PQ-32-son Qaror · 04.12.2021

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-32
  • Qabul qilingan sana:04.12.2021
  • Kuchga kirgan sana:04.12.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/32/1129

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2021-yil 10-iyunda Dushanbe shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi va Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari binolarini qurish uchun oʻzaro yer uchastkalari taqdim etish toʻgʻrisidagi 2018-yil 17-avgustdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlansin.

2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur Bayonnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Tojikiston tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.

3. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur Bayonnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 4-dekabr,

PQ-32-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.