PQ-13-son Qaror · 20.01.2023

Xalqaro shartnomani qabul qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-13
  • Qabul qilingan sana:20.01.2023
  • Kuchga kirgan sana:23.01.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/13/0046

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) Ustavining (1956-yil 26-oktabr) VI moddasiga 1999-yil 1-oktabrda kiritilgan tuzatishlar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilinsin.

2. Tashqi ishlar vazirligi depozitariyga mazkur tuzatishlar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani yuborsin.

3. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu tuzatishlar kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 20-yanvar,

PQ-13-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.