PQ-109-son Qaror · 04.04.2023

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-109
  • Qabul qilingan sana:04.04.2023
  • Kuchga kirgan sana:04.04.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:ҚММБ 07/23/109/0193

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2022-yil 14-oktabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlari saylov organlari rahbarlarining Maslahatlashuv kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Markaziy saylov komissiyasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirishga masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

4. Markaziy saylov komissiyasiga ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlash tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 4-aprel,

PQ-109-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.