PQ-378-son Qaror · 28.11.2023

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining ayrim hududlarini maqbullashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-378
  • Qabul qilingan sana:28.11.2023
  • Kuchga kirgan sana:29.11.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/378/0902

Samarqand viloyatida tashkil etilgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining 125,3 gektar hududida zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish koʻp miqdorda mablagʻ talab etishi, hududga investitsiya loyihalarini joylashtirish natijadorligi pastligini hamda ayrim yer maydonlarida koʻp yillik mevali daraxtlarning mavjudligini, shuningdek, 177,12 gektar yer maydoni yuqori kuchlanishli elektr energiyasi va yuqori bosimli tabiiy gaz tarmoqlarining muhofaza hududlari tarkibiga kirishini inobatga olib, jami 302,42 gektar yer maydonlarini “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqarish hamda davlat zaxirasiga qaytarish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Islom Shoir”, Samarqand tumanidagi “Qorasuv”, Pastdargʻom tumanidagi “Doʻstlik”, Payariq tumanidagi “Choshtepa”, Urgut tumanidagi “Sariqtepa”, Pastdargʻom tumanidagi “Doʻstlik-1”, Nurobod tumanidagi “Sazagʻon”, Samarqand shahridagi “Hishrav-2”, Jomboy tumanidagi “Nazar”, Ishtixon tumanidagi “Koʻtarma”, Narpay tumanidagi “Tepa” massivida joylashgan yer maydonlarini maqbullashtirish;

maqbullashtirilgan yer maydonlarini “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqarish.

2. Samarqand viloyati hokimligi Kadastr agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqariladigan yer maydonlarini belgilangan tartibda tegishli tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarish va keyinchalik ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.

Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 28-noyabr,

PQ-378-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-378-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5278-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga kiruvchi yangi hududlar

2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 196-son qaroriga 1-ilovaning 1-boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“I. “Urgut” EIZga kiruvchi hududlar roʻyxati:

1. Samarqand viloyatining Urgut tumani “Mergancha” va “Bogʻishamol” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 144,0 gektar yer maydonlari:

a) “Mergancha” massividagi (“Bogʻishamol” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlaridan tashqari) yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:

shimoliy tomondan — 500 kV yuqori kuchlanishli Janubi-gʻarbiy magistral elektr taʼminoti tarmogʻi;

sharqiy tomondan — 4R-246 “Samarqand — Urgut” avtomobil yoʻli;

gʻarbiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻli;

janubiy tomondan — 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yoʻli;

b) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:

shimoliy tomondan — 220 kV yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi;

sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻli;

gʻarbiy tomondan — “Akramov Zuvay Fattoyevich” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;

janubiy tomondan — “Mergancha” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlari;

v) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:

shimoliy tomondan — 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yoʻli;

janubi-sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻlining Kamangaron koʻchasi bilan tutashgan joyidan 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yoʻli bilan tutashgan joyigacha;

sharqiy tomondan — “Kamangaron — Urgut” avtomobil yoʻli;

g) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:

shimoliy tomondan — “Akramobod zamini bahori” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;

sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻli;

gʻarbiy tomondan — “Kamangaroncha uzumzorlari” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;

janubiy tomondan — “Begzod Quruqsoy” fermer xoʻjaligi yer maydonlari.

2. Samarqand viloyatining Urgut tumani “Sariqtepa” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 228,42 gektar yer maydonlar quyidagi chegaralar bilan:

shimoliy tomondan — “Sariqtepa” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlari va “Abdumalik Samiyev Lazizxon”, “Nasim Nodir Nasriddin Zamini Nur”, “Aziza Marhabo Mirishkor zamini” va “Bogʻi eram Sariqtepa dalasi” fermer xoʻjaliklari yer maydonlari;

sharqiy tomondan — “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlari va “Abdusami Gʻofur Shomurodzoda” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;

gʻarbiy tomondan — “Yuqori Sanchiqul” mahalla fuqarolar yigʻiniga olib boruvchi avtomobil yoʻli hududi, “Murtozov Yusufboy” va “Boymurod oltin dalasi” fermer xoʻjaliklari yer maydonlari;

janubiy tomondan — “Sariqtepa” va “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yigʻinlari aholi punktlari va “Abduqodir Mahmud dalasi”, “Oftob Hasanova uzumzori”, “Abdurahmon Fozila nur bogʻi”, “Abror Asror chaman bogʻlari”, “Hamidova Matluba dalasi” va “Ulugʻbek Lazizbek nurli dalasi” fermer xoʻjaliklari yer maydonlari.

3. Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumani “Doʻstlik” massividagi 59,88 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:

shimoliy tomondan — “Dargʻom” kanali yer maydoni himoya hududi;

sharqiy tomondan — “Samarqandkimyo” AJ superfosfat zavodi chegarasi;

janubiy tomondan — “AFSONA BEST” fermer xoʻjaligi yer maydoni;

gʻarbiy tomondan — sanoat zonasini qurish uchun ajratilgan yer maydoni.

4. Samarqand viloyati, Nurobod tumani, “Sazagʻon” massivi 252,56 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:

a) shimoliy tomondan — Nurobod tumani hokimligi zaxira yer maydonlari hududi;

sharqiy tomondan — Tepakoʻl soyi hududi;

janubiy tomondan — A-378 “Samarqand-Qarshi” avtomobil yoʻli;

gʻarbiy tomondan — “Xudayatov Botir” fermer xoʻjaligi va Nurobod tumani hokimligi zaxira yer maydonlari;

b) shimoliy tomondan — “Shoʻrtan-Sirdaryo” magistral gaz tarmoqlari muhofaza hududi;

sharqiy tomondan — “Plant OFF Samarqand” MChJ hududi;

janubiy tomondan — “A-378 “Samarqand-Qarshi” avtomobil yoʻli;

gʻarbiy tomondan — Tepakoʻl soyi hududi;

v) shimoliy tomondan — Pastdargʻom tumani chegarasi;

sharqiy tomondan — “Plant OFF Samarqand” MChJ hududi;

janubiy tomondan — “Shoʻrtan-Sirdaryo” magistral gaz tarmoqlari muhofaza hududi;

gʻarbiy tomondan — Tepakoʻl soyi hududi.

5. Samarqand viloyatining Samarqand shahri “Xishrav-2” massivi hududidagi 102,0 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:

shimoliy tomondan — “Dargʻom” kanali hududi;

sharqiy tomondan — Samarqand viloyati Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasining malaka oshirish markazi hududi;

janubiy tomondan — davlat zaxira erining jarlikkacha boʻlgan hududi;

gʻarbiy tomondan — Mudofaa vazirligining harbiy bazasiga tutash hududi.

6. “Urgut” EIZning Samarqand shahri “Xishrav-2” massivi yer maydonlariga Samarqand shahri hokimligi zaxira yer maydonlari hisobidagi 275,2 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:

shimoliy tomondan — Eski anhor kanali hududi;

sharqiy tomondan — Samarqand viloyati “Maroqand Obod” DUKning chiqindilarni qayta ishlash hududi;

janubiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va Pastdargʻom tumani hududi;

gʻarbiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism hududi.

7. Urgut tumani “Oʻramas” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 50,0 gektar yer maydoni quyidagi chegaralar bilan:

shimoliy tomondan — “Samad oqil”, “Mamadaminov Fazli” fermer xoʻjaliklari hududi;

sharqiy tomondan — “Agro pilla” MChJ va aholi punkti hududi;

janubiy tomondan — “Gʻozi bobo” fermer xoʻjaligi hududi;

gʻarbiy tomondan — “Izma ziyo izza” fermer xoʻjaligi hududi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.