Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimi tashkilotlarini qayta tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
“Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2023-yil 1-maydan boshlab, davlat mulki hisobini yuritish, uning toʻliqligi va toʻgʻriligini taʼminlashning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
respublika mulki boʻlgan davlat koʻchmas mulklari va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi, bundan Strategik islohotlar agentligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli ulushlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli buyrugʻi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi;
davlat koʻchmas mulk obyekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat sherigi tomonidan tegishli bitim tuzilgandan soʻng oʻn kun muddatda “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi;
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat koʻchmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirish hamda davlat ishtirokidagi korxonalar va ular tizimidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha majburiy tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xulosasi olinadi.
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-iyuldan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va dividend siyosatini takomillashtirish maqsadida:
davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbari va uning oʻrinbosarlarini tayinlash (saylash) tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan maʼlumot “Davlat mulki” axborot tizimiga oʻz vaqtida taqdim etilmaganda ularning ijroiya organi rahbarlari ragʻbatlantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
davlat ulushi boʻyicha dividend miqdori korxonaning investitsiya loyihalari, biznes-reja koʻrsatkichlari va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning davlat ulushi boʻyicha saylangan kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishiga tavsiya etiladi.
4. 2023-yil 1-iyuldan boshlab, davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar maʼmuriy binolaridan xodimlar uchun belgilangan meʼyordan kelib chiqib, samarali foydalanish tartibi joriy etilsin.
Bunda, davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalarning maʼmuriy binolarida tijorat tashkilotlarini “nol” stavkada yoki toʻgʻridan-toʻgʻri joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur binolarning boʻsh maydonlari ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi va ijara shartnomalari soliq organlarining “E-ijara” elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
5. Davlat aktivlari, ularni boshqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilishning quyidagi yangi tizimi joriy qilinsin:
davlat koʻchmas mulk obyektlari, davlat ulushi, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari hamda ularga tegishli avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida eʼlon qilinadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;
davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi oʻrni va ulushi, moliyaviy natijalari, biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi va boshqa muhim axborotlarni oʻz ichiga oluvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning yigʻma hisoboti har yili 1-avgustga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
2023-yil 1-oktabrgacha “Davlat mulki obyektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish portali” yaratiladi, unda barcha davlat mulki obyektlarini savdoga chiqarish va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborotlar joylashtiriladi hamda ushbu tizim soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
6. Belgilansinki, “E-auksion” elektron savdo platformasida:
xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish boʻyicha savdolar oʻtkaziladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-mart,
PQ-101-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining
1. Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona davlat siyosatini yuritish.
2. Davlat aktivlarini ochiq va shaffof xususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, xususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish.
3. Davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va xususiylashtirish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
4. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini isloh qilishda ishtirok etish, ularda samarali dividend siyosatining yuritilishini muvofiqlashtirish, korxonalarning operatsion samaradorligini oshirish, xaridlar hamda investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish.
5. Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish va bu toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish.
6. Baholovchi va rieltorlar xizmatini sertifikatlashtirish, ularning faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimi tashkilotlarini qayta tashkil qilish boʻyicha
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga 4-ILOVA
Davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qaroriga 5-ILOVA
“Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
Izoh: Qonunchilik hujjatlariga asosan davlat tashkilotlarining axborot tizimlarini Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilgan holda boshqa davlat mulki obyektlarining hisobi yuritilishi mumkin.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)