PF-116-son Farmon · 27.07.2023

Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-116
  • Qabul qilingan sana:27.07.2023
  • Kuchga kirgan sana:10.08.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/23/116/0579

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil etish dasturi 1a-ilovaga muvofiq;

(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)

2023 — 2025-yillarda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish dasturi va uning maqsadli koʻrsatkichlari 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining xususiy sektorga oʻtkaziladigan funksiyalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq;

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq;

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining:

“Oʻzbek geologiya qidiruv” va “Oʻzbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aksiyalari paketlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish;

Iqtisodiyot va moliya vazirligining misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish funksiyalarini Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirishda foydali qazilmalar xom ashyo bazasini kengaytirish ixtisoslashuvidan kelib chiqib, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar, shuningdek, “Yangi kon” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan ishlarni bajarishga (xizmatlar koʻrsatishga) oid oʻzaro shartnomalar, qiymatidan qatʼi nazar, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladi.

Bunda:

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ — foydali qazilmalarning kompleks geologiya-qidiruv ishlari (xizmatlari);

“Oʻzbekgeofizika” AJ — uglevodorod xom ashyosining kompleks geologiya-qidiruv va seysmoqidiruv ishlari (xizmatlari);

“Kitob geologiya tabiat milliy bogʻi” DM — kompleks geologik tadqiqotlar va stratigrafiya ishlari (xizmatlari);

“Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM — geologik maʼlumotlar fondi, foydali qazilmalar balansi, kon va istiqbolli maydonlar kadastri tematik ishlari (xizmatlari), geologik loyihalar ekspertizasi ishlari (xizmatlari) boʻyicha yagona yetkazib beruvchi hisoblanadi hamda ushbu tizim tashkilotlari tomonidan geologiya-qidiruv ishlarining (xizmatlarining) ayrim turlari boʻyicha autsorsing asosida pudrat tashkilotlari jalb qilinadi.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)

4. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining:

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi markaziy apparatining barcha xodimlariga uzluksiz ish staji uchun ustamalarni ularning umumiy mehnat faoliyatini qamrab olgan holda belgilash;

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligini saqlash xarajatlarini budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, soha korxonalari ajratmalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

5. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va quyidagilar uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

yer qaʼridan foydalanish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishdan belgilangan tartibda va miqdorlarda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga tushadigan mablagʻlar;

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolardan yer qaʼridan foydalanish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladigan jarimalar summasi;

(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlar;

xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, donor tashkilotlar grantlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari:

a) Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlarning:

moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish;

xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va amaliyot oʻtashini, shu jumladan xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil qilish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlash;

faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;

b) “Geologiya muzeyi” davlat muassasasini saqlash va rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

7. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent shahri, Olimlar koʻchasi, 49-uy manzilida operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

10. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 27-iyul,

PF-116-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga 1-ILOVA

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining

* Ushbu tashkilotlar faoliyati Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirilib boriladi.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga1a-ILOVA

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil etish

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga3-ILOVA

2023 — 2025-yillarda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish

Izoh. Vazirlar Mahkamasi tomonidan zarur hollarda mazkur dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Mazkur dasturning asosiy koʻrsatkichlariga (zaxira, resurs, geologiya qidiruv ishlari hajmlari va moliyalashtirish) olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalariga koʻra har yilgi davlat dasturlarini shakllantirishda aniqliklar kiritib borilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga3a-ILOVA

2023 — 2025-yillarda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish dasturining

Izoh. Foydali qazilmalarning zaxira va resurs koʻrsatkichlariga yillik dasturlarni shakllantirishda aniqlik kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga4-ILOVA

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining xususiy sektorga oʻtkaziladigan funksiyalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga5-ILOVA

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga6-ILOVA

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi

Izohlar:

zarurat boʻlgan hollarda Komissiya faoliyatiga respublika ijro hokimiyati organlari vakillari tegishliligi boʻyicha jalb qilinishi mumkin;

Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga7-ILOVA

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari

1. Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda mazkur yoʻnalishlarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.

2. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish orqali respublikaning mineral xom ashyo bazasini barqaror rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va foydali qazilmalarning yangi konlarini aniqlash, sanoat tarmoqlarining mineral xom ashyo bazasini diversifikatsiya qilish ishlarini tashkil etish.

3. Respublikada foydali qazilmalar istiqbolli maydonlarini aniqlash uchun ilmiy-tadqiqot, mintaqaviy geologik tasvirlash, geofizik va burgʻilash ishlarini olib borish hamda foydali qazilmalar zaxiralarini koʻpaytirishda geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish.

4. Respublikada yer osti suvlaridan foydalanish va quduq burgʻilash tizimini yanada takomillashtirish, aholi orasida yer osti suvlaridan foydalanish madaniyatini keng targʻib qilish, ularning miqdor jihatdan kamayib ketishi va ifloslanishining oldini olish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish.

5. Togʻ-kon va metallurgiya sanoatini rivojlantirish, investitsiya hajmlarini koʻpaytirish asosida yangi ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish, foydali qazilmalarni qazib olishni va qayta ishlashni koʻpaytirish, ularni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning moddiy balanslarini shakllantirish, shuningdek, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish hisobiga yuqori sifatli eksportbop qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish.

6. Yer qaʼridan foydalanish va sanoat xavfsizligini taʼminlash masalalarida shaffof tizim asosida oʻz vaqtida va sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatish, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini takomillashtirish hamda yer qaʼrining davlat fondini yuritish, maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash.

7. Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilishda qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish hamda davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ishlarini tashkillashtirish.

8. Qimmatbaho metallar va toshlar, rangli, qora va noyob metallar, uran va koʻmirni qazib olish hamda qayta ishlash sohasini loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining oʻzaro bogʻliqligini taʼminlagan holda klaster usulida rivojlantirish.

9. Sohada taʼlim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasi asosida zamonaviy fikrlaydigan va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini doimiy oshirib borish tizimini yaratish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hisobiga texnologik tajriba va bilim almashuvini yoʻlga qoʻyish.

10. Yirik ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, ulardagi jarayonlarni keng raqamlashtirish va ilgʻor dasturiy taʼminotlardan foydalangan holda zarur energiya resurslari va muhandislik tarmoqlari bilan uygʻunlikda hududiy infratuzilma dasturlari bilan uzviy bogʻlash.

11. Tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali sohada import oʻrnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish.

12. Sohaga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlarini yaratish va ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini yanada yaxshilash boʻyicha qonunchilik normalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

13. Vazirlik tizimidagi hamda togʻ-kon sanoati, geologiya va metallurgiya sohasi tashkilotlari faoliyatida kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish hamda ularga qarshi taʼsirchan choralar koʻrish boʻyicha tadbirlarni muvofiqlashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilma konlarini geologik oʻrganish va oʻzlashtirishga xorijiy investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3000-son qarorining rus tilidagi matnida 3-bandning beshinchi xatboshisidan “obshim vesom ne boleye 5 kg” soʻzlari chiqarib tashlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-avgustdagi “Mahalliy mineral xom ashyo resurslari asosida yuqori texnologik metallar ishlab chiqarishni tashkillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarorida:

a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Bunda, Kompaniyaning ustav kapitali kelgusida amalga oshiriladigan, Maqsadli dasturda koʻzda tutilmagan koʻmir va uglevodorod xom ashyo bazasini sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlash loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich 80 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoriga yetkazilsin”;

b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Belgilab qoʻyilsinki:

Kompaniya Maqsadli dasturda koʻzda tutilgan, shuningdek, koʻmir va uglevodorod xom ashyo bazasini sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlash loyihalari doirasida geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish, foydali qazilmalarni baholash, xorijiy va xususiy investitsiyalarni jalb qilish hamda loyihalarni tayyorlash boʻyicha ilgʻor tajribalarni joriy qilish maqsadida xalqaro ixtisoslashgan kompaniyalarni ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali jalb qiladi;

ishlab chiqilgan loyiha takliflari Kompaniya tomonidan mahalliy va xorijiy investorlarga taqdim etiladi hamda shaffof va raqobatdosh xalqaro tender savdolari natijalariga koʻra investorlar aniqlanadi;

Maqsadli dasturda koʻzda tutilgan chora-tadbirlar, shuningdek, koʻmir va uglevodorod xom ashyo bazasini sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlash loyihalarini amalga oshirishga doir tadbirlar Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgeofizika”AJ, Geologiya fanlari universitetining ilmiy-tadqiqot institutlari va Geoinnovatsion texnologiyalar markazi bazasida xorijiy kompaniyalar — konsultantlar bilan birgalikda Kompaniya tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi;

Maqsadli dasturda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, koʻmir va uglevodorod xom ashyo bazasini sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlash loyihalarini amalga oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Kompaniya faoliyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali jalb qilinadigan xalqaro ekspertlar va konsalting kompaniyalarining xizmat haqlari bilan bogʻliq xarajatlar Kompaniya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan Kompaniya murojaatiga asosan oʻrnatilgan tartibda Maqsadli dasturda koʻzda tutilgan, shuningdek, koʻmir va uglevodorod xom ashyo bazasini sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlash loyihalari doirasida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar “birinchi kelgan birinchi oladi” tamoyiliga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi”;

v) 4-bandda:

birinchi xatboshidagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Maqsadli dasturda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, koʻmir va uglevodorod xom ashyo bazasini sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlash loyihalarini amalga oshirishga doir tadbirlarni, shu jumladan geologik tadqiqotlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun Kompaniya murojaatlariga muvofiq mavjud geologik materiallar, laboratoriya-texnologik ishlanmalar natijalari va tegishli yoʻnalishlardagi tahliliy maʼlumotlar tezkor taqdim etilishini taʼminlab borsin”;

g) quyidagi mazmundagi 5¹-band bilan toʻldirilsin:

“5¹. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Kompaniya murojaatiga asosan bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida joylashgan “Kelajak”, “Aspantay” maydonlari va ularning yon-atroflari hamda konsultantlar tomonidan aniqlanadigan boshqa istiqbolli maydonlarda yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda “birinchi kelgan birinchi oladi” tamoyiliga asosan berilishini taʼminlasin”;

d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Kompaniya Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 11a-uy manzilida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qarorining 24-bandida:

birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishincha birinchi va ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasining amalga oshirilishini jadallashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-5691-son farmoyishining 3-bandida:

birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi “jalb qilingan kredit” soʻzlaridan keyin “va qarz” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-son Farmoniga9-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 12-fevraldagi “Oʻzbekiston SSR davlat geologiya va mineral resurslar komitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-142-son Farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 46-bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5190-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5447-son Farmoniga 1-ilovaning 32-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5497-son Farmoniga 1-ilovaning 35-bandi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6075-son Farmoniga 2-ilovaning 62-bandi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 2-ilovaning 62 va 70-bandlari, 3-ilovaning “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” boʻlimi hamda 5-ilovaning 57-pozitsiyasi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-yanvardagi “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-568-son qarori.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2954-son qarori.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida yagona geologiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3004-son qarori.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi “Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021-yillarda mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4401-son qaroriga 8-ilovaning 1-bandi.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4522-son qarorining 15 va 16-bandlari hamda 6-ilova.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5083-son qaroriga 2-ilova.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi “Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-439-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi va 2-bandining “a” kichik bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.