PF-69-son Farmon · 30.04.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-69
  • Qabul qilingan sana:30.04.2024
  • Kuchga kirgan sana:02.05.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/24/69/0315

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini taʼminlash, bozor tamoyillari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash hamda pensiya va nafaqalar miqdorlarining rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlmasligini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 30-aprel,

PF-69-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-69-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-120-son Farmonining 1-bandida:

birinchi xatboshidagi “2024-yil 1-fevraldan boshlab” soʻzlari “2024-yil 1-maydan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi — oltinchi xatboshilardagi “621 000 soʻm” soʻzlari “648 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-196-son Farmoni 2-bandining oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilaridagi “621 000 soʻm” soʻzlari “648 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.