F-53-son Farmoyish · 17.10.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-53
  • Qabul qilingan sana:17.10.2024
  • Kuchga kirgan sana:18.10.2024
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oʻttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu gʻoyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish, “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tashkiliy qoʻmita (A. Aripov):

Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda nishonlanishini taʼminlasin;

barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, ochiq muloqot va suhbatlar, badiiy kechalar, festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, keksa va yosh avlod vakillari, taniqli sportchilarni jalb etgan holda bayram tadbirlarini amalga oshirsin.

3. Joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:

yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, taʼlim va mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;

soʻnggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼnaviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning oʻrni va rolini yoritish;

“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga oʻtilganligini ochib berish;

mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini taʼminlash, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targʻib qilish;

“Konstitutsiya oyligi” doirasida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish.

4. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan;

Toshkent shahrida — Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va Toshkent shahar hokimligining zaxira jamgʻarmalari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.

5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 17-oktabr,

F-53-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi F-53-son farmoyishiga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish

T/rTadbir nomiIjro muddatiMasʼul tashkilotlarI. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar1.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarni oʻzida aks ettiruvchi koʻrgazmali vositalarni (plakat, panno, videorolik va boshqalarni) tayyorlash.2024-yil 20-noyabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi2.Koʻrgazmali vositalarni viloyat, shahar, tuman markazlari shoh koʻchalari, xiyobonlar, bayram tadbirlari oʻtadigan joylarda, tashqi reklama obyektlarida, bilbordlarda, LED-ekranli konstruksiyalarda, jamoat transportida (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va jamoat joylarida (bozor, gipermarket, savdo shoxobchalari, bekat, aeroport va aviakassalar, temiryoʻl vokzallari va kassalari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va b.) joylashtirish.2024-yil 20 — 25-noyabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,OʻzMTRK,“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi,Transport vazirligi3.Davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimliklar, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari”ni tashkil etish va ularda ushbu tashkilotlar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan axborot bannerlarini joylashtirish.2024-yil noyabr oyidan boshlabRespublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi4.Olimlar, huquqshunoslar va mutaxassislardan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish va mehnat jamoalari, mahallalarda, olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida, harbiy qismlarda, jazoni ijro etish muassasalarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha uchrashuvlar, jonli muloqot, suhbatlar va boshqa madaniy-maʼrifiy va huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.2024-yil noyabr-dekabrRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Madaniyat vazirligi,Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi,Ichki ishlar vazirligi, mahalliy hokimliklar,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi5.“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targʻib etish maʼrifat oyligini oʻtkazish.2024-yil dekabrMaʼnaviyat va maʼrifat markazi,Adliya vazirligi,OʻzMTRK,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi6.Aholi fikrini inobatga olgan holda tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrining Sayilgoh koʻchasida) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiya koʻchasi (maydoni, mahallasi)”ni tashkil etish, unda:Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotokoʻrgazmasini tashkil etish;Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish;konstitutsiyaviy huquqlar boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga koʻrgazmali materiallarni joylashtirish; “Konstitutsiya koʻchasi”ni targʻibot va koʻrgazmali bannerlar bilan bezatish;Konstitutsiyaga oid turli koʻngilochar tadbirlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha viktorina loyihasini amalga oshirish, gʻolib fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar bilan taqdirlash.2024-yil 5 — 8-dekabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Adliya vazirligi,Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi,Ichki ishlar vazirligi,Bosh prokuratura,Milliy gvardiya,Oliy sud,Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz7.Mahallalarda, maktablar hovlilarida 6-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat bayrogʻini koʻtarish marosimini tashkil etish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik gʻoyalari ifodalangan sahna koʻrinishlari, sheʼr va ashulalarni oʻz ichiga olgan tadbirlar tashkil etish.2024-yil 6-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi8.“Constitution.uz” veb-sayti bazasida elektron Konstitutsiya kutubxonasini yaratish. Kutubxonada quyidagi materiallarni joylashtirib borish:Konstitutsiyaga oid saralangan ilmiy va ommabop materiallarni;Oʻzbekiston tarixida qabul qilingan barcha konstitutsiyalarni;Konstitutsiya moddalari mohiyatini sodda va tushunarli tilda ochib beruvchi, maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan animatsion videoroliklarni;Konstitutsiya mazmun-mohiyati va tarixiga bagʻishlangan intervyularni;Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi test savollarini.“Constitution.uz” veb-saytida “Bolalar uchun Konstitutsiya” deb nomlangan alohida sahifa yaratib, unda Konstitutsiya boʻyicha bolalar auditoriyasiga moʻljallangan animatsion videoroliklar va boshqa materiallarni joylashtirib borish.2024-yil noyabrDoimiy ravishdaRaqamli texnologiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,TDYU,Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,Jamoat xavfsizligi universiteti,Davlat boshqaruvi akademiyasi,Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,“Oʻzarxiv” agentligi9.Oʻzbekiston tarixi muzeyida Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga bagʻishlangan boʻlimni yangi eksponantlar bilan boyitish.2024-yil noyabrMadaniy meros agentligi,“Oʻzarxiv” agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Toshkent shahar hokimligi,Adliya vazirligi10.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish.2024-yil 1 — 7-dekabrOliy Majlis palatalari,Konstitutsiyaviy sud(kelishuv asosida),“Oʻzarxiv” agentligi11.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining audio shaklini ixtisoslashtirilgan va koʻzi ojizlar maktablarida tarqatish.2024-yil 25-noyabrAdliya vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiII. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari12.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarga mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilayotganini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish.2024-yil 1 — 8-dekabrOʻzMTRK,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,OʻzA,AOKA,Adliya vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi13.Fuqarolar kundalik hayotida koʻp uchraydigan vaziyatlarda (mulk huquqi kafolatlari, Miranda qoidalari va b.) Konstitutsiya normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanilishi boʻyicha ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda ularni davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirish va keng targʻib qilish.2024-yil noyabr-dekabrOʻzMTRK,Ichki ishlar vazirligi,Bosh prokuratura,Oliy sud,davlat organlari va tashkilotlari14.Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlarni (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, maqola, viktorina va munosabatlar) amalga oshirish (alohida media reja asosida). Davlat telekanallar belgisi yonida Konstitutsiya bayrami belgisini joylashtirish.2024-yil noyabr-dekabrAOKA,OʻzMTRK,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,OʻzA,Adliya vazirligi15.Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish.2024-yil 1 — 8-dekabrKonstitutsiyaviy sud,OʻzMTRK,OʻzA,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,“Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari,Adliya vazirligi16.Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.2024-yil 7-8-dekabrOʻzMTRK,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,AOKA,Adliya vazirligi17.Markaziy va hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida:1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish;2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnal va gazetalarning maxsus sonlarini chop etish.2024-yil 1 — 8-dekabrOʻzMTRK,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,OʻzA,“Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari,AOKA,Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,IIV,Oliy sud,Konstitutsiyaviy sud,Milliy gvardiya,Bosh prokuratura18.Ommaviy axborot vositalarida “Konstitutsiya — suveren davlat kafolati”, “Konstitutsiya — demokratik davlat kafolati”, “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — ijtimoiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — dunyoviy davlat kafolati” mavzularida turkum maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik va radioeshittirishlarni tayyorlash.2024-yil noyabr-dekabrAOKA,OʻzMTRK,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,OʻzA,Adliya vazirligi19.“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida shahar, tuman markazlaridagi davlat organlari binolariga oʻquvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va OAVda ularning taassurotlari haqida maqola va postlar berib borish.2024-yil oktabr-dekabrYoshlar ishlari agentligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi20.Konstitutsiyaning ahamiyati borasida aholi oʻrtasida sotsiologik soʻrov oʻtkazish.2024-yil noyabr“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi21.Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish.2024-yil 7-8-dekabrMadaniyat vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Adliya vazirligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,AOKA22.Jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini oʻtkazish.2024-yil noyabrAdliya vazirligi,Bosh prokuratura,AOKA23.#Meningkonstitutsiyam, #Konstitutsiyakuni xeshteglari ostida videoroliklar olish, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.2024-yil 1 — 10-dekabrOʻzMTRK,Adliya vazirligi,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasiIII. “Konstitutsiya oyligi” doirasida oʻtkaziladigan bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar24.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida oʻtkaziladigan konsert tadbirlarini sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.2024-yil 7-dekabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Madaniyat vazirligi25.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.2024-yil 4 — 7-dekabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Madaniyat vazirligi26.Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash.2024-yil 4 — 7-dekabrMudofaa vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,Davlat xavfsizlik xizmati27.Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlarga koʻrsatish.2024-yil 1 — 8-dekabrMadaniyat vazirligi,Savdo-sanoat palatasi28.Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS-xabar sifatida tabrik yoʻllash.2024-yil 8-dekabrRaqamli texnologiyalar vazirligi29.Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga bagʻishlangan “Zakovat” intellektual oʻyinini va boshqa intellektual oʻyinlarni hududiy va respublika miqyosida yuqori darajada oʻtkazish.2024-yil dekabrdan eʼtiboran“Zakovat intellektual klubi”NNT,Oliy sud,Sudyalar oliy kengashi,Bosh prokuratura,Davlat xavfsizlik xizmati,IIV,Milliy gvardiya,Adliya vazirligi30.Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish. Jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish.2024-yil 2 — 6-dekabrSport vazirligi,Yoshlar ishlari agentligiIV. “Konstitutsiya oyligi” doirasida davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar31.Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida qilingan ishlar boʻyicha matbuot anjumanlari tashkil etish hamda unda davlat organlari va tashkilotlarining axborotlarini eshitish.2024-yil noyabr-dekabrAdliya vazirligi,vazirlik va idoralar32.Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar birinchi darajali rahbarlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida tegishli organ tomonidan qilingan ishlar haqida maqola tayyorlash va chop etish.2024-yil noyabr-dekabrOliy sud,Bosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi33.Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Konstitutsiyaning qoida va normalarini chuqurlashtirib oʻrgatishga qaratilgan oʻquv seminarlar tashkil etish.2024-yil noyabr-dekabrSudyalar oliy kengashi,Bosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Davlat xavfsizlik xizmati,Milliy gvardiya34.Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, mahalliy hokimliklarda, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etish.2024-yil 1 — 8-dekabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,vazirlik va idoralar35.Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi kuni” maʼrifiy tadbirlarini tashkil etish.2024-yil 1 — 8-dekabrTashqi ishlar vazirligi,“Dunyo” AA36.Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida, xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan materiallarni joylashtirish.2024-yil 1 — 8-dekabrTashqi ishlar vazirligi,“Dunyo” AA37.Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani xorijiy tillarga (fransuz, ispan, arab, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz va b.) tarjima qilish ushbu davlatlar elektron resurslariga va Oʻzbekistonning ushbu davlatdagi konsullik muassasalari veb-saytlarida joylashtirish.2024-yil oktabr — dekabrTashqi ishlar vazirligi,Adliya vazirligi,“Dunyo” AA38.Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisida axborotini taqdim etish.2024-yil 6-dekabrKonstitutsiyaviy sud(kelishuv asosida)39.“Konstitutsiya oyligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va uning doirasida Qonunchilik palatasi va Senat binosi boʻylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali va muzey, kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish.2024-yil 2 — 6-dekabrOliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati(kelishuv asosida)40.Fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatishni, shu jumladan, ichki ishlar organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish.2024-yil 6-dekabrIchki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi, mahalliy hokimliklar41.Davlat organlari rasmiy veb-saytlarining alohida boʻlimida “Konstitutsiya sahifasini”ni yaratish, unda tegishli davlat organi faoliyatiga oid Konstitutsiya normalarini tushuntirishga qaratilgan koʻrgazmali materiallar, infografika va boshqa vizual axborotlarni joylashtirish.2024-yil sentabrVazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar42.Konstitutsiya targʻibotida faol ishtirok etgan fuqarolarni Konstitutsiya kuni arafasida “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.2024-yil dekabrAdliya vazirligiV. “Konstitutsiya oyligi” doirasida taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan targʻibot tadbirlari43.Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish (namunaviy dars materiallari asosida). 2024-yil 2 — 6-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,TDYU44.Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish.Har yili 1 — 7-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,OʻzMTRK,Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi45.Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya bilimdoni”, “Konstitutsiya — kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.2024-yil 2 — 6-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi46.Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.2024-yil 2 — 6-dekabrYoshlar ishlari agentligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi47.Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirishga qaratilgan “Moddalar gapiradi” nomli turkum videoroliklar tayyorlash va manzilli tarqatish.2024-yil 2 — 6-dekabrAdliya vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi48.“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish.2024-yil 2 — 6-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,mahalliy hokimliklar49.Taʼlim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, oʻquvchilar yasagan oʻyinchoqlar, ramzlar bilan bezatish. 2024-yil 2 — 6-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi50.Oʻzbekiston yoshlarining Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan I konferensiyasini oʻtkazish.2024-yil 6-dekabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi51.Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish.har yili noyabr-dekabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi52.Yuridik ixtisoslik boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari va yuridik fakultetlarda Konstitutsiya xonalarini tashkil qilish.2024-yil noyabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,tarkibida yuridik oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar53.Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish boʻyicha erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.2024-yil 6-dekabrAdliya vazirligi,Oliy Majlis palatalari,Konstitutsiyaviy sud,(kelishuv asosida),Tashqi ishlar vazirligi,Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi F-53-son farmoyishiga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

1.A.N. Aripov—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi2.R.Q. Davletov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari3.D.B. Kadirov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi4.X.M. Sultonov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri5.J.A. Qoʻchqorov—Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri6.Sh.B. Umurzakov—Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari7.A.J. Toshqulov—adliya vaziri8.O.A. Nazarbekov—madaniyat vaziri9.B.O. Saidov—tashqi ishlar vaziri10.P.R. Bobojonov—ichki ishlar vaziri11.B.N. Qurbonov—mudofaa vaziri12.A.H. Qoʻldoshev—favqulodda vaziyatlar vaziri13.R.M. Joʻrayev—Milliy gvardiya qoʻmondoni14.X.U. Umarova—maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri15.K.A. Sharipov—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri16.A.A. Xudayarov—sogʻliqni saqlash vaziri17.Sh.X. Shermatov—raqamli texnologiyalar vaziri18.A.I. Ikramov—sport vaziri19.B.E. Zahidov—kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri20.A.A. Xodjayev—Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori21.R.J. Qurbonov—Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi22.Sh.T. Rizayev—Kinematografiya agentligi bosh direktori23.A.Z. Saʼdullayev—Yoshlar ishlari agentligi direktori24.A.A. Joʻraboyev—Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi25.A. Koʻchimov—Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori26.O.A. Xasanov—Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari27.Lavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.