PQ-5037-son Qaror · 24.03.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4731-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5037
  • Qabul qilingan sana:24.03.2021
  • Kuchga kirgan sana:24.03.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5037/0232

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasining samaradorligini oshirish hamda pudratchi tanlovida shaffof mexanizmdan foydalanish orqali uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini maqbullashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4731-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 24-mart,

PQ-5037-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-martdagi PQ-5037-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4731-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

2. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. 6-bandning birinchi xatboshisidan “SFI Management Group” MCHJ XK,” soʻzlari chiqarib tashlansin.

4. 8-banddagi “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasi (Rossiya)” soʻzlari “pudratchilar” soʻzi bilan almashtirilsin.

5. 11-banddan “SFI Management Group” MCHJ XK va” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.