Qashqadaryo viloyatida aholiga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va ularning sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar Qashqadaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
aholi orasida surunkali kasalliklarni erta aniqlash maqsadida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan profilaktik koʻriklar va skrining dasturlari koʻlamini kengaytirish;
ortiqcha vazndan xalos boʻlish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya etish, jismoniy faollikni oshirish, infarkt, insult, qandli diabet, onkologik va boshqa kasalliklarning oldini olish;
aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish, viloyat darajasida 40 turdagi va tuman darajasida 20 turdagi yangi davolash va diagnostika usullarini amaliyotga joriy qilish;
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini oshirish, tibbiyot xodimlariga boʻlgan ehtiyojni qondirish, jumladan, olis va chekka hududlardagi vakant oʻrinlarni malakali kadrlar bilan butlash;
aholi va tibbiyot tashkilotlarini sifatli va xavfsiz dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;
tibbiyot tizimini raqamlashtirish.
2. Quyidagilar:
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyati tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash dasturi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirsin:
aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning oʻz sogʻligi uchun javobgar ekanligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari toʻplamini yaratish;
aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parhez ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Shaxsiy gigiyena va jismoniy tarbiya asoslari” mashgʻulotlarini, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv rejalariga “Salomatlik saboqlari” mavzularini kiritish orqali bolalarda sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini hosil qilish;
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli boʻlmagan kasalliklar va ularning xavf omillariga qarshi kurashish hamda oldini olish boʻyicha maxsus turkum dasturlar ishlab chiqish hamda ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish.
Bunda, sogʻlom turmush tarzining ahamiyati, dori vositalarini hamda oʻzini oʻzi nazorat qilish vositalarini qoʻllashga oid maxsus koʻrsatuvlar, ijtimoiy reklamalar va roliklarning muntazam namoyishi yoʻlga qoʻyilsin.
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
a) 2024-yil 1-aprelga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining barcha tibbiyot brigadalari xodimlarini aholining xavf guruhini aniqlash hamda ularni yurak-qon tomir, qandli diabet va onkologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha skriningdan oʻtkazish yuzasidan malakasini oshirish choralarini koʻrsin.
Bunda, tegishli respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tavsiyalari asosida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan skrining dasturlarini amalga oshirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi;
b) tibbiyot muassasalaridagi mavjud vakant shifokor oʻrinlariga tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalarini ishga qabul qilish boʻyicha joriy etilgan tajriba-sinov loyihasini 2024-2025-yillarda barcha hududlarda davom ettirish choralarini koʻrsin;
v) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 5 yil ishlab berish sharti bilan alohida davlat buyurtmasi joriy etilishini taʼminlasin.
5. Belgilansinki, 2024-yil 1-maydan boshlab Qashqadaryo viloyatida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlagan tibbiyot brigadalari har bir aniqlangan holat uchun Tibbiyot muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2 million soʻm miqdorida ragʻbatlantiriladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlagan tibbiyot brigadalarini ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin.
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
2024-yil 1-martdan boshlab Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning mavjud quvvatlari doirasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyati filialining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadigan oʻrin-joylar sonini 220 tadan 300 taga oshirish;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli Qarshi temir yoʻl shifoxonasining bino, inshootlari, tibbiy texnika va jihozlarini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyati filialiga begʻaraz oʻtkazish orqali ularni birlashtirish.
Bunda, Qarshi temir yoʻl shifoxonasiga amalda biriktirilgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xodimlari va ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmat koʻrsatish (davlat tomonidan kafolatlangan bepul xizmatlar bundan mustasno) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va tibbiyot muassasasi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
7. Qashqadaryo viloyati hokimligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) Qarshi shahar tugʻuruq kompleksi oʻrnida 200 oʻrin-joyli yangi tugʻuruq kompleksini qurish.
Bunda, yangi tugʻuruq kompleksi:
Sogʻliqni saqlash vazirligining texnik topshirigʻiga asosan xususiy tadbirkor tomonidan zamonaviy talablar asosida loyihalashtiriladi, quriladi va zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi;
qurilish ishlari toʻliq yakunlangandan soʻng Sogʻliqni saqlash vazirligi balansiga oʻtkazib beriladi;
b) Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning mavjud quvvatlari doirasida 50 oʻringa moʻljallangan ogʻir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarga palliativ yordam koʻrsatuvchi hududlararo xospis tashkil etish.
Bunda:
xospisni qurish va uni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti, zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
xospis faoliyatini tashkil etish va uni saqlash bilan bogʻliq masalalar Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida tashkil etilgan hududlararo xospislar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Qarshi shahri, A.Navoiy koʻchasi, 79-uy manzilida joylashgan yer maydonini Qashqadaryo viloyati hokimligi zaxirasiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qarshi shahrida yangi koʻp tarmoqli tibbiyot markazini va Beshkent shahrida yangi shifoxonani qurish hamda ularni jihozlash uchun Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — QAIRJ) mablagʻlarini jalb etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Yangi quriladigan tibbiyot markazi va shifoxona konsepsiyalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — UNOPS) tomonidan ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga, istisno tariqasida, Qarshi shahrida yangi koʻp tarmoqli tibbiyot markazini va Beshkent shahrida yangi shifoxonani qurish hamda ularni jihozlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish maqsadida UNOPS guruhi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga rozilik berilsin va unda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq moliyalashtirish taʼminlansin.
Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi xarajatlari keyinchalik Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan QAIRJ mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar moliyaviy tashkilotlari mablagʻlarini jalb etish boʻyicha qarz kelishuvi imzolanganidan hamda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangandan soʻng, QAIRJ qarzi hisobidan bir martalik toʻlov bilan qoplanadi.
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrnatilgan tartibda loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash uchun kiritish choralarini koʻrsin.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Qarshi shahri va Kitob tumanida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida infarkt va insult kasalligi asoratlarini davolash, protezlash jarrohligidan soʻng tiklanish hamda suyak-mushak tizimi kasalliklari mavjud bemorlarni maxsus davolash muolajalarini amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazini tashkil etish boʻyicha tender savdolarini eʼlon qilsin.
Belgilansinki, reabilitatsiya markazida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali qoplab beriladi.
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan boshlab Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimidagi viloyat darajasidagi shifoxonalar faoliyatini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalar, fan va ilmiy izlanishlar, emlash va boshqa maqsadli dasturlar uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno):
Jamgʻarmaning alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga xarajatlar tasnifining bir satrida oʻtkazib beriladi;
Jamgʻarma bilan tuzilgan shartnomalar asosida yoʻnaltiriladi. Bunda ularga ajratiladigan mablagʻlarning 10 foizidan kam boʻlmagan qismi, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab 15 foizidan kam boʻlmagan qismi har bir davolangan holatlar soni hamda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son)
Sogʻliqni saqlash vazirligi 2024-yil 1-iyunga qadar har bir davolangan holatlar soni hamda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib moliyalashtirishni joriy qilish uchun zarur klinik xarajatlar guruhlarini ishlab chiqsin.
12. Mazkur qarorning 2, 2a va 3-ilovalarida nazarda tutilgan tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro tashkilotlarning mablagʻlarini jalb qilish doirasida amalga oshiriladi.
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov hamda sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.A. Xudayarov belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-fevral,
PQ- 67-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son qaroriga 1-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son qaroriga 2-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyati tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash dasturi
T/r Tibbiy jihozlar nomi Qarshi tumani Qarshi shahri Kasbi tumani Mirishkor tumani Muborak tumani Nishon tumani Koson tumani Gʻuzor tumani Dehqonobod tumani Qamashi tumani Chiroqchi tumani Yakkabogʻ shahri Yakkabogʻ tumani Shahrisabz shahri Shahrisabz tumani Kitob tumani Koʻkdala tumani Jami talab (soni) Jami 136 45 153 115 84 115 144 137 111 126 171 2 146 42 170 146 120 1 963 1. Universal angiograf uskunasi 1 1 2. Multikesimli kompyuter tomografi 1 1 3. Portativ aspirator 1 1 2 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 17 4. Xirurgik aspirator 1 1 2 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 17 5. EKG 2 2 6. Statsionar rentgen tizimi 1 1 7. Rentgen tasvirni chop qilish uskunasi 1 1 8. Sunʼiy nafas olish apparati 9 9 9. Gastroskop toʻplami 1 1 10. Bronxoskop 1 1 11. Duodenoskop 1 1 12. Qon gazlari va elektrolitlari analizatori 1 1 13. Yarimavtomat IFA-analizatori 1 1 14. Biokimyoviy analizator 1 1 15. Gematologik analizator 1 1 16. Laboratoriya sentrifugasi 1 1 17. Bemor monitori 9 9 18. S-duga mobil rentgen uskunasi 1 1 19. Operatsion stol 3 3 20. Operatsion chiroq 3 3 21. PSR-analizator 1 1 22. Transport sunʼiy nafas olish apparati 1 1 23. Monitorli defibrillyator 1 1 24. Mobil rentgen tizimi 1 1 25. Xirurgik asboblar toʻplami 1 1 26. Neyroxirurgik asboblar toʻplami 1 1 27. Shpritsli nasos 12 12 28. Reanimatsion konsol 5 5 29. Elektroxirurgik koagulyator 3 3 30. Narkoz-nafas uskunasi 3 3 31. Portativ kichik soʻrgʻich 3 3 32. Xirurgik soʻrgʻich (kattasi) 3 3 33. Oftalmoskop/otoskop 12 15 9 4 9 14 13 8 11 17 14 17 15 158 34. Kattalar va bolalar uchun elektron tarozi 28 34 18 14 20 32 30 20 24 38 32 38 30 358 35. Chaqaloqlar uchun elektron tarozi 28 34 18 14 20 32 30 20 24 38 32 38 30 358 36. Ginekologik kreslo 9 12 6 5 7 9 10 7 8 12 9 12 9 115 37. Ginekologik va xirurgik instrumentlar toʻplami 6 8 5 2 5 7 7 4 6 9 7 9 8 83 38. Rektoskop uchun yoritgich 2 3 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 29 39. Stomatologik kreslo 6 8 5 2 5 7 7 4 6 9 7 9 8 83 40. C-ARM rentgen uskunasi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 13 41. Mobil rentgen uskunasi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 10 42. Raqamli statsionar rentgenografiya uskunasi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 9 43. Ultratovush uskunasi 1 1 3 1 1 1 1 1 1 1 12 44. Elektrokardiograf 1 1 1 1 1 1 6 45. Xolter uskunasi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 46. Koʻrik uchun koʻchma yoritgich 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 47. Elektroensefalograf 1 1 1 1 4 48. Videobronxoskop 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 14 49. Videokolonoskop 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 12 50. Oftalmoskop 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 51. Audiometr 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 52. Laparoskop toʻplami 1 1 1 1 1 1 1 7 53. LOR-kombayn 2 2 2 3 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 1 2 32 54. Ginekologik asbob-uskunalar toʻplami 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 32 55. Ginekologik kreslo 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 56. Akusherlik asbob-uskunalar toʻplami 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 32 57. Videokolposkop 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 12 58. Katta xirurgik toʻplam 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 59. Kichik xirurgik toʻplam 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 60. Elektroxirurgik koagulyator (200 W) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 61. Videolaringoskop 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 15 62. Monitorli defibrillyator 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 63. Kardiomonitor 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 32 64. Narkoz uskunasi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 13 65. Shpritsli dozator 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 80 66. Infuzomat 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 80 67. Kichik aspirator toʻplami 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 32 68. Xirurgik katta aspirator toʻplami 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 32 69. Plazmali sterilizator (100 l) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 16 70. LOR asbob-uskunalar toʻplami 2 2 2 3 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 1 2 32
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son qaroriga 2a-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyati tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash
T/r Tibbiy jihozlar nomi RSHTYOIM Qashqadaryo filiali Viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi Urologiya markazi Qashqadaryo filiali Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi markazi Qashqadaryo filiali Onkologiya va radiologiya markazi Qashqadaryo filiali Jami talab (soni) Jami 55 9 5 17 6 76 168 1. Universal angiografik uskuna 1 1 2. Multikesimli kompyuter tomografi 1 1 3. Koʻp funksiyali elektroxirurgik tizim 1 1 4. Plazmafarez uchun uskuna 1 1 5. Plazmali sterilizator 1 1 6. Bugʻli sterilizator 4 4 7. Quruq issiqlik shkafi 5 5 8. Portativ aspirator 6 6 9. Xirurgik aspirator 6 6 10. Bemorni havo bilan isitish uskunasi 1 1 11. Infuzion suyuqliklarni isitish uskunasi 3 3 12. Havo retsirkulyatori 10 10 13. Exoenseflograf 1 1 14. EKG 6 6 15. Xolter monitoringi tizimi 1 1 16. Elektrli burgʻu 1 1 17. Operatsion chiroq (videokamerali va monitorli) 3 3 18. Teri plastikasi uchun uskunalar toʻplami 1 1 19. Yopiq turdagi IXLAning avtomatik immunokimyoviy analizatori (soatiga 80 dan ortiq sinov uchun) 1 1 20. Gematologiya analizatori 6DIFF avtomatik tahlil moduli bilan (soatiga 109 dan ortiq testlar uchun) 1 1 21. 20 litr/soat quvvatga ega suv tozalash tizimi 1 1 22. Laboratoriya mebeli 1 1 23. LOR-kombayn (mikroskop va video tizimi bilan) 1 1 1 3 24. LOR asbob-uskunalar toʻplami 1 1 1 3 25. LOR organlar uchun endoskopik videoqurilma 1 1 2 26. LOR-mikroskop 1 1 2 27. LOR-jarrohlik tibbiy uskunalar toʻplami 1 1 2 28. C-ARM rentgen uskunasi 1 1 29. Ultratovush uskunasi (portativ 3ta datchiklar bilan) 1 1 30. Urologik videolaparoskopik uskuna 1 1 31. Yuqori va pastki siydik yoʻllarini teri orqali xirurgiyasi uchun endourologik asboblar toʻplami (kattalar uchun) 1 1 32. TUR va lazerli enukleatsiya amaliyotlari uchun toʻplam 1 1 33. Golmiy lazeri (kamida 30 vt) 1 1 34. Teri orqali xirurgiya va TUR amaliyoti uchun video tizim 1 1 35. Sore-biopsiya uchun ingichka ignali punksion toʻplam 1 1 36. Urologik operatsion stol (rentgen yupqali deka bilan) 1 1 37. Katta xirurgik toʻplam (urologik) 1 1 38. Kichik xirurgik toʻplam 1 1 39. Yuqori kuchlanishli elektrokoagulyator (bipolyarli) 1 1 40. Qoʻp ishlatiladigan 7 mm gacha boʻlgan tomirlarni koagulyatsiya qilish va pishirish uchun koʻp funksiyali elektrojarrohlik uskunasi 1 1 41. Urofloumetr 1 1 42. pN-metr 1 1 43. Spermoanalizator 1 1 44. Xirurgik elektrosoʻrgich 1 1 45. Koʻp funksiyali ultratovushli skaner (konveksli, chiziqli, kattalar uchun sektorli bosqichma-bosqich, boʻshliq ichi uchun, biopsiya pistoleti toʻplamni ichida) 1 1 46. Bemor monitori (EKG, YUUT, NIAD, SpO2, tana harorati) 1 1 47. Suvni tayyorlash tizimi (10 ta shifo-oʻringa) 1 1 48. Dializ eritmasi konsentratlarini tayyorlash uchun moslama 1 1 49. Qon gazlari va elektrolitlar analizatori 1 1 50. Avtomatik immunoxemilyuminessent analizatori 1 1 51. Rentgen uskunasi 1 1 52. Multikesmali kompyuter tomografi (128 kesmalar) 1 1 53. Raqamli statsionar rentgenografiya uskunasi 1 1 54. S-ARM mobil xirurgik rentgen uskunasi 1 1 55. Koʻp funksiyali ultratovush skaneri 1 1 56. Koʻp funksiyali ultratovush skaneri, portativ 1 1 57. Narkoz uskunasi 2 2 58. Sunʼiy nafas olish apparati 3 3 59. Bolalar uchun sunʼiy nafas olish apparati 1 1 60. Bemor monitori 5 5 61. Defibrillyator-monitor 1 1 62. Infuzion soʻrgich 3 3 63. Infuzion soʻrgich kimyoterapiya uchun 5 5 64. Shpritsli nasos 4 4 65. Konsol reanimatsiya xonalari uchun 3 3 66. Konsol operatsion xonalar uchun 2 2 67. Elektroxirurgik apparat 2 2 68. Xirurgik jihozlar toʻplami 2 2 69. Xirurgik aspirator 2 2 70. Operatsion yoritgich, statsionar 2 2 71. Operatsion stoli 2 2 72. Kimyoterapiya uchun maxsus kreslo 5 5 73. Past haroratli plazmali sterilizator 1 1 74. Laparoskopik operatsiyalar uchun asbob-uskunalar toʻplami 1 1 75. Rektoskop toʻplami kattalar uchun 1 1 76. Videoendoskopiya uchun asbob-uskunalar toʻplami (bronxo-, gastro-, duodeno-, kolono-) 1 1 77. Bronxofibroskop toʻplami 1 1 78. Gastrofibroskop toʻplami 1 1 79. Kolonofibroskop toʻplami 1 1 80. Raqamli videokolposkop 1 1 81. Qon gazlari va elektrolitlari analizatori 1 1 82. Avtomatik gematologik analizator 1 1 83. Avtomatik biokimyoviy analizator 1 1 84. Avtomatik gistologik protsessor 1 1 85. Parafin quyish stansiyasi 1 1 86. Kesmalarni quritish stoli 1 1 87. Laborator termostat 1 1 88. Yarimavtomatik mikrotom 1 1 89. Binokulyarli mikroskop kamera bilan 1 1 90. Radiokuchlanish ablyatsiya uskunasi 1 1 91. Termik ablyatsiya uchun uskuna, portativ 5 5 92. Avtomatik laborator uskuna va OPV reagentlari (odam papillomasi virusini aniqlash uchun) 1 1 93. Raqamli mammografik tizimli uskuna (2D) 1 1 94. Kimyoterapevtik preparatlarni markazlashtirilgan suyultirish uchun havo shkafi 1 1
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)