PF-6252-son Farmon · 28.06.2021

Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-6252
  • Qabul qilingan sana:28.06.2021
  • Kuchga kirgan sana:29.06.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/21/6252/0617

Mamlakatimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bu borada xalqaro huquq normalari va tamoyillari asosida 100 ga yaqin qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, sohada mustahkam huquqiy va institutsional baza shakllantirildi. Shuningdek, 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy choralar koʻrilmoqda.

Bugungi kundagi tahdidlar, avvalo, qurol-yaroq, giyohvandlik va odam savdosi hamda transchegaraviy noqonuniy moliyaviy operatsiyalarning tobora kuchayib borayotgani jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarining barvaqt oldini olish va ularga barham berish boʻyicha yangi vazifalarni qoʻymoqda.

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari talablari, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (keyingi oʻrinlarda — FATF) standartlarini inobatga olgan holda, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijasi boʻyicha ishlab chiqilgan:

Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy darajada aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda davlat siyosatini yanada mustahkamlash;

ushbu sohadagi milliy tizimning xalqaro hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, FATF standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilinishini taʼminlash;

mazkur sohadagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish;

xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda tizimli muloqotni yoʻlga qoʻyish;

sohadagi barcha statistik maʼlumotlarning yaxlit tizimini shakllantirish, maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish hamda axborot almashinuvi samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;

sohaga jalb qilingan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarini oʻqitish hamda qayta tayyorlash.

3. Strategiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son qarori bilan tashkil etilgan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) zimmasiga quyidagilar yuklansin:

belgilangan vazifalar bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish hamda chora-tadbirlar toʻliq bajarilishini tashkil etish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda yetakchi xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish;

har oyda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarni eshitib borish va har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga umumlashtirilgan maʼlumotni kiritish.

Belgilab qoʻyilsinki:

masʼul vazirlik va idoralar “Yoʻl xaritasi” ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Komissiyaga taqdim etadi;

masʼul vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

4. Komissiyaga (S. Artikova) Strategiya va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida quyidagi huquqlar berilsin:

manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlarini tashkil etish;

“Yoʻl xaritasi”ga oʻzgartirishlar kiritish.

5. Belgilansinki har uch yilda bir marta milliy darajada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklar baholanadi.

6. Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Markaziy bankning 2022-yilda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari hamda sohadagi yetakchi olimlar ishtirokida “Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish: zamonaviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

7. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining (keyingi oʻrinlarda — Departament) axborotni toʻplash va unga ishlov berish boʻlimi negizida umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida 7 ta shtat birligidan iborat va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Xavflarni baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.

8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq shubhali operatsiyalarni tahlil qilish orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash;

yashirin iqtisodiyot shakllanishining, shu jumladan yoqilgʻi-energetika kompleksida, ijtimoiy, bank-moliya, soliq, transport va qurilish sohalarida iqtisodiy jinoyatlar sodir etilishining turli sxemalari va kanallarini aniqlash;

sodir etilayotgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarining oʻziga xos sxemalarini oʻrganish;

milliy darajadagi xavflarni muntazam ravishda oʻrganish asosida xavf darajasi yuqori boʻlgan sohalarning xaritasini tuzish, bunga imkon berayotgan sabablarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat organlari, pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar oʻrtasida tezkor axborot almashinuvini taʼminlash.

9. Belgilansinki:

Markaz xodimlarining tarkibi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sohalar boʻyicha malakali mutaxassislar orasidan toʻldiriladi;

Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5349-son Farmonining 7-bandi “g” kichik bandi talablari tatbiq etiladi.

10. Bosh prokuratura uch oy muddatda Markazni zaruriy jihozlar, vositalar va uskunalar hamda boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

Markaz faoliyatini tashkil etish maqsadida belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, texnika va vositalar, dasturiy taʼminot mahsulotlari hamda boshqa moddiy-texnik vosita va resurslar 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.

(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)

11. Belgilab qoʻyilsinki:

Markazni moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash, shu jumladan zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy taʼminot bilan taʼminlash xarajatlari 2021-yilda respublika budjetining ortiqcha bajarilgan daromadlari hisobidan, 2022-2023-yillarda esa — Davlat budjeti parametrlari doirasida;

(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)

Markaz binosini taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.

12. Bosh prokuratura:

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb etilgan vazirlik va idoralar, shu jumladan ichki nazorat qoidalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish maqsadida rejali asosda oʻqitish kurslarini tashkil etsin;

(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)

Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Departamentning xarajatlar smetalari va shtat jadvaliga mazkur Farmonga muvofiq oʻzgartishlar kiritsin;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda masʼul idoralar bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari ularning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 4-ilovaga muvofiq Departamentning axborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni saralash, qayta ishlash va tahlil qilishni avtomatlashtirish uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqib, joriy etsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar yangi tahrirdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:

ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet axborot tarmogʻida tushuntirilishi va keng yoritilishini;

Strategiyaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlar keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini taʼminlasin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

15. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev belgilansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 28-iyun,

PF-6252-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish

1-bob. Umumiy qoidalar

Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.

Ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish tahdidlari, ayniqsa, soʻnggi yillarda kuchayib, yangi shakl kasb etmoqda.

Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichida davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish, moliya tizimi barqarorligini taʼminlash jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ularga barham berish boʻyicha yangi vazifalarni qoʻymoqda.

Shu bilan birga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi oʻrinlarda — FATF) standartlariga, shuningdek, xalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirish zarur.

Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Strategiya jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklarni, shuningdek, milliy tizimni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.

2-bob. Strategiyaning maqsadi va vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini (keyingi oʻrinlarda — milliy tizim) yanada mustahkamlash Strategiyaning asosiy maqsadidir.

Quyidagilar Strategiyada belgilangan maqsadga erishishning vazifalari hisoblanadi:

milliy tizimni xalqaro hujjatlarga va andozalarga muvofiqligini taʼminlash;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarining barvaqt profilaktikasini taʼminlash;

respublikaning moliya tizimini har qanday jinoiy tajovuzlardan himoya qilish hamda yanada mustahkamlash;

respublika hududida terrorizm xavflarini kamaytirish, ekstremizm, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlariga barham berish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb etilgan davlat organlari, moliyaviy va nomoliyaviy tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash;

xorijiy davlatlar, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish;

axborot almashinuvi hamda maʼlumotlarga ishlov berishning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali mavjud xavf-xatarlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish.

3-bob. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining joriy holati

Milliy tizim jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan.

Milliy tizim terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga hamda milliy xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Bu borada mustahkam huquqiy baza hamda institutsional tuzilma yaratilgan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va chora-tadbirlarni tashkillashtirishga masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hamda Idoralararo komissiya tashkil etilgan.

Sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda 100 ga yaqin boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Bunday jinoyatlarning barvaqt profilaktikasini taʼminlash, oʻz vaqtida aniqlash va oldini olish tadbirlariga 20 dan ortiq davlat organlari hamda 7 mingdan ziyod pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar jalb etilgan.

Xorijiy davlatlarning maxsus vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorlikka oid 17 ta kelishuvlar imzolangan, “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhi doirasida 162 ta xorijiy davlatning vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilinmoqda.

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhining toʻlaqonli aʼzosi sifatida faol ishtirok etib kelinmoqda hamda mazkur tashkilotga aʼzo-davlatlar bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

4-bob. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklar

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar milliy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid solishi bilan birga davlat va uning iqtisodiy institutlarining normal faoliyat koʻrsatishiga, moliya tizimi barqarorligiga hamda davlatning xalqaro maydondagi obroʻsiga taʼsir koʻrsatadi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimida quyidagi tavakkalchiliklar mavjud:

a) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklar:

yalpi ichki mahsulotda yashirin iqtisodiyot ulushining yuqoriligi;

soxta tadbirkorlik faoliyatini yuritish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan soxta moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlarning mavjudligi;

korrupsiya, bojxona va soliq sohasidagi jinoyatlar, giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jinoyatlarning saqlanib qolinishi;

naqd pul bilan bogʻliq toʻlovlarning keng tarqalganligi hamda transchegaraviy pul oʻtkazmalarining yuqoriligi;

b) terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklar:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlardagi turli ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishi;

terrorchilarning katta moliyaviy xarajatlar talab qilmaydigan individual terrorchilik harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq yangi usullarga oʻtishi;

terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish uchun yangi moliyaviy vositalar va texnologiyalardan, shu jumladan moliyaviy operatsiyalar ishtirokchilarining maxfiyligini taʼminlash imkonini beradigan “kraudfanding” usullaridan keng foydalanilishi.

5-bob. Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari

Strategiyada belgilangan maqsadlarga erishish uchun quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy darajada aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda davlat siyosatini yanada mustahkamlash;

ushbu sohadagi milliy tizimning xalqaro hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, FATF standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilinishini taʼminlash;

mazkur sohadagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish;

xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda tizimli muloqotni yoʻlga qoʻyish;

sohadagi barcha statistik maʼlumotlarning yaxlit tizimini shakllantirish, maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish hamda axborot almashinuvi samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;

sohaga jalb qilingan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarini oʻqitish hamda qayta tayyorlash.

6-bob. Strategiyada belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish mexanizmi

Strategiyada belgilangan ustuvor yoʻnalishlar quyidagi mexanizmlar asosida amalga oshiriladi:

a) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy darajada aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda davlat siyosatini yanada mustahkamlash yoʻnalishida:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini oshirish;

xalqaro shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni, shu jumladan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi, shuningdek, “Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhi faoliyatida ishtirok etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish;

iqtisodiyotda yashirin aylanmani qisqartirishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish;

milliy tizim, uning alohida elementlari va mexanizmlari samaradorligini baholashning ilmiy asoslangan son va sifat koʻrsatkichlarini belgilash;

b) milliy tizimning xalqaro hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, FATF standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilinishini taʼminlash yoʻnalishida:

qonunchilik hujjatlarini jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish samaradorligini taʼminlash maqsadida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish;

BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga aloqador shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish va (yoki) pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish bilan bogʻliq rezolyutsiyalari ijrosini kechiktirmasdan taʼminlash maqsadida pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga ushbu rezolyutsiyalarni yuborish mexanizmini takomillashtirish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalarini davlat organlari va xususiy sektorga yetkazish tartibini takomillashtirish;

“ommaviy mansabdor shaxs” tushunchasini qonun hujjatlari bilan belgilash hamda ommaviy mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va ommaviy mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlash va kengaytirilgan monitoring oʻtkazish chora-tadbirlarini belgilash;

tavakkalchiliklar guruhiga mansubligiga qarab mijozlarni oʻrganish va ularning shaxsiga aniqlik kiritishning differensiyalashgan yondashuvini qoʻllash choralarini koʻrish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha yuridik shaxslarning javobgarligini qonun hujjatlari bilan belgilash hamda ular faoliyatining shaffofligini taʼminlashga doir xalqaro standartlar implementatsiya qilinishini taʼminlash;

benefitsiar mulkdorlarni aniqlash va indentifikatsiya qilish maqsadida pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan benefitsiar mulkdorlar haqidagi maʼlumotlarni olish mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish;

mijozlar va benefitsiar mulkdorlarning shaxsiga aniqlik kiritish tartibini, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha kengaytirilgan chora-tadbirlar qoʻllash tizimini takomillashtirish;

kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga va kripto-aktivlar sohasidagi xavf-xatarlarga nisbatan tavakkalchiliklarga asoslangan yondashuvni qoʻllash metodikasini ishlab chiqish;

moliyaviy xizmatlarning yangi turlari va moliyaviy tashkilotlar, shuningdek, ommaviy mansabdor shaxslar boʻyicha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini doimiy va tizimli ravishda baholash choralarini ishlab chiqish;

ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, tiklash hamda ulardan foydalanishga ruxsat berish tartibini joriy qilish;

v) sohadagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish yoʻnalishida:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash maqsadida moliyaviy tergov oʻtkazish tartibini hamda predikat jinoyatlar toifasini belgilash;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi jinoyatlarni aniqlash, fosh etish va tergov qilish metodikasini takomillashtirish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, shu jumladan, bunday toifadagi jinoyatlarni malakalashning yagona yondashuvini joriy etish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida yaxlit axborot tizimini yaratish orqali milliy tizimga kiruvchi davlat organlari, tashkilotlar va mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni yanada kengaytirish;

pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ustidan nazoratning samarali mexanizmini joriy etish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarliklarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish;

nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlariga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan rioya etilishini monitoring va nazorat qilishi mexanizmini takomillashtirish;

g) xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda tizimli muloqotni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishida:

jinoiy faoliyatdan olingan mol-mulkni qidirish, xatlash, musodara qilish hamda xorijdan aktivlarni qaytarish borasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ixtisoslashgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;

xorijiy davlatlarning moliyaviy razvedka boʻlinmalari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va maxsus vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish;

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi doirasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda milliy tizim samaradorligini oshirishga koʻmaklashish hamda oʻzaro tajriba almashishni kengaytirish;

d) sohadagi barcha statistik maʼlumotlarning yaxlit tizimini shakllantirish, maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish hamda axborot almashinuvi samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish yoʻnalishida:

milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda axborot almashish, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish borasida maxsus vakolatli davlat organining axborot-texnologiyalari boʻyicha imkoniyatlarini kengaytirish;

davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali oʻzaro axborot almashish samaradorligini yanada oshirish;

davlat organlari, shu jumladan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar oʻrtasida axborot almashish sohasida maʼlumotlarni himoya qilish talablariga rioya etish tartibini takomillashtirish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni saralash va qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;

e) sohaga jalb qilingan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarini oʻqitish hamda qayta tayyorlash yoʻnalishida:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ishtirok etib keluvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini muntazam ravishda oshirish choralarini koʻrish;

maxsus oliy taʼlim muassasalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini joriy etish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish hamda kasbiy standartlarni joriy etish;

xalqaro miqyosda tan olingan ACAMS, ACCA, CFE va boshqa tashkilotlar imkoniyatlaridan foydalanish, mazkur dasturlar doirasida malaka oshirishni yoʻlga qoʻyish.

7-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

Strategiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarning qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilinishi taʼminlanadi hamda milliy qonunchilik takomillashtiriladi;

ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan qonunchilik hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etiladi, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini bajarish samaradorligi oshiriladi;

milliy tizim yanada mustahkamlanadi hamda moliyaviy sektor barqarorligi taʼminlanadi;

respublikaning xalqaro reytinglar va indekslar boʻyicha koʻrsatkichlari yaxshilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmoniga 3-ILOVA

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

11. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)

12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

14. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

16. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

17. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

18. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

19. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

20. Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi

(21-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmoniga 4-ILOVA

Departamentning axborot resurs bazasiga integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmoniga 5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-son Farmonining 2-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Departament boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 1 031 shtat birligi

shundan markaziy apparatda — 92 shtat birligi.”

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5120-son Farmonida:

2-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;

sakkizinchi-toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha toʻqqizinchi-oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2847-son qarorida:

a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;

b) 7-ilovaning rus tilidagi matnida:

8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“uchastiye v razrabotke i realizatsii mer po protivodeystviyu legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya”;

9-bandda:

7-kichik bandda:

oʻn toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshilar tegishincha oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi 15-kichik band bilan toʻldirilsin:

“15) v sfere uchastiya v razrabotke i realizatsii mer po protivodeystviyu legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya:

razrabativayet i utverjdayet v ustanovlennom poryadke pravila vnutrennego kontrolya dlya organizatsiy, okazivayushix lizingovie uslugi, dlya straxovshikov, straxovix posrednikov, organizatsiy, osushestvlyayushix operatsii s dragotsennimi metallami i dragotsennimi kamnyami, auditorskix organizatsiy, professionalnix uchastnikov rinka sennix bumag i organizatsiy, osushestvlyayushix deyatelnost po organizatsii loterey, a takje osushestvlyayet monitoring i kontrol za ix soblyudeniyem;

izuchayet, analiziruyet i otsenivayet riski legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniya terrorizma i finansirovaniya rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya v sfere okazaniya lizingovix uslug, osushestvleniya straxovoy, auditorskoy deyatelnosti, oborota dragotsennix metallov i dragotsennix kamney, rinka sennix bumag i organizatsii loterey i prinimayet meri po snijeniyu viyavlennix riskov;

uchastvuyet v ustanovlennom poryadke v mejdunarodnom sotrudnichestve v sfere protivodeystviya legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya;

obespechivayet vipolneniye obyazatelstv, vitekayushix iz Soglasheniya o Yevraziyskoy gruppe po protivodeystviyu legalizatsii prestupnix doxodov i finansirovaniyu terrorizma;

primenyayet meri v sootvetstvii s zakonodatelstvom, v sluchaye viyavleniya narusheniy zakonodatelstva o protivodeystvii legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya;

osushestvlyayet vzaimodeystviye so spetsialnim upolnomochennim gosudarstvennim organom po voprosam protivodeystviya legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya i yejegodno informiruyet yego o viyavlennix riskax i prinyatix merax po ix snijeniyu”.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 7-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;

yettinchi-sakkizinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi-toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 8-band quyidagi mazmundagi “z-1” kichik band bilan toʻldirilsin:

“z-1) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida;

kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va oʻrganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;

belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi”;

v) 10-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi borasida tekshiruvlar oʻtkazish va natijasi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish”;

oltinchi xatboshi tegishincha yettinchi xatboshi deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son qarorida:

a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;

b) 1-ilovada:

9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;

10-band quyidagi mazmundagi 19-1-kichik band bilan toʻldirilsin:

“19-1) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

advokatlik tuzilmalari va notarial idoralari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

advokatlik va notarial xizmatlar koʻrsatish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va oʻrganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;

tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) jarayonida ular tomonidan taqdim etilgan oʻzlarining benefitsiarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida yuridik shaxslarning benefitsiar mulkdorlari reyestrini shakllantiradi va yuritadi;

belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi”.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3926-son qarorining 2-bandi oltinchi xatboshisi va 3-bandi “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi “terrorizmni moliyalashtirishga” soʻzlaridan keyin “va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3947-son qarorida:

a) 6-bandda:

“a”, “b”, “v” va “v-1” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari A.A. Turdaliyevga — tijorat banklari va kredit tashkilotlari xavflari boʻyicha;

b) Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari D.Sh. Sultanovga — lizing xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, auditorlik tashkilotlari, sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari hamda lotereyalar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xavflari boʻyicha;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining oʻrinbosari v.b. T.N. Nabiyevga — rieltorlik tashkilotlari xavflari boʻyicha;

v-1) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari B.X. Ummatovga — tovar-xom ashyo birjalari xavflari boʻyicha”;

quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:

“j) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining oʻrinbosari V.Yu. Pakka — kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xavflar boʻyicha”;

g) 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“SOSTAV Mejvedomstvennoy komissii po protivodeystviyu legalizatsii doxodov, poluchennix ot prestupnoy deyatelnosti, finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya

Primechaniye: pri perexode chlenov Komissii na druguyu rabotu v yeye sostav vklyuchayutsya litsa, vnov naznachennie na eti doljnosti, libo litsa, na kotorix vozlojeno vipolneniye sootvetstvuyushix funksiy”.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4024-son qaroriga 1-ilovada:

a) 10-band 1-kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisida “va terrorizmni moliyalashtirishga” soʻzlari “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 14-bandning 5-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va bayonnomalar tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda esa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.