PQ-311-son Qaror · 05.09.2024

Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-311
  • Qabul qilingan sana:05.09.2024
  • Kuchga kirgan sana:11.09.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/311/0700

Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki, davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat budjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sugʻurtasi uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich joriy etilsin:

a) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari (keyingi oʻrinlarda ‒ kafolatlangan paket) tasdiqlanadi va ushbu paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar va dori vositalari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan taqdim etiladi;

b) kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish uchun belgilangan muddatlarda tegishli tibbiy koʻriklardan oʻtish, oilaviy shifokorga yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qilish talab etiladi (shoshilinch va tez tibbiy yordam koʻrsatish bundan mustasno). Bunda oilaviy shifokor davolash va tashxislash standartlariga muvofiq tor soha shifokorlariga, zarur hollarda shifoxonalarga elektron yoʻllanma beradi hamda bemor mazkur yoʻllanma asosida tor soha shifokori tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi va (yoki) shifoxonaga yotqiziladi. Ushbu tartibga rioya etilmagan hollarda tibbiy xizmatlar pulli asosda koʻrsatiladi;

v) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatuvchi tashkilot va unga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilgan chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (voyaga yetmaganlar uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari) oʻrtasida bitim tuziladi.

Bitimda aholiga sogʻlom turmush tarziga rioya etish, zararli odatlardan voz kechish, oʻz tibbiy savodxonligini oshirish, shifokor koʻrsatmalariga amal qilish, profilaktik va skrining koʻriklardan belgilangan muddatlarda oʻtish, oilaviy shifokorga esa aholini belgilangan tartibda qabul qilish va maslahat (yoki yoʻllanma) berish, tibbiy xizmatlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq hajmda koʻrsatish, dori vositalarini toʻgʻri tayinlash kabi majburiyatlar yuklatiladi;

g) shifokor rasmiylashtirgan elektron retsept asosida dori vositalari kafolatlangan paket doirasida bemorlarga dorixonalar tomonidan bepul beriladi va dorixonalarning tegishli sarf-xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi (keyingi oʻrinlarda — reimbursatsiya dasturi).

Bunda reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalarining roʻyxati Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan, ularni qoplash qiymatini belgilash va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi Jamgʻarma kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi;

d) tibbiyot tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni oʻz ichiga oluvchi boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadigan “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi yaratiladi hamda ishga tushiriladi;

e) kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarning Jamgʻarma orqali xaridi joriy etiladi hamda tibbiyot tashkilotlari va Jamgʻarma oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida ular faoliyati moliyalashtirib boriladi.

Bunda ambulator tibbiy xizmat koʻrsatuvchi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini moliyalashtirish aholi jon boshiga koʻra shartnomada belgilangan ish hajmiga muvofiq, shifoxonalarni moliyalashtirish esa (respublika darajasidagi shifoxonalar bundan mustasno) ularga ajratiladigan mablagʻlarning 15 foizidan kam boʻlmagan qismini har bir davolangan holatdan kelib chiqib toʻlash orqali amalga oshiriladi;

j) kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatishga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb etiladi;

z) tuman (shahar), viloyat va respublika shifoxonalarida tibbiy yordam koʻrsatishda kasallikning ogʻirlik darajasidan kelib chiqib, bepul davolanadigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi;

i) imtiyozli toifadagi shaxslar shifokor koʻrsatmasiga binoan axborot tizimi orqali shakllantiriladigan yoʻllanma asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul davolanadi.

Bunda imtiyozli toifadagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari hamda oila aʼzolarining jon boshiga oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarning aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma orqali moliyalashtiriladi.

(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)

3. 2026-yil 1-iyuldan boshlab quyidagilar davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida rejali statsionar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega boʻladi:

(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)

a) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi yoki ijtimoiy soliq toʻlovchilar;

b) Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq toʻlagan shaxslar;

v) voyaga yetmaganlar, taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari, homilador ayollar va ikki yoshga toʻlmagan bolasini parvarishlayotgan shaxslar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy roʻyxatdan oʻtganlar, davlat pensiyasini oluvchilar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari.

(3-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)

2027-yil 1-yanvardan boshlab soʻnggi bir yil davomida kamida olti oy jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi yoki ijtimoiy soliq toʻlaganlar, shuningdek, ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar uchun davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida yuqori texnologik tibbiy yordam bepul amalga oshiriladi.

Bemorlarni shifoxonaga yoʻllashda 2-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralar oʻzlarining elektron axborot tizimlarini “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga integratsiya qilgan holda mazkur bandda koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda taqdim etish imkoniyatini yaratsin.

4. Quyidagilar:

Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq;

Toshkent shahri davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;

Toshkent shahri davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari roʻyxati 4a-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati 5- va 5a-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari roʻyxati 5b-ilovaga muvofiq;

Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati 6- va 6a-ilovalarga muvofiq;

Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari roʻyxati 6b-ilovaga muvofiq;

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Mazkur bandga muvofiq, shuningdek, davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladigan barcha hududlar uchun xarid qilinadigan axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalarini, istisno tariqasida, loyihaoldi hujjatlar va texnik-iqtisodiy hisobni ishlab chiqmasdan, “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ orqali yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida xarid qilishga ruxsat berilsin.

(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)

5. Mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2024-yilda quyidagi manbalar hisobidan 170 mlrd soʻm yoʻnaltirilsin:

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasidan — 71 mlrd soʻm (shundan 21 mlrd soʻm qoldiq mablagʻlar);

Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlardan — 50 mlrd soʻm;

Sogʻliqni saqlash vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida — 23 mlrd soʻm;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan — 11 mlrd soʻm;

Toshkent shahri mahalliy budjetidan — 10 mlrd soʻm;

Sirdaryo viloyati mahalliy budjetidan — 5 mlrd soʻm.

2025-yildan boshlab tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bilan bogʻliq zarur mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish doirasida:

a) 2024-yil yakuniga qadar bemorning barcha tibbiy maʼlumotlari asosida shakllantirilgan va tibbiyot muassasalarining oʻzaro uzviy hamkorligini taʼminlaydigan “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari amaliyotga joriy etiladi;

b) koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarning kafolatlangan paketga muvofiqligini oʻrganish, tibbiyot muassasalariga toʻlovlarni ular tomonidan bajarilgan ishlar hajmi va erishilgan natijaga asosan amalga oshirish imkonini beruvchi davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi Jamgʻarma tomonidan ishlab chiqiladi hamda amaliyotga joriy qilinadi;

v) tibbiyot muassasasi rahbariga muassasaning quvvati doirasida boʻlinmalar ixtisoslashuvini, ulardagi davo oʻrinlari sonini oʻzgartirish hamda ajratilgan mablagʻlar doirasida xodimlar sonini ish hajmiga muvofiq belgilash vakolati beriladi;

g) tibbiy xizmatlar xaridi asosida Jamgʻarma orqali moliyalashtiriladigan davlat tibbiyot muassasalariga budjet mablagʻlari oluvchisi maqomi beriladi. Bunda ularga nisbatan Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartib qoʻllanadi;

d) tibbiyot muassasalari uchun tasdiqlangan shtat meʼyorlari tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi hamda 2025-yil 1-iyuldan boshlab tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning alohida tartibi hamda shartlari tatbiq etiladi;

d-1) aholiga zarur tibbiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida Davlat budjetidan tibbiy xizmatlar xaridi uchun ajratilgan mablagʻlar Jamgʻarma tomonidan yagona yondashuv asosida hududlar va tibbiyot muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlanadi;

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan “d-1”kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)

e) koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning tasdiqlangan standart hamda protokollarga muvofiqligi va sifatini nazorat qilish Jamgʻarma tomonidan, tibbiyot muassasalari faoliyatini baholovchi indikatorlarni ishlab chiqish va ular asosida doimiy monitoring oʻrnatish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

7. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab hudud darajasidagi tibbiyot muassasalariga Davlat budjetidan mablagʻ ajratish (kapital qoʻyilmalar, fan va ilmiy izlanishlar, emlash va boshqa maqsadli dasturlar uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) mazkur qarorning 2-bandi “b” va “e” kichik bandlari hamda 6-bandi “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

8. Sogʻliqni saqlash vazirligi:

a) 2024-yil yakuniga qadar kafolatlangan paketni qayta koʻrib chiqish hamda uni ushbu maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida ishlab chiqish choralarini koʻrsin.

Bunda kafolatlangan paketga respublikada eng koʻp uchraydigan kasalliklar boʻyicha dori vositalari hamda laborator va diagnostika tekshiruvlari kiritiladi;

b) 2025-yil 1-iyulga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Jamgʻarma bilan kelishilgan holda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxati hamda bazaviy narxlarini kasalliklarni davolash yoʻnalishlari asosida barcha tibbiyot tashkilotlari uchun qayta tasdiqlasin.

(8-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)

Bunda bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi yoʻllanma asosida bemor uchun Jamgʻarma bilan shartnomasi mavjud davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarini oʻz xohishiga koʻra erkin tanlash imkoniyati yaratilishi nazarda tutilsin;

v) barcha manbalar hisobidan xarid qilinadigan tibbiy jihozlarni, shuningdek, kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalarni taqsimlashda ularning ustuvor ravishda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilinadigan hududlardagi tibbiyot muassasalariga ajratilishini taʼminlasin;

g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar koʻlamini kengaytirish uchun zarur tibbiy jihozlar xaridiga Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasidan foizsiz ssuda berish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;

d) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimidan barcha maʼlumotlarni Jamgʻarmaning tegishli axborot tizimlariga integratsiya asosida uzatilishini taʼminlasin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)

9. Jamgʻarma ikki oy muddatda:

aholiga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar sifati davolash va tashxislash standartlariga mosligini oʻrganish hamda klinik jihatdan asoslanganligini tekshirish, qilingan sarf-xarajatlar iqtisodiy samaradorligini baholashni amalga oshiruvchi tibbiy-iqtisodiy ekspertlar guruhini tashkil qilish;

reimbursatsiya dasturini joriy etishga oid hujjatlarni ishlab chiqish, tegishli axborot dasturini yaratish hamda ushbu tizimni respublika boʻyicha bosqichma-bosqich joriy qilish choralarini koʻrsin.

Bunda reimbursatsiya dasturi bilan bogʻliq barcha jarayonlar (dori vositalarining roʻyxatini, cheklangan qoplash qiymatlarini, ajratilgan mablagʻlar hajmini belgilash va boshqalar) Jamgʻarma tomonidan yaratiladigan axborot dasturida yuritiladi hamda “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi, shu jumladan “Elektron retsept” moduli bilan oʻzaro integratsiya qilinadi.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)

10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

mazkur qarorning 7-bandiga hamda 1-ilovasida belgilangan muddatlarga muvofiq sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalar, fan va ilmiy izlanishlar, emlash va boshqa maqsadli dasturlar uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaning alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar tasnifining bir satrida oʻtkazilishini;

tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishda yangi toʻlov usullarini (aholi jon boshiga, davolangan holatlar boʻyicha va boshqalar) joriy qilish uchun mahalliy budjetlardan Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlar Jamgʻarmaning yagona shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanishini hamda hududlar va tibbiyot muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlanishini;

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)

sogʻliqni saqlash tizimiga davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish jarayonida qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jamgʻarmaning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra ajratilishini taʼminlasin.

11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilinadigan muddatga qadar tibbiyot muassasalarini zarur jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar, lokal tarmoqlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etsin.

12. Sogʻliqni saqlash vazirligining Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bogʻiboʻston koʻchasi, 143-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari Jamgʻarmaga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarmaning bino va inshootlarini qurish, taʼmirlash hamda jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

14. Hisob palatasi mazkur qarorda belgilangan tadbirlar koʻrsatilgan muddatlarda sifatli va toʻliq bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritib borsin.

15. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.A. Xudayarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 5-sentabr,

PQ-311-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 1-ILOVA

Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini hududlar kesimida joriy etish muddatlari*

T/r Hudud nomi Muddati 2024-yil 1. Toshkent shahri 01.10.2024-yil 2. Sirdaryo viloyati 01.10.2024-yil 2025-yil 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 01.01.2025-yil 4. Navoiy viloyati 01.07.2025-yil 5. Samarqand viloyati 01.07.2025-yil 6. Buxoro viloyati 01.10.2025-yil 7. Xorazm viloyati 01.10.2025-yil 8. Qashqadaryo viloyati 01.10.2025-yil 2026-yil 9. Surxondaryo viloyati 01.04.2026-yil 10. Fargʻona viloyati 01.04.2026-yil 11. Andijon viloyati 01.07.2026-yil 12. Toshkent viloyati 01.07.2026-yil 13. Namangan viloyati 01.10.2026-yil 14. Jizzax viloyati 01.10.2026-yil

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur muddatlarga sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish holatidan kelib chiqib oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 2-ILOVA

Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida tuman (shahar) va viloyat darajasida kafolatlangan paket doirasida rejali statsionar tibbiy yordamni bepul olish huquqiga ega shaxslar toʻgʻrisida “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga uzatiladigan maʼlumotlar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 3-ILOVA

Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 4-ILOVA

Toshkent shahri davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar

T/r Tumanlar nomi Bioximik analizator Gematologik analizator Sentrifuga Ultratovush tekshiruvi apparati Raqamli rentgen Gastroduo-denoskop Kolonoskop EEG, EXOEG Jami ehtiyoj 1. Bektemir tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 8 2. Mirzo Ulugʻbek tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 8 3. Mirobod tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 4. Olmazor tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 5. Sergeli tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 8 6. Uchtepa tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 7. Chilonzor tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 8 8. Shayxontohur tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 9. Yunusobod tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 10. Yakkasaroy tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 11. Yangihayot tumani 1 1 1 1 1 1 6 12. Yashnobod tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 8 Jami 12 12 12 11 5 12 12 12 88

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib jihozlarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 4a-ILOVA

Toshkent shahri davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari

T/r Tumanlar va tibbiyot muassasalari nomi Kompyuter WiFi-router Planshet Infokiosk Smart monitor Printer (qogʻoz) Printer (chek) Printer (yorliq) Skaner (2D) Kamera (MyID uchun) Palm ID 1. Bektemir tumani 35 4 15 20 1 7 17 8 8 2. Mirzo Ulugʻbek tumani 174 19 85 4 58 8 4 18 62 27 30 3. Mirobod tumani 42 10 24 16 2 5 32 16 18 4. Olmazor tumani 297 36 184 9 63 10 8 26 81 35 35 5. Sergeli tumani 121 14 72 5 54 6 2 22 59 25 25 6. Uchtepa tumani 89 20 176 49 3 1 15 55 26 26 7. Chilonzor tumani 150 27 118 10 38 16 15 16 68 37 37 8. Shayxontohur tumani 156 83 144 3 52 6 7 27 79 37 37 9. Yunusobod tumani 316 23 183 5 58 14 25 20 72 41 44 10. Yashnobod tumani 165 22 139 4 39 6 6 19 61 29 29 11. Yakkasaroy tumani 52 6 49 3 24 2 8 26 12 12 12. Yangihayot tumani 31 9 40 1 24 2 5 22 10 10 13. Mirzo Ulugʻbek tumani 3-son bolalar stomatologiya poliklinikasi 1 2 1 2 2 2 2 14. 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasi 5 1 2 1 3 2 1 1 1 15. Mirzo Ulugʻbek tumani 1-son ftiziatriya dispanseri 10 1 1 1 1 1 2 1 1 16. Mirobod tumani 7-son bolalar stomatologiya poliklinikasi 12 1 1 1 1 1 17. Olmazor tumani 5-son bolalar stomatologiya poliklinikasi 13 1 1 2 1 2 1 1 1 18. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Toshkent shahar filiali 38 2 2 1 4 1 3 2 6 3 3 19. Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali 16 4 1 1 3 1 1 20. Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali 1 1 1 21. Toshkent shahar patologoanatomiya byurosi 4 1 4 1 2 1 1 22. 3-son tumanlararo ftiziatriya dispanseri 12 1 4 2 2 3 10 2 2 23. 5-son tumanlararo ftiziatriya dispanseri 1 4 2 1 5 2 2 24. 1-son ruhiy-asab kasalliklari dispanseri 4 3 20 1 6 7 2 2 5 3 3 25. 2-son ruhiy-asab kasalliklari dispanseri 30 1 23 8 1 1 1 3 3 3 26. “Qon preparatlari” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi 27 2 8 12 4 4 27. 5-son klinik shifoxonasi 8 3 1 3 4 4 11 5 5 28. Bolalar tibbiy maslahat-diagnostika markazi 1 1 9 1 13 16 5 5 29. Respublika OITSga qarshi kurashish markazining Toshkent shahar filiali 1 5 2 2 3 7 1 1 30. Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi 40 1 1 9 1 1 13 16 6 6 31. Toshkent shahar oʻsmirlar dispanseri 11 1 8 2 2 4 6 2 2 32. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali 1 3 1 5 3 3 7 2 2 33. Tumanlararo 2-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri 3 1 2 2 2 4 2 2 34. Tumanlararo 3-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri 27 1 1 5 2 4 6 11 4 4 35. Tumanlararo 4-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri 7 1 6 1 4 2 7 3 3 36. Tumanlararo 8-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri 6 1 3 2 6 2 2 37. Uchtepa bolalar stomatologiya poliklinikasi 1 7 1 3 3 3 3 38. Shayxontohur tumani 6-son bolalar stomatologiya poliklinikasi 20 1 1 1 1 1 1 1 39. Shahar bolalar ftiziatriya sihatgohi 8 2 2 40. Yunusobod tumani 2-son bolalar stomatologiya poliklinikasi 15 1 3 1 1 1 1 1 41. Yunusobod tumani 4-son ftiziatriya dispanseri 7 1 2 1 1 2 1 1 42. Yakkasaroy tumani 1-son bolalar stomatologiya poliklinikasi 18 1 2 1 2 1 1 1 43. Yashnobod tumani 2-son ftiziatriya dispanseri 11 1 1 1 3 7 2 2 44. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali 25 3 5 17 2 2 45. Dermatovenerologiya va kosmetologiya markazining Toshkent shahar filiali 18 1 3 5 22 2 2 46. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali 62 5 2 12 15 2 2 47. 3-sonli bolalar klinik shifoxonasi 39 2 2 15 12 2 2 48. Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi 74 2 2 9 14 6 6 49. Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi 18 1 2 5 5 3 3 50. 1-son klinik shifoxonasi 42 2 22 14 2 2 51. 2-son klinik shifoxonasi 24 3 6 7 4 4 52. 3-son klinik shifoxonasi 34 1 2 4 6 1 1 53. 4-son klinik shifoxonasi 8 2 54. 4-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi 5 2 5 13 5 5 55. 5-son bolalar klinik shifoxonasi 44 2 3 5 9 2 2 56. 5-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi 22 1 3 8 10 3 3 57. 7-son klinik shifoxonasi 20 3 2 8 7 4 4 58. 1-son bolalar klinik shifoxonasi 51 1 2 12 9 2 2 59. 1-son perinatal markazi 90 3 2 12 5 5 60. 1-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi 32 1 2 9 9 2 2 61. 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi 25 2 4 17 2 2 62. 2-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi 17 2 5 9 4 4 63. 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi 32 3 7 7 6 6 64. 4-son bolalar klinik shifoxonasi 20 3 6 14 2 2 65. 1-son tugʻuruq kompleksi 45 5 3 16 5 5 66. 2-son tugʻuruq kompleksi 35 1 3 5 7 1 1 67. 3-son tugʻuruq kompleksi 22 2 4 7 15 4 4 68. 4-son tugʻuruq kompleksi 22 2 6 14 4 4 69. 5-son tugʻuruq kompleksi 35 2 6 13 5 5 70. 6-son tugʻuruq kompleksi 50 1 3 7 10 3 3 71. 7-son tugʻuruq kompleksi 31 1 2 5 9 3 3 72. 8-son tugʻuruq kompleksi 45 1 2 22 13 1 1 73. 9-son tugʻuruq kompleksi 54 2 2 11 13 2 2 74. Toshkent shahar bolalar ruhiy-asab kasalliklari markazi 2 4 5 1 1 75. Toshkent shahar bolalar ftiziatriya shifoxonasi 3 2 7 3 3 76. Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi 11 2 3 10 1 1 77. Toshkent shahar ruhiy-asab kasalliklar klinik shifoxonasi 86 1 19 17 1 1 78. Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya klinik shifoxonasi 30 2 10 12 2 2 79. Toshkent shahar gemostaziologiya markazi 4 2 3 3 3 2 1 80. Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika statsionar qismi bilan 12 1 11 2 2 16 11 3 3 Jami 3158 288 1277 71 609 146 209 549 1199 479 480

Izoh: Toshkent shahar davlat tibbiyot muassasalari IT-infratuzilmasini talab darajasiga olib chiqish maqsadida 1 940 ming metr LAN kabel yotqizilib, muassasalar 606 ta Switch (Kommutator 48 portli L2 s 4SFP) hamda 237 ta Firewall dasturi bilan taʼminlanadi;

Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib jihoz va tarmoq qurilmalarini boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 5-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar

T/r Hududlar nomi Video-endoskopiya majmuasi Chaqaloqlar intensiv terapiyasi inkubatori Kardio-taxograf Koʻp funksiyali jarrohlik stoli Jarrohlik jamlanmasi Narkoz-nafas olish apparati Neyrojarrohlik jamlanmasi Neonatal doppler Chaqaloqlar kiyimini almashtirish stoli Bioximik analizator Elektr jarrohlik koagulyatori Jami ehtiyoj 1. Amudaryo tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 10 2. Beruniy tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 11 3. Boʻzatov tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 8 4. Qonlikoʻl tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 5. Qoraoʻzak tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 10 6. Kegeyli tumani 1 1 1 1 1 1 6 7. Qoʻngʻirot tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 8. Moʻynoq tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 10 9. Nukus tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 1 9 10. Taxiatosh tumani 1 1 11. Taxtakoʻpir tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 1 9 12. Toʻrtkoʻl tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 13. Xoʻjayli tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 1 9 14. Chimboy tumani 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 11 15. Shumanay tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 16. Ellikqalʼa tumani 1 1 1 1 1 1 1 7 17. Nukus shahri 1 1 1 1 1 1 1 7 Jami 17 2 10 14 14 11 12 15 13 16 12 136

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib tibbiy asbob-uskunalarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 5a-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar

T/r Tibbiy jihozlar nomi Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi Koʻz mikroxirurgiyasi markazi Kardiologiya markazi Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi Koʻp tarmoqli tibbiyot markazi Jami ehtiyoj 1. Avtorefraktomer 1 1 2 2. Qon bosimini masofadan oʻlchash uskunasi 1 1 1 3 3. 400 Vattli bipolyar elektr koagulyator 2 2 4. Vitrektomiya uchun oftalmojarrohlik majmuasi 1 1 5. Dakriotsistorinostomiya uchun lazerli majmua 1 1 6. Chaqaloqlar intensiv terapiyasi inkubatori, qoʻshimcha funksiyalari bilan 4 4 7. Mikrojarrohlik uskunalari toʻplami 2 1 1 4 8. Koʻp funksiyali jarrohlik stoli 6 6 9. Neyrojarrohlik jamlanmasi 2 1 3 10. Travmatologik jarrohlik jamlanmasi 2 1 3 11. Jarrohlik jamlanmasi 2 1 3 12. Narkoz-nafas olish apparati 1 1 13. Optik kogerent tomograf 1 1 2 14. Raqamli koʻp funksiyali ultratovush tekshiruvi apparati 1 1 1 3 15. Statsionar raqamli rentgen apparati 1 1 2 16. Ultratovushli biomikroskop 1 1 17. Urologik videolaparoskopiya uskunasi 1 1 18. Fotokoagulyatsiya uchun oftalmologik diodli lazer 1 1 Jami 27 6 1 1 8 43

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib tibbiy asbob-uskunalarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 5b-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari

T/r Hududlar va tibbiyot muassasalari nomi Kompyuter WiFi-router Planshet Infokiosk Smart monitor Printer (qogʻoz) Printer (chek) Printer (yorliq) Skaner (2D) Kamera (MyID uchun) Palm ID 1. Amudaryo tumani 336 41 204 12 59 15 26 40 87 26 26 2. Beruniy tumani 483 62 201 11 36 19 17 47 72 17 17 3. Boʻzatov tumani 54 11 24 3 8 9 3 18 24 9 9 4. Qonlikoʻl tumani 101 17 55 6 9 1 11 22 41 15 15 5. Qoraoʻzak tumani 142 1 63 6 11 7 9 26 38 11 11 6. Kegeyli tumani 75 3 85 6 24 11 11 31 33 14 14 7. Qoʻngʻirot tumani 279 15 136 9 30 20 19 43 63 19 19 8. Moʻynoq tumani 108 31 34 4 9 7 9 20 32 9 9 9. Nukus tumani 122 12 56 4 17 4 6 29 36 10 10 10. Taxiatosh tumani 87 17 15 3 10 5 7 25 35 9 9 11. Taxtakoʻpir tumani 74 12 44 4 6 5 10 25 30 11 11 12. Toʻrtkoʻl tumani 312 54 228 13 49 26 18 47 78 20 20 13. Xoʻjayli tumani 173 42 130 6 10 5 16 36 61 16 16 14. Chimboy tumani 279 24 117 9 33 10 11 46 62 19 19 15. Shumanay tumani 116 21 62 7 14 7 11 25 37 11 11 16. Ellikqalʼa tumani 342 24 165 12 35 19 16 40 64 19 19 17. Nukus shahri 417 15 382 9 118 16 27 49 112 36 36 18. “Respublika Qoraqalpoq Leprazoriyasi” davlat korxonasi 15 2 1 1 4 8 1 1 19. Koʻp tarmoqli tibbiyot markazi 24 1 4 2 20 24 3 3 20. 1-son ruhiy-asab kasalliklari dispanseri 15 2 8 7 1 1 21. 2-son ruhiy-asab kasalliklari dispanseri 15 2 1 2 3 5 2 2 22. 2-sonli ftiziatriya shifoxonasi 15 5 5 23. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali 3 10 13 2 2 24. Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi 70 4 8 4 16 15 3 3 25. Qon quyish markazi 9 4 6 19 4 4 26. OITSga qarshi kurash markazi 20 9 1 2 10 27 1 1 27. Xoʻjayli temir yoʻl shifoxonasi 15 1 3 5 8 3 3 28. Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi 16 2 2 5 8 1 1 29. Qoʻngʻirot tumani 4-sonli Respublika tumanlararo ftiziatriya shifoxonasi 20 3 3 30. Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi 20 1 3 11 16 2 2 31. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali 21 4 1 4 3 18 2 2 32. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali 7 1 1 4 6 11 4 4 33. Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali 10 4 1 1 4 8 2 2 34. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali 23 2 1 7 8 1 1 35. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali 47 2 13 2 13 14 1 1 36. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali 60 4 3 4 13 19 3 3 37. Patologoanatomiya byurosi 19 2 3 38. Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali 50 1 39. Respublika oʻlat profilaktikasi markazining Qoraqalpogʻiston filiali 33 8 1 6 21 1 1 40. Oʻsmirlar dispanseri 33 6 1 3 3 7 3 3 41. Shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus filiali 15 4 1 5 22 20 5 5 42. Respublika ftiziatriya va pulmonologiya markazi 31 2 13 13 2 2 43. Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali 26 1 5 13 1 1 44. Chimboy tumani 3-sonli Respublika tumanlararo ftiziatriya shifoxonasi 3 2 1 1 2 3 1 1 45. Ellikqalʼa tumani 1-sonli Respublika tumanlararo ftiziatriya shifoxonasi 7 1 1 1 3 3 1 1 Jami 4139 402 2001 124 526 236 285 777 1225 321 321

Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalari IT-infratuzilmasini talab darajasiga olib chiqish maqsadida 647 ming metr LAN kabel yotqizilib, muassasalar 570 ta Switch (Kommutator 48 portli L2 s 4SFP) hamda 223 ta Firewall dasturi bilan taʼminlanadi;

Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib jihoz va tarmoq qurilmalarini boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 6-ILOVA

Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar

T/r Hududlar nomi Avtoklav Chaqaloqlar intensiv terapiyasi inkubatori Bugʻlash uskunasi Kardio-taxograf Koʻp funksiyali jarrohlik stoli Narkoz-nafas olish apparati Neyrojarrohlik jamlanmasi Biokimyoviy analizator Jami ehtiyoj 1. Guliston shahri 4 1 1 6 2. Shirin shahri 1 1 2 4 3. Yangiyer shahri 1 1 2 4. Boyovut tumani 1 1 1 1 2 6 5. Guliston tumani 1 2 3 6. Mirzaobod tumani 1 1 1 3 7. Oqoltin tumani 1 1 1 1 4 8. Sardoba tumani 1 1 1 3 9. Sayxunobod tumani 1 1 2 4 10. Sirdaryo tumani 1 2 1 1 2 2 9 11. Xovos tumani 1 1 2 4 Jami 8 6 8 1 4 6 1 14 48

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib tibbiy asbob-uskunalarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 6a-ILOVA

Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy asbob-uskunalar

T/r Tibbiy jihozlar nomi Kardiologiya shifoxonasi Qon quyish stansiyasi Koʻz kasalliklari shifoxonasi Jami talab 1. Avtoklav 2 2 2. Qon olish uchun avtomatik tarozi 4 4 3. Avtorefraktomer 1 1 4. Dakriotsistorinostomiya uchun lazerli majmua 1 1 5. Chaqaloqlar intensiv terapiyasi inkubatori, qoʻshimcha qismlari bilan 1 1 6. Multispiral kompyuter tomografi 1 1 7. Ultratovushli biomikroskop 1 1 8. Fotokoagulyatsiya uchun oftalmologik diodli lazer 1 1 9. Sentrifuga (12000 aylanma/daqiqa) 1 1 Jami 1 7 5 13

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib tibbiy asbob-uskunalarni boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 6b-ILOVA

Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari

T/r Hududlar va tibbiyot muassasalari nomi Kompyuter WiFi-router Planshet Infokiosk Smart monitor Printer (qogʻoz) Printer (chek) Printer (yorliq) Skaner (2D) Kamera (MyID uchun) Palm ID 1. Guliston shahri 154 96 80 5 36 10 13 27 44 18 18 2. Shirin shahri 45 24 2 7 3 1 11 7 4 4 3. Yangiyer shahri 128 16 56 2 25 9 4 22 29 10 10 4. Boyovut tumani 257 33 142 12 54 30 35 48 101 48 48 5. Guliston tumani 153 21 87 7 32 16 19 37 60 28 28 6. Mirzaobod tumani 132 15 82 7 27 8 16 31 57 24 24 7. Oqoltin tumani 97 18 51 5 11 1 8 16 23 10 10 8. Sardoba tumani 110 17 78 5 19 9 15 20 35 15 15 9. Sayxunobod tumani 134 4 40 9 29 18 17 32 58 16 16 10. Sirdaryo tumani 154 17 141 9 37 16 18 33 65 25 25 11. Xovos tumani 209 26 98 7 31 21 20 31 75 33 33 12. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filiali 82 1 3 19 13 3 3 13. Guliston tibbiyot klasteri 140 2 6 19 18 4 4 14. Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi 65 1 4 3 4 13 12 2 2 15. Qon quyish stansiyasi 5 2 3 3 9 2 2 16. OITSga qarshi kurashish markazi 14 2 5 1 1 8 1 1 17. Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali 11 2 2 1 3 1 1 18. Yuqumli kasalliklar shifoxonasi 20 3 3 6 19. Asab va ruhiy kasalliklar dispanseri 30 1 10 2 6 6 2 2 20. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali 38 10 1 10 7 3 3 21. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali 55 10 1 10 9 1 1 22. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali 23 7 3 8 12 2 2 23. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali 33 4 1 6 10 1 1 24. Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi 18 1 1 1 6 1 1 25. Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo viloyati filiali 27 1 1 4 12 1 1 Jami 2134 263 879 71 315 202 195 412 685 255 255

Izoh: Sirdaryo viloyati davlat tibbiyot muassasalari IT-infratuzilmasini talab darajasiga olib chiqish maqsadida 387 ming metr LAN kabel yotqizilib, muassasalar 294 ta Switch (Kommutator 48 portli L2 s 4SFP) hamda 147 ta Firewall dasturi bilan taʼminlanadi;

Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib jihoz va tarmoq qurilmalarini boshqa hududlarga qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 7-ILOVA

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisida

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Jamgʻarma kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Jamgʻarma oʻz faoliyati toʻgʻrisida Jamgʻarma kuzatuv kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi) hisobot beradi.

4. Jamgʻarma oʻz faoliyatini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

5. Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi shaklidagi davlat muassasasi hisoblanadi, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtamplarga va blanklarga ega boʻladi.

6. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalarini saqlash Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)

2-bob. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari

7. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi aholini davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash, uning sifati va hajmini oshirish hamda tibbiy xizmatlar bozorini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish maqsadida davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish va boshqarishdan iborat.

8. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash;

davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish;

aholining barcha qatlamlarini sifatli va zarur tibbiy yordam bilan taʼminlash maqsadida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish;

aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda sifatli va toʻliq tibbiy yordam koʻrsatilishini moliyalashtirish;

Davlat budjetidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan mablagʻlarni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etish;

davlat tibbiy sugʻurtasining yagona axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish, ularning lozim darajada ishlashini taʼminlash.

9. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etadi va boshqaradi;

aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam koʻrsatilishini moliyalashtiradi;

Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining oʻrta muddatli prognozlarini ishlab chiqadi, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili Jamgʻarma budjetini shakllantiradi;

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni moliyalashtirish maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlarni jamlaydi va boshqaradi;

davlat tibbiy sugʻurtasi dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni amalga oshirish tadbirlarini belgilangan tartibda moliyalashtiradi;

kasalliklarni ambulator davolash uchun dori vositalarini elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan bemorlarga bepul berish hamda dorixonalarning tegishli sarf-xarajatlarini qoplash (reimbursatsiya) dasturini joriy etadi va boshqaradi;

tibbiy xizmatlar strategik xaridlari mexanizmlarini ishlab chiqadi va davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshiradi;

imtiyozli toifadagi shaxslarning davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida yoʻllanma asosida davolanish xarajatlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qoplab beradi;

aholiga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar sifati davolash va tashxislash standartlariga mosligini oʻrganishni hamda klinik jihatdan asoslanganligini tekshirishni, qilingan sarf-xarajatlar iqtisodiy samaradorligini baholashni amalga oshiradi;

davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi ishtirokchilari tomonidan tibbiy xizmatlar koʻrsatish shartnomasi shartlari bajarilishini nazorat qiladi;

(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)

xorijiy sugʻurta kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatgan holda ularning mijozlariga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun toʻlovlarni qabul qiladi hamda tegishli tibbiyot tashkilotlariga qoplash choralarini koʻradi;

davlat tibbiy sugʻurtasining yagona elektron axborot tizimi va resurslarini boshqaradi hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu axborot tizimi va resurslaridan foydalanish tartibini belgilaydi;

tibbiy kadrlar salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, shu jumladan, tibbiyot muassasalari uchun moliya menejeri va klinik menejer mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilishda ishtirok etadi;

davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida tashkiliy, moliyaviy va klinik yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritish boʻyicha tibbiyot tashkilotlari xodimlarining bilim va malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil qiladi;

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar paketini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi;

davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirish hamda kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni amalga oshirish choralarini koʻradi;

aholining davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi va uning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi xabardorlik darajasini oshirish boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat tibbiy sugʻurtasi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani oʻrganadi va eng yaxshi amaliyotni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.

Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

3-bob. Jamgʻarmaning huquq va majburiyatlari

10. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

davlat tibbiy sugʻurtasi tizimiga oid axborotni ushbu tizim ishtirokchilaridan belgilangan tartibda olish;

shaxsga doir maʼlumotlarni, shu jumladan, barcha tibbiy maʼlumotlarni vakolatli organlardan hamda barcha tibbiy axborot tizimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri olish va qayta ishlash;

koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligi va sifatini nazorat qilish;

budjet buyurtmalarini tayyorlash va Davlat budjetidan mablagʻ olish uchun budjet soʻrovlarini tuzish;

Jamgʻarma mablagʻlari hajmini oshirish maqsadida ularni belgilangan tartibda bank depozitlariga joylashtirish;

shartnoma asosida tibbiyot muassasalariga ajratilgan mablagʻlarning samaradorligi hamda natijadorligini monitoring va nazorat qilish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ularni belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirayotgan vazir yoki boshqa mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari orqali kiritish;

agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida uslubiy hujjatlar, hisobotlar va arizalar shakllari, hisob reyestrlari, dalolatnomalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq konsalting, noshirlik va oʻqitish faoliyatini tashkil etish;

belgilangan tartibda asbob-uskuna, inventar, tovar va xizmatlarni xarid qilish;

davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa tashkilot va muassasalardan oʻz vakolatlari doirasida zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;

davlat tibbiy sugʻurtasi sohasiga xorijiy va mahalliy ekspertlar hamda maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish;

oʻz vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

11. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:

Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash;

tibbiy xizmatlar xaridini tegishli moliya yili uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshirish;

davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi ishtirokchilariga nisbatan oʻrnatilgan talablarga javob beruvchi tibbiyot tashkilotlari va boshqa ishtirokchilar bilan davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalar tuzish;

bemorlar haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan, ularga tibbiy yordam koʻrsatish chogʻida olingan boshqa maʼlumotlarni qonunchilik talablariga muvofiq sir saqlash;

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlardan aholining qoniqish darajasini tahlil qilish;

fuqarolar murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlarni shakllantirish hamda ularni tegishli davlat organlariga taqdim etish;

davlat tibbiy sugʻurtasi sohasida xodimlar salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish.

Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

12. Jamgʻarma kelgusi moliya yili uchun davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi prognozlari asosida ajratiladigan mablagʻlarni olish uchun budjet soʻrovlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

13. Jamgʻarma har chorak yakuni boʻyicha Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi

14. Jamgʻarma budjetini shakllantirish va ijro etish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda tegishli moliya yili uchun Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunda Jamgʻarmaga ajratiladigan transfertlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi xarajatlari tarkibida aks ettiriladi.

15. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar. Bunda sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalar, mukammal taʼmirlash, fan va ilmiy izlanishlar, emlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, sayyor tibbiy koʻriklar, homiladorlik nafaqasi, shuningdek, koʻzda tutilmagan boshqa xarajatlarni qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaga xarajatlar tasnifining bir satrida har oyning birinchi ish kunida oʻtkazib beriladi;

Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaraqlarida vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar. Ushbu daromadlarning 50 foizi Jamgʻarma ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga, qolgan 50 foizi Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

16. Jamgʻarma mablagʻlari Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan taqsimotga muvofiq quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi:

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida tibbiy xizmatlarni davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlaridan xarid qilish;

imtiyozli toifadagi shaxslarni davolash xarajatlarini oʻrnatilgan tartibda qoplab berish;

davlat tibbiy sugʻurtasi dasturini hamda imtiyozli dori vositalari taʼminotini moliyalashtirish;

davlat tibbiy sugʻurtasining yagona elektron axborot tizimi va resurslarini yaratish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash;

Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjeti doirasida maqsadli dasturlar va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun zarur boʻlgan jihozlarni xarid qilish va taʼmirlash, shuningdek dori va sarflov vositalarini xarid qilish uchun tibbiyot tashkilotlariga qaytarish sharti bilan moliyaviy koʻmak koʻrsatish;

(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)

Jamgʻarma ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, bino va inshootlarini qurish, taʼmirlash va saqlash;

axborot va aloqa xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish;

bank xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish;

tibbiy sugʻurta sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

17. Jamgʻarma har yili kelgusi moliya yillari uchun davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi prognozlari asosida uni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar hisob-kitobini ishlab chiqadi.

18. Jamgʻarma faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda har yili tashqi auditdan oʻtkaziladi.

5-bob. Jamgʻarmani boshqarish

19. Kuzatuv kengashi va Jamgʻarma ijro etuvchi apparati Jamgʻarmaning boshqaruv organlari hisoblanadi.

20. Kuzatuv kengashi Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organidir.

Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.

21. Kuzatuv kengashining majlislari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi, ularga Kuzatuv kengashining raisi, Kuzatuv kengashining raisi boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosari raislik qiladi.

22. Kuzatuv kengashining majlisi, agar aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi (kvorumga ega boʻladi).

Kuzatuv kengashining qarori uning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

23. Kuzatuv kengashi:

Jamgʻarma daromad va xarajatlarining prognoz parametrlarini hamda yillik xarajatlar taqsimotini tasdiqlaydi;

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar tariflari yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni kelishadi;

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar va dori vositalari xaridi boʻyicha hamda imtiyozli toifadagi shaxslarni davolash xarajatlarini qoplash boʻyicha tuziladigan shartnomalarning namunaviy shaklini, shuningdek, moliyalashtirish usullari va mexanizmlarini tasdiqlaydi;

(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)

reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalarini qoplash qiymatini belgilash va toʻlovlarni amalga oshirish tartibini tasdiqlaydi;

Jamgʻarma ijro etuvchi apparati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobotlarni eshitadi va tasdiqlaydi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning davlat tibbiy sugʻurtasi sohasiga oid masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi;

Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori hamda uning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritadi;

Jamgʻarma faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;

Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;

Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga ularning egallab turgan asosiy lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga ustama va boshqa ragʻbatlantirish toʻlovlarini belgilash tartibini tasdiqlaydi;

(23-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)

Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, shu jumladan, uning daromad va xarajatlar prognoz parametrlari ijrosini, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

24. Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq, Jamgʻarmaning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi. Bunda hududiy boʻlinmalarni tashkil etish, saqlash, xizmat avtotransport vositalari xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarmani saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

6-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish

25. Jamgʻarma direktori va uning oʻrinbosarlari Kuzatuv kengashi taqdimnomasi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

26. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

27. Jamgʻarma ijro etuvchi direktori:

Jamgʻarma faoliyatiga rahbarlik qiladi;

oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori oʻrinbosarlari hamda tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari oʻrtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarma faoliyatiga oid buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi hamda Jamgʻarmaning tarkibiy boʻlinmalariga koʻrsatmalar beradi;

Jamgʻarmaning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi, shuningdek, zarur hollarda, Jamgʻarma ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)

Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)

pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini hamda ular tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;

Kuzatuv kengashi majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashadi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

28. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 1 yildan 3 yilgacha — 0,3, 3 yildan 5 yilgacha — 0,6, 5 yildan 10 yilgacha — 0,8, 10 yildan 15 yilgacha — 1,0, 15 yildan 20 yilgacha — 1,2, 20 yildan yuqori — 1,5.

(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)

Bunda koʻp yillik mehnati uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida hisoblanadi.

29. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga vazirliklar xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi hamda ularning lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 2,0 baravarga oshirilgan holda qoʻllanadi.

(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)

Bunda lavozim maoshini hisoblashda 40 foiz miqdorida mehnatni ragʻbatlantirish (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyent) uchun oshirilgan tarif koeffitsiyentini inobatga olgan holda ustama haq belgilanadi.

30. Boʻsh ish oʻrinlari hisobiga iqtisod qilingan ish haqi fondi mablagʻlari Jamgʻarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish (ustama, qoʻshimcha haq, oylik mukofotlar va boshqalar)ga yoʻnaltiriladi.

31. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktoriga boʻsh ish oʻrinlari hisobiga iqtisod qilingan ish haqi fondi mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga ularning mehnat faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda) 300 foizigacha har oylik qoʻshimcha ustama belgilash vakolati beriladi.

(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)

32. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktoriga moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar hamda ustamalar belgilash Kuzatuv kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.

33. Jamgʻarma ajratilgan mablagʻlar doirasida tibbiyot, iqtisodiyot, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Jamgʻarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga jalb qilish huquqiga ega.

34. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktoriga Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb etish, ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida toʻlash huquqi beriladi.

7-bob. Hisobga olish, hisobot va nazorat

35. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun haq toʻlash va boshqa toʻlovlarni moliyalashtirishni Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjeti doirasida amalga oshirish hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgardir.

36. Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda davriy hisobotlarni taqdim etadi.

37. Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan tartibda foydalanilishi ustidan nazorat Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati tomonidan amalga oshiriladi.

38. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishini nazorat qilish Jamgʻarmaning ichki audit xizmati hamda Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladi.

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

39. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

40. Jamgʻarmaning doimiy saqlanadigan hujjatlari, Jamgʻarma tugatilgan taqdirda, belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiriladi.

41. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga 8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4890-son qarorida:

a) 7-bandda:

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;

b) 10-bandning oltinchi xatboshisidagi “4 ta” va “3 ta” soʻzlari tegishincha “5 ta” va “4 ta” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

g) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining

Abduraxmanov Odil Qalandarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Kuzatuv kengashi raisi Xudayarov Asilbek Anvarovich — sogʻliqni saqlash vaziri v.b., Kuzatuv kengashi raisining oʻrinbosari Turaxujayev Halilillo Sobirjonovich — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sharipov Farrux Raximovich — sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Fazilkarimov Otabek Rustamovich — iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari (tegishliligi boʻyicha) Ishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich — Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi Ermatov Zoxid Shavkatovich — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori, Kuzatuv kengashining kotibi

Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son qarorida:

a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) 1-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”;

v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari

I. 2022-yil 1 oktabrdan boshlab oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari

1. Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi.

2. Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi.

3. Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasi.

4. Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi.

5. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining koʻp tarmoqli klinikasi.

6. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi.

7. Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi.

8. Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi.

9. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi.

10. Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi.

11. Orolboʻyi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

12. Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi.

Izoh:

Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya klinik shifoxonasi tomonidan Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan va yadro poligonida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi;

amaldagi order berish tartibiga asosan rasmiylashtirilgan orderlardan 2023-yilning 1-yanvariga qadar foydalanish mumkin;

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari yakunlangunga qadar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali bajarilgan ish hajmiga bogʻlanmagan holda vaqtinchalik bir satrda moliyalashtiriladi.

II. 2025-yil 1-yanvardan boshlab oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari

1. Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

3. Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

4. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

5. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi.

6. Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi.

7. Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasi.

8. Respublika perinatal markazi.

9. Respublika bolalar ortopediyasi markazi.

10. Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi.

11. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi.

12. Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi.

Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga boshqa tibbiyot muassasalarini kiritish vakolati beriladi”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022 — 2024-yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-310-son qarorida:

a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “2023-yil” soʻzlari “2025-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 7-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

v) 1-ilovaning 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67-son qarorida 11-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Jamgʻarma bilan tuzilgan shartnomalar asosida yoʻnaltiriladi. Bunda ularga ajratiladigan mablagʻlarning 10 foizidan kam boʻlmagan qismi, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab 15 foizidan kam boʻlmagan qismi har bir davolangan holatlar soni hamda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi”.

5. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga tatbiq etilmaydi” soʻzlari “respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga hamda 2025-yil 1-iyuldan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilingan tibbiyot muassasalariga tatbiq etilmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 6, 24, 25 va 26-bandlardan “uzluksiz” soʻzi chiqarib tashlansin;

v) 3-ilovada:

ilovaning nomi, 1-bandning birinchi xatboshisi hamda 2-bandning birinchi xatboshisidan “uzluksiz” soʻzi chiqarib tashlansin;

3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 14-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“14. TIEKda koʻrikdan oʻtish uchun umumiy kasallik va bolalikdan nogironlik sabablarini belgilash uchun tibbiyot muassasasining yoʻllanmasi, ambulator kartadan koʻchirma, agar mavjud boʻlsa kasallik tarixidan koʻchirma taqdim etiladi”;

b) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“15. Fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazish: TIEKga yoʻllanmani (088/u — shaklini), ambulator kartadan koʻchirmani va agar mavjud boʻlsa statsionardan berilgan kasallik tarixidan koʻchirmani, shuningdek, bemorni koʻrikka yuborish uchun asos boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va shaxsni koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.

7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Autsorsing xizmatlariga (mijozlarni ovqat bilan taʼminlash xizmatidan tashqari) haq toʻlash miqdorlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlar tomonidan tegishli xizmat tannarxiga (ish haqi, ish haqiga ajratma, moddiy xarajatlar, bilvosita xarajatlar) teng qiymatda belgilanadi.

7. Autsorsing boʻyicha ovqatlanishni tashkil etish xizmati narxi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan bir bemorga bir kunlik ovqatlanish normasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining eng yuqori narxlaridan oshmaydigan qiymatda belgilanadi”;

b) 13-bandda:

oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.

Izoh: 6-band 2025-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.