PQ-330-son Qaror · 23.09.2024

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-330
  • Qabul qilingan sana:23.09.2024
  • Kuchga kirgan sana:24.09.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/330/0742

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi PF-143-son Farmonining ijrosini samarali taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

2024-2025-yillarda aholini kambagʻallikdan chiqarishning yoʻnalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov):

ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining taklifiga asosan eng ogʻir ahvoldagi 1 000 ta mahallani tanlab, roʻyxatini shakllantirsin hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturini 1-noyabrga qadar tasdiqlasin. Bunda 2024-2025-yillarda mazkur mahallalarda tomorqa yerlarini sugʻorishni yaxshilash yoki ularda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, internet sifatini oshirish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa infratuzilmani yaxshilash maqsadlari uchun jami 3,2 trillion soʻm mablagʻlar ajratiladi;

2024-yil 1-dekabrga qadar tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2024-2025-yillarda 4-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarni jadal kompleks rivojlantirish, shu jumladan, ularda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlarni tasdiqlasin. Bunda mazkur tuman va shaharlarda yuqori iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalari uchun Davlat budjetidan 2024-yilda 500 milliard soʻm va 2025-yilda 1 trillion soʻm mablagʻlar ajratilsin;

oʻn kun muddatda har bir tuman va shaharning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki beruvchi 5 tadan “drayver” loyihalar roʻyxatini tasdiqlasin va ularga zarur infratuzilmani yaratish uchun Davlat budjetidan 2024-2025-yillarda 1 trillion soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin hamda 2025-yil uchun Davlat budjeti qonuni loyihasida zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda aholini tadbirkorlikka jalb qilish hamda Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar (keyingi oʻrinlarda — kambagʻal oilalar) aʼzolarining bandligini taʼminlagan tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun:

oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trillion soʻm, 2025-yilda 15 trillion soʻm kreditlar ajratilishini taʼminlasin;

oʻn kun muddatda subsidiyalar turlarini maqbullashtirish va mazkur maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hajmini kamaytirmagan holda kambagʻal oilalarga foizsiz ssuda ajratish tartibi boʻyicha takliflarni kiritsin;

tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish, ularning muammolarini hal qilish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning uzluksizligini taʼminlash hamda kreditlash hajmini oshirib borish, tashabbuskorlarga boʻsh yer maydonlarini auksion orqali sotish choralarini koʻrsin, tadbirkorlarning infratuzilma bilan bogʻliq muammolarini hal etsin.

4. Belgilab qoʻyilsinki, mahallalarda kambagʻal oilani aniqlash, uni Ijtimoiy reyestrga kiritish, kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan choralarni koʻrish, reyestrdan chiqarish jarayonlari “mahalla yettiligi” tomonidan hamkorlik asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)

kambagʻal oilalar yagona savolnoma asosida baholanadi va ularning ijtimoiy portreti shakllantiriladi;

ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash, uy-joy, bandlik, taʼlim, xulq-atvor yoʻnalishlarini qamrab oluvchi oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja ishlab chiqiladi;

kambagʻal oilalarga — daromadli mehnat faoliyati bilan band qilish va tadbirkorlikka jalb qilish yoʻnalishida hokim yordamchisi, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash va taʼlim yoʻnalishlarida — ijtimoiy xodim hamrohlik qiladi;

oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejaning samaradorligi va natijadorligi monitoring qilib boriladi.

5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev) ikki hafta muddatda mahalla raislari, mahalla faollari va nuroniylari hamda koʻchaboshilarning Dasturda belgilangan har bir yoʻnalish boʻyicha chuqur oʻqitilishini taʼminlasin.

Bunda mahalla raislari, mahalla faollari va nuroniylari hamda koʻchaboshilar har kuni koʻchama-koʻcha yurib, har bir xonadon va oilada:

tomorqaga ekin ekish, uy-joyida shinam va fayzli muhit yaratish, tozalikni saqlash, toʻgʻri ovqatlanish, piyoda yurish, zararli odatlardan voz kechish boʻyicha faol targʻibot va tashviqot olib borsin;

farzandlarida bolalikdan boshlab kitobxonlikka mehr uygʻotish, ularni xorijiy tillar, kasb-hunar va sanʼatga oʻrgatish, ayoli va qizining oʻqishi va ishlashi uchun sharoit yaratish — muhim hayotiy vazifa, degan qarashni shakllantirsin;

oʻz oldiga katta maqsadlar qoʻyib, ularga halol mehnat, doimiy izlanish va shijoat orqali erishishga intilib yashashni kundalik hayot tarziga aylantirishga koʻmaklashsin;

oʻz oilasi va mahallasining tinchligi va farovonligi uchun kuyinish, oʻzaro ahillik va hamjihatlikni taʼminlash, hayotimizdagi oʻzgarish va yangilanishlarga daxldorlik hissini kuchaytirish boʻyicha muntazam taʼsirchan ish olib borsin;

mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari va boshqa masʼullardan mahalladagi vazifalarining toʻliq bajarilishini talab qilsin, shuningdek, kambagʻal oilalarning ijtimoiy shartnomadagi oʻz majburiyatlariga masʼuliyat bilan amal qilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatsin.

6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2024-2025-yillarda paxta-gʻalla maydonlarini qisqartirish hisobiga “kompaniya — kooperativ — dehqon xoʻjaligi” tamoyili asosida dehqonchilik va bogʻdorchilik tashkil etish uchun 50 ming gektar yer maydonini kambagʻal oilalarga 30 yilgacha ijaraga berish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin. Bunda:

yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolarini “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan kambagʻal oilalar oʻrtasida oʻtkazish koʻzda tutilsin.

(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi “Yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-239-son qaroridan kelib chiqib umumtaʼlim maktablarining boʻsh turgan yer va bino-inshootlarida xorijiy tillar, kasb-hunarga oʻqitish va axborot texnologiyalari va dasturlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish hamda maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 2025-yil yakunigacha 80 foizga yetkazish boʻyicha dasturni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Sport vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar har bir umumtaʼlim maktabida, “Barkamol avlod” bolalar maktablarida, shu jumladan, xususiy sektorni jalb qilgan holda maktabdan tashqari taʼlim va sport toʻgaraklari tashkil etilishini taʼminlasin;

ikki oy muddatda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilishini moliyaviy ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Umumtaʼlim maktablarida toʻgaraklarni tashkil etish va ularga kambagʻal oilalarning farzandlarini jalb qilish maqsadida 2025-yil uchun mahalliy budjet parametrlarini shakllantirishda 500 milliard soʻm mablagʻ nazarda tutilsin.

8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-noyabrga qadar oliy taʼlim muassasalariga davlat granti boʻyicha qabul kvotasini bosqichma-bosqich oshirish hamda kambagʻal oilalarning bilimli va iqtidorli farzandlari taʼlim olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Belgilansinki:

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;

2025-yildan boshlab “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar Ijtimoiy reyestrning “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasidagi oilalarga ular ushbu toifaga kiritilgan sanadan boshlab 12 oy davomida qoʻllanadi.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)

10. AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratsin;

(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)

tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratsin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tijorat banklariga Davlat budjeti hisobidan zarur mablagʻlarni ajratsin.

11. Vazirlar Mahkamasi 2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirishni nazarda tutsin.

12. Dasturni amalga oshirish doirasida 2024-2025-yillarda tajriba tariqasida ogʻir ahvoldagi oilalarni kambagʻallikdan chiqarish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartib tajriba tariqasida joriy etilsin:

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalar biriktiriladi. Bunda biriktirilgan masʼullar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

oilalarning kambagʻallik holatiga tushish sabablarini oʻrganib, “mahalla yettiligi” tomonidan oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja ishlab chiqilishini taʼminlaydi;

“mahalla yettiligi”, tijorat banklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda oilalarning oʻz tomorqasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga, ishtiyoqi bor shaxslarning oʻzini oʻzi band qilishiga va tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishiga hamda oila aʼzolarining, ayollarning kasb-hunar va xorijiy tilni oʻrganishiga, ularga boʻsh ish oʻrinlarini topishga va ishga joylashishiga koʻmaklashadi;

tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni foizsiz qarz hisobidan olib beradi;

kambagʻal oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirishga koʻmaklashadi, bolalarning taʼlim muassasalariga, qoʻshimcha darslar va toʻgaraklarga qatnashishini nazoratga oladi hamda foizsiz qarz asosida olib berilgan noutbukdan samarali foydalanishiga shart-sharoit yaratib beradi, har bir oilaga homiylik asosida dars stoli va stuli, sport kiyimlarini olishga yordam beradi;

oilaning davlat tomonidan taqdim etiladigan tibbiy xizmatlardan toʻliq foydalanishini, xususan, ayollar va bolalarning tizimli ravishda skrining tekshiruvidan oʻtkazilishini taʼminlaydi, xonadon sanitariya holatini yaxshilashga, kundalik turmush tarzi va ovqatlanishda zararli odatlardan voz kechishga, yoshidan qatʼiy nazar har bir oila aʼzosining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga, qariyalarni piyoda yurishga undaydi;

oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish uchun ijtimoiy xodim bilan birgalikda zarur ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatilishini taʼminlaydi;

har oyda ikki marta oʻziga biriktirilgan oilalar bilan uchrashib, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada belgilangan choralar amalga oshirilishini tahlil qiladi, yuzaga kelgan muammolarni aniqlaydi hamda ularni joyida bartaraf etish choralarini koʻrib boradi;

b) 2024-2025-yillarda respublika darajasidagi davlat idoralari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari eng ogʻir ahvoldagi 1 000 ta mahallaga biriktiriladi. Bunda mahallaga biriktiriladigan masʼullar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

tadbirkorlarning muammolarini hal etish, mahallaning iqtisodiy rivojlanishiga turtki beradigan zaxira va imkoniyatlarni ishga solishga koʻmaklashadi, tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etadi;

elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash, mahallani tuman markazi bilan bogʻlash, shu jumladan, avtobus va taksilar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ichki yoʻllarini taʼmirlash, asosiy koʻchalarni shagʻallashtirish va energiya tejamkor yoritkichlar oʻrnatish, toza ichimlik suv bilan taʼminlash choralarini koʻradi;

internet tezligi va sifatini oshirishga hamda maktablar bilan birgalikda kambagʻal oilalarning aʼzolari uchun axborot texnologiyalari toʻgaraklarini tashkil etishga koʻmaklashadi;

mahallani tashabbusli budjet jarayonlariga faol jalb qilish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash loyihalari ishlab chiqilishida amaliy yordam beradi;

mahallada yoki uning yaqinida joylashgan taʼlim muassasasi (umumtaʼlim maktabi, kasb-hunar maktabi, musiqa va sanʼat yoki sport maktabi) bazasida qoʻshimcha darslar, xorijiy til va kompyuter kurslari, sport toʻgaraklari tashkil etilishini nazorat qiladi;

yoshlarga, xususan, 9-sinf bitiruvchilarining taʼlim olishga va kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va ularni yoʻnaltirish, oliy va professional taʼlim muassasalarida tahsil olish orqali kelajakda yashash tarzini yaxshilash imkoniyatlari haqida tushunchalar beradi;

mahalla hududida joylashgan maktabgacha taʼlim va maktab hojatxonalari taʼmirlanishini nazoratga oladi;

har oyda bir marta oʻziga biriktirilgan mahallalarga borib, chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar amalga oshirilishini tahlil qilib, yuzaga kelgan muammolarni aniqlaydi va ularni joyida bartaraf etish choralarini koʻradi;

v) kambagʻal oilalar va mahallalarga biriktirilgan rahbarlarga zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida tegishli tashkilotning foydasi va budjetdan tashqari mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda koʻmak koʻrsatish faqat kambagʻal oilalar oʻz daromadini oshirishi, farzandlarining taʼlim olishi va oila aʼzolarining sogʻligʻini tiklashi va yashash sharoitini yaxshilashi bilan bogʻliq boshqa majburiyatlarni bajargan taqdirda amalga oshiriladi.

Ushbu mablagʻlar hisobidan kambagʻal oilalarga moddiy yordam koʻrsatish taqiqlanadi.

13. Belgilansinki, 2025-yil 1-apreldan boshlab:

Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boquvchisini yoʻqotgan toʻliq boʻlmagan oilalar, mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron aʼzolari mavjud oilalardagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati koʻrsatiladi;

(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)

ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi. Bunda dastlabki bosqichda mazkur tadbirlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2024-yilda Toshkent shahrida amalga oshiriladi.

(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)

14. Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi negizida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining vasiylik kengashi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Jamgʻarma vasiylik kengashi Jamgʻarmaning oliy boshqaruv organi, 22 ta shtat birligidan iborat Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi esa uning ijro organi hisoblanadi.

15. Vazirlar Mahkamasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, vazirlik va idoralarning shtat birliklariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

16. Belgilansinki, hududlarda Dastur ijrosini taʼminlashga quyidagi masʼullar bilan birga tuman va shahar hokimlari shaxsan masʼul va javobgar boʻladi:

oilalarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishiga, mahallalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirishga — “mahalla yettiligi”;

barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishishga — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, tijorat banklari;

taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganishga — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;

kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanishga — Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sport vazirligi;

ijtimoiy xizmatdan foydalanishga — Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;

yashash sharoitlarini yaxshilashga — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi;

davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi.

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) bir hafta muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, ularning hududiy boʻlinmalarida bir nafar rahbar oʻrinbosarini Dasturning ijrosiga bevosita masʼul etib belgilasin.

17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Bosh prokuratura (I. Adhamov) Ijtimoiy inspeksiya bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini muntazam ravishda nazorat qilib borsin.

18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 23-sentabr,

PQ-330-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qaroriga 1-ILOVA

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qaroriga 2-ILOVA

2024-yilda aholini kambagʻallikdan chiqarishning yoʻnalishlar va hududlar kesimidagi

T/r Chora-tadbirlar nomi Qamrab olinadigan kambagʻal oilalar soni Aholi soni Hududlar kesimida: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Andijon viloyati Buxoro viloyati Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Navoiy viloyati Namangan viloyati Samarqand viloyati Sirdaryo viloyati Surxondaryo viloyati Toshkent viloyati Fargʻona viloyati Xorazm viloyati Toshkent shahri Dasturda belgilangan chora-tadbirlar orqali kambagʻallikdan chiqarish 106 436 503 040 34 346 50 375 30 275 26 714 51 138 10 177 39 817 55 209 15 647 37 781 39 054 51 265 35 110 26 132 1. Barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish 87 636 385 600 26 378 38 690 23 253 20 517 39 276 7 816 30 581 42 403 12 018 29 017 29 995 39 374 26 966 19 316 1.1 Doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish orqali, shu jumladan, tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik oʻrnatish asosida 49 495 217 780 15 372 22 119 13 060 10 854 22 922 3 602 17 256 24 415 6 490 16 439 16 069 21 705 15 429 12 048 1.2 Tadbirkorlikka jalb etish orqali aholi bandligini taʼminlash (OT, BRB, Biznesga birinchi qadam, mikroqarz, subsidiya va ssuda) 21 000 92 400 6 268 9 194 5 525 4 875 9 333 1 857 7 267 10 076 2 856 6 895 7 127 9 356 6 408 5 363 1.3 Hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga turtki beradigan “drayver” loyihalarni amalga oshirish orqali (5 ta “drayver” loyiha) 5 141 22 620 936 1 800 1 316 1 830 1 359 1 230 1 650 1 800 940 1 500 2 475 2 637 1 242 1 905 1.4 50 ming gektar qishloq xoʻjaligi yerlarini ijara asosida ajratish 12 000 52 800 3 802 5 577 3 352 2 958 5 662 1 127 4 408 6 112 1 732 4 183 4 324 5 676 3 887 0 2. Taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish 58 220 104 058 7 063 10 353 6 222 5 490 10 510 2 091 8 184 11 346 3 215 7 765 8 027 10 536 7 216 6 040 2.1 Kambagʻal oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qoʻshimcha qamrab olish 14 700 22 050 1 497 2 194 1 319 1 163 2 227 443 1 734 2 404 681 1 645 1 701 2 233 1 529 1 280 2.2 IT texnologiyalaridan foydalanish (noutbuk berish, IT kurslarida oʻqitish) 3 200 3 200 217 318 191 169 323 64 252 349 99 239 247 324 222 186 2.3 Oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun imkoniyatlarni kengaytirish 2.4 Kasb-hunarga oʻrgatish orqali bandligini taʼminlash 29 000 29 000 1 969 2 885 1 734 1 530 2 929 583 2 281 3 162 896 2 164 2 237 2 936 2 011 1 683 2.5 Xorijiy tillarga oʻrgatish orqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish 11 320 49 808 3 380 4 956 2 978 2 628 5 031 1 001 3 917 5 431 1 539 3 717 3 842 5 043 3 454 2 891 3. Kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish 49 280 216 832 14 708 21 575 12 966 11 441 21 901 4 359 17 052 23 645 6 701 16 180 16 726 21 956 15 037 12 585 3.1 Imtiyoz asosida davolash va jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish 4 280 18 832 1 276 1 874 1 126 994 1 902 379 1 481 2 054 582 1 405 1 453 1 907 1 306 1 093 3.2 Birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish (skrining) 45 000 198 000 13 432 19 701 11 840 10 447 19 999 3 980 15 571 21 591 6 119 14 775 15 273 20 049 13 731 11 492 4. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish 22 800 100 320 6 807 9 982 5 999 5 293 10 133 2 016 7 889 10 939 3 100 7 486 7 738 10 158 6 957 5 823 4.1 Yangi tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar 22 800 100 320 6 807 9 982 5 999 5 293 10 133 2 016 7 889 10 939 3 100 7 486 7 738 10 158 6 957 5 823 5. Yashash sharoitlarini yaxshilash (uy-joy uchun subsidiya, “yashil” uy-joylar qurish, quyosh panellari va geliokollektorlar oʻrnatish) 3 000 13 200 898 1 313 789 696 1 333 265 1 038 1 439 408 985 1 018 1 337 915 766 6. Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish 12 000 52 800 3 585 5 253 3 157 2 786 5 333 1 061 4 152 5 757 1 632 3 941 4 072 5 346 3 661 3 064 6.1 Mahallalarda tomorqa va ijaraga olingan yerlarda sugʻorish tizimi taʼminotini yaxshilash 4 500 19 800 1 343 1 970 1 184 1 045 2 000 398 1 557 2 159 612 1 478 1 527 2 005 1 373 1 149 6.2 Kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash (elektr, ichimlik suv, yoʻl, aloqa internet) 7 500 33 000 2 242 3 283 1 973 1 741 3 333 663 2 595 3 598 1 020 2 463 2 545 3 341 2 288 1 915 7. Davlat organlarining toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishi (rahbarlarni 5 tadan kambagʻal oilalarga biriktirish) 70 000 308 000 20 894 30 645 18 418 16 251 31 110 6 191 24 222 33 586 9 519 22 984 23 758 31 187 21 359 17 876

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qaroriga 3-ILOVA

2025-yilda aholini kambagʻallikdan chiqarishning yoʻnalishlar va hududlar kesimidagi

T/r Chora-tadbirlar nomi Qamrab olinadigan kambagʻal oilalar soni Aholi soni Hududlar kesimida: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Andijon viloyati Buxoro viloyati Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Navoiy viloyati Namangan viloyati Samarqand viloyati Sirdaryo viloyati Surxondaryo viloyati Toshkent viloyati Fargʻona viloyati Xorazm viloyati Toshkent shahri Dasturda belgilangan chora-tadbirlar orqali kambagʻallikdan chiqarish 218 292 1 000 000 67 593 99 435 59 716 52 649 100 386 20 056 78 376 108 921 30 779 74 693 77 120 101 370 69 309 59 597 1. Barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish 187 690 835 093 57 726 81 695 50 087 44 618 83 795 16 098 64 989 90 556 25 901 61 387 64 043 84 189 58 810 51 199 1.1 Doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish orqali, shu jumladan, tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik oʻrnatish asosida 85 475 393 848 19 926 41 087 19 887 9 062 46 895 5 226 37 169 47 137 7 453 21 536 27 495 45 088 29 186 36 701 1.2 Tadbirkorlikka jalb etish orqali aholi bandligini taʼminlash (OT, BRB, Biznesga birinchi qadam, mikroqarz, subsidiya va ssuda) 84 216 362 049 32 760 32 722 25 010 30 862 29 564 8 414 21 127 34 954 15 399 34 145 29 558 30 633 24 078 12 823 1.3 Hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga turtki beradigan “drayver” loyihalarni amalga oshirish orqali (5 ta “drayver”) 7 272 31 996 1 642 2 901 2 194 2 050 2 276 1 450 2 750 3 000 1 500 1 966 3 127 3 395 2 070 1 675 1.4 50 ming gektar qishloq xoʻjaligi yerlarini ijara asosida ajratish 10 727 47 200 3 398 4 985 2 996 2 644 5 060 1 008 3 943 5 465 1 549 3 740 3 863 5 073 3 476 0 2. Taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish 75 608 141 389 8 272 15 401 8 223 6 790 14 214 3 485 11 538 15 800 4 150 11 551 11 262 14 801 8 869 7 037 2.1 Kambagʻal oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qoʻshimcha qamrab olish 31 108 46 662 3 166 4 643 2 790 2 462 4 713 938 3 670 5 088 1 442 3 482 3 599 4 725 3 236 2 708 2.2 IT texnologiyalaridan foydalanish (noutbuk berish, IT kurslarida oʻqitish) 6 772 6 772 460 674 405 357 684 136 533 738 209 505 522 686 470 393 2.3 Oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun imkoniyatlarni kengaytirish 2 500 2 500 169 249 150 132 251 50 196 273 77 187 193 254 174 149 2.4 Kasb-hunarga oʻrgatish orqali bandligini taʼminlash 20 455 20 455 1 387 2 035 1 223 1 079 2 066 411 1 609 2 231 632 1 527 1 578 2 071 1 419 1 187 2.5 Xorijiy tillarga oʻrgatish orqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish 14 773 65 000 3 090 7 800 3 655 2 760 6 500 1 950 5 530 7 470 1 790 5 850 5 370 7 065 3 570 2 600 3. Kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish 104 286 458 861 31 129 45 655 27 439 24 212 46 347 9 223 36 086 50 037 14 181 34 242 35 395 46 462 31 821 26 632 3.1 Imtiyoz asosida davolash va jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish 9 057 39 852 2 703 3 965 2 383 2 103 4 025 801 3 134 4 346 1 232 2 974 3 074 4 035 2 764 2 313 3.2 Birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish (skrining) 95 229 419 009 28 426 41 690 25 056 22 109 42 322 8 422 32 952 45 691 12 949 31 268 32 321 42 427 29 057 24 319 4. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish 0 1 247 620 82 002 118 355 70 530 52 927 127 009 28 692 122 639 143 555 36 684 110 091 72 709 171 909 82 824 27 694 4.1 Yangi tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar 1 247 620 82 002 118 355 70 530 52 927 127 009 28 692 122 639 143 555 36 684 110 091 72 709 171 909 82 824 27 694 5. Yashash sharoitlarini yaxshilash (uy-joy uchun subsidiya, “yashil” uy-joylar qurish, quyosh panellari va geliokollektorlar oʻrnatish) 6 000 26 400 1 790 2 627 1 579 1 393 2 667 531 2 076 2 879 816 1 970 2 036 2 673 1 831 1 532 6. Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish 24 000 105 600 7 164 10 507 6 315 5 571 10 666 2 123 8 304 11 515 3 264 7 880 8 146 10 693 7 323 6 129 6.1 Mahallalarda tomorqa va ijaraga olingan yerlarda sugʻorish tizimi taʼminotini yaxshilash 9 000 39 600 2 687 3 940 2 368 2 089 4 000 796 3 114 4 318 1 224 2 955 3 055 4 010 2 746 2 298 6.2 Kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash (elektr, ichimlik suvi, yoʻl, aloqa internet) 15 000 66 000 4 477 6 567 3 947 3 482 6 666 1 327 5 190 7 197 2 040 4 925 5 091 6 683 4 577 3 831 7. Davlat organlarining toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishi (rahbarlarni 5 tadan kambagʻal oilalarga biriktirish) 140 000 616 000 41 788 61 290 36 836 32 503 62 219 12 382 48 444 67 172 19 037 45 968 47 516 62 374 42 718 35 753

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qaroriga 4-ILOVA

2024-2025-yillarda jadal kompleks rivojlantirish rejalashtirilgan tuman va shaharlar

T/r Hudud nomi Tuman (shahar) nomi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumani 2. Chimboy tumani 3. Andijon viloyati Asaka tumani 4. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 5. Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani 6. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 7. Navoiy viloyati Xatirchi tumani 8. Namangan viloyati Chortoq tumani 9. Samarqand viloyati Bulungʻur tumani 10. Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 11. Surxondaryo viloyati Denov tumani 12. Toshkent viloyati Chirchiq shahri 13. Fargʻona viloyati Quva tumani 14. Margʻilon shahri 15. Xorazm viloyati Shovot tumani

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qaroriga 5-ILOVA

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining

J. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Vasiylik kengashi raisi M. Olloyorov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari Sh. Mirziyoyeva — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Lavozimiga koʻra — kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Lavozimiga koʻra — Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi

Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qaroriga 6-ILOVA

Vazirlar Mahkamasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, vazirlik va idoralarning shtat birliklariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

* Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi mahalladagi xotin-qizlar faoli sonidan kelib chiqib, ularni barcha mahallalarga qayta biriktiradi.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.