PQ-414-son Qaror · 03.11.2022

Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-414
  • Qabul qilingan sana:03.11.2022
  • Kuchga kirgan sana:04.11.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/414/0996

Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilgʻor xorijiy sport-taʼlim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish maqsadida:

1. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) hamda uning filiallarida:

taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori boʻlgan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturiga koʻra shakllantirilsin, jahondagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash hamda taʼlim olishiga keng sharoit yaratish uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari akkreditatsiyadan oʻtkazilsin;

talabalarda sport mahoratini doimiy ravishda yuksaltirish hamda ularning personal trayektoriyalar boʻyicha variativ (oʻzgaruvchan) oʻquv rejalari asosida taʼlim olishlari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib, mazkur tizim 2024/2025 oʻquv yiliga qadar toʻliq joriy qilinsin;

2024/2025 oʻquv yiliga qadar barcha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga oid malaka talablari qayta koʻrib chiqilsin, shu jumladan bitiruvchi bakalavr va magistrantlarning bilimi, mahorati va pedagogik koʻnikmalarini baholovchi kompetensiyalarni sertifikatlash tizimi joriy qilinsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Universitet va uning filiallarida:

bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari xalqaro standartlardan kelib chiqib maqbullashtiriladi hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari 1-ilovaga muvofiq joriy qilinadi;

“Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega boʻlgan, “Sport turining alohida yoʻnalishlari” magistratura mutaxassisligiga esa kamida Oʻzbekiston sport ustaligiga yoki Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul qilinadi;

oʻquv mashgʻulotlari va mahorat darslarini oʻtkazish hamda oʻquv jarayonida ishtirok etish uchun sport federatsiya (assotsiatsiya)larining yetuk malaka va tajribaga ega boʻlgan mutaxassislari jalb qilinadi;

“Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti)”, “Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)” va “Marketing (sport marketingi)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi talabalarining amaliyoti yashash hududidagi mahallalarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-son qarorida belgilangan tegishli sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalarini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi;

iqtidorli (qoida tariqasida, aʼlo baholarga bitirgan) bitiruvchilarning bitiruv oldi amaliyoti ularni milliy terma jamoalarning xorijda oʻtkaziladigan oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari hamda xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish orqali tashkil etiladi;

talabalarning oʻzlashtirgan bilimi, malaka va koʻnikmalarini amaliyotda qoʻllash darajasidan kelib chiqib, iqtidorli bitiruvchilarga sport boʻyicha hakam hamda ikkinchi toifali trener malaka toifasini belgilovchi guvohnoma beriladi.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Universitet va uning filiallarida hamda boshqa oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishlarida quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoniga ega boʻlgan sportchilar;

Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega boʻlgan sportchilar;

Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega boʻlgan sportchilar;

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan sportchilar. Bunda, mazkur sportchilar variativ (oʻzgaruvchan) oʻquv rejalari asosida oʻqitiladi, shuningdek, ular mahallalarda sport toʻgaraklarini ochish va boshqarish, sport tadbirlarini tashkil qilish, yoshlar oʻrtasida sportning afzalliklarini targʻib qilish ishlariga jalb qilinadi.

4. Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida 2023-yil 1-yanvardan boshlab Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinsin.

Belgilansinki, Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi PF-555-son Farmonida belgilangan talablar asosida tayinlanadi.

Sportni rivojlantirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

5. Universitet Kuzatuv kengashi Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi) etib qayta nomlansin, shuningdek, uning yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Universitet filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyati Kuzatuv kengashi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Kuzatuv kengashi zimmasiga Universitet va uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti va Institutning boshqaruv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini samarali tashkil qilish, taʼlim sifatini yaxshilash, taʼlim jarayonini takomillashtirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash vazifalari yuklatilsin.

6. Kuzatuv kengashi (A. Ikramov) yuklatilgan vazifalar bilan bir qatorda quyidagi manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin:

Universitetning jozibadorligini oshirish uchun jahondagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash, shaffof qabul jarayonini tashkillashtirish, tahsil olayotgan xorijiy talabalar sonini 2 baravarga koʻpaytirish;

Universitetda olimpiya sport faoliyati boʻyicha yoʻnalishlar sonini 20 foizga, noolimpiya sport faoliyati boʻyicha yoʻnalishlar sonini 60 foizga oshirish;

Universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini doimiy rivojlantirib borish maqsadida har yili kamida 10 nafar professor-oʻqituvchilarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashi tizimini yoʻlga qoʻyish va taʼlim jarayoniga xorijiy davlatlarning yetakchi professor-oʻqituvchilarini jalb qilish;

2025-yilga qadar Universitetning xalqaro tan olingan tashkilotlarning (QS yoki TNE) sohaviy, mintaqaviy yoxud tematik reytinglariga kiritilishiga erishish hamda 2030-yilga qadar Universitetni xalqaro tan olingan tashkilotlarning (QS yoki TNE) oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talik roʻyxatiga kiritish;

Universitetda fundamental hamda amaliy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, ularning samaradorligini oshirish, ilm-fanning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish orqali ilmiy salohiyatni 1,7 baravarga koʻpaytirib, 45 foizgacha yetkazish;

Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini darsliklar soni boʻyicha 1,8 baravarga, oʻquv qoʻllanmalar soni boʻyicha 1,8 baravarga, Scopus va Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni boʻyicha 4,4 baravarga oshirish;

Universitet va Institutda zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya bazasini yaxshilash (funksional, biokimyoviy, psixodiagnostik, biomexanik, genetik va boshqa laboratoriyalar), ularni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, yagona kutubxona fondini shakllantirish orqali fondni 60 foizga yangilash;

Universitet sport obyektlarida terma jamoalarning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va sport musobaqalarini ijara shartlari va pullik asosda oʻtkazish orqali pullik xizmatlarni rivojlantirish, budjetdan tashqari mablagʻlar miqdorini koʻpaytirib borish.

7. Quyidagilar:

2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturi 4-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kuzatuv kengashi (A. Ikramov) har bir maqsadli koʻrsatkichga (indikatorga) erishish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin, oʻz yigʻilishlarida mazkur masalani muhokama qilib borsin.

8. Universitet tuzilmasida 2023-yil 1-yanvardan boshlab Kompetensiyalarni baholash markazi tashkil qilinsin.

Belgilansinki:

Sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim va oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari, trenerlari, metodistlari, boshqa xodimlari hamda bitiruvchilarining bilim va amaliy koʻnikmalari darajasini baholash, ularning pedagogik va ilmiy salohiyatini yanada oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish Kompetensiyalarni baholash markazining asosiy vazifalari etib belgilanadi;

(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

Kompetensiyalarni baholash markazi bevosita Kuzatuv kengashi tomonidan boshqariladi hamda uning faoliyati Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

Kuzatuv kengashi Kompetensiyalarni baholash markazi faoliyatini samarali tashkil qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻradi, shu jumladan xorijiy texnologiyalar transferi orqali ilgʻor tajribani joriy qiladi.

9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining filiali faoliyati tugatilayotganligi munosabati bilan mazkur universitetning yetakchi professor-oʻqituvchilarini Universitet va uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Institutga jalb qilish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

10. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Institut zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

jismoniy tarbiya va sport sohasida, shu jumladan sport biomexanikasi, fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;

aholining yosh xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ilmiy asosda oʻrganish va tavsiyalar ishlab chiqish;

sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari (yoshlar, oʻsmirlar va kattalar) aʼzolarining hamda sport-taʼlim muassasalari sportchi oʻquvchi va talabalarining jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi, funksional holati, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini ilmiy jihatdan oʻrganish, monitoring qilish va istiqbolini belgilash;

ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarining transferi va ularni tijoratlashtirish, startap loyihalarni joriy etish orqali yoshlar, olimlar va professor-oʻqituvchilarni jismoniy tarbiya va sport sohasining ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro va mahalliy tashkilotlarning olimlari, mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar, tanlovlar oʻtkazish.

11. Quyidagilar:

2022 — 2025-yillarda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 6-ilovaga muvofiq;

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi 7-ilovaga muvofiq;

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kuzatuv kengashi (A. Ikramov) har bir maqsadli koʻrsatkichga (indikatorga) erishish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin, oʻz yigʻilishlarida mazkur masalani muhokama qilib borsin.

12. Belgilansinki:

Sport vazirligi va uning tizimidagi muassasalar Institutning ishlari va xizmatlari (tovarlari) boʻyicha asosiy buyurtmachi hisoblanadi;

(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

sport vaziri, zarur hollarda, Institutning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

Institut respublikadagi barcha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tashkilotlar va muassasalar uchun bazaviy ilmiy-tadqiqot tashkiloti hisoblanadi, Kuzatuv kengashi (A. Ikramov) Institutning ilmiy yutuqlari va innovatsion ishlanmalari joylarda amaliyotga jadal tatbiq etilishiga koʻmaklashadi;

Institut direktori sport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

13. Sport vaziriga:

(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

Institut xodimlarining lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) asosiy egallab turgan lavozimi boʻyicha, qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa qoʻshimchalar va ustamalardan qatʼi nazar, Sport vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ustamalar belgilash;

(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

Institutni zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriya qurilmalari, asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari hamda tashkilotlari grantlari, texnik koʻmak va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish;

Institut tadqiqotchilari va mutaxassislarining xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashi qiymati hamda shu bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish huquqi berilsin.

14. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Institutda “Sport turining alohida yoʻnalishlari” magistratura mutaxassisligi boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.

(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Bunda, Institutga talabalarni “Sport turining alohida yoʻnalishlari” magistratura mutaxassisligiga qabul qilish kvotalari har yili Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi “Sport turining alohida yoʻnalishlari” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tayyorlashni yoʻlga qoʻysin.

(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

15. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Institutda “Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinsin.

16. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov):

(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Institutda jismoniy tarbiya va sport sohasining dolzarb yoʻnalishlarini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi belgilangan tartibda shakllantirilishini;

ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida tanlov va ilmiy ekspertiza natijalariga koʻra Institutga grantlar ajratilishini;

2023-yil yakuniga qadar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Institutning ilmiy va innovatsion loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, laboratoriya jihozlarini xarid qilish uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.

17. Universitet va uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Institut faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻquv-ilmiy hamjamiyat tashkil qilinsin.

Belgilansinki, Oʻquv-ilmiy hamjamiyatda Universitet va uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Institut professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari, sport-taʼlim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va ilmiy-tadqiqot institutlarida samarali faoliyat yuritayotgan olimlar va ekspertlar tomonidan yaratilayotgan ishlanmalar va metodikalar tajribadan oʻtkaziladi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Oʻquv-ilmiy hamjamiyat faoliyatini samarali tashkil qilsin, shu jumladan:

(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

sport-taʼlim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va ilmiy-tadqiqot institutlarini Oʻquv-ilmiy hamjamiyatga biriktirsin;

yaratilayotgan ishlanmalar va metodikalarning samaradorligini aniqlash maqsadida sport-taʼlim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va ilmiy-tadqiqot institutlari tarkibidan ilmiy-amaliy guruh shakllantirsin;

ilmiy-amaliy guruhni mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini roʻyobga chiqarishga jalb qilsin.

18. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarini xorijiy oliy taʼlim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish jadvali 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki:

xorijiy oliy taʼlim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun pedagogik-ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan, magistrlik darajasiga ega boʻlgan iqtidorli va samarali faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar ochiq tanlov asosida yuboriladi;

xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqituvchi va xodimlarni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish bilan bogʻliq xarajatlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga xorijda doktoranturada taʼlim olish dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda:

(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

uch oy muddatda mazkur qarorga 9-ilovada koʻrsatilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar oʻtkazsin va boshqa tashkiliy tadbirlarni kelishsin;

nomzodlar xorijiy mamlakatlarga viza olishida, konsullik hisobiga qoʻyilishida, notarial va boshqa xizmatlar koʻrsatilishida, borgan davlatida ularning oʻqishini monitoring qilishda amaliy yordam koʻrsatsin.

19. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) 2023-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlovlarda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid, xususan ommaviy sport, xotin-qizlar sporti va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish muammolariga yoʻnaltirilgan kamida 10 ta maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga grant mablagʻlari ajratsin. Loyiha ijrochilari grant loyihalari tadqiqotlaridan kelib chiqib ajratiladigan mablagʻlar hisobidan ilmiy laboratoriya bazasini rivojlantirish, ilgʻor texnologik jihozlar bilan taʼminlash hamda sohaga oid ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish choralarini koʻrsin.

(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

20. Toshkent shahar, Yashnobod tumanida 2025-yilda Yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlarini tashkil etish uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasiga ushbu oʻyinlar oʻtkazilgandan soʻng Yoshlar siyosati va sport vazirligi, tegishli respublika sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda 2025-yilda oʻz faoliyatini boshlaydigan Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi joylashtirilsin.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan xorijiy davlatlar (Xitoy, Rossiya, Koreya va boshqalar)ning ilgʻor tajribasini oʻrgangan holda Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

21. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 10-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

23. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov belgilansin.

(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 3-noyabr,

PQ-414-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga1-ILOVA

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda uning filiallarida joriy qilinayotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari

Izoh: mazkur roʻyxatdagi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining filiallarida ularning ehtiyojidan kelib chiqib joriy qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga2-ILOVA

Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kuzatuv kengashi yangi tarkibi

Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga3-ILOVA

2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga4-ILOVA

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini kompleks rivojlantirish

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 21-yanvardagi PQ-22-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga5-ILOVA

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish loyihalarini amalga oshirish

Izohlar:

* Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kuzatuv kengashiga mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi;

** xarajatlar amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardan (tuzilgan shartnoma asosida) kelib chiqqan holda belgilanadi.

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga6-ILOVA

2022 — 2025-yillarda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga7-ILOVA

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga8-ILOVA

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish

Izohlar:

* Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kuzatuv kengashiga mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi;

** xarajatlar amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardan (tuzilgan shartnoma asosida) kelib chiqqan holda belgilanadi.

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga9-ILOVA

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarini xorijiy oliy taʼlim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish

(9-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga10-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4311-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-136-son qarori 7-bandining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 10 foizi (oliy taʼlim muassasalariga oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar bundan mustasno)”.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“jahon chempionatini oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari (titul homiylik, reklama, axborot hamkorligi hamda televizion translyatsiya media huquqlaridan tushadigan), shuningdek, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda, olinadigan foyda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tasarrufida qoldiriladi hamda dzyudoni yanada rivojlantirishga, jumladan dzyudo maktablarini qurish va jihozlash hamda federatsiya faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.