PQ-5281-son Qaror · 05.11.2021

2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5281
  • Qabul qilingan sana:05.11.2021
  • Kuchga kirgan sana:05.11.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5281/1034

Barcha sport turlarini rivojlantirish orqali yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalar sonini koʻpaytirish, 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga (keyingi oʻrinlarda — Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari) sportchilarimizning har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash maqsadida:

1. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

sport taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaxirasini yaratish, litsenziyalar sonini sezilarli darajada koʻpaytirish;

sport menejmentini takomillashtirish, har bir boʻgʻinni auditdan oʻtkazish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

sport farmakologiyasi, psixologiyasi, tibbiyoti, diyetologiyasini chuqur tahlil qilish va oʻrganish, ular natijasida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar orasida ayol sportchilar ulushini oshirish, Oʻzbekiston sportchilari oʻrtasida gender tenglikni taʼminlash;

sport bazalari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy standartlarga javob beradigan yangi sport obyektlarini barpo etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish;

mamlakatimizda belgilab berilgan paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amaliyotga toʻliq tatbiq etish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

2. Quyidagilar:

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar (keyingi oʻrinlarda — Maqsadli koʻrsatkichlar) 2-ilovaga muvofiq;

2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻruvchi Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki, Maqsadli koʻrsatkichlar:

Olimpiya oʻyinlari boʻyicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turlari boʻyicha 103 ta litsenziyani, shu jumladan 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari boʻyicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash, ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litsenziyalarni qoʻlga kiritishni;

Paralimpiya oʻyinlari boʻyicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turlari, shu jumladan bochcha, parastol tennisi, parakamondan otish, paravelosport boʻyicha jami 105 ta litsenziyani qoʻlga kiritishni nazarda tutadi.

Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov) va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev):

(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)

b) Maqsadli koʻrsatkichlardagi olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha dasturlarda sportchilarning ishtirokini taʼminlasin, bu borada sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning faoliyatini samarali tashkil etsin;

v) ikki oy muddatda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari vakant lavozimlarini toʻldirish, shuningdek, past natijalarni koʻrsatgan, ajratilgan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanmagan va boshqa salbiy holatlarga yoʻl qoʻygan federatsiya (assotsiatsiya)lar rahbarlari lavozimlariga yangi nomzodlar boʻyicha taklif kiritsin;

g) sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari bilan birgalikda Maqsadli koʻrsatkichlardagi dasturlarda qatnashish va litsenziyalarni qoʻlga kiritish boʻyicha masʼul ekanligi belgilansin.

4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan 2020-yil dekabrda qabul qilingan qarorga asosan 2024-yildagi Olimpiya oʻyinlarida ilk bor gender tenglik taʼminlanib, erkaklar hamda ayollar uchun qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalar soni teng ravishda belgilab berildi.

Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov) sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda 2024-yildagi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish jarayonida quyidagilarni amalga oshirsin:

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

ikki oy muddatda aholi oʻrtasida gender tenglik tamoyillarini “mahallabay” tizimi asosida taniqli sportchilar ishtirokida targʻib qilish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar oʻrtasida ayol sportchilar ulushini oshirish choralarini koʻrsin. Bunda, ularning erkak sportchilar sonidan farqi +/-3 foizgacha boʻlishini taʼminlasin;

(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

5. 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga biriktirilgan sport bazalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq biriktirilayotgan sport bazalaridan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan erkin va doimiy ravishda foydalanilishini, zarur shart-sharoitlar (elektr energiyasi, gaz, suv, taʼmirlash ishlari) yaratilishini taʼminlasin. Bunda, ushbu chora-tadbirlar sport bazalarini balansda saqlovchilarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

6. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) bilan birgalikda:

(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

milliy terma jamoalar sportchilarining yil davomida doimiy uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, xalqaro musobaqa va turnirlarda muntazam ishtirokini taʼminlash, malakali mahalliy va xorijiy trenerlar hamda boshqa mutaxassislarni jalb qilish;

milliy terma jamoalarning oʻquv-mashgʻulot, musobaqa va turnirlarga tayyorgarlik jarayoniga ilgʻor innovatsion, ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish hamda sportchilarni tibbiy va farmakologik taʼminlash, ularda sportchilarning ishtirokini davrida ilmiy jihatdan tahlil qilish boʻyicha mutaxassislar (trenerlar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar, ilmiy tahlilchilar va boshqalar) guruhlarini tashkil etish;

2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) bajarilishini tizimli tahlil va monitoring qilish, masʼul vazirlik, idora va tashkilotlarga koʻmak berish va metodik yordam koʻrsatish, koʻrilayotgan choralar natijalari, milliy terma jamoalarning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarligi ahvoli, Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha asosli takliflarni ishlab chiqish va kiritib borish;

manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar hamda sport federatsiya (assotsiatsiya)larini jalb qilgan holda sport bazalarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash, shuningdek, milliy terma jamoalarni tayyorlash uchun qulay ijtimoiy, maishiy va moddiy sharoitlar tayyorlash boʻyicha ishlarni oʻz vaqtida va sifatli tashkil etishni taʼminlasin.

7. 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):

bir oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga tegishli shart-sharoitlar yaratish uchun ularni vazirlik, idora va yirik tashkilotlarga biriktirsin, shuningdek, ushbu tashkilotlarning aniq vazifalarini belgilasin;

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish uchun zarur boʻladigan budjet, budjetdan tashqari, shuningdek, homiylik mablagʻlari miqdorini koʻrib chiqsin va belgilasin;

Dasturda nazarda tutilgan hamda manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin, Dasturga muvofiq amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarning ijrosini har chorakda muhokama qilish va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrib borsin;

bir oy muddatda Respublika komissiyasining kengaytirilgan birinchi yigʻilishini tashkillashtirsin. Bunda, mazkur qarorning mazmun-mohiyati, sportga davlat tomonidan berilayotgan eʼtibor, vazifalarni soʻzsiz bajarish zarurligi, past natija koʻrsatgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi haqida yetkazilsin;

ikki oy muddatda sport sohasida korrupsiyaning oldini olish, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish jarayonida (musobaqalarni har bir bosqichda oʻtkazish, sportchilarni saralab olish, trenerlarni jalb qilish, sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish, normativ va imtihonlarni topshirish va boshqalar) korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish va unga qarshi ayovsiz kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin va amaliyotga joriy qilsin.

9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

a) Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga milliy terma jamoa sportchilarining sifatli tayyorgarlik koʻrishini taʼminlash maqsadida Maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:

sport bazalarining budjetdan tashqari va homiylar mablagʻlari hisobidan qurilishi, qayta qurilishi, kapital taʼmirlanishini taʼminlash, ularning toʻliq ishlatilishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy sport anjomlari va jihozlari, shu jumladan avtotransport vositalari bilan taʼminlash;

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan milliy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash;

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan hududiy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa sport mutaxassislarining respublika va xalqaro sport tadbirlari hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida uzluksiz ishtirokini taʼminlash;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5924-son Farmoni bilan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larda mazkur Farmon bilan belgilangan tegishli sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin;

v) joylarda olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qoʻllab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)larining hududiy boʻlinmalarini tashkil etsin, shuningdek, ularning moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashsin;

g) joylardagi rahbar kadrlar orasidan nomzodlarni sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududiy boʻlinmalarining rahbari lavozimiga tavsiya etish choralarini koʻrsin.

10. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, sunʼiy sport maydonlari va ularning yordamchi uskunalari (shu jumladan, maxsus mashgʻulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari), maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlar 2024-yil 1-oktabrga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.

(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Yoshlar siyosati va sport vazirligi olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan xorijdan olib kelinayotgan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, sunʼiy sport maydonlari va ularning yordamchi uskunalari (shu jumladan, maxsus mashgʻulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari), maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlarning maqsadli ishlatilishi va xavfsizligi ustidan doimiy qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) mazkur bandga asosan xorijdan olib kelinadigan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona boji summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Davlat budjetiga undirilishini taʼminlasin.

11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov) bilan birgalikda 2022-yil va kelgusi yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash uchun markazlashgan kapital qoʻyilmalar limitlarini ajratsin.

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

12. Belgilansinki, 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga hamda keyingi oʻtkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga maqsadli tayyorgarlik koʻrish doirasida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha:

(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi mablagʻlari hisobidan sportchi va trenerlarga Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan miqdorda stipendiya koʻrinishida har oyda toʻlanadigan toʻlovlar tayinlanadi;

milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovgʻalar va boshqa yordam koʻrinishida olinadigan toʻlovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi va ularga ijtimoiy soliq hamda sugʻurta badallari hisoblanmaydi.

13. Sportni rivojlantirish vaziri A. Ikramov Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:

(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son)

a) sportni moliyalashtirish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqib, ushbu jarayonning shaffof boʻlishi hamda sarflangan mablagʻlarning natijadorligiga eʼtiborni qaratish;

b) Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligi, shaffofligi va hisobdorligini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun mablagʻ ajratish boʻyicha alohida tartibni joriy qilish;

(13-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)

v) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalari (kuboklari) gʻoliblari hamda sovrindorlari, shuningdek, sportchilarni tayyorlagan trenerlar, shifokorlar va boshqa sport mutaxassislarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida ragʻbatlantirishning zamonaviy tizimini joriy qilish. Bunda:

ushbu masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;

oʻzini namoyon eta olgan milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari, shifokorlari va boshqa sport mutaxassislarini uy-joy bilan taʼminlash;

yutqiziqsiz lotereyalarni tashkil qilish mexanizmlarini joriy qilish;

sportchilar, trenerlar, shifokorlar va boshqa sport mutaxassislarining bir yilda bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanishning aniq mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutiladi.

14. Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A. Abduxakimov, Hisob palatasi (B. Turabov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun ajratilgan mablagʻlardan, shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun ajratiladigan mablagʻlardan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, boshqa sport tashkilotlari tomonidan oqilona, tejamkor va samarali foydalanilganligi (foydalanilayotganligi), tender va tanlovlar ochiq va shaffof holda oʻtkazilganligi (oʻtkazilayotganligi), korrupsiyaga yoʻl qoʻyilmaganligi (yoʻl qoʻyilmayotganligi), davlat xaridlarining boshqa asosiy prinsiplariga toʻliq rioya qilinganligiga (rioya qilinayotganligi) qonuniy baho bersin hamda uning natijalari boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.

15. Moliya vazirligi (T. Ishmetov):

joriy yil yakuniga qadar 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar samaradorligini oʻrganib chiqsin hamda takliflar kiritsin;

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan taqdim etilgan talabnomalar asosida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur mablagʻlarni oʻrnatilgan tartibda 2022-yildan boshlab Davlat budjetidan ajratilishini taʼminlasin.

(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

16. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyati, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston sportchilari toʻgʻrisida qisqa metrajli videoroliklar hamda maxsus koʻrsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.

(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi O.O. Kasimov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.

(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 5-noyabr,

PQ-5281-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qaroriga 2-ILOVA

2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qaroriga3-ILOVA

2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻruvchi Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining

Izoh: 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining qaroriga asosan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan sportchilar kontingentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qaroriga4-ILOVA

2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga biriktirilgan sport bazalari

Izoh: 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining qaroriga asosan ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qaroriga5-ILOVA

2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi

Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.