PQ-26-son Qaror · 30.11.2021

Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi ustav kapitalidagi qoʻshimcha aksiyalarga obuna boʻlishi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-26
  • Qabul qilingan sana:30.11.2021
  • Kuchga kirgan sana:01.12.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/26/1115

Jahon banki guruhining Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, ushbu xalqaro moliya institutlarining ustav kapitali koʻpayishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ulardagi ulushini saqlab qolish maqsadida:

1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — XTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XMK) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan 2018-yilda ushbu tashkilotlarning ustav kapitalini oshirish va aʼzo mamlakatlarning qoʻshimcha aksiyalarga obuna boʻlishlarini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining XTTB va XMKlarning ustav kapitalidagi mos ravishda umumiy qiymati 91,92 mln AQSH dollari boʻlgan qoʻshimcha 762 ta aksiyasi va umumiy qiymati 12,78 mln AQSH dollari boʻlgan qoʻshimcha 12 781 ta aksiyasiga obuna boʻlish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi XTTB va XMKlarning qoʻshimcha aksiyalariga Oʻzbekiston Respublikasining obuna boʻlishi toʻgʻrisida Jahon banki guruhini belgilangan tartibda xabardor qilsin.

4. Adliya vazirligi belgilangan tartibda Jahon banki guruhiga maqbul boʻlgan shaklda XTTB va XMKlarning qoʻshimcha aksiyalariga obuna boʻlish yuzasidan tegishli yuridik xulosa bersin.

5. Quyidagilar:

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qoʻshimcha 762 ta aksiyasini xarid qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar jadvali 1-ilovaga muvofiq;

Xalqaro moliya korporatsiyasining qoʻshimcha 12 781 ta aksiyasini xarid qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilgan 80,45 mln AQSH dollari miqdoridagi XTTB qoʻshimcha aksiyalari boʻyicha toʻlovlar XTTB tomonidan zaruriyatga qarab Jahon banki guruhining aʼzo-davlatlar oldidagi majburiyatlari bajarilishini taʼminlash maqsadida yuboriladigan xabarnomasiga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi belgilangan tartibda:

XTTB va XMK ustav kapitalidagi mos ravishda qoʻshimcha 762 ta va 12 781 ta aksiyalariga obuna boʻlishni;

XTTB va XMKlar ustav kapitalidan qoʻshimcha aksiyalarni xarid qilish boʻyicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan jadvallarga asosan Oʻzbekiston Respublikasining toʻlovlari amalga oshirilishini taʼminlasin.

8. Moliya vazirligi 2022 — 2025-yillar uchun Davlat budjetini shakllantirishda XTTB va XMKning qoʻshimcha aksiyalarini xarid qilish uchun yetarli mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 30-noyabr,

PQ-26-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi PQ-26-son qaroriga 1-ILOVA

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qoʻshimcha 762 ta aksiyasini xarid qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi PQ-26-son qaroriga2-ILOVA

Xalqaro moliya korporatsiyasining qoʻshimcha 12 781 ta aksiyasini xarid qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.