombori” xizmatlaridan foydalanish mexanizmini joriy etish boʻyicha taklif kiritsin.

12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining chorvachilik yoʻnalishidagi loyihalari, loyihalarni amalga oshirish guruhlari loyiha doirasidagi huquq va majburiyatlari, shartnomalar va mol-mulklari bilan birgalikda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga oʻtkazilsin.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish boʻyicha Fransiya taraqqiyot agentligining kredit liniyasini 2021-yil 1-iyuliga qadar hamda Jahon banki kredit liniyasini 2021-2022-yillarda jalb qilish choralarini koʻrsin.

13. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Marhamat yengil sanoat texnikumi negizida Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Andijon veterinariya meditsinasi texnikumini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab respublikadagi barcha veterinariya meditsinasi va agrotexnologiyalar texnikumlarida parrandachilik, veterinariya, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilik yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasi asosida qabul kvota parametrlarini shakllantirsin.

15. Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirish, ushbu tumanlarda zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish maqsadida quyidagilar:

Qashqadaryo viloyatida chorvachilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;

Qashqadaryo viloyatida 2021-2022-yillarda Dastur doirasida yerlarni meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;

Qashqadaryo viloyatida 2021-2022-yillarda sugʻorish kanallarini tozalash hisobiga qoʻshimcha yer maydonlarini oʻzlashtirish parametrlari 4-ilovaga muvofiq;

Qashqadaryo viloyatida 2021-2022-yillarda pichanzor va yaylov yerlarida yangidan qaziladigan quduqlar dislokatsiyasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

16. Belgilansinki:

a) ushbu qarorning 4 va 5-ilovasiga muvofiq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;

b) qoʻshimcha yer maydonlarini oʻzlashtirish hisobiga qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida quriladigan quduqlarga oʻrnatiladigan nasoslar tegishli agroklaster, fermer va dehqon xoʻjaliklarining balansiga hamda ularga oʻrnatiladigan transformator va elektr uzatish tarmoqlari “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ balansiga oʻtkaziladi.

v) Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida chorvachilikni rivojlantirishga oid loyihalarni amalga oshirishga:

AT “Xalq banki” va boshqa tijorat banklari tomonidan 2021-2022-yillarda xorijiy moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi;

Qashqadaryo viloyatiga 2021-2022-yillarda chet davlatlardan olib kelinadigan chorva mollarini sotib olish uchun aholi va tadbirkorlik subyektlariga zarur kreditlar vakolatli banklar tomonidan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mavjud resurslar hisobidan ajratib boriladi.

17. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi:

tadbirkorlik subyektlarini chorvachilik bilan shugʻullanishga qiziqtirish, ularni chorvachilik sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi uchun oʻqitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish;

chorvachilik sohasiga oid seminar, anjuman, yarmarka va koʻrgazmalar tashkil qilish, shuningdek, mahalliy chorvadorlarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan yarmarka va koʻrgazmalarda ishtirokini taʼminlash;

qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha yaqindan amaliy yordam koʻrsatsin.

18. Qashqadaryo viloyati hokimligi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda loyiha tashabbuskorlariga ajratilayotgan yer uchastkalarida ularning murojaatiga asosan yer ostidan suv chiqarish uchun sugʻorish tik quduqlari burgʻulash joylarini aniqlasin hamda ularni xabardor qilsin.

19. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash loyihalariga gidrogeologik xulosa berilishini taʼminlasin.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

21. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

22. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov belgilansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot kiritib borilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 3-mart,

PQ-5017-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qaroriga 1-ILOVA

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddati uzaytiriladigan tovarlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qaroriga2-ILOVA

Qashqadaryo viloyatida chorvachilikni rivojlantirishga doir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qaroriga3-ILOVA

Qashqadaryo viloyatida 2021-2022-yillarda Davlat dasturi doirasida yerlarni meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha

* Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Izoh: Loyihalar qiymati loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosalariga asosan oʻzgarishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qaroriga4-ILOVA

Qashqadaryo viloyatida 2021-2022-yillarda irrigatsiya tadbirlarini bajarish hisobiga qoʻshimcha yer maydonlarini oʻzlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qaroriga5-ILOVA

Qashqadaryo viloyatida 2021-2022-yillarda pichanzor va yaylov yerlarda yangidan qaziladigan quduqlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qaroriga6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4015-son qarori 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“13. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik va yem ishlab chiqaruvchi korxonalariga 2024-yil 1-yanvarga qadar oʻz ehtiyoji uchun maqsadli ravishda ozuqa komponentlari va qoʻshimchalarini (TIF TN kodi 1001, 1003, 1005, 1201, 1206, 1507, 1512, 2302, 2304, 2306, 2309, 2835, 2922, 2930) temir yoʻl orqali tashishda, istisno tariqasida, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi temir yoʻllari tarif siyosatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda chegirma berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xoʻjaliklarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million soʻmgacha boʻlgan xarajatlari 50 foizi miqdorida davlat tomonidan subsidiya ajratiladi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.