PF-90-son Farmon · 10.06.2023

Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-90
  • Qabul qilingan sana:10.06.2023
  • Kuchga kirgan sana:12.06.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/23/90/0352

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

Qishloq xoʻjaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)

(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;

(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)

(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)

Qishloq xoʻjaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 8-ilovaga muvofiq;

Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralar 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)ning qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha shtat birliklari moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga oʻtkazilsin hamda Vazirlikning ushbu sohadagi vazifa va funksiyalari mazkur Inspeksiya tomonidan amalga oshirilsin.

3. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarini rivojlantirishda:

a) 2026-yilgacha boʻlgan davrga qadar qishloq xoʻjaligiga har yili 1 mlrd AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 35 mlrd AQSH dollariga yetkaziladi va har bir gektar sugʻoriladigan yerdan olinadigan daromadni 5 ming AQSH dollariga yetkazish boʻyicha dasturlar amalga oshiriladi;

b) har yili Vazirlik tomonidan aholi, sanoat korxonalari hamda ichki va tashqi bozor talabini hisobga olgan holda hududlarning va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlarini hamda ularning yetishmagan qismini ichki imkoniyat hisobiga qoplash yuzasidan dastur ishlab chiqilib, ijrosi taʼminlanadi;

v) 2023-yil hosilidan boshlab har yili Vazirlik dala chetlari va aholiga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish ishlarini fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari kesimida tashkillashtirishga koʻmaklashadi hamda mahsulot yetishtiruvchilarning manfaatdorligini taʼminlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirib boradi;

g) qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari liberallashtiriladi;

d) 2023-yil yakuniga qadar:

qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchilarni turli xatarlardan himoya qilish va barqaror daromad olishni kafolatlash boʻyicha sugʻurtalash tizimi yaratiladi;

qishloq xoʻjaligi sohasida zamonaviy, resurstejamkor texnika va texnologiyalarni keng joriy etish uchun lizing operatsiyalarni rivojlantirish va ragʻbatlantirish choralari koʻriladi;

aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligi yerlariga boʻlgan ijara huquqidan aktiv sifatida foydalanishning huquqiy mexanizmlari yaratiladi.

4. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq Vazirlik tizimdagi rahbariy faoliyatni yakkaboshchilik asosida tashkil etadi hamda faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻz tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda oʻz huzuridagi tashkilotlar faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirgan holda quyidagilarni amalga oshiradi:

Vazirlik va uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda uning huzuridagi tashkilotlarning markaziy apparatlarini, shtat birliklarini, xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, mol-mulklarini boshqarish;

Vazirlik va uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar oʻrinbosarlarini lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish;

(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)

Vazirlik va uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga Davlat budjeti hisobidan ajratilgan, ulardan foydalanishdan tejaladigan mablagʻlarni qonunchilikka muvofiq qayta taqsimlash;

Vazirlik va uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda uning huzuridagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini jamgʻarmalararo qayta taqsimlash tartibini va miqdorini belgilash;

Vazirlik va uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda uning huzuridagi tashkilotlarga xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar tomonidan grantlar va qarz mablagʻlari jalb qilish hamda samarali oʻzlashtirilishini muvofiqlashtirish;

boshqa sohadagi vazirlik, idoralar va xususiy sektordan ishga jalb qilingan xodimlarga koʻp yillik xizmati uchun har oylik ustamalarni belgilash.

5. Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga uzumchilik va vinochilik sohasida qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin.

(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)

Bunda, Vazirlik bir hafta muddatda Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparatida:

(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)

a) oziq-ovqat sanoati xizmatlari va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimini taʼsis etish;

b) Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatiga xizmat koʻrsatish boʻlimini tashkil etish choralarini koʻrsin.

(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)

6. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Vazirlikning hududiy boʻlinmalarida yer tuzish va monitoring vazifalari yuklatilgan 657 nafar xodimning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilsin.

Bunda, ushbu xarajatlar 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Vazirlik va uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, 2024-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

7. Qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qoʻlga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlovlarning 50 foizi Vazirlik huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga yoʻnaltirilsin.

8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 10-iyundan boshlab:

a) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari yoki boshqa xodimlari tomonidan Inspeksiya vakolati doirasidagi qonunchilik talablarini buzish holatlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolarni qoʻllash huquqi beriladi.

(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)

9. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻlimlarining eksport qilinadigan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) funksiyasi xususiy sektorga oʻtkazilsin.

10. Vazirlik:

bir oy muddatda agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishga oid tegishli qaror loyihasi;

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom oziqlanishning 2023 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi;

uch oy muddatda xalqaro tajriba asosida qishloq xoʻjaligida iqlim oʻzgarishiga moslashish, uning oqibatlarini yumshatish Milliy dasturini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 10-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin;

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 11-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 10-iyun,

PF-90-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoniga1-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari

a) qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan foydalanish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, oʻsimliklar karantini va himoyasi, veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya, pillachilik, yaylovlardan foydalanish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

b) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash va isteʼmol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

v) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni ragʻbatlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;

g) oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini koʻpaytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;

d) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan, shu jumladan yaylovlardan samarali foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish, hamda yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish va tuproqni muhofaza qilish boʻyicha kompleks choralarni amalga oshirish yoʻnalishlarida vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;

e) qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy shakllarini rivojlantirish;

j) fermer xoʻjaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;

z) qishloq xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot, taʼlim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va maʼlumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qoʻllash orqali ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;

i) qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga koʻmaklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;

k) zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishga qaratilgan tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish;

l) sohani jadal raqamlashtirish, jumladan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning barcha bosqichlari hamda xizmat koʻrsatish jarayonlariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni qoʻllash hamda geoaxborot tizimida qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlar monitoringini yuritish, shuningdek, subsidiya ajratishning shaffof mexanizmini keng joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoniga2-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi vazirligining

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiQoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiOʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasiViloyatlar va Toshkent shahri qishloq xoʻjaligi boshqarmalariAgrosanoatni rivojlantirish agentligiToshkent davlat agrar universitetiTumanlar (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimlariOʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiQoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiQishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markaziOziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziAndijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiQishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markaziXalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJUrugʻchilikni rivojlantirish markaziOziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti“Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti “Biosifat” respublika markazi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoniga 6-ILOVA

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” DUK Tumanlar (Quvasoy shahri) loyiha ofislari Koʻchat yetishtirishga ixtisoslashgan va koʻrgazmali dala maydonlarini tashkil etadigan korxona

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoniga8-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoniga9-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralar

1. Belgilab qoʻyilsinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan:

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) va uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparati xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda ustama toʻlanadi:

1 yildan 5 yilgacha — 0,2;

5 yildan 10 yilgacha — 0,3;

10 yildan 15 yilgacha — 0,4;

15 yildan 20 yilgacha — 0,6;

20 yildan 25 yilgacha — 0,8;

25 yildan ortiq — 1,0.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari hamda Vazirlik tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari xodimlariga koʻp yillik xizmat uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda ustama toʻlanadi:

1 yildan 5 yilgacha — 0,2;

5 yildan 10 yilgacha — 0,3;

10 yildan 20 yilgacha — 0,4;

20 yildan ortiq — 0,6.

2. 2024-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Vazirlik markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 1,8 baravarga, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari hamda uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalarida — 1,4 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.

3. Mehnatga haq toʻlash yagona tartibi chiqqunga qadar, Vazirlik tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, tizim tashkilotlarining markaziy apparati xodimlari uchun Vazirlik xodimlarining mehnatga haq toʻlash, Vazirlik tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun Vazirlik hududiy boʻlinmalari xodimlarining mehnatga haq toʻlash tartiblari qoʻllaniladi.

Bunda, Vazirlik, uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va tizim tashkilotlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari xodimlarini tegishliligi boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishilgan yutuqlariga qarab amalga oshiriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xodimlariga Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash shartlari:

a) Davlat budjeti hisobidan:

Yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi toʻlanadi;

Agentlik markaziy apparati hamda viloyat, tuman (shahar) hududiy boʻlimlari va loyiha ofislari xodimlari lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyentlari 1,4 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi;

lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) toʻlanadi;

koʻp yillik xizmati uchun lavozim maoshiga 20 foizdan 100 foizgacha miqdorda ustama toʻlanadi;

oʻz vazifalarini vijdonan, shuningdek alohida muhim va masʼuliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi doirasida mukofotlanadi;

yilda bir marta oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatiladi;

b) har yili Davlat budjetidan Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratiladigan transfert hisobidan:

Agentlik markaziy apparati xodimlariga oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarganliklari uchun Agentlik direktori tomonidan lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 300 foizgacha hamda hududiy boʻlinmalar va tumanlar (Quvasoy shahri) xodimlariga 200 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar toʻlanadi;

alohida oʻrnak koʻrsatgan Agentlik markaziy apparati xodimlariga lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 100 foizigacha miqdorda oylik ustamalar toʻlanadi;

Agentlik va uning tizimidagi xodimlar rasman bayram deb eʼlon qilingan kunlar, (1-yanvar — Yangi yil, 8-mart — Xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navroʻz bayrami, 9-may — Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, diniy bayramlar Roʻza hayiti (Iyd-al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd-al-Adha) va qishloq xoʻjaligi xodimlarining kasb bayramlari kuni munosabati bilan lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) ikki barobari miqdorida mukofotlanadi;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi;

xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) transport xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobarigacha miqdorida va ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobarigacha miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 30 foizgacha ustamalar belgilanadi;

fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 35 foizgacha ustamalar belgilanadi.

Zaruratga koʻra, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda xodimlar va (yoki) ularning oila aʼzolariga quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda moddiy yordam toʻlab beriladi:

xodim vafot etganda — bunda moddiy yordam xotiniga (eriga) toʻlab beriladi, agar xodimning xotini (eri) boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlab beriladi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam ota-onasi yoki boqimandalar oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;

yaqin qarindoshi vafot etganda (ota, ona, turmush oʻrtogʻi, farzandi) — vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda.

Izoh:

Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan saqlanadigan shtat birliklari uchun mazkur shartlarning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan barcha toʻlovlar Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoniga10-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5696-son Farmonida:

a) 1-bandda:

birinchi xatboshidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi “veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish,” soʻzlari “veterinariya va chorvachilik sohasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi epizootik osoyishtalikni taʼminlash, hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olish, chorvachilikni barcha tarmoqlarini va naslchilikni rivojlantirish uchun masʼul respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi”.

g) 4-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida hamda 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

d) 6 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6059-son Farmonida:

a) 4-banddagi “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 5-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“pillachilik va qorakoʻlchilik sohasini rivojlantirishni taʼminlash”;

v) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:”;

g) 2-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yaylovlarda 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasida qorakoʻlchilikni rivojlantirishningMAQSADLI PARAMETRLARI”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3026-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11. Belgilansinki, Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati, jumladan markaziy apparati va hududiy vakillar shtat birliklari miqdori Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda Jamgʻarma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamgʻarmaga qoʻshimcha shtat birliklari jalb etish huquqi berilsin”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3703-son qarori 2-bandining toʻqqizinchi xatboshisida va 4-bandda “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4015-son qarori 14-bandining uchinchi xatboshisi va 23-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qarorida:

a) 2-bandning birinchi xatboshisida “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 3 va 5-bandlar hamda qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qarorida:

a) 1-bandda:

ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

oʻn uchinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 2-bandda:

birinchi xatboshidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi rus tilidagi matnda “Gosudarstvennogo komiteta” soʻzlari “Komiteta” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 3-bandda:

ikkinchi — oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;

beshinchi xatboshidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari tegishincha “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 4, 5 va 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

d) 9-banddagi “Agentlikning bosh direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Chorvanasl” markazlari direktorlariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga hamda viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

e) 10-banddagi “Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

j) 13-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Agentlik” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

z) 14-banddagi “Agentlik” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

i) 16-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Agentlik” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

k) 18-banddagi “Agentlik bosh direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

l) 1 — 13-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida Chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3283-son qarori 2-bandning uchinchi xatboshisidagi va 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida Chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4512-son qarorida:

a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi va 14-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 17-banddagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 1-ilovaning uchinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 2-ilovaning 6-pozitsiyasi “Masʼullar” ustunidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-noyabrdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4538-son qarorida:

a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 4-ilovaning 12, 12.1, 12.2 va 13-pozitsiyalari “Chora-tadbirlarning nomlanishi” ustunidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-4817-son qarorida:

a) 1-bandda:

ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;

b) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

v) 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qarorida:

a) 8-bandda:

birinchi xatboshidagi “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshi va 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

b) 19-bandning birinchi xatboshisidagi “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-103-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi “roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan” soʻzlaridan keyin “ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

16. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 433-son qarorida:

a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qaroriga1-ILOVA

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashining

Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, sobiq aʼzolarning vazifalari ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar zimmasiga yuklanadi”;

b) 3-ilovada:

7-bandning yettinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

15-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

17-bandda:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“qishloq xoʻjaligi va tomorqa xizmati korxonalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga quritish sexi va sovutkichli omborxonalarni xarid qilish va oʻrnatishga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunda, kredit 60 foizining garov taʼminoti sifatida oʻrnatiladigan quritish sexi va sovutkichli omborxonalar olinadi, 40 foizining garov taʼminoti sifatida ularni qaytmaslik xatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi olinadi, shuningdek, kredit summasi tashabbuskorlarga quritish sexi va sovutkichli omborxonalar oʻrnatib berilgandan soʻng mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazib beriladi”;

sakkizinchi — yigirma beshinchi xatboshilar toʻqqizinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

17. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatida:

a) quyidagi mazmundagi 142-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

b) quyidagi mazmundagi 143-1- pozitsiya bilan toʻldirilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoniga11-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5690-son Farmoni 4-bandining toʻqqizinchi xatboshisi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5708-son Farmonining 1, 4, 5, 7, 9 va 10-bandlari.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6061-son Farmonning 10-bandi va 1-ilovasi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6217-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6259-son Farmoniga ilova 5-bandining “b”, “v”, “e”, “j” va “z” kichik bandlari.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6262-son Farmoniga 3-ilovaning 10-bandi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4938-son qaroriga 8-ilovaning 28-bandi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5006-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 1 — 6a-ilovalar.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi “Toshkent shahrida sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-17-son qarorining 13-bandi hamda 6-ilovasi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-277-son qaroriga 5-ilovaning 3 — 7-bandlari.

11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 753-son qarorining 1-bandi ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 1 va 3-ilovalari.

12. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 833-son qaroriga 5-ilovaning 9-bandi.

13. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 471-son qaroriga 3-ilovaning 12-bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.