PQ-374-son Qaror · 27.11.2023

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-374
  • Qabul qilingan sana:27.11.2023
  • Kuchga kirgan sana:28.11.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/374/0900

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2022-yil 20-may kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan 1995-yil 3-noyabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining umumiy ilmiy-texnologik makon yaratish toʻgʻrisidagi Bitimiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlansin.

2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganligi hamda uni amalga oshirishga masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 27-noyabr,

PQ-374-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.