PF-91-son Farmon · 12.06.2023

Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-91
  • Qabul qilingan sana:12.06.2023
  • Kuchga kirgan sana:12.06.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/23/91/0357

Mamlakatimizda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan hunarmandlarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish, ularni zarur xomashyo va moliyaviy resurslar bilan uzluksiz taʼminlash, hunarmandchilik mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun infratuzilma yaratish va bozorlarni kengaytirish hamda aholini hunarmandchilikka keng jalb etish maqsadida:

1. Hunarmandchilik faoliyatining yoʻnalishlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

“Hunarmand” uyushmasining ustuvor vazifasi etib hududlarda hunarmandchilik faoliyatining har bir yoʻnalishini alohida yondashuvlar asosida rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ayniqsa, hunarmandchilikning yoʻqolib ketayotgan turlarini saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish belgilansin.

2. Belgilansinki, 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 1-yanvarga qadar “Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi” (keyingi oʻrinlarda — Milliy katalog) va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan hunarmandlar uchun:

kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 million soʻmdan oshgan, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdori boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

tovar belgilarini milliy roʻyxatdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.

3. 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablagʻlarning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilsin.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari va tijorat banklari bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlarning manzilli ajratilishini taʼminlasin.

4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta nomlansin va 2023-yil 15-iyundan boshlab hunarmandchilikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bir hafta muddatda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasidan hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga ajratiladigan subsidiyalar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni Jamgʻarmaga yoʻnaltirsin.

5. Kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi boʻyicha subsidiya ajratish tartibi hunarmandchilik bilan shugʻullanayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etilsin.

6. Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Davlat buyurtmachilariga xarid jarayoni ochiqligi va shaffofligini taʼminlagan holda hunarmandlar oʻrtasida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra ular tomonidan ishlab chiqarilgan hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilishga ruxsat berilsin.

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 8-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)

9. 2023-yil 1-iyuldan boshlab davlat mulki boʻlgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanish, shu jumladan hunarmandchilik mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun faqat Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etilsin.

10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ijaraga beriladigan davlat mulki boʻlgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari (keyingi oʻrinlarda — madaniy meros obyektlari) roʻyxati Madaniy meros agentligi tomonidan shakllantiriladi;

roʻyxatga kiritilgan madaniy meros obyektlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi;

madaniy meros obyektlarini hunarmandlarga ijaraga berishda auksionga chiqariladigan boshlangʻich narx amaldagi stavkaga nisbatan 50 foiz miqdorida belgilanadi;

madaniy meros obyektlari hunarmandlarga besh yil muddatga ijaraga beriladi hamda ijara shartnomalari boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilgan taqdirda ijara muddati yana besh yil muddatga, qadimiy sulola davomchilari boʻlgan kamida uchinchi avlod hunarmandlariga oʻn yil muddatga uzaytirib beriladi.

11. 2023-2024-yillarda hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar, festivallar va xalqaro konferensiyalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

12. Belgilansinki, 2023-yil 1-iyuldan boshlab xorijiy davlatlarda hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar, festivallar va konferensiyalarda:

hunarmandlar, shuningdek, nogironligi boʻlgan hunarmandga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsning ishtirokini taʼminlash — “Hunarmand” uyushmasining mablagʻlari hisobidan;

milliy uslubdagi pavilonlar yaratish, hunarmandchilik mahsulotlari boʻyicha targʻibot materiallarini tayyorlash va chop etish xarajatlari “Hunarmand” uyushmasining hisob-kitoblariga muvofiq, Jamgʻarma hisobidan qoplab beriladi.

“Hunarmand” uyushmasi har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun hunarmandlarning xorijiy davlatlarda hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar, festivallar va konferensiyalarda keng ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.

13. Toshkent shahar hokimligi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tutash hududda zaxiradagi yerlarning 0,3 gektar yer uchastkasida mahalliy budjet mablagʻlarining orttirib bajarilgan qismi va qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani oʻz ichiga olgan Hunarmandlar maskani barpo etilishi va ushbu obyektdan har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha boʻlgan joylar belgilangan tartibda ijaraga berilishini taʼminlasin.

14. 2023-2024-yillarda hududlarda hunarmandchilik yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)

16. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va “Hunarmand” uyushmasi mazkur Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

18. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “Hunarmand” uyushmasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 12-iyun,

PF-91-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga 1-ILOVA

Hunarmandchilik faoliyatining yoʻnalishlari

Izoh: hunarmandlar mazkur yoʻnalishlar boʻyicha hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga 2-ILOVA

Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga 3-ILOVA

2023-2024-yillarda hunarmandchilikning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar, festivallar va xalqaro konferensiyalar

Izoh: tadbirlarni oʻtkazish muddatiga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) tomonidan oʻzgartirish kiritishga ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga 4-ILOVA

2023-2024-yillarda hududlarda hunarmandchilik yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga 5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5242-son Farmonida:

a) 4-bandda:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “mazkur Farmonning 1-ilovasiga” soʻzlari “belgilangan tartibda tasdiqlangan hunarmandchilik faoliyatining yoʻnalishlari roʻyxatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 16-banddan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

g) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-77-son qarorining 6-bandida:

birinchi xatboshidagi “2022-yil 1-iyunga” soʻzlari “2023-yil 1-oktabrga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshidagi “Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi” soʻzlari “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarmalariga tekin foydalanish huquqi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshidan “Savdo-sanoat palatasi va” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.