Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish, hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda milliy va mintaqaviy referens laboratoriyalar tashkil etilishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2018-yil 28-martda imzolangan moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga koʻra “Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun qarz va grant mablagʻlari ajratish nazarda tutilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi va “KfW” banki oʻrtasida 2022-yil 5-avgustda “Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish (IV bosqich)” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun 10 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga jami 10,3 million yevro miqdorida qarz bitimi hamda 1,0 million yevro miqdorida grant bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Sogʻliqni saqlash vazirligi loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, “KfW” bankining qarz hamda grant mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Oʻzmedimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyati loyihani amalga oshirish doirasida tender komissiyasining ishchi organi va tuzilgan shartnomalar boʻyicha kontragent hisoblanadi;
“KfW” bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar, boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
“Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish (IV bosqich)” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish (IV bosqich)” loyihasini amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish (IV bosqich)” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari taqsimoti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hamda “KfW” banki oʻrtasida imzolangan qarz va grant bitimlari boʻyicha yuridik xulosa bersin.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda loyiha doirasida:
xarid qilinadigan tovarlar yetkazib berilguniga qadar, tibbiyot uskunalarini oʻrnatish va montaj qilish uchun tegishli bino va xonalar tayyorlanishini;
manfaatdor vazirlik va idoralarga zarur hisobot va hujjatlar “KfW” bankining talablari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini;
belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarning yaratilishini taʼminlasin.
6. Moliya vazirligi:
loyihani amalga oshirish davrida Sogʻliqni saqlash vazirligining soʻrovnomasiga asosan tovarlar va uskunalarni sotib olish, belgilangan manzilga yetkazib berish boʻyicha xizmatlarni, shuningdek, loyihani moliyalashtirish boʻyicha boshqa xarajatlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratsin;
loyihani moliyalashtirish uchun 2023-yildan boshlab zarur mablagʻlarning Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilishini taʼminlasin.
7. Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining viza talabnomalariga binoan mazkur loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 9-noyabr,
PQ-418-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-418-son qaroriga1-ILOVA
“Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish (IV bosqich)” loyihasining asosiy
Izoh:
* Soʻnggi qiymat koʻrsatkichlari tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro tender savdolari natijalariga asosan aniqlanadi;
** Loyihani amalga oshirish doirasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilmagan, shu jumladan soliqlar va boshqa toʻlovlar shaklidagi xarajatlardan tashkil topgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-418-son qaroriga2-ILOVA
“Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish (IV bosqich)” loyihasini amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning
Izoh:
* Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangandan soʻng 3 oydan keyin hisoblanadi;
** Toʻlovlar miqdori qarzni amalda oʻzlashtirish sanalariga qarab aniqlashtirib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-418-son qaroriga3-ILOVA
“Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilish (IV bosqich)” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari
Izoh:
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi;
** Loyihani amalga oshirish davrida referens laboratoriyalarni modernizatsiya qilish narxiga konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilot xulosasiga muvofiq aniqlik kiritiladi.