Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi lavozimi tugatilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi kiritilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-sentabrdagi PF-225-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 06/22/225/0872-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5143-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-aprel,
PQ-195-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5143-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandda:
a) “b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) “g” kichik bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati” soʻzlari “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi “269” raqami “278” raqami bilan almashtirilsin.
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilansinki:
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan amalga oshiriladi”.
4. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi
Boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni — 278 nafar.
Texnik xodimlar soni — 52 nafar”.