PQ-293-son Qaror · 24.06.2022

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-293
  • Qabul qilingan sana:24.06.2022
  • Kuchga kirgan sana:24.06.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/293/0564

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2021-yil 19-noyabr kuni Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 1995-yil 27-iyulda imzolangan Supa yassi togʻida Xalqaro radioastronomik observatoriyasini barpo etish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish hamda “Supa” Xalqaro radioastronomik observatoriyasi Nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida bayonnoma tasdiqlansin.

2. Fanlar akademiyasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani Rossiya tomoniga yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 24-iyun,

PQ-293-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.