PQ-77-son Qaror · 27.02.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-77
  • Qabul qilingan sana:27.02.2023
  • Kuchga kirgan sana:28.02.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/77/0111

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-143-son qaroriga muvofiq, shuningdek, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 27-fevral,

PQ-77-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi PQ-77-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarori 9-bandining birinchi xatboshisidagi “2023-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4982-son qarori 3-bandidagi “2023-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.