PQ-353-son Qaror · 31.10.2023

Aholiga pensiya tayinlash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-353
  • Qabul qilingan sana:31.10.2023
  • Kuchga kirgan sana:01.11.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/353/0819

Mamlakatda keksa, boquvchisini yoʻqotgan va mehnatga layoqatsiz aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, fuqarolarga pensiyalarni tayinlash yuzasidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, fuqarolarga toʻlanadigan toʻrt turdagi ijtimoiy toʻlovlarni ularning murojaatisiz proaktiv shaklda, ikki turdagi ijtimoiy toʻlovlarni kompozit shaklda hamda yana toʻrt turdagi ijtimoiy toʻlovlarni qoʻshimcha hujjatlar talab etmagan holda, birgina pasport asosida tayinlash amaliyoti joriy etildi.

Aholiga pensiya tayinlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini faol tatbiq etgan holda davlat tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida:

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash amaliyotida quyidagi tartiblarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

a) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun amaldagi tartibga qoʻshimcha ravishda ularning xohishiga koʻra Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;

fuqarolarga davlat pensiyalari tayinlanganidan soʻng ularning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.

Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi;

b) 2025-yil 1-martdan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida belgilangan yoshga toʻlishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa maʼlumotlariga asosan davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartib va meʼyorlarga muvofiq hisoblanadi va tayinlanadi.

2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.

Belgilansinki, yoshga doir pensiya fuqaroning keyinchalik qilgan murojaatiga asosan davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarga muvofiq qaytadan hisoblanadi va tayinlanadi.

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) 2025-yil 1-martga qadar:

Raqamli texnologiyalar vazirligi va mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda begʻaraz asosda fuqaroning mobil aloqa vositasiga pensiya taʼminotiga oid boʻlgan SMS-xabarlar yuborilishini taʼminlasin.

Bunda fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabarni yuborish Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali yuboriladigan fuqaroning JSHSHIR maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi;

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan yoshga doir pensiya olish yoshiga toʻlishi munosabati bilan pensiyani ularning alohida murojaatisiz proaktiv shaklda tayinlash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasining Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)

4. Quyidagilar:

Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash sxemasi 1-ilovaga muvofiq;

Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibini amaliyotga joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi va vazifalari, shu jumladan davlat pensiyalarini tayinlash hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida videoroliklar va ijtimoiy reklamalar ishlab chiqqan holda, ularning ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida keng yoritilishini taʼminlasin.

7. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari D.A. Kuchkarov, adliya vaziri A.D. Tashkulov va raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.

Qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 31-oktabr,

PQ-353-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qaroriga1-ILOVA

Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PF-62-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 06/26/62/0374-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qaroriga2-ILOVA

Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibini amaliyotga joriy etish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qaroriga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1252-son qaroriga 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining kuzatuv kengashi

Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 2.3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qaroriga 1-ilovaning 86-pozitsiyasi quyidagi tahririda bayon etilsin:

4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 2-bandda:

oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish — shaxsning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga bevosita tashrif buyurgan holda ariza berishi, shaxsning yashash joyidan qatʼi nazar eksterritorial tamoyil asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatlari markazi) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtib soʻrovnomani toʻldirgan holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishi”;

quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“pensiyani qayta hisoblashni soʻrab murojaat etish — pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtkazish, ilgari toʻxtatib qoʻyilgan (toʻxtatilgan) pensiya toʻlashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) toʻgʻrisida yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ariza berish”;

oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:

“Bunda aynan bir qonunda belgilangan pensiyaga oid imtiyozlar boshqa qonun talablari asosida pensiya tayinlanishi munosabati bilan qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;

v) 6-bandda:

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Agar xodimga pensiya tayinlash rad etilgan boʻlsa, bu haqda unga rad etish sabablari koʻrsatilib, yozma ravishda xabar beriladi. Pensiya soʻrab murojaat qilgan shaxs maʼmuriyat qaroridan norozi boʻlsa, u pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizani yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ushbu Nizomga 22-ilovaga muvofiq shaklda beradi, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtib ushbu Nizomga 28-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnoma toʻldirgan holda murojaat qiladi”;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtgan holda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilish ushbu Nizomga 29 — 31-ilovalarga muvofiq sxemalar asosida amalga oshiriladi”;

g) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza qonunchilikka muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.

Pensiya tayinlanadigan shaxs balogʻatga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda, ariza yoki soʻrovnoma uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.

Shaxs yoki qonuniy vakil pensiya tayinlashni soʻrab oʻzi uchun eng qulay boʻlgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga bevosita tashrif buyurgan holda ariza berish, pochta orqali ariza berish, Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtgan holda soʻrovnomani toʻldirib murojaat qilish huquqiga ega.

Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtgan holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilish shaxsning pensiya olish huquqini beradigan maʼlumotlari “YAMMT” IDAKda raqamlashtirilganidan soʻng amalga oshiriladi.

Bunda, shaxs yoki qonuniy vakil tomonidan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim qilingan raqamlashtirilmagan maʼlumotlar yoki hujjatlar orqali pensiya miqdori qayta hisoblanadi”;

d) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “(qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtkazish)” soʻzlari “yoki qayta hisoblash” soʻzlari bilan almashtirilsin;

e) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shaxs tegishli ariza yoki soʻrovnoma orqali murojaat qilgan taqdirda, pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.

Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilish Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali amalga oshirilganida Qonun va ushbu Nizom qoidalariga muvofiq axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida pensiya hisoblab chiqiladi.

Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan mehnat staji, ish haqi yoki pensiya miqdoriga taʼsir etuvchi boshqa maʼlumotlar raqamlashtirilmagan hollarda shaxs yoki qonuniy vakil yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensiya tayinlashni soʻrab ariza berish huquqiga ega.

Shaxsning yoki qonuniy vakilning pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizasi yoki soʻrovnomasi Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda tilxat, shuningdek, olingan va yetishmayotgan hujjatlar roʻyxati beriladi.

Pensiya tayinlashni soʻrab Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qilinganida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaat qiluvchining soʻrovnomada keltirilgan mobil telefon raqamiga yoki shaxsiy kabinetiga uning murojaati qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi”;

j) 15-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya)” soʻzlari “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hududiy boʻlimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

z) 21 va 132-bandlardagi “Inspeksiyaning” soʻzi “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;

i) 110-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Komissiya tomonidan pensiya tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya turi, pensiya miqdori, pensiya tayinlash muddati, pensiyaning toʻlov shakli va pensiya toʻlash sanasi toʻgʻrisida pensionerning pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizasida yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar yoki shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi”;

k) 111-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi murojaat Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali amalga oshirilganida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlash rad etilganligi, rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida pensionerning soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga yoki shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi”;

ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

l) 159-1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlari “YIDXP” qisqartmasi bilan almashtirilsin;

m) 180-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

n) quyidagi mazmundagi 28 — 31-ilovalar bilan toʻldirilsin:

“Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga28-ILOVA

Pensiya tayinlash boʻyicha

Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga29-ILOVA

Yoshga doir pensiya tayinlash yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish

Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga30-ILOVA

Nogironlik pensiyasini tayinlash yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish

Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga31-ILOVA

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.