Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
Yoshlar siyosati va sport sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining xususiy sektorga oʻtkaziladigan funksiyalari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilansin:
2023-2024-yillar davomida “Yoshlar daftari” tizimi orqali yoshlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari 1,5 barobargacha oshiriladi;
yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni koʻrsatishda ularning iqtidoridan unumli foydalanishga qaratilgan ijtimoiy shartnomalar amaliyoti joriy etiladi;
davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi “Yoshlar balansi” asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib yoʻlga qoʻyiladi;
davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq zarur boʻlgan maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining tegishli axborot resurslari bazalari Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilinadi;
davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari har yili 1-fevralga qadar oʻz tizimlarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik “Yoshlar dasturi”ni Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi har yarim yilda kamida bir marotaba davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyati natijadorligi hamda qabul qilingan “Yoshlar dasturi” ijrosini tanqidiy muhokama qilib boradi.
3. 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida oʻtkaziladigan yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi asosida amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:
Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi har yili dekabr oyi yakuniga qadar davlat organlari va tashkilotlarining takliflari asosida shakllantiriladi;
tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, ishtirokchi yoshlarni ragʻbatlantirish Yoshlar ishlari agentligi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga joylashtirib boriladi va tadbirlarda ishtirok etadigan yoshlarni platforma orqali elektron roʻyxatga olish yoʻlga qoʻyiladi;
2023-yil 1-dekabrga qadar yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maʼlumotlar bazalari ular tomonidan integratsiya qilinadi.
4. 2024-yil 1-yanvarga qadar sport sohasini raqamlashtirish boʻyicha 24 ta yoʻnalishdagi axborot tizimlarini oʻz ichiga olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushirilsin hamda UzASBO dasturidagi maʼlumotlar bilan integratsiya qilinishi taʼminlansin. Bunda:
Sport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalaridan markazlashgan tartibda mablagʻ oluvchi barcha tashkilotlar ushbu tizimga toʻliq ulanadi hamda sport sohasidagi xarajatlar tizimda shaffof va ochiq tarzda aks ettiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
joylarda Sport vazirligi mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan sport maydonchalarining kamida 30 foizi mazkur elektron tizim orqali aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Bunda aholi tomonidan ovoz berish tartibi, shuningdek, ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadigan mahallalar uchun sport maydonchalarini barpo etish tartibi Sport vazirligi tomonidan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
5. 2023-yil 1-iyuldan boshlab sportchi identifikatsiya kartalari uchun toʻlovlar miqdori uch barobarga kamaytirilsin hamda ulardan foydalanish muddati 5 yil etib belgilansin.
Belgilansinki
a) 2024-yil 1-martdan boshlab sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan rasmiy musobaqalar, Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishi uchun sportchilarning mansubligi va ularning malakasini elektron sport pasporti orqali aniqlash tartibi joriy etiladi;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
b) 2024-yil 1-iyuldan boshlab:
sportchilar va ularga biriktirilgan trenerlar va boshqa mutaxassislarning barcha maʼlumotlari “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimida yuritiladi. Bunda, faqat ushbu tizim orqali olingan maʼlumotlar haqqoniy hisoblanadi;
sportchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi (xalqaro sport federatsiya/assotsiatsiyalari talablari boʻyicha joriy etiladigan hujjatlar bundan mustasno) boshqa har qanday sportchi pasportini joriy etish qatʼiyan taqiqlanadi.
6. Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash boʻyicha har yili qabul qilinadigan qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida sport sohasini rivojlantirish dasturlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar Sport vazirligiga ajratilib, vazirlik tomonidan mustaqil taqsimlanadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
sport sohasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati boʻyicha tahliliy materiallar va tashkilotlarga Sport vazirligidan ajratilgan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorakda ommaviy axborot vositalari va boshqa kommunikatsiya manbalari orqali keng jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
8. Quyidagilar yoshlar siyosati va sport sohasiga ajratilayotgan Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish va oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
tadbirlarni moliyalashtirish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ajratilayotgan mablagʻlar manzilliligi va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha “xavfni tahlil qilish”ni yoʻlga qoʻyish va onlayn nazorat tizimini yaratish;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va sport tadbirlarini oʻtkazishning ilgʻor xorij tajribasiga asoslangan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchi yoshlar hamda ularning trenerlarini ragʻbatlantirishni tizimlashtirish;
tizimdagi bino va inshootlar hamda sport obyektlari va inshootlarida energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish;
budjetdan moliyalashtiriladigan sport obyektlari va inshootlari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida yoʻlga qoʻyish va xususiy sektor ishtirokida sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.
9. Belgilansinki:
a) tegishincha Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Sport vazirligi hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini toʻliq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari jamgʻarma sifatida faoliyat yuritadi;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
v) Jamgʻarmaga jismoniy shaxslar tomonidan ajratilgan homiylik va xayriya mablagʻlarining 50 foizigacha boʻlgan qismi mazkur shaxslarni nufuzli xalqaro sport tadbirlariga yuborish uchun yoʻnaltiriladi;
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
d) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan sport sohasiga oid barcha tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirishda Sport vazirligi loyiha hamkori sifatida jalb qilinadi;
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
e) sport sohasiga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan sport obyektlari va inshootlarining loyiha hujjatlari Sport vazirligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.
(9-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
10. Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan, shuningdek, iqtidorli sportchi yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
a) 2023-yil 1-iyuldan boshlab “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasi” joriy etilsin. Bunda:
stipendiya toʻlovlari uchun mablagʻlar sportchi lavozimi uchun belgilangan ish haqi, terma jamoalar va ularning zaxirasi, sportchilar energiya sarfini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun ajratiladigan maqsadli toʻlovlarni maqbullashtirish hisobidan ajratiladi va uning miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 (uch) baravarigacha etib belgilanadi. Bunda stipendiya miqdori, uni tayinlash va toʻlash tartibi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
“Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasi” tayinlangan sportchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qarorida belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilish huquqi beriladi;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
b) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub boʻlgan tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda umrbod bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi berilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-aprel,
PQ-114-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qaroriga 2-ILOVA
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qaroriga 5-ILOVA
Yoshlar siyosati va sport sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qaroriga 6-ILOVA
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining xususiy sektorga oʻtkaziladigan funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qaroriga 7-ILOVA
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish miqdorlari
1. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 200 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 100 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 50 000 AQSH dollari.
2. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 50 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 25 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 12 500 AQSH dollari.
3. Yoshlar Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 20 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 10 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 5 000 AQSH dollari.
4. Yoshlar Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 2 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 1 250 AQSH dollari.
5. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 15 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 7 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 3 750 AQSH dollari.
6. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 7 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 3 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 1 750 AQSH dollari.
7. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 3 500 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 1 750 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 875 AQSH dollari.
8. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 2 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 1 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 500 AQSH dollari.
9. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 25 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 12 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 6 250 AQSH dollari.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-347-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2026-y., 07/26/347/0963-son)
10. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 10 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 2 500 AQSH dollari.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-347-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2026-y., 07/26/347/0963-son)
11. Yoshlar Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 2 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 1 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 500 AQSH dollari.
12. Yoshlar Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 1 500 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 750 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 375 AQSH dollari.
12-1. Kurash milliy sport turi boʻyicha jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 2 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 1 250 AQSH dollari.
12-2. Kurash milliy sport turi boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 2 500 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 1 250 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 625 AQSH dollari.
12-3. Kurash milliy sport turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 1 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 250 AQSH dollari.
12-4. Kurash milliy sport turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 750 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 375 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 180 AQSH dollari.
(12-1 — 12-4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
13. Trenerlarga nazarda tutilgan ragʻbatlantirish miqdori gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni oxirgi bir yil davomida tayyorlagan trenerlarga beriladi.
Bunda, ushbu mablagʻlar sportchini tayyorlashda soʻnggi 4 (toʻrt) yilda ishtirok etgan trener va boshqa mutaxassislar oʻrtasida tegishli Trenerlar kengashining qaroriga asosan qayta taqsimlanishi mumkin.
14. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha boshqa yirik xalqaro sport musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni ragʻbatlantirishning alohida miqdorlari belgilanishi mumkin.