PQ-401-son Qaror · 21.12.2023

Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-401
  • Qabul qilingan sana:21.12.2023
  • Kuchga kirgan sana:25.12.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/401/0961

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-208-son Farmonining ijrosini taʼminlash hamda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning faolligini oshirish maqsadida:

1. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi barcha boʻgʻindagi har bir davlat organi, tashkiloti va korxonasida, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, sud tizimida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda boshqaruv xodimlari orasidagi xotin-qizlarning ulushini 2030-yilga qadar 30 foizga yetkazish talabi davlat korxonalarining ijro organlari, shu jumladan direktorlar kengashi va kuzatuv kengashlarining tarkibini shakllantirishda ham tatbiq etilishini taʼminlasin.

2. Belgilansinki, 2024-yil 1-fevraldan boshlab:

kasanachilik va hunarmandchilik yoʻnalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish maqsadida taʼlim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda kasb-hunarga oʻqitish kurslari tashkil etiladi.

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)

(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)

3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:

ikki oy muddatda “xotin-qizlar.uz” platformasi negizida “Band boʻlmagan xotin-qizlar” modulini yaratsin hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga ushbu modulni integratsiya qilishni;

uch oy muddatda “Oʻzbekcharmsanoat”, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzbekipaksanoat” va “Parrandasanoat” uyushmalari bilan birgalikda ularning tarkibidagi korxona va tashkilotlar uchun zarur ishchilarning korxonalar kesimida aniq ehtiyojini ishlab chiqishni;

2024-yil 1-martga qadar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻtkaziladigan ochiq tanlovlarda ishtirokchilarni shaffoflik va xolislik tamoyillariga asosan baholashni “onlayn” rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi elektron dasturiy taʼminot ishlab chiqish hamda 2025-yildan boshlab har yili ushbu tanlovni oʻtkazib borishni taʼminlasin.

4. Quyidagilar:

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

“Band boʻlmagan xotin-qizlar” moduliga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning maʼlumotlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)

7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) bilan hamkorlikda:

har bir hududning ilgʻor mahsulot ishlab chiqarish sohalarini aniqlab, ushbu sohalarda xotin-qizlar tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar boʻyicha fyuchers shartnomalarini tuzish hamda ularning realizatsiyasini taʼminlash vazifasi yuklatilgan xoʻjalik hisobidagi kooperatsiyalarni 2024-yil yakuniga qadar 50 ta, 2025-yil yakuniga qadar kamida 100 ta tumanda tashkil etib, ushbu amaliyotni bosqichma-bosqich respublikaning boshqa tumanlarida ham joriy etish choralarini koʻrsin;

oʻzlarining budjetidan tashqari mablagʻlari hisobidan mahsulot ishlab chiqarib uning bozorini topishda qiynalayotgan xotin-qizlarning roʻyxatini har chorakda tuzib borsin va ularning ijtimoiy tarmoqlarda marketing faoliyati bilan shugʻullanish borasidagi koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini, shu jumladan onlayn tashkil etib borsin.

8. 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalariga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik natijasida jabrlanganlar ham kiritilsin;

ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning uy-joylarini taʼmirlash uchun qurilish materiallarining eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xarid qilinishiga ruxsat berilsin.

9. Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi hamda Qoʻmitaning ilgʻor xorijiy tajriba asosida fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni koʻrishga ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllantirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.

Bunda, 2024-yil 1-fevraldan mavjud shtat birliklari doirasida tajriba tariqasida fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudlarining ikki nafardan sudyasini oilaviy nizolarni koʻrish boʻyicha ixtisoslashtirgan holda ushbu sudlarda “Oila sudyalari” tashkil etilsin.

Oliy sud fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining nikohdan ajralish uchun ariza bergan oilalarni yarashtirish boʻyicha ijobiy tajribasini bosqichma-bosqich boshqa sudlarga tatbiq etish boʻyicha moliyaviy asoslantirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etsin.

10. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi hamda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti:

yuqori sinflar uchun ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlarini oʻqitish boʻyicha mavzularni tanlashda oilaning muqaddasligi, oila aʼzolarining bir-biri oldidagi maʼnaviy javobgarligini yorituvchi mavzularga ustuvorlik berish;

biologiya va tarbiya fanlarini oilaga tayyorgarlikni taʼminlovchi mavzular guruhi bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.

11. Qoʻmita, Kinematografiya agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasiga xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollikka chorlovchi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati oiladagi tinchlik va Vatan ravnaqiga ijobiy hissa qoʻshishi, oila aʼzolari va atrofdagilarning koʻmagi bilan yuksak yutuqlarga erishgan xotin-qizlarning hayotini yorituvchi, oilaviy zoʻravonlikni qoralovchi kinofilm va ijtimoiy reklamalarni tayyorlash tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb etgan holda ishlab chiqilgan kinofilm va ijtimoiy reklamalarni televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam uzatilishini taʼminlasin.

12. Vazirlar Mahkamasi Oliy sud bilan birgalikda:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarining ikki oy muddatda ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlasin:

jinoiy oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga koʻra sud tomonidan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda, yaʼni sud mahalladagi xotin-qizlar faolining fikrini inobatga olgan holda er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga imkoniyat yoʻq deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirmasdan hamda yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qiluv qarori chiqarishni;

sudda uy-joyga majburiy tartibda kiritish bilan bogʻliq daʼvolar koʻrilayotganda, uy egasining talabiga koʻra majburiy tartibda kiritilayotgan taraf uy egasiga tegishli mutanosib sharoitga ega boshqa yashash joyiga yoki uy egasi tomonidan ijara haqi toʻlab turiladigan yashash joyiga kiritib qoʻyish imkoniyatini;

b) yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida tuzilgan nikohlardan nogiron farzandlar tugʻilishi xavfi toʻgʻrisida amaliyot va xorijiy tajribani chuqur oʻrgangan holda, bunday nikohlar kelajak avlod salomatligi uchun salbiy taʼsir etadigan boʻlsa, yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan taklif kiritsin.

13. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi oila, xotin-qizlar hamda gender sohasiga oid ishlarning samarali tashkil etilishini va muvofiqlashtirib borilishini taʼminlasin.

14. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 21-dekabr,

PQ-401-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qaroriga 2-ILOVA

“Band boʻlmagan xotin-qizlar” moduliga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning maʼlumotlari

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qaroriga 3-ILOVA

Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini taʼminlash boʻyicha

T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Oila, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish 1. Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat-kengashi organlari faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil fevral Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Senatning xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2. Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirish, xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularni tizimli ravishda hal etish yuzasidan modulni yaratishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2024-yil mart Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 3. Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shuningdek, ehtiyojmand oilalardan boʻlgan xotin-qizlarning oliy taʼlim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalanishlarini taʼminlash maqsadida mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil aprel Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 4. Yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida tuzilgan nikohlardan nogiron farzandlar tugʻilishi xavfini oʻrganish natijalari asosida yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohni taqiqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Qonun loyihasi 2024-yil aprel Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti 5. Jinoiy oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga koʻra sud tomonidan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarni soddalashtirilgan tartibda koʻrish va hal qiluv qarori chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Qonun loyihasi 2024-yil mart Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti 6. Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2024-yil mart Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti 7. Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2024-yil mart Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi 8. Oila va xotin-qizlar faoliyatiga oid amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlarini xatlovdan oʻtkazib, ularni oʻzaro muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2024-yil mart Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi 9. Xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini oshirish hamda davlat xaridlarida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat xaridlari tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil may Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10. Masʼul tashkilotlarni chalgʻitish orqali ijtimoiy yordam olish uchun turmush oʻrtogʻi bilan nikohini bekor qildirgan shaxslarni aniqlash va ularga yolgʻiz ona yoki yolgʻiz ota uchun belgilangan ijtimoiy yordam koʻrsatilmasligini taʼminlash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil fevral Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti II. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash, erkaklar va xotin-qizlar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash 11. “Demografik oʻzgarishlar sharoitida jamiyatni barqaror rivojlantirish: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil noyabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, OʻzMTRK, OʻzA, manfaatdor vazirlik va idoralar, (BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) bilan hamkorlikda) 12. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati yuzasidan genderga oid audit oʻtkazib borish hamda natijalarini muhokama qilib borish. Reja asosida 2024-yil har chorakda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 13. “Gender tenglik faoli”, “Yil ayoli” milliy tanlovlarini 3 bosqichda (tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda respublika bosqichlari) oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil reja asosida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 14. 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan qizlar forumini oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 15. Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan hamda oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlar, umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf qizlari oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari” milliy tanlovini oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr — dekabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, 16. Xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy faolligini yanada oshirish, ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish masalalariga bagʻishlangan Osiyo ayollari forumini tashkil etish. Vazirlar Mahkamasi farmoyishi 2024-yil sentabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 17. Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash sohasida ilgʻor mamlakatlar bilan qisqa tajriba almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yildan boshlab reja asosida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar 18. Xorijiy mamlakatlarda turli sabablar tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolayotgan oʻzbek ayollariga har tomonlama koʻmak koʻrsatish, xorijiy diplomatik tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash va sayyor qabullar tashkil etish hamda muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam berish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yildan boshlab reja asosida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, Oʻzbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar III. Davlat xizmati, taʼlim, ilm-fan va innovatsiya hamda boshqa sohalarda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash 19. Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining olima ayollari, umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarning rahbar xodimlari bilan hamkorlikda mamlakatimizda xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil aprel-may Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 20. “Ilmli ayol — jamiyat koʻzgusi” mavzusida 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan haftalik oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil fevral Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 21. Amaliy innovatsion loyihalar boʻyicha “Olima ayol” va “Boʻlajak olim” tanlovlari doirasida oʻtkaziladigan “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovida xotin-qizlarning faol ishtirok etishlarini tashkil qilish. Chora-tadbirlar rejasi 2024-yil mart — may Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 22. Taniqli xotin-qizlarning jamiyat va davlat rivojida tutgan oʻrnini yanada ommalashtirish maqsadida Xalima Xudoyberdiyeva xotirasiga bagʻishlangan mushoira, maʼnaviy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish. Chora-tadbirlar rejasi 2024-yildan boshlab may oyida Yozuvchilar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 23. Xalq ogʻzaki ijodini qoʻllab-quvvatlash orqali chekka qishloq va ovullarda faoliyat yuritayotgan folklor ayollar jamoalari ijodini ragʻbatlantirish va targʻib qilish yuzasidan tadbirlar belgilash. Tadbirlar rejasi 2024-yildan boshlab Madaniyat vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Yozuvchilar uyushmasi, OʻzMTRK, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 24. 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan qishloq joylarda mehnat qilayotgan va yashayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish. Chora-tadbirlar rejasi 2024-yil oktabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “Agrar soha ayollari” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari IV. Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorligini rivojlantirish, kasbga yoʻnaltirish va bandligiga koʻmaklashish 25. Xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish va tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish masalalarida masʼul vazirlik va idoralar, nodavlat oʻquv muassasalari maʼlumotlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida integratsiya qilish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil yanvar-fevral Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy biznes maktabi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi 26. Xotin-qizlarning tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, kasbiy koʻnikmalar olishlariga har tomonlama koʻmaklashish tizimini rivojlantirish maqsadida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil fevral Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy biznes maktabi, Markaziy bank, Biznes ombudsman, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 27. Mahallalardagi xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini takomillashtirish uchun ajratilgan grant mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil yanvar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 28. “Oʻzcharmsanoat”, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzbekipaksanoat” va “Parrandasanoat” uyushmalari tizim korxonalarida ishlab chiqarish texnologiyalarining va mehnat sharoitlarining oʻzgarishi hisobiga xotin-qizlarni kasbga oʻqitish boʻyicha yangi tartib asosida ishlarni yoʻlga qoʻyish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil fevraldan boshlab “Oʻzcharmsanoat”, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzbekipaksanoat” va “Parrandasanoat” uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 29. Mahsulot ishlab chiqarib uning bozorini topishda qiynalayotgan xotin-qizlarning roʻyxatini tuzib borish va ularning ijtimoiy tarmoqlarda marketing faoliyati bilan shugʻullanish borasidagi koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini, shu jumladan onlayn tashkil etib borish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil har chorakda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi V. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, reproduktiv salomatlik qoidalarini targʻib etish 30. “Farovon oila — kelajak poydevori” mavzusi doirasida 10 ta amaliy va fundamental loyihani amaliyotga tatbiq etish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar 31. Erta turmush va erta tugʻruq holatlarining sabablari va omillarini aniqlash hamda ularning oldini olish boʻyicha multimedia mahsulotlarini va elektron tarzda kuzatish xaritasini yaratish. Chora-tadbirlar rejasi asosida 2024-yil yanvar Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, OʻzMTRK 32. “Xonadon gigiyenasini besh yulduzli mezon asosida baholash” elektron platformasi hamda hududiy xaritasini yaratish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil yanvar Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti 33. Mahallalarda milliy qadriyatlar va odob qoidalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targʻib etishga oid uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va chop etish. Reja asosida 2024-yil fevral Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Din ishlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, manfaatdor vazirlik va idoralar 34. “Mahallalarda notinch oilalar bilan ishlash mexanizmlari” nomli uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va chop etish. Reja asosida 2024-yil mart Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Din ishlari qoʻmitasi, Musulmonlar idorasi, IIV Akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar 35. “Oila mustahkamligi uchun barchamiz masʼulmiz!” shiori ostida oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish. Chora-tadbirlar rejasi asosida 2024-yil davomida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Din ishlari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 36. Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona — kitobxon bola” gʻoyasini hududlarda keng targʻib qilish. Chora-tadbirlar rejasi asosida 2024-yil davomida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari “Kitobxon onalar kuni”ni viloyat, tuman, shaharlarda va mahallalarda yuqori saviyada oʻtkazish. Har chorakda bir marotaba 37. Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining nikohdan ajralish uchun ariza bergan oilalarni yarashtirish boʻyicha ijobiy tajribasini bosqichma-bosqich boshqa sudlarga tatbiq etish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil fevraldan boshlab Oliy sud, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 38. Zamonaviy milliy liboslarning eskizlarini yaratish uchun tadbirkorlarga taqdim qilish hamda ommalashtirish maqsadida “Nafosat” koʻrik-tanlovini oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil aprel-may Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Osiyo ramzi” Oʻzbekiston Respublikasi dizaynerlar uyushmasi 39. “Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash va “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil aprel-may Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, OʻzMTRK, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 40. “Oila sudlari” tajribasi natijalarini tahlil qilish hamda tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda 2025 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich barcha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar faoliyatiga tatbiq etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. Tahliliy maʼlumot, chora-tadbirlar rejasi 2024-yil dekabr Oliy sud, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 41. Sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, toʻgʻri ovqatlanish, reproduktiv salomatlik qoidalarini targʻib etish, erta tugʻruq va erta nikohning oldini olish orqali xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash borasida tizimli targʻibot ishlarini olib borish. Chora-tadbirlar rejasi 2024-yil davomida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi 42. “Sogʻlom oila — sogʻlom turmush tarzi” tamoyilini targʻib qilish maqsadida “oila — mahalla — taʼlim” tizimi asosida targʻibot tadbirlarini ishlab chiqib amalga oshirish. Chora-tadbirlar dasturi 2024-yil davomida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi 43. Oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish maqsadida mediatorlik institutining rolini oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oliy sud 44. Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar oʻrtasida sportning ommaviy turlari hamda velosport boʻyicha sport musobaqalarini tashkil etish. Alohida reja asosida 2024-yil davomida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari VI. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va xotin-qizlar muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ularni kompleks yondashuv tizimi asosida manzilli qoʻllab-quvvatlash 45. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini oʻrganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etishga qaratilgan tadqiqotlar oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil iyun-iyul Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 46. “Ayollar daftari”ga kiritilgan kasb-hunarga ega boʻlmagan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 47. “Xotin-qizlar oʻrtasida boqimandalikning oldini olish” nomli uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va chop etish. Reja asosida 2024-yil fevral Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti 48. Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini aholiga yaqinlashtirish maqsadida turli daxldor mavzularda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil aprel-may “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti 49. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlab kelayotgan NNTlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Chora-tadbirlar rejasi 2024-yil mart Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 50. Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi boʻlgan kam taʼminlangan oilalardagi 3 ming 500 nafar xotin-qizlar va voyaga yetmagan farzandlarini jarrohlik yoʻli orqali sogʻlom hayotga qaytarish, reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. Alohida reja asosida 2024-yil davomida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 51. Xotin-qizlar va kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida ekskursiyalar va sayohatlar tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Alohida reja asosida 2024-yil davomida Turizm qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 52. Mahalladagi eng yaxshi ishlagan mahalladagi xotin-qizlar faollarini ragʻbatlantirish maqsadida ularning sihatgohlarda dam olishlari va davolanishlarini tashkil qilish. Kasaba uyushmalari tomonidan oʻrnatilgan yoʻllanmalarni berishning belgilangan tartibiga asosan 2024-yil davomida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 53. Korxona va tashkilotlar xodimlari, birinchi navbatda xotin-qizlarning Toshkent viloyatidagi soʻlim goʻshalar va dam olish maskanlariga ish beruvchilar va kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan uch kunlik sayohatlarini tashkil etib borish. Alohida reja asosida 2024-yil davomida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari VII. Oila aʼzolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish 54. Jazo muddatini oʻtayotgan va oʻtab chiqqan xotin-qizlarni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish. Chora-tadbirlar rejasi asosida 2024-yil davomida Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 55. Oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlarining sabablari va omillarini aniqlash hamda ularning oldini olish boʻyicha kompleks tadqiqot ishlarini amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil yanvar-fevral Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura akademiyasi, IIV Akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 56. Profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar hamda ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻlikni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Amalga oshirilgan ishlarning monitoringini olib borish. Har chorak yakunidan keyingi oyning 5 sanasiga 57. Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha mehnat jamoalarida zoʻravonlik turlari va ularning oldini olish boʻyicha davra suhbatlari va muloqotlar tashkil etish. Reja-jadval asosida 2024-yil davomida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 58. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish sohalarida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. Har chorak yakunidan keyingi oyning 5 sanasiga 59. 25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni munosabati bilan haftalik oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil noyabr Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 60. Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini xotin-qizlarga tushuntirish maqsadida “Odam savdosi — davr muammosi” targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. Reja-jadval asosida 2024-yil davomida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. Har chorak yakunidan keyingi oyning 5 sanasiga 61. Uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan shaxslar, shu jumladan ayollarning oilalarini, xususan voyaga yetmagan farzandlarini ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash. Reja-jadval asosida 2024-yil davomida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi VIII. Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish 62. Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan media-reja ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar Har chorakda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, AOKA, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, OʻzMTRK, OʻzA, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, “Yangi Oʻzbekiston”, “Xalq soʻzi” va boshqa markaziy gazetalar 63. Qoʻmita faoliyatini keng yoritish maqsadida axborot xizmati huzurida jurnalistlardan iborat press-pulni tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil aprel Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 64. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tizimidagi islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning natijalarini aholiga tezkor, taʼsirchan va muntazam yetkazib borish. Matbuot anjumanlari, press-tur, brifing va boshqa tadbirlar Har oyda kamida 1-marta Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi 65. “Oʻzbekiston” telekanalida — “Onaxonlar hikmati”, “Oqila ayollar” harakati aʼzolari — ibrat namunasi”, “Oila olami” nomli turkum koʻrsatuvlarni tashkil etish. Reja asosida 2024-yil mart oyidan boshlab Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, OʻzMTRK, “Oʻzbekiston” telekanali, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi 66. “Mahalla” telekanalida “Namunali oila”, “Ibrat maktabi”, “Baxtli oila”, “Qaynonalar maktabi”, “Oila muqaddas”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “Turmush chorrahalarida”, “Ota-ona qadri”, “Fayzli xonadon”, “Oilam — mening or-nomusim, shaʼnim” kabi mavzularda turkum lavhalar (shu jumladan, tok-shoularni) berib borish. Reja asosida 2024-yil davomida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, OʻzMTRK, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi IX. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning quyi tuzilmalari ishini tashkil etish 67. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi xodimlari, jumladan mahalladagi xotin-qizlar faollarining alohida dastur asosida malakasini oshirib borish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida alohida reja asosida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 68. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatining ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda tizim xodimlari faoliyatini uslubiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularga yetkazib berish. Uslubiy qoʻllanmalar yaratish 2024-yil har chorakda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin qizlar qoʻmitasi 69. Oila, xotin-qizlar va gender tenglik, shu jumladan uchinchi shaxslar tomonidan oilaviy munosabatlarga aralashib, er va xotin orasida nizo chiqarilishini oldini olish masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan tushuntirish ishlari uchun uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallarini tayyorlash. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 70. Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid xalqaro indeks va reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralarga kiritib borish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.