Jizzax viloyatida mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ichki imkoniyatlarni keng jalb etgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadlari va turmush darajasini yanada yaxshilash hamda qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki:
a) Jizzax viloyatida 2022 — 2026-yillarda 60 000 gektardan ortiq yer maydonlari oʻzlashtiriladi va qayta foydalanishga kiritilib, ushbu maydonlarga sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va dorivor ekinlar joylashtiriladi hamda bogʻ va uzumzorlar tashkil etiladi;
b) yangi oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida:
kooperatsiya usulida (urugʻ va koʻchatlarni yetkazish, agronom biriktirish, tayyor mahsulotni xarid qilish, saqlash va eksport qilish tizimini yaratish orqali) mahsulot yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi;
suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtiriladi;
v) yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish mazkur yerlarda yer osti suvlarining holati boʻyicha Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tegishli xulosasi asosida amalga oshiriladi.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan, qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida yer soligʻi solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmoniga muvofiq qonunchilikda belgilangan imtiyozli davr yakunlanganidan soʻng, yangidan foydalanishga kiritilgan yer uchastkasiga nisbatan 10 yil davomida ushbu yer uchastkasi foydalanishga kiritilgunga qadar belgilangan soliq stavkalari qoʻllaniladi.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
mazkur qaror doirasida oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan yerlarda kooperatsiya shartlari asosida meva-sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha tavsiyalarni bersin, urugʻ va koʻchatlarni yetkazish, tayyor mahsulotni xarid qilish, saqlash va eksport qilishga koʻmaklashsin;
mazkur yerlarda faoliyat yuritadigan mahsulot yetishtiruvchilarga malakali agronom jalb qilishga koʻmaklashsin, shuningdek, ular uchun bogʻ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli va boshqa ekinlar, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazsin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Jizzax viloyati hokimligining takliflari inobatga olinib, quyidagilar:
Jizzax viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarni kengaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining koʻrsatkichlari 2 — 2.5-ilovalarga muvofiq;
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida yangi mevali bogʻlar barpo etish koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga mevali bogʻlarni turlari boʻyicha joylashtirish koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida yangi uzumzorlar barpo etish koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) bilan birgalikda ikki hafta muddatda Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish hamda ushbu maydonlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning prognoz koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
6. Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan zaxira yer fondi toifasidagi yer uchastkalari ochiq elektron tanlovga oyma-oy grafik asosida qoʻyib borilishini taʼminlasin.
7. Belgilansinki, Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda yangi oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari uchun xarajatlarning bir qismi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida qoplanadi.
8. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyatning lalmi maydonlari qonunchilikda belgilangan talablar boʻyicha yer osti suvlari zaxirasi hisobidan oʻzlashtirilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin.
9. Jizzax viloyati hokimligi (E.Saliyev):
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda:
mazkur qarorga 2 — 5-ilovalardagi prognoz koʻrsatkichlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
(9-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
yaroqsiz deb topilgan, iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bogʻ va tokzorlar oʻrnida intensiv bogʻ va tokzorlar barpo qilish yoki eksportbop mahsulotlar yetishtirish choralarini koʻrsin;
b) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda Jizzax viloyatida 60 000 gektar oʻzlashtirilayotgan va qayta foydalanishga kiritilayotgan yerlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun talab qilinadigan elektr energiyasi quvvatlarini aniqlab, loyiha tashabbuskorlari tomonidan elektr taʼminoti obyektlarini va tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar moliyalashtirilgandan soʻng belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirsin.
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini;
ommaviy axborot vositalari orqali Jizzax viloyatida meva-sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning yoritib borilishini taʼminlasin.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev, Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari O.Sh. Ashurmatov, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi direktori X.M. Karimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-iyun,
PQ-278-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 1-ILOVA
Jizzax viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarni kengaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
Izoh: Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.1-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.2-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2023-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.3-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2024-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.4-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2025-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 2.5-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2026-yilda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 3-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida yangi mevali bogʻlar barpo etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 4-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga yangi mevali bogʻlarni turlari boʻyicha joylashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-278-son qaroriga 5-ILOVA
Jizzax viloyati tumanlarida 2022 — 2026-yillarda oʻzlashtiriladigan va qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida yangi uzumzorlar barpo etish