PQ-316-son Qaror · 07.09.2024

Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-316
  • Qabul qilingan sana:07.09.2024
  • Kuchga kirgan sana:09.09.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/316/0693

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:

1. 2016-yil 19-may kuni Bangkok shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan qabul qilingan Osiyo va Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qogʻozsiz savdo jarayonlarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi hadli bitimga qoʻshilinsin.

2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 7-sentabr,

PQ-316-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.