PF-169-son Farmon · 13.07.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-164-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-169
  • Qabul qilingan sana:13.07.2022
  • Kuchga kirgan sana:13.07.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/22/169/0631

Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-164-son Farmonining 2-bandidagi “soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar” soʻzlari “soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Mazkur Farmon imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ommaviy axborot vositalarida darhol eʼlon qilinishi shart.

3. Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 13-iyul,

PF-169-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.