PQ-66-son Qaror · 09.02.2024

Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-66
  • Qabul qilingan sana:09.02.2024
  • Kuchga kirgan sana:13.02.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/66/0123

Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish orqali sanoat, qishloq xoʻjaligi sohalarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini taʼminlash hamda turmush darajasini oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda aholining doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini taʼminlash maqsadli koʻrsatkichlari 1 — 1.4-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarida 2024-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yigʻma jadvali va manzilli roʻyxati 2 va 2.1-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda aholini biznesga jalb qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda yangi tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari 5-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga doir 2024-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar 6-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-2025-yillarda maxsus sanoat (erkin iqtisodiy), kichik sanoat, yoshlar va tadbirkorlik sanoat zonalarida loyihalarni joylashtirish uchun auksion savdolariga chiqariladigan boʻsh yer maydonlari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 2024-yilda noruda foydali qazilma konlari va uchastkalaridan foydalanish huquqini auksion savdolariga chiqarish grafigi 8-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi bandligini taʼminlash maqsadida 2024-yilda ajratiladigan subsidiya mablagʻlari taqsimoti 9-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2024-yilda ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida:

a) 2024-yilda:

kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturini amalga oshirish uchun Biznesni rivojlantirish banki kredit resurslari hisobidan 11-ilovaga muvofiq 320 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi;

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmoni 2-bandi “a” kichik bandi va “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartib boʻyicha tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga 50 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi;

ijtimoiy soliq toʻlayotgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga “Biznesga birinchi qadam” bank plastik kartalari orqali 5 mln soʻmgacha miqdorda bir yil muddatgacha mikroqarzlar taqdim etish uchun tijorat banklari tomonidan 12-ilovaga muvofiq 60 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi;

b) 2024-yildan boshlab har yili “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 1,5 ming nafar yoshlar, xususan 900 nafari raqamli texnologiyalarga va 600 nafari xorijiy tillarga oʻqitiladi. Bunda, raqamli texnologiyalarni oʻrganish uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan yoshlarga subsidiya ajratish muddati Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun bir yilgacha uzaytiriladi;

v) 2024-yilda kichik sanoat zonalari, yoshlar, tadbirkorlik va sanoat zonalari infratuzilma obyektlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 5 mlrd soʻm ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J.A. Qoʻchqorov) Markaziy bank bilan birgalikda mazkur bandda koʻrsatilgan mablagʻlar oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ajratilishini taʼminlasin.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

Qoraqalpogʻiston Respublikasining hududiy chegaralari ichida innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalarga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomini berish;

investitsiya majburiyatlarini bajarmagan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilari bilan investitsiya bitimlarini bekor qilish, toʻxtatib turish va ularni “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomidan mahrum etishni faqat sud tartibida amalga oshirish.

4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tijorat banklari bilan birgalikda 2024-yilda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun 13-ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari auksion savdolariga chiqarilishini;

mazkur yer maydonlarida “kooperativ” va “agregator” tizimiga asoslangan loyihalar amalga oshirilishini;

har bir tumanda loyihalarni amalga oshirish uchun maydoni 5 gektargacha boʻlgan yaxlit konturlar tanlab olinishi va ularda eksportbop yuqori daromadli ekinlar ekilishini taʼminlasin.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, istisno tariqasida, 2024-yilda paxta xom ashyosi yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar) 1,25 koeffitsiyentga oshirgan holda ajratish haqidagi taklifi maʼqullansin.

6. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 2024-yilda tijorat banklariga joylashtiriladigan depozit mablagʻlari hisobidan chorvachilik sohasiga ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun olti oy muddatda qaytarish sharti bilan 150 mln soʻmgacha Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori boʻlmagan stavkada (shundan 1 foizi bank marjasi) imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.

7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2024-2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan 112 ming gektar yer maydonlari 14-ilovaga muvofiq lazerli tekislanishini tashkil qilish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosildorligi 5 — 10 foizga oshirilishini taʼminlasin.

Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun har bir gektar lazerli tekislangan maydonga sarflangan yoqilgʻi-moylash materiallari xarajatlarini 100 foizgacha, lekin umumiy xarajat miqdorining 1 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan qismini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar taqdim etilishi belgilansin.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrolizing” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Beruniy, Amudaryo, Chimboy va Qonlikoʻl tumanlarida 2024-yil 1-aprelga qadar qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan kompleks xizmat koʻrsatuvchi texnika-servis markazlarini (keyingi oʻrinlarda — texnika-servis markazlari) davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:

a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan ATB “Agrobank”ga 10 yil muddatga yillik 7 foiz stavkada 193 mlrd soʻm mablagʻlar depozitga joylashtiriladi;

b) ATB “Agrobank” depozitga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan:

38,6 mlrd soʻm mablagʻlarni yillik 10 foiz stavkada texnika-servis markazlariga texnikalar xarid qilish maqsadida avans toʻlovlarini amalga oshirish uchun;

154,4 mlrd soʻm mablagʻlarni 10 yil muddatga yillik 10 foiz stavkada “Oʻzagrolizing” AJga kredit ajratish uchun yoʻnaltiradi;

v) “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan:

160 dona qishloq xoʻjaligi texnikasi 15-ilovaga muvofiq 10 yil muddatga yillik 14 foiz stavkada texnika-servis markazlariga lizing asosida beriladi;

ikki oy muddatda qishloq xoʻjaligi texnikalari lizing muddatlari traktor va kombaynlar uchun 10 yilgacha, agregatlar uchun 5 yilgacha uzaytiriladi;

g) 160 dona qishloq xoʻjaligi texnikasi texnika-servis markazlariga rasmiylashtirilgandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qaroriga muvofiq ajratiladigan subsidiya mablagʻlari ushbu qishloq xoʻjaligi texnikalarining avans toʻlovi uchun jalb qilingan kreditlar boʻyicha qarzdorliklarni soʻndirish uchun yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.

9. Hisob palatasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda mazkur qarorning 7-bandiga muvofiq lazerli tekislashga ajratiladigan subsidiyadan hamda 8-bandiga asosan xarid qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy nazorat olib borsin.

10. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan 200 ot kuchidan yuqori haydov traktorlari va paxta terish mashinalari (TIF TN boʻyicha 8432 — 8437, 8701 kodlari) 2026-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi hamda tadbirkorlik subyektlariga erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini 120 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-156-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-yanvar)

11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida baliqchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida “Qoraqalpoqbaliq” uyushmasini tashkil etish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi balansidagi, shuningdek, tuman hokimliklari balansidagi va zaxirasidagi barcha koʻllarni “Qoraqalpoqbaliq” uyushmasi balansiga oʻtkazish;

(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)

“Qoraqalpoqbaliq” uyushmasi qoshida Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish hamda tabiiy suv havzasi ijarasidan va sunʼiy koʻllardan foydalanuvchilarning aʼzolik badalidan tushgan mablagʻlarni toʻliq miqdorda ushbu jamgʻarmaga yoʻnaltirish haqidagi takliflari maʼqullansin.

12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida Suv xoʻjaligi va melioratsiya taʼlim yoʻnalishiga 100 ta qabul kvotasini ajratsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasining shtat jadvaliga, mehnatga haq toʻlash fondi belgilangan tartibda oʻzgartirilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining alohida vakili qoʻshimcha shtat birligi kiritilsin.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur band ijrosi yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

14. Transport vazirligi “Uzbekistan Airways” AJ, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan barcha rezident aviakompaniyalar hamda Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasiga turistlar oqimini yanada oshirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2024-yil 1-apreldan boshlab:

(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)

Istanbul-Nukus-Toshkent, Samarqand-Nukus-Istanbul yoʻnalishlari boʻyicha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻysin;

yangi xarid qilinayotgan L-410 rusumli samolyotlardan bir donasi Qoraqalpogʻiston Respublikasida ichki reyslar uchun dislokatsiya qilinishini taʼminlasin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi bilan birgalikda mazkur qaror ijrosini nazorat qilib borish tavsiya etilsin.

16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.U. Ermanov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 9-fevral,

PQ-66-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 1-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda aholining doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini taʼminlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 1.1-ILOVA

2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligida aholini doimiy va mavsumiy ishlarda band qilishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 1.2-ILOVA

2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatish va tadbirkorlik sohasida aholi bandligini taʼminlash boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 1.3-ILOVA

2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida yirik va hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga yangi ish oʻrinlarini tashkil etishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 1.4-ILOVA

2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qurilish sohasida aholini doimiy va vaqtinchalik ishlarda band qilishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 2-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarida 2024-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 2.1-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarida 2024-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining

Izoh: mazkur ilovaga Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J.A. Xodjayev) tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi taklifiga asosan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda aholini biznesga jalb qilishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 4-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda yangi tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 5-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 6-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga doir 2024-yil uchun belgilangan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 7-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-2025-yillarda maxsus sanoat (erkin iqtisodiy), kichik sanoat, yoshlar va tadbirkorlik sanoat zonalarida loyihalarni joylashtirish uchun auksion savdolariga chiqariladigan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 8-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 2024-yilda noruda foydali qazilma konlari va uchastkalaridan foydalanish huquqini auksion savdolariga chiqarish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 9-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi bandligini taʼminlash maqsadida 2024-yilda ajratiladigan subsidiya mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 10-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2024-yilda ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturini amalga oshirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 11-ILOVA

Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida ajratiladigan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 12-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda ijtimoiy soliq toʻlayotgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga”Biznesga birinchi qadam” bank plastik kartalari orqali 5 mln soʻmgacha ajratiladigan kreditlarning tijorat banklari kesimida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 13-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilda dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun auksion savdolariga chiqariladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 14-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-2025-yillarda sugʻoriladigan yer maydonlarini lazerli tekislash boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga 15-ILOVA

Beruniy, Amudaryo, Chimboy va Qonlikoʻl tumanlarida qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan kompleks xizmat koʻrsatuvchi texnika-servis markazlariga lizing asosida xarid qilinadigan

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.