PQ-253-son Qaror · 12.07.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-253
  • Qabul qilingan sana:12.07.2024
  • Kuchga kirgan sana:15.07.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/253/0507

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyatiga doir ayrim tashkiliy masalalarni tartibga solish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 12-iyul,

PQ-253-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-253-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4075-son qarorining 6-bandida:

a) “a” kichik band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdordagi pul mablagʻlari”;

b) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

v) “v” kichik band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrgan ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish”;

g) toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarorining 8-ilovasi quyidagi mazmundagi 2-1 va 2-2-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-318-son qaroriga 2-ilovaning “V. “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi davlat muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” boʻlimi chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.