Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4931-son Farmoniga muvofiq “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish, Fargʻona viloyatida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida:
1. Fargʻona viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasining:
Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi 1-ilovaga muvofiq jami 210,4 gektar, shundan 143,3 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish;
ushbu qarorga 1-ilovadagi yer uchastkalari hisobiga “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Qoʻqon” EIZ) hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilayotgan hududi chegaralari tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Fargʻona viloyati hokimligi:
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududi bosh rejasining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin, bunda:
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;
bosh reja loyihasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga koʻra aniqlansin;
bosh rejani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Fargʻona viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin;
b) “Qoʻqon” EIZ uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer uchastkalari oʻrniga uch yil muddatda har yili teng ulushlarda 3-ilovaga muvofiq yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazish orqali qoplash choralarini koʻrsin;
v) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2026-yil oxiriga qadar “Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirilishini, 11,7 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishini, yiliga 965 mln AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish, shundan 313,6 mln dollarini eksportga yoʻnaltirish boʻyicha quvvatlar ishga tushirilishini taʼminlasin.
4. Belgilansinki, “Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududida:
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion savdolari orqali, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmonining 3-bandida belgilangan tartibda bosqichma-bosqich ajratiladi;
infratuzilma obyektlarini qurish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq moliyalashtiriladi;
infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ajratiladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ hamda Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda “Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududi tasdiqlangan bosh rejasiga asosan:
uch oy muddatda 2024-2025-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlgan obyektlar (keyingi oʻrinlarda — obyektlar) roʻyxatini tasdiqlasin;
2024-yil 1-noyabrga qadar obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi obyektlar roʻyxati tasdiqlangandan soʻng bir oy muddatda ularning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin.
7. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi “Qoʻqon” EIZning kengaytirilayotgan hududi bosh rejasi belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka qatʼiy rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
8. Kadastr agentligi:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda yer uchastkalarining ushbu qarorga asosan yangi maqsadlar uchun ajratilishiga, shuningdek, yangi yerlarning sugʻoriladigan yerlar toifasiga kiritilishiga koʻra Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritib borsin;
yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy davlat nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov hamda Fargʻona viloyati hokimi X.X. Bozarov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-iyul,
PQ-250-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PQ-250-son qaroriga 1-ILOVA
Fargʻona viloyati, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari
T/r Hudud nomi Yerdan foydalanuvchi nomi Kontur raqami Jami yer uchastkasi (ga) shundan: Tuproq bonitet bali sugʻoriladigan yerlar (ga) boshqa yerlar (ga) 1. “Behizor” massivi “Sufon” MFY Quvasoy shahri hokimligi 505, 506, 507, 556, 566, 557, 558, 563, 564, 562, 561, 520, 559, 547, 548, 525, 524, 523, 549, 488, 487, 489, 486, 485, 492, 493, 494, 495 72,0 47,7 24,3 37,0 2. 527q 0,3 0,3 37,0 3. 511, 516, 517, 518, 519, 509, 521q 14,8 14,6 0,2 37,0 5. 530q, 531q, 532q, 533q 5,0 4,2 0,8 37,0 6. 481, 482, 483 5,9 1,0 4,9 37,0 7. 526, 532, 531, 530q, 533q, 534q 1,2 1,2 baholanmagan 8. “H. Olimjon” massivi “Qoʻchqorchi” MFY Quvasoy shahri hokimligi 247 2,0 2,0 baholanmagan 9. 255q 0,8 0,8 baholanmagan 10. “A. Ikromov” massivi “Isfayramsoy” MFY va “Pakana” MFY Quvasoy shahri hokimligi 26k, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 34, 35, 36 17,3 17,0 0,3 38,5 11. 21q 1,6 1,5 0,1 38,5 12. 33, 24q, 35, 36, 37, 38, 39, 40 7,0 7,0 baholanmagan 13. 24q 4,6 4,6 baholanmagan 14. 7, 8, 9, 10q 8,0 8,0 baholanmagan 15. 5q 2,5 2,5 baholanmagan 16. 40q 3,7 3,7 baholanmagan 17. 37q, 40q 1,5 1,5 baholanmagan 18. 40q 4,0 4,0 baholanmagan 19. 382q, 383q, 385q 5,4 5,3 0,1 49,9 20. 255q, 256q, 257q, 258, 259q 13,3 12,6 0,7 48,2 21. 250q, 251q 9,0 9,0 48,2 22. 250q, 5,0 5,0 48,2 23. 247q 8,0 8,0 48,2 24. 375, 381q, 382q 2,0 2,0 49,9 25. 398q, 399 8,5 8,1 0,4 49,9 26. 396q 0,3 0,3 49,9 27. 247q 1,7 1,7 48,2 28. 277 5,0 5,0 57,0 Jami: 210,4 143,3 67,1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PQ-250-son qaroriga 2-ILOVA
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilayotgan hududi chegaralari
T/r Hudud va uning chegaralari tavsifi Maydoni (ga) Quvasoy shahri boʻyicha jami 210,4 Quvasoy shahri “Behizor” va “H. Olimjon” massivlari 1. Gʻarb tomondan 1-nuqta 71°52'15,047''V 40°24'28,878''S 102,0 2-nuqta 71°52'20,629''V 40°24'17,677''S 3-nuqta 71°52'17,907''V 40°24'16,973''S 4-nuqta 71°52'46,991''V 40°23'48,72''S 2. Janub tomondan 5-nuqta 71°52'48,321''V 40°23'48,344''S 6-nuqta 71°53'10,215''V 40°23'56,716''S 7-nuqta 71°53'11,189''V 40°23'58,493''S 8-nuqta 71°53'12,085''V 40°23'58,471''S 9-nuqta 71°53'11,489''V 40°24'5,518''S 10-nuqta 71°53'12,473''V 40°24'7,551''S 11-nuqta 71°53'14,881''V 40°24'8,778''S 12-nuqta 71°53'17,185''V 40°24'10,178''S 13-nuqta 71°53'20,861''V 40°24'9,571''S 14-nuqta 71°53'23,604''V 40°24'8,131''S 15-nuqta 71°53'32,961''V 40°24'11,841''S 3. Sharq tomondan 16-nuqta 71°53'34,451''V 40°24'12,576''S 17-nuqta 71°53'33,343''V 40°24'15,519''S 18-nuqta 71°53'29,483''V 40°24'17,074''S 19-nuqta 71°53'26,591''V 40°24'22,892''S 20-nuqta 71°53'27,278''V 40°24'23,218''S 21-nuqta 71°53'25,169''V 40°24'26,358''S 22-nuqta 71°53'23,81''V 40°24'26,049''S 23-nuqta 71°53'21,855''V 40°24'27,556''S 24-nuqta 71°53'20,956''V 40°24'35,383''S 4. Shimol tomondan 25-nuqta 71°53'10,287''V 40°24'35,135''S 26-nuqta 71°53'8,934''V 40°24'33,677''S 27-nuqta 71°53'7,221''V 40°24'32,969''S 28-nuqta 71°53'4,203''V 40°24'34,546''S 29-nuqta 71°53'5,02''V 40°24'24,127''S 30-nuqta 71°52'55,426''V 40°24'22,758''S 31-nuqta 71°52'49,618''V 40°24'21,402''S 32-nuqta 71°52'44,665''V 40°24'20,347''S 33-nuqta 71°52'41,821''V 40°24'25,992''S 34-nuqta 71°52'31,191''V 40°24'23,362''S 35-nuqta 71°52'30,401''V 40°24'24,561''S 36-nuqta 71°52'30,411''V 40°24'28,098''S 37-nuqta 71°52'30,489''V 40°24'29,919''S 38-nuqta 71°52'27,832''V 40°24'30,092''S 39-nuqta 71°52'25,848''V 40°24'29,606''S 40-nuqta 71°52'22,77''V 40°24'29,789''S 41-nuqta 71°52'20,321''V 40°24'28,242''S Quvasoy shahri “A. Ikromov” massivi 5. Janub tomondan 1-nuqta 71°52'43,211''V 40°19'15,134''S 108,4 2-nuqta 71°52'15,004''V 40°19'21,067''S 6. Gʻarb tomondan 3-nuqta 71°52'32,334''V 40°19'41,304''S 7. Shimol tomondan 4-nuqta 71°52'42,9''V 40°19'23,632''S 5-nuqta 71°52'36,699''V 40°19'41,195''S 6-nuqta 71°52'41,538''V 40°19'41,675''S 7-nuqta 71°52'41,408''V 40°19'41,25''S 8-nuqta 71°52'41,252''V 40°19'40,224''S 9-nuqta 71°52'43,343''V 40°19'39,315''S 10-nuqta 71°52'54,886''V 40°19'36,712''S 11-nuqta 71°52'54,73''V 40°19'35,686''S 12-nuqta 71°52'59,384''V 40°19'34,455''S 8. Sharq tomondan 13-nuqta 71°52'57,09''V 40°19'29,23''S 14-nuqta 71°52'46,446''V 40°19'31,897''S 15-nuqta 71°52'44,874''V 40°19'26,533''S 16-nuqta 71°52'35,992''V 40°19'28,469''S 17-nuqta 71°52'32,692''V 40°19'19,375''S 18-nuqta 71°52'43,552''V 40°19'16,532''S 9. Janub tomondan 19-nuqta 71°53'20,723''V 40°19'52,653''S 20-nuqta 71°53'5,335''V 40°19'57,068''S 10. Gʻarb tomondan 21-nuqta 71°53'8,143''V 40°20'2,487''S 11. Shimol tomondan 22-nuqta 71°53'23,907''V 40°19'56,347''S 12. Janub tomondan 23-nuqta 71°53'25,357''V 40°19'27,324''S 13. Gʻarb tomondan 24-nuqta 71°53'16,487''V 40°19'29,518''S 14. Shimol tomondan 25-nuqta 71°53'23,887''V 40°19'40,139''S 15. Sharq tomondan 26-nuqta 71°53'31,677''V 40°19'36,256''S 16. Janub tomondan 27-nuqta 71°53'40,581''V 40°19'14,919''S 28-nuqta 71°53'24,876''V 40°19'12,379''S 29-nuqta 71°53'22,339''V 40°19'12,803''S 30-nuqta 71°53'25,424''V 40°19'15,762''S 31-nuqta 71°53'21,245''V 40°19'15,506''S 32-nuqta 71°53'13,393''V 40°19'17,4''S 17. Gʻarb tomondan 33-nuqta 71°53'15,891''V 40°19'22,38''S 18. Shimol tomondan 34-nuqta 71°53'33,724''V 40°19'18,075''S 35-nuqta 71°53'31,39''V 40°19'16,95''S 19. Janub tomondan 1-nuqta 71°54'21,658''V 40°17'55,438''S 2-nuqta 71°54'15,238''V 40°17'54,622''S 20. Gʻarb tomondan 3-nuqta 71°54'15,823''V 40°17'57,283''S 4-nuqta 71°54'16,939''V 40°17'58,232''S 5-nuqta 71°54'18,233''V 40°18'0,207''S 21. Shimol tomondan 6-nuqta 71°54'21,328''V 40°18'0,283''S 22. Shimol tomondan 7-nuqta 71°54'17,503''V 40°17'54,153''S 8-nuqta 71°54'29,232''V 40°17'54,99''S 9-nuqta 71°54'31,095''V 40°17'43,572''S 10-nuqta 71°54'30,278''V 40°17'43,335''S 11-nuqta 71°54'30,815''V 40°17'40,183''S 23. Janub tomondan 12-nuqta 71°54'25,956''V 40°17'41,283''S 24. Gʻarb tomondan 13-nuqta 71°54'25,154''V 40°17'46,088''S 14-nuqta 71°54'19,609''V 40°17'46,845''S 25. Janub tomondan 15-nuqta 71°55'7,752''V 40°17'58,393''S 16-nuqta 71°54'51,863''V 40°17'57,714''S 26. Gʻarb tomondan 17-nuqta 71°54'51,007''V 40°18'7,512''S 27. Shimol tomondan 18-nuqta 71°55'2,194''V 40°18'8,207''S 19-nuqta 71°55'2,496''V 40°18'8,124''S 20-nuqta 71°55'6,978''V 40°18'8,148''S 28. Sharq tomondan 21-nuqta 71°55'8,02''V 40°17'59,065''S 29. Janub tomondan 22-nuqta 71°55'33,143''V 40°17'55,686''S 30. Gʻarb tomondan 23-nuqta 71°55'14,643''V 40°17'54,713''S 31. Shimol tomondan 24-nuqta 71°55'14,042''V 40°17'57,404''S 32. Sharq tomondan 25-nuqta 71°55'32,551''V 40°17'58,582''S 33. Gʻarb tomondan 26-nuqta 71°56'5,722''V 40°17'47,979''S 27-nuqta 71°56'2,544''V 40°17'56,079''S 34. Shimol tomondan 28-nuqta 71°56'14,178''V 40°18'7,361''S 29-nuqta 71°56'20,938''V 40°18'5,688''S 35. Sharq tomondan 30-nuqta 71°56'22,282''V 40°17'57,936''S 31-nuqta 71°56'22,04''V 40°17'56,227''S 36. Janub tomondan 32-nuqta 71°56'16,176''V 40°17'48,872''S 33-nuqta 71°56'14,099''V 40°17'47,467''S 37. Janub tomondan 34-nuqta 71°56'13,857''V 40°17'47,044''S 35-nuqta 71°56'28,138''V 40°18'2,546''S 38. Gʻarb tomondan 36-nuqta 71°56'22,684''V 40°18'2,042''S 37-nuqta 71°56'21,846''V 40°18'5,965''S 38-nuqta 71°56'21,846''V 40°18'5,965''S 39. Shimol tomondan 39-nuqta 71°56'23,106''V 40°18'7,906''S 40. Sharq tomondan 40-nuqta 71°56'26,411''V 40°18'5,335''S 41. Sharq tomondan 41-nuqta 71°56'17,122''V 40°17'47,433''S 42-nuqta 71°56'17,471''V 40°17'46,438''S 43-nuqta 71°56'21,393''V 40°17'41,321''S 44-nuqta 71°56'21,934''V 40°17'39,059''S 42. Janub tomondan 45-nuqta 71°56'19,847''V 40°17'36,111''S 43. Gʻarb tomondan 46-nuqta 71°56'17,243''V 40°17'40,637''S 47-nuqta 71°56'13,105''V 40°17'43,357''S 44. Shimol tomondan 48-nuqta 71°56'10,82''V 40°17'46,203''S 49-nuqta 71°56'14,025''V 40°17'46,507''S
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PQ-250-son qaroriga 3-ILOVA
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer uchastkalari oʻrniga Fargʻona viloyati Quvasoy shahri hududidan yangi oʻzlashtiriladigan yerlar va sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari
T/r Hudud nomi Yer maydoni (ga) Kontur raqami 1. “A. Ikromov” massivi 1,00 39q 2. 5,00 19q 3. 1,50 12q 4. 3,00 1,2,3 5. “A. Rahmonaliyev” massivi 0,99 6q 6. 0,99 6q 7. 0,99 6q 8. 0,99 6q 9. 1,50 6q 10. 65,0 6q 11. 30,0 5q 12. 10,0 162q 13. 7,51 412, 413, 431, 434, 430, 433, 435 14. 2,52 340, 345 15. 4,55 337, 338, 339 16. 2,07 511, 512, 513 17. “A. Rahmonaliyev” massivi 3,04 515, 516 18. 0,88 492, 493 19. 5,58 455, 490, 489 20. 2,82 451 21. 3,44 379q 22. 5,34 379q, 384, 382 23. 4,06 378, 377, 376q 24. 2,24 364 25. 15,0 220 26. 0,5 172q 27. “Arsif” massivi 14,0 355q 28. 1,0 355q 29. 131,0 364q, 395q, 403q 30. 3,0 189q 31. “Behizor” massivi 0,90 20q 32. 0,90 20q 33. 0,80 20q 34. 15,00 20q 35. 32,00 20q 36. 100,0 11q 37. 5,0 11q 38. 0,54 31q 39. “Behizor” massivi 0,59 31q 40. 0,69 40q 41. 10,0 460q 42. 5,0 3q Jami: 500,93