PQ-31-son Qaror · 03.12.2021

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-31
  • Qabul qilingan sana:03.12.2021
  • Kuchga kirgan sana:03.12.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/31/1128

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-29-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

1. Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin, uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Respublika komissiyasi (Qoʻchqorov) bir hafta muddatda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirlik, idoralar, tijorat banklarining masʼul xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — respublika vakillari) har bir tuman va shaharga biriktirsin, ularning ish joyi, oylik ish haqi va boshqa ijtimoiy toʻlovlarini saqlab qolgan holda, biriktirilgan hududga bir yillik xizmat safariga yuborilishini taʼminlasin.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) Respublika komissiyasi va respublika vakillarining ishchi organlari etib belgilansin.

3. Belgilansinki:

a) Respublika komissiyasi aʼzolari:

shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi mahallalarda (keyingi oʻrinlarda — mahallalar) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etadi;

oʻzi biriktirilgan hududdagi respublika vakillari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi uchun masʼul va javobgar boʻladi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birga oʻzi biriktirilgan hududga ajratilgan mablagʻlarning tuman va shaharlar kesimida taqsimlanishini taʼminlaydi;

b) respublika vakillari:

tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari bilan birga markazlar hamda hokim yordamchilari faoliyatiga koʻmaklashadi;

har kuni bitta mahallaga chiqqan holda kamida oʻnta xonadonga shaxsan tashrif buyurib, mavjud holatni hokim yordamchilari bilan birga oʻrganadi, aholiga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntiradi, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini koʻradi;

hokim yordamchilari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilaydi, xonadonbay roʻyxat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlaydi hamda oyma-oy amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi;

har bir mahallaning “oʻsish nuqtasi”dan kelib chiqib, yetakchi tadbirkorlar va hokim yordamchilari taklif etayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi, mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan xizmatlar turlarini rivojlantiradi;

aholini, birinchi navbatda ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularning bandligini taʼminlash ishlarini tashkil qiladi;

tuman (shahar) hokimlari hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanib, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urugʻchilik, koʻchatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashadi;

tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda hududga ajratilgan mablagʻlarning mahallalar kesimida taqsimlanishini taʼminlaydi;

v) hokim yordamchilari:

mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga koʻmaklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi;

respublika vakillari bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish boʻyicha 2022-yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi va ijrosini taʼminlaydi;

ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;

amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berib boradi.

4. Respublika komissiyasi aʼzolari va respublika vakillariga mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismidan mahallalardagi muammolarni hal etishga yoʻnaltirish boʻyicha takliflar mahalliy vakillik organlariga kiritish huquqi berilsin.

5. Hokim yordamchilari oʻz vazifalarini amalga oshirishda foydalanadigan moliyaviy instrumentlarning 2022-yil uchun manbalari etib quyidagilar belgilansin:

a) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar — 10 trln soʻm;

b) aholining bandligini taʼminlash, ularning oʻzini oʻzi band qilishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun ajratiladigan mablagʻlar — 1 218 mlrd soʻm, shundan:

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ish bilan band boʻlmagan aholiga tadbirkorlik qilish va oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalar, kredit resurslari va boshqa xarajatlar uchun — 785 mlrd soʻm, ish bilan band boʻlmagan aholini kasb-hunarga, tadbirkorlik va hunarmandchilikka oʻqishga yoʻnaltirish uchun — 210 mlrd soʻm;

Jamoat ishlari jamgʻarmasidan ishsiz aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish xarajatlari uchun — 222 mlrd soʻm;

v) Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ajratiladigan subsidiyalar — 50 mlrd soʻm;

g) hokim yordamchilari tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar — 250 mlrd soʻm;

d) “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi — 851 mlrd soʻm miqdorida.

Mazkur bandning “b” — “d” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarning respublika hududlari kesimidagi taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan mablagʻlarni tuman (shahar) va har bir mahalla kesimida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va xonadonlar sonidan kelib chiqib taqsimlasin.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishga masʼul tijorat banklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, mahalliy ijro hokimiyati organlari mazkur bandda koʻrsatilgan xarajatlarning oyma-oy uzluksiz moliyalashtirib borilishini taʼminlasin.

7. Belgilansinki:

mazkur qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi kreditlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan taʼminlash uchun ajratiladigan subsidiyalar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratiladi;

hokim yordamchilari yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha kreditlar va subsidiyalar ajratish koʻzda tutilgan har bir loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur oʻrgangan holda ularni ajratish uchun masʼul idora va tashkilotlarga oʻz tavsiyasini beradi.

8. Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:

xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida;

xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida;

xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida.

9. Belgilansinki:

hokim yordamchilariga toʻlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda yetishmagan qismi hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi;

markazlar xodimlariga tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari xodimlari uchun belgilangan va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.

10. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:

boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlash;

ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oy mukofotlash;

hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan qismini kompensatsiya qilib borish;

oʻz shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlari, shuningdek, bir oyda bir marotaba doimiy yashash joyiga temir yoʻl transportida borib kelishi uchun kompensatsiya toʻlash;

yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun uy-joy qiymatining 50 foizigacha subsidiya toʻlash.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda:

birinchi bosqichda — 2021-yil 15-dekabrga qadar respublika vakillari uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha bir haftalik oʻquv-seminarlarini tashkil etsin;

ikkinchi bosqichda — 2021-yil 30-dekabrga qadar respublika vakillari ishtirokida hokim yordamchilari va markazlar xodimlari uchun amaliy mashgʻulotlarni tashkil etsin;

uchinchi bosqichda — 2022-yil davomida har chorakda respublika vakillari, hokim yordamchilari va markazlar xodimlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish kurslarini tashkil etsin.

Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:

uch kun muddatda oʻquv-seminarlariga iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi idoralar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning yetarli malaka va tajribaga ega boʻlgan rahbar xodimlarini jalb qilsin;

hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etsin hamda doimiy ravishda ularning faoliyati monitoringini olib borsin.

Oʻquv seminarlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplanishi belgilansin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga oʻquv-seminarlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi yuklansin.

12. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilarini davlat oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga koʻra davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etilsin.

13. Quyidagilar:

hokim yordamchisi lavozimi va markazlar faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan tuman va shaharlar hokimliklarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 4 — 7-ilovalarga muvofiq;

Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari xodimlarining cheklangan soni 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

14. Belgilansinki, hokim yordamchilari va markazlar xodimlarining shtat birliklari mos ravishda mahalla fuqarolar yigʻini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlarining ishga joylashtirish inspektori, tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.

15. Vazirlar Mahkamasi:

a) ikki hafta muddatda:

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni;

hokim yordamchilari va markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash boʻyicha namunaviy nizomni tasdiqlasin;

b) 2022-yil 1-mayga qadar:

“business.gov.uz” yagona interaktiv portalini oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil) tasarrufiga begʻaraz ravishda oʻtkazib bersin;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

Bunda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:

“Onlayn mahalla” elektron platformasini “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga integratsiya qilish orqali tadbirkorlarning murojaatlarini hokim yordamchilari tomonidan mahallaning oʻzida koʻrib chiqish va hal etish, ularning vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish uchun “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga kiritish;

vakolatli organlar tomonidan “business.gov.uz” yagona interaktiv portali orqali kelib tushgan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan tashkillashtirish va nazorat qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun taʼsir choralarini qoʻllash;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha har chorakda aniq takliflar kiritish;

Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan “Sall-markaz” xizmati hamda “business.gov.uz” yagona interaktiv portali axborot tizimidan foydalanish uchun zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutish.

(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)

16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda tuman (shahar) hokimlari tomonidan:

Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, markazlarning ustavi va tuzilmasini tasdiqlanishi;

hokim yordamchilari va markazlarni tegishli bino (xona), moddiy-texnika va zamonaviy axborot vositalari (mebel, kompyuter toʻplami, aloqa, Internet va boshqalar) bilan taʼminlanishi boʻyicha choralar koʻrsin.

17. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov):

hokim yordamchilari va respublika vakillariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yigʻilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi maxsus planshetlar ajratilishini taʼminlasin.

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan beriladigan ijtimoiy nafaqalar, subsidiya va imtiyozli kreditlar uchun arizalarni maxsus planshetlarda qabul qilib olish va roʻyxatdan oʻtkazish koʻnikmalari boʻyicha oʻquv-treninglarini tashkil etsin.

18. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:

har haftada Respublika komissiyasi, respublika vakillari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha sektor rahbarlari, hokimlarning birinchi oʻrinbosarlari va hokim yordamchilari ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilsin;

har haftada hududlarga chiqib, mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni joyida oʻrganib borsin, hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyatining samarali tashkil etilishini taʼminlasin;

har oyda amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

Respublika vakillari va hokim yordamchilarining mazkur qarorda belgilangan vazifalardan boshqa ishlarni bajarishga, shu jumladan yigʻilishlarga Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov ruxsatisiz jalb etish taqiqlansin.

(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

20. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkiliy tuzilmasini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.

21. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

22. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga mazkur qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, hokim yordamchisi faoliyatini joylarda tashkil etish hamda mazkur tizimni amaliyotga toʻliq tatbiq qilish yuzasidan kunlik nazoratni amalga oshirish yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R.A. Gulyamov, B.M. Mavlonov) amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni boʻyicha axborot kiritib borsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 3-dekabr,

PQ-31-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga1-ILOVA

Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi

Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalar yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga2-ILOVA

2022-yilda aholini tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan taʼminlash boʻyicha ajratiladigan subsidiyalarning hududlar kesimida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga3-ILOVA

Hokim yordamchisi tomonidan tavsiya beriladigan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining

Izoh: hokim yordamchisi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam ajratish boʻyicha ham tavsiya berishi mumkin.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga4-ILOVA

Hudud markazlari — shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining

* Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.

** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hudud markazi — shaharlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 27 — 41 nafar.

(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv xodimlari soni — 4 — 6 nafar.

Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni — 22 — 214 nafar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga5-ILOVA

Viloyat boʻysunuvidagi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining

Yordamchi — 1HokimHokimning chegara masalalari boʻyicha yordamchisi — 1*Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-boʻlim boshligʻiHokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokim oʻrinbosari — shahar investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻiHokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — shahar qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi**Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariHokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻiHokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi***Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari — 1Yetakchi mutaxassis — 11-toifali mutaxassis — 0-1****Bosh mutaxassis — 1Bosh mutaxassis — 1Yetakchi mutaxassis — 0-1****Bosh mutaxassis — 1Yetakchi mutaxassis — 0-1****Bosh mutaxassis — 1**Bosh mutaxassis — 1Bosh mutaxassis — 1Yetakchimutaxassis — 0-1****Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi7 — 73Bolalarni himoya qilish shuʼbasi mudiri — 1Bosh mutaxassis — 0-1****Buxgalteriya1-2****Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi1Bosh yuriskonsult1Devonxona1-2****Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi

* Bekobod, Xonobod, Shirin va Quvasoy shaharlari hokimliklariga tegishli.

** Quvasoy shahar hokimligiga tegishli.

*** Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.

**** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni viloyatga boʻysunuvchi shaharlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni —19 — 37 nafar.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv xodimlari soni — 3 — 5 nafar.

Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni — 4 — 68 nafar.

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga6-ILOVA

Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining

Yordamchi — 1HokimHokimning chegara masalalari boʻyicha yordamchisi — 1*H?kimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻiHokimning birinchi oʻrinbosari**Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokimning turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari******Hokim oʻrinbosari — tuman investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻiHokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi***Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariHokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻiHokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi*****Tashkiliy-nazorat guruhi rahbariYetakchi mutaxassis — 11-toifali mutaxassis — 1****Bosh mutaxassis — 1Yetakchi mutaxassis — 0-1****1-toifali mutaxassis — 0-1****Bosh mutaxassis — 1**Bosh mutaxassis — 1Yetakchi mutaxassis — 0-1****Bosh mutaxassis — 1Yetakchi mutaxassis — 1******Bosh mutaxassis — 1Yetakchi mutaxassis — 1****Bosh mutaxassis — 1***Yetakchi mutaxassis — 1***Bosh mutaxassis — 1 Yetakchi mutaxassis — 1****Bosh mutaxassis — 1Yetakchi mutaxassis — 0-1****1-toifali mutaxassis — 0-1****Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi7 — 115Bolalarni himoya qilish shuʼbasimudiri — 1Bosh mutaxassis — 1Buxgalteriya1-2****Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi1Bosh yuriskonsult1Devonxona1 — 3****Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi

* Taxtakoʻpir, Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Amudaryo, Nukus, Shumanay, Taxiatosh, Xoʻjayli, Izboskan, Paxtaobod, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Buloqboshi, Marhamat, Olot, Qorakoʻl, Mirzachoʻl, Forish, Baxmal, Yangiobod, Dehqonobod, Gʻuzor, Mirishkor, Shahrisabz, Kitob, Uchquduq, Tomdi, Pop, Chust, Kosonsoy, Yangiqoʻrgʻon, Chortoq, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Bulungʻur, Urgut, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Termiz, Muzrabot, Sherobod, Boʻstonliq, Qibray, Zangiota, Toshkent, Ohangaron, Yangiyoʻl, Chinoz, Bekobod, Boʻka, Piskent, Dangʻara, Furqat, Beshariq, Oʻzbekiston, Quva, Fargʻona, Oltiariq, Rishton, Soʻx, Bogʻot, Yangiariq, Xiva, Qoʻshkoʻpir, Shovot, Gurlan tumanlari hokimliklariga tegishli.

** Kegeyli, Mirishkor, Chiroqchi, Payariq, Pastdargʻom, Xovos, Sherobod, Denov, Qiziriq, Qoʻrgʻontepa, Asaka, Romitan, Zomin, Nishon, Sirdaryo, Sariosiyo va Hazorasp tumanlari hokimliklariga tegishli.

*** Davlatobod va Yangi Namangan tumanlariga tatbiq etilmaydi.

**** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni qishloq tumanlarining toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

***** Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.

****** Boʻstonliq tumaniga tegishli.

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 20 — 45 nafar.

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi shtat birliklari ishlab chiqarish xodimlari sanalib, boshqaruv xodimlari shtat birligiga kiritilmaydi va mahallalar sonidan kelib chiqib, har bir mahallaga bittadan shtat birligi ajratish orqali belgilanadi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv xodimlari soni — 3 — 6 nafar.

Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni — 4 — 109 nafar.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga7-ILOVA

Toshkent shahar tuman hokimliklari boshqaruv apparatining

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 38 — 58 nafar.

(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)

* Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni tumanlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi

** Olmazor tumani hokimligiga tegishli

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv xodimlari soni — 3 — 5 nafar.

Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni — 18 — 70 nafar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qaroriga8-ILOVA

Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari xodimlarining

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.