Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish va zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini tartibga solish, shu jumladan iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda boshqaruv samaradorligini yanada oshirish orqali rahbar oʻrinbosarlari sonini qisqartirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
ayrim respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbar oʻrinbosarlari sonini qisqartirish.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-oktabr,
PF-165-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-165-son FarmonigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
a) 8-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vazirlik va idoralar uchun belgilangan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq xodimlarning lavozim maoshiga nisbatan qoʻllaniladigan oshirish koeffitsiyentlari faqat boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi”;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga1-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar hamda ular hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarining jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni
T/rVazirlik va idora nomiJami boshqaruv shtat birliklari sonishu jumladan:Davlat budjeti hisobidanbudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidanJami53 56049 1054 4551. Iqtisodiyot va moliya vazirligiIqtisodiyot va moliya vazirligi5 6265 59432shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni881.Bojxona qoʻmitasi4 6904 690shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni442.Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi103103shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni113.Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi 1 2871 287shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni114.Kadastr agentligi 958385573shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni225.Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi3838shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 1 0241 024shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni661.Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi2020shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni113. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi3 2343 234shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni444. Qishloq xoʻjaligi vazirligiQishloq xoʻjaligi vazirligi 2 2001 883317shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni551.Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi1 2151 215shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni222.Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi3131shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni113.Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi60458519shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni224.Agrosanoatni rivojlantirish agentligi30528916shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni3215. Suv xoʻjaligi vazirligiSuv xoʻjaligi vazirligi229229shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni441.Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi1 0841 084shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni222.Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi182182shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni116. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi1 2921 2848shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni441.Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi63969570shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni337. Transport vazirligiTransport vazirligi377377shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni331.Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi353353shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni332.Fuqaro aviatsiyasi agentligi6161shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni113.Transport nazorati inspeksiyasi348348shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni338. Energetika vazirligiEnergetika vazirligi1159817shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni339. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiTogʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi121121shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni331.Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi7676shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni2210. Raqamli texnologiyalar vazirligiRaqamli texnologiyalar vazirligi203203shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni441.Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi2424shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni222.Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi134134shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni1111. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi1 7551 755shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni331.Turizm qoʻmitasi329329shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni222.Oʻrmon xoʻjaligi agentligi 1206357shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni223.Gidrometeorologiya xizmati agentligi3737shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni114.Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi261261shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni2212. Sogʻliqni saqlash vazirligiSogʻliqni saqlash vazirligi586586shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni551.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi7171shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni332.Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi422319shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni2213. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi3 9803 980shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni441.Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi7373shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni2214. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi40132873shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni331.Innovatsion rivojlanish agentligi806614shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni2.Bilim va malakalarni baholash agentligi111111shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni1115. Sport vazirligiSport vazirligi469469shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni3316. Madaniyat vazirligiMadaniyat vazirligi 626626shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni441.Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi1616shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni112.Kinematografiya agentligi4040shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni2217. Adliya vazirligiAdliya vazirligi3 6321 8771 755shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni441.“Oʻzarxiv” agentligi 4949shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni112.Personallashtirish agentligi2727shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni2218. Tashqi ishlar vazirligiTashqi ishlar vazirligi298298shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni5519. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiRaqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi3413338shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni2220. Din ishlari boʻyicha qoʻmitaDin ishlari boʻyicha qoʻmita288288shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni3321. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiDavlat aktivlarini boshqarish agentligi597324273shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni2222. Milliy antidoping agentligiMilliy antidoping agentligi1717shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni23. Madaniy meros agentligiMadaniy meros agentligi216216shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni3324. Yoshlar ishlari agentligiYoshlar ishlari agentligi776776shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni3325. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi7777shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni33Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi7676shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni1126. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi110110shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni2227. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligiAtom energiyasi agentligi4949shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni2228. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiEnergetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi3030shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni1129. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiElektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi474354120shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni2230. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiOila va xotin-qizlar qoʻmitasi5865824shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni2231. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiMigratsiya agentligi117117shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni2232. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiAgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi4854805shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni1133. Soliq qoʻmitasiSoliq qoʻmitasi 9 7459 745shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni44
Izohlar:
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Mudofaa sanoati agentligining shtat birliklari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
2. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga uyida xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar shtat birliklari mazkur ilovada inobatga olinmagan.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklarining vazir oʻrinbosarlari mazkur ilovada inobatga olinmagan.
4. Boshqaruv shtat birliklarining umumiy cheklangan sonida ishlab chiqarish shtat birliklari inobatga olingan (normativ asosida kiritiladigan ishlab chiqarish shtat birliklari bundan mustasno).
5. Vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar xodimlarining umumiy cheklangan soni tarkibida quyidagi tashkilotlarning shtat birliklari inobatga olingan:
5.1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti, Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi;
5.2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimida Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi, Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi;
5.2.1. 16 ta shtat birligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
5.3. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida Respublika agrokimyoviy tahlil markazi, “Biosifat” respublika markazi, Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati;
5.4. Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida Suv xoʻjaligida islohotlar markazi, Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati, Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti, Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi, Fargʻona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi (sh.j. Katta Fargʻona magistral kanali boshqarmasi), Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi;
5.4.1. Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari (sh.j. Orolboʻyi delta boshqarmasi, Amudaryo chap qirgʻoq himoya dambalar boshqarmasi), nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi (sh.j. Amu-Buxoro mashina kanali Olot tumani boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanali Qiziltepa tumani boshqarmasi), Qirgʻoq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar boshqarmasi, Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari (sh.j. Navoiy viloyati suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi), Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi;
5.5. Transport vazirligi tizimida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi;
5.6. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimida “Avtoyoʻlinvest” agentligi;
5.7. Energetika vazirligi tizimida budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi;
5.8. Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi;
5.9. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimida Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi hamda Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi;
5.10. Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimida Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik boshqarmasi;
5.11. Gidrometeorologiya xizmati agentligi tizimida Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
5.12. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Respublika taʼlim markazi;
5.13. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
5.14. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hamda Ilgʻor texnologiyalar markazi;
5.15. Innovatsion rivojlanish agentligi tizimida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
5.16. Kinematografiya agentligi tizimida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi;
5.17. Adliya vazirligi tizimida Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari va Davlat xizmatlari markazlari;
5.18. Tashqi ishlar vazirligi tizimida “Dunyo” axborot agentligi;
5.19. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi;
5.20. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tizimida Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Toshkent shahri hududiy boshqarmalari hamda Toshkent shahri tumanlaridagi boʻlinmalari shtat birliklari mazkur vazirliklar umumiy shtat birliklari soniga kiritilgan.
7. Vazirlik va idoralar rahbarlariga, zarur hollarda, mazkur ilovada keltirilgan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida tegishli tizim tashkilotlarining tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi”;
v) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga2-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona roʻyxati*
I. Vazirliklar va ular huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi1.1. Bojxona qoʻmitasi1.2. Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi1.3. Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi1.4. Kadastr agentligi1.5. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi2.1. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi4.1. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi 4.2. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi4.3. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi4.4. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi 5. Suv xoʻjaligi vazirligi 5.1. Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi5.2. Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi6.1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 7. Transport vazirligi7.1. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi7.2. Fuqaro aviatsiyasi agentligi7.3. Transport nazorati inspeksiyasi8. Energetika vazirligi9. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi9.1. Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi10. Raqamli texnologiyalar vazirligi10.1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi10.2. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi11.1. Turizm qoʻmitasi 11.2. Oʻrmon xoʻjaligi agentligi 11.3. Gidrometeorologiya xizmati agentligi 11.4. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi12. Sogʻliqni saqlash vazirligi12.1. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi12.2. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi13.1. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi14. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi14.1. Innovatsion rivojlanish agentligi14.2. Bilim va malakalarni baholash agentligi15. Sport vazirligi 16. Madaniyat vazirligi16.1. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi16.2. Kinematografiya agentligi17. Adliya vazirligi17.1. “Oʻzarxiv” agentligi 17.2. Personallashtirish agentligi 18. Tashqi ishlar vazirligi 19. Favqulodda vaziyatlar vazirligi20. Ichki ishlar vazirligi21. Mudofaa vazirligi21.1. Mudofaa sanoati agentligiII. Alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari22. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi23. Din ishlari boʻyicha qoʻmita24. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi25. Milliy antidoping agentligi26. Madaniy meros agentligi27. Yoshlar ishlari agentligi28. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi28.1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi29. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi30. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi 31. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi 32. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi33. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi34. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi35. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi36. Soliq qoʻmitasi
Jami — 70 ta, shundan:
vazirliklar — 21 ta;
qoʻmitalar — 14 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil qoʻmitalar — 5 ta;
agentliklar — 26 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil agentliklar — 8 ta;
inspeksiyalar — 9 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil inspeksiyalar — 2 ta.
* Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar toʻgʻrisidagi nizom Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi”;
g) 2a-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga2a-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarning qisqartma nomlari
T/rVazirlik va idoraning toʻliq (rasmiy) nomiVazirlik va idoraning oʻzbek tilidagi qisqartma nomiVazirlik va idoraning rus tilidagi qisqartma nomi1.Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiIqtisodiyot va moliya vazirligiMinekonomfin1.1Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiBojxona qoʻmitasiTamojenniy komitet1.2Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiOʻzdavzaxiraUzkomgosrezerv1.3Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiGʻaznachilikKaznacheystvo1.4Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiKadastr agentligiAgentstvo po kadastru1.5Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiAsillik inspeksiyasiProbirnaya inspeksiya2.Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiISSVMIPT2.1Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiInvestitsiyalarni jalb etish agentligiAgentstvo privlecheniya investitsiy3.Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiBandlik vazirligiMinzanyatosti4.Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiQishloq xoʻjaligi vazirligiMinselxoz4.1Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiVeterinariya qoʻmitasiKomitet veterinarii4.2Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiIpakchilik qoʻmitasiKomitet shelkovodstva4.3Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiKarantin agentligiAgentstvo po karantinu4.4Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiAgrosanoatni rivojlantirish agentligiAgentstvo razvitiya agropromishlennosti5.Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiSuv xoʻjaligi vazirligiMinvodxoz5.1Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligiSuv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligiAgentstvo po ekspluatatsii vodnix obyektov5.2Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiSuvxoʻjaliknazoratVodxoznadzor6.Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiQurilish va kommunal xoʻjaligi vazirligiMinstroykomxoz6.1Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiQurilish va kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasiUzstroykomxoznadzor7.Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiTransport vazirligiMintrans7.1Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiAvtomobil yoʻllari qoʻmitasiKomitet po avtomobilnim dorogam7.2Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi“Oʻzaviatsiya” agentligiAgentstvo “Uzaviatsiya”7.3Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiTransport nazorati inspeksiyasiInspeksiya “Uztransnadzor”8.Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiEnergetika vazirligiMinenergo9.Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiKon-geologiya vazirligiMingeologii9.1Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiKontexnazoratGortexnadzor10.Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiRaqamlashtirish vazirligiMinsifri10.1Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi“Oʻzbekkosmos” agentligiAgentstvo “Uzbekkosmos”10.2Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiOʻzkomnazoratUzkomnazorat11.Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ekologiya vazirligi Minekologii 11.1Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasiTurizm qoʻmitasiKomitet po turizmu11.2Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi Oʻrmon xoʻjaligi agentligiAgentstvo po lesnomu xozyaystvu11.3Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi OʻzgidrometUzgidromet11.4Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiChiqindilarni boshqarish agentligiAgentstvo po upravleniyu otxodami12.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiSSVMinzdrav12.1Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasiSanepidqoʻmSanepidkom12.2Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiFarmagentlikFarmagentstvo13.Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiMMTVMDSHO13.1Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiIMAASU14.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiOTFIVMVONI14.1Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiInnovatsiya agentligiAgentstvo innovatsiy14.2Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiBilimni baholash agentligiAgentstvo otsenki znaniy15.Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiSport vazirligiMinsporta16.Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiMadaniyat vazirligiMinisterstvo kulturi 16.1Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasiMillatlararo munosabatlar qoʻmitasiKMODS16.2Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligiKinematografiya agentligiAgentstvo kinematografii17.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiAdliya vazirligiMinyust17.1Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi “Oʻzarxiv” agentligiAgentstvo “Uzarxiv”17.2Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiPersonallashtirish agentligiAgentstvo personalizatsii18.Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiTIVMID19.Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiFVVMCHS20.Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiIIVMVD21.Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiMudofaa vazirligiMinoboroni21.1Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligiMudofaa sanoati agentligiAgentstvo oboronnoy promishlennosti22.Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiRaqobat qoʻmitasiKomitet po konkurensii23.Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiDin ishlari qoʻmitasiKPDR24.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiDavaktiv agentligiAgentstvo gosaktivov25.Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligiOʻzMADAUzNADA26.Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiMadaniy meros agentligiAgentstvo kulturnogo naslediya27.Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiYoshlar agentligiAgentstvo molodeji28.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiTexnik tartibga solish agentligiAgentstvo texnicheskogo regulirovaniya28.1Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Texnik tartibga solish inspeksiyasiInspeksiya po texnicheskomu regulirovaniyu29.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiKomitet promishlennoy, radiatsionnoy i yadernoy bezopasnosti30.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligiAtom energiyasi agentligiAgentstvo po atomnoy energii31.Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiEnergetika bozori regulyatoriRegulyator rinka energetiki32.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiOʻzenergoinspeksiyaUzenergoinspeksiya33.Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiXotin-qizlar qoʻmitasiKomitet jenshin34. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiMigratsiya agentligiAgentstvo migratsii35.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi OʻzagroinspeksiyaUzagroinspeksiya36.Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiSoliq qoʻmitasiNalogoviy komitet
Izohlar:
1) 2023-yil 1-martdan boshlab yigʻilish va videoselektor bayonlari, xizmat yozishmalari, tahliliy va boshqa materiallarda (qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qaror qismlari bundan mustasno) vazirlik va idoralarning qisqartma nomlarini koʻrsatish amaliyoti joriy qilinadi;
2) vazirlik va idoralarning qisqartma nomlaridan foydalanish tartibi Adliya vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
d) 3-ilova I boʻlimining izohlar qismida:
“d” kichik banddagi “markaziy apparati xodimlari” soʻzlari “markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) mutaxassislar uchun mehnatga haq toʻlash razryadlari yetakchi mutaxassislar uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan bir pogʻona past miqdorda, shuningdek, boshqarma boshliqlari uchun mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻlim boshliqlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan, departament boshliqlari uchun esa boshqarma boshliqlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan bir pogʻona yuqori miqdorda qoʻllaniladi”;
quyidagi mazmundagi “j” va “z” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“j) departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari uchun mehnatga haq toʻlash razryadlari departament boshligʻi uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan 3 foiz kam miqdorda belgilanadi;
z) jadvalda keltirilgan lavozimlarga boshqa nomdagi lavozimlarni tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga1-ILOVA
Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining
HokimYordamchi — 1Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻiHokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokimning oʻrinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻiHokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariHokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosariHokimning oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi *Hokimning mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisiTashkiliy — nazorat guruhi4Kotibiyat1 — 3Kotibiyat1 — 4Kotibiyat1 — 3Kotibiyat2 — 4Kotibiyat1 — 3Kotibiyat2 — 4Kotibiyat1Kotibiyat1Kotibiyat2-3Ichki audit xizmati1Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi1-2Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Loyiha ofisi3-4Hokimning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi1Hokimning harbiy masalalar boʻyicha maslahatchisi **1Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi1Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi1 — 3Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi1Bolalarni himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis1Yer uchastkalarini olish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi0 — 2Yuridik xizmat2Ijro intizomi nazorati boʻlimi2-3Axborot — tahlil guruhi3 — 5Umumiy boʻlim0 — 3Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi1 — 3Ishlar boshqarmasi2-3Maxsus boʻlim ***1
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 61 — 70 birlik.
Jami boshqaruv xodimlari soni — 763 birlik.
* Hokimlik shtat birligi soniga kirmaydi.
** Surxondaryo va Andijon viloyatiga tegishli.
*** Toshkent viloyatiga tegishli”;
b) 3 — 3g-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga3-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/rHududlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan sonishu jumladan, master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislari *I toifali hududlar boʻyicha1.Andijon viloyati6342.Qashqadaryo viloyati6643.Samarqand viloyati63 44.Toshkent viloyati7045.Fargʻona viloyati644II toifali hududlar boʻyicha6.Buxoro viloyati6347.Navoiy viloyati6238.Namangan viloyati6449.Surxondaryo viloyati64410.Xorazm viloyati654III toifali hududlar boʻyicha11.Jizzax viloyati60412.Sirdaryo viloyati593Toifadan tashqari13.Toshkent shahri105Jami86846
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga3a-ILOVA
Viloyat markazlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/rShaharlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan soniI toifa1.Andijon252.Buxoro273.Qarshi264.Navoiy255.Namangan296.Nukus267.Samarqand278.Fargʻona28II toifa1.Guliston232.Jizzax233.Termiz234.Urganch255.Nurafshon23Jami330
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga3b-ILOVA
Viloyatga boʻysunuvchi shahar hokimliklari apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
T/rShaharlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan soniI toifa1.Olmaliq202.Angren*233.Bekobod214.Zarafshon215.Kattaqoʻrgʻon206.Qoʻqon207.Margʻilon208.Chirchiq21II toifa9.Kogon1910.Quvasoy2111.Shirin1912.Yangiyer1813.Xonobod1914.Ohangaron1715.Yangiyoʻl1816.Shahrisabz1817.Xiva1718.Gʻozgʻon16Jami348
* Yangiobod shahrini hisobga olgan holda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga3v-ILOVA
Qishloq tuman hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/rTumanlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan soniQoraqalpogʻiston RespublikasiI toifa1.Qoʻngʻirot272.Xoʻjayli253.Beruniy244.Toʻrtkoʻl265.Chimboy246.Ellikqalʼa247.Amudaryo258.Taxiatosh24II toifa1.Shumanay212.Qonlikoʻl203.Kegeyli234.Moʻynoq235.Qoraoʻzak226.Taxtakoʻpir237.Nukus 218.Boʻzatov20Jami372Andijon viloyatiI toifa1.Qoʻrgʻontepa292.Shahrixon243.Andijon244.Jalaquduq265.Izboskan256.Marhamat25II toifa1.Asaka232.Baliqchi193.Boʻston194.Buloqboshi215.Paxtaobod206.Oltinkoʻl197.Xoʻjaobod208.Ulugʻnor19Jami313Buxoro viloyatiI toifa1.Gʻijduvon262.Romitan283.Qorakoʻl254.Shofirkon24II toifa1.Jondor202.Peshku203.Olot214.Buxoro205.Vobkent206.Kogon197.Qorovulbozor19Jami242Jizzax viloyatiI toifa1.Zomin282.Doʻstlik243.Gʻallaorol234.Forish25II toifa1.Baxmal212.Sh. Rashidov 203.Paxtakor204.Mirzachoʻl215.Arnasoy206.Zarbdor197.Zafarobod208.Yangiobod21Jami262Qashqadaryo viloyatiI toifa1.Shahrisabz252.Nishon293.Muborak244.Mirishkor265.Chiroqchi246.Gʻuzor257.Yakkabogʻ258.Koson259.Qamashi24II toifa1.Qarshi192.Kitob213.Dehqonobod214.Kasbi195.Koʻkdala20Jami327Navoiy viloyatiI toifa1.Uchquduq262.Qiziltepa253.Xatirchi244.Karmana25II toifa1.Konimex202.Navbahor193.Nurota194.Tomdi20Jami178Namangan viloyatiI toifa1.Kosonsoy252.Norin243.Uchqoʻrgʻon254.Chust255.Pop246.Toʻraqoʻrgʻon23II toifa1.Chortoq222.Mingbuloq203.Namangan204.Uychi215.Yangiqoʻrgʻon216.Davlatobod177.Yangi Namangan17Jami284Samarqand viloyatiI toifa1.Urgut262.Narpay263.Jomboy254.Samarqand255.Ishtixon256.Payariq267.Pastdargʻom268.Kattaqoʻrgʻon25II toifa1.Bulungʻur262.Nurobod263.Paxtachi254.Oqdaryo265.Qoʻshrabot256.Toyloq26Jami358Sirdaryo viloyatiI toifa1.Sirdaryo282.Boyovut243.Sayxunobod244.Xovos26II toifa1.Sardoba192.Oqoltin203.Guliston194.Mirzaobod20Jami180Surxondaryo viloyatiI toifa1.Denov312.Shoʻrchi263.Sherobod294.Jarqoʻrgʻon275.Sariosiyo296.Muzrabot27II toifa1.Qumqoʻrgʻon272.Uzun293.Angor264.Boysun265.Qiziriq266.Bandixon267.Oltinsoy268.Termiz27Jami382Toshkent viloyatiI toifa1.Boʻstonliq292.Qibray253.Zangiota254.Oʻrta Chirchiq245.Yangiyoʻl25II toifa1.Ohangaron202.Oqqoʻrgʻon203.Bekobod214.Boʻka215.Quyi Chirchiq206.Parkent197.Piskent208.Chinoz209.Yuqori Chirchiq2010.Toshkent21Jami330Fargʻona viloyatiI toifa1.Quva242.Bagʻdod233.Beshariq234.Oʻzbekiston235.Toshloq226.Uchkoʻprik23II toifa1.Buvayda212.Dangʻara213.Oltiariq214.Qoʻshtepa215.Rishton226.Fargʻona217.Yozyovon208.Soʻx219.Furqat21Jami327Xorazm viloyatiI toifa1.Hazorasp252.Tuproqqalʼa 273.Xiva234.Xonqa225.Bogʻot246.Shovot23II toifa1.Urganch212.Qoʻshkoʻpir233.Gurlan224.Yangiariq235.Yangibozor21Jami254165Respublika boʻyicha jami3 809
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga3g-ILOVA
Toshkent shahri tumanlari hokimlari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/rTumanlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan soni1.Olmazor *362.Bektemir293.Mirobod29 4.Mirzo Ulugʻbek315.Sirgʻali316.Uchtepa297.Chilonzor30 8.Shayxontohur309.Yunusobod3010.Yakkasaroy2911.Yashnobod2912.Yangi hayot26Jami359
* “Yoshlik” shaharchasi hokimligini hisobga olgan holda”.