PF-469-son Farmon · 03.09.1992

Davlat “mahalliy sanoat” korporatsiyasini tashkil qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-469
  • Qabul qilingan sana:03.09.1992
  • Kuchga kirgan sana:03.09.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 10

Respublika mahalliy sanoatini boshqarishni tashkil qilishni yanada takomillashtirish, tarmoqda bozor munosabatlarini keng joriy etish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, xalq isteʼmoli mollari, badiiy hunarmandchiligi buyumlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishda ularning tashabbuskorligi va tadbirkorligini rivojlantirish, shu maqsadda mahalliy xomashyodan har tomonlama foydalanish, shuningdek aholining ish 6ilan band boʻlmagan qismini ishlab chiqarishga jal6 etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Mahalliy sanoat vazirligi tugatilsin.

Davlat “Mahalliy sanoat” korporatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida mahalliy sanoat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining taklifi qabul qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Davlat “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi barcha mulkchilik shaklidagi sanoat, qurilish, savdo, loyiha-konstruktorlik korxonalari hamda mahalliy sanoatga qarashli boshqa korxonalar va tashkilotlarning yopiq tipdagi hissadorlik jamiyatidan iborat ixtiyoriy birlashmasidir va yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlib, amaldagi qonunlar asosida tashkil qilinadi va ish olib boradi.

2. Respublika xalq badiiy hunarmandchiligi sanoat-savdo birlashmasiga qarashli korxonalar va tashkilotlarning shu birlashmani Davlat “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi respublika xalq badiiy hunarmandchiligi sanoat-savdo konserniga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Mahalliy sanoat vazirligini, viloyat mahalliy sanoat boshqarmalarini tugatsinlar, tegishli hududda joylashgan mahalliy sanoat korxonalari va tashkilotlariga respublika hamda viloyat sanoat-savdo konsernlarini tashkil qilishda yordam bersinlar.

Belgilab qoʻyilsinki, “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining tarkibiy boʻlinmalari boʻlmish hududiy sanoat-savdo konsernlari oʻz faoliyatida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga hisob beradilar.

4. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida Davlat “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 3-sentabr,

469-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.