PQ-390-son Qaror · 08.11.2024

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Xorazm viloyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-390
  • Qabul qilingan sana:08.11.2024
  • Kuchga kirgan sana:13.11.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/390/0912

Mamlakatimizda xalqaro talablar va standartlarga mos zamonaviy avtomobil yoʻllarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va milliy yoʻl-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) tomonidan umumiy qiymati 294,1 mln AQSH dollari boʻlgan “D 213 “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380” avtomobil yoʻlining 0 — 84 km qismini rekonstruksiya qilish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda ishlab chiqilganligi;

b) Loyihani amalga oshirish uchun:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) tomonidan 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 18 yil muddatga 238,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi maʼqullanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasida tegishli qarz bitimi imzolanganligi;

v) umumiy qiymati 294,1 mln AQSH dollari boʻlgan Loyihaning texnik-iqtisodiy asosiga koʻra:

Loyihada YETTBning ulushi 238,0 mln AQSH dollari, Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 56,1 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni tashkil etishi;

Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2 yillik kafolat davrini hisoblagan holda 2024 — 2029-yillar) tashkil etishi;

g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan dastlabki oʻrganishlar natijasi boʻyicha xarajatlar (32,7 mln AQSH dollarigacha) maqbullashtirilishi mumkinligi aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki:

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va uning tarkibidagi “Avtoyoʻlinvest” agentligi Loyihani oʻz vaqtida sifatli amalga oshirish hamda YETTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

YETTB tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, foiz va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhini saqlash xarajatlari 2024-yil va kelgusi yillarda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.

3. Quyidagilar:

“D 213 “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380” avtomobil yoʻlining 0 — 84 km qismini rekonstruksiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

“D 213 “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380” avtomobil yoʻlining 0 — 84 km qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foiz va boshqa toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablagʻlarni Xorazm viloyatidagi “D 217 “Urganch — Gurlan — Mangʻit — Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 5 — 75 km qismini qayta qurish loyihasiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda YETTB bilan 2024-yil 31-dekabrga qadar Loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablagʻlarni mazkur bandda nazarda tutilgan ishlarga yoʻnaltirish yuzasidan muzokaralar oʻtkazsin.

5. Xorazm viloyati hokimligi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda yashil hududlarni barpo etish maqsadida Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqalarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 30 ming dona manzarali daraxt va butalar ekilishini taʼminlasin.

Bunda barpo etiladigan yashil hududlarni lozim darajada saqlash boʻyicha tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar bilan oʻrnatilgan tartibda shartnomalar tuziladi.

6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hamda YETTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosa bersin.

7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini yoki muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.

8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Loyihaning atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi arizalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.

9. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (S.I. Samadov) Loyiha doirasida mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

10. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga Loyiha doirasida jalb qilingan mablagʻlarning ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi J.Yu. Tursunov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 8-noyabr,

PQ-390-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-390-son qaroriga1-ILOVA

“D 213 “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380” avtomobil yoʻlining 0 — 84 km qismini rekonstruksiya qilish” loyihasining

T/rKoʻrsatkichlar nomiOʻlchov birligiJami*Shu jumladan:Yevropa tiklanish va taraqqiyoti banki ulushiOʻzbekiston Respublikasi ulushi1.Loyihaning umumiy qiymatiming AQSH doll. ekv.294 139,65238 000,056 139,652.Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami:ming AQSH doll. ekv.294 139,65238 000,056 139,65shundan:2.1.Qurilish-montaj ishlari **ming AQSH doll. ekv.198 458,47198 458,472.2.Loyihani boshqarish va texnik nazoratming AQSH dollar ekv.6 174,544 473,541 701,0shundan:Loyihani boshqarish boʻyicha konsultantming AQSH doll. ekv.4 473,544 473,54Loyihani amalga oshirish guruhi xarajatlari***ming AQSH doll. ekv.1 518,01 518,0Ijtimoiy soliq***ming AQSH doll. ekv.183,0183,02.3.Taqsimlanmagan mablagʻlarming AQSH doll. ekv.32 687,9932 687,992.4.Soliqlar va yigʻimlarming AQSH doll. ekv.28 368,7228 368,722.5.Moliyaviy xarajatlar****ming AQSH doll. ekv.28 449,932 380,026 069,933.Rekonstruksiya qilinadigan yoʻl uzunligikm844.Investitsiya davri davomiyligioy605.Qarz toʻlash muddatiyil186.Shundan imtiyozli davryil4

* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida belgilanadi.

** Qurilish-montaj ishlarining summasiga 10% miqdorida koʻzda tutilmagan xarajatlar hisobga olgan holda.

*** Ijtimoiy soliq Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi, shuningdek, Loyihani amalga oshirish guruhini saqlash xarajatlari 2024-yil va kelgusi yillarda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

**** Yakuniy moliyaviy xarajatlar miqdori haqiqiy summalar, oʻzlashtirish sanasi va 10 yillik SOFRning oʻrtacha SVOP koʻrsatkichiga bogʻliq.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-390-son qaroriga2-ILOVA

“D 213 “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380” avtomobil yoʻlining 0 — 84 km qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foiz va boshqa toʻlovlarni amalga oshirishning

Qarz miqdori—238 mln AQSH doll.Qarzni qoplash muddati—18 yilImtiyozli davr—4 yilFoiz stavkasi—SOFR + 1,0% + 0,58% (oʻzgaruvchan spred)Majburiyatlar uchun toʻlov—0,50%(oʻzlashtirilmagan qarz miqdori)Bir martalik boshlangʻich toʻlov—1,00% (umumiy qarz miqdoridan)ming AQSH doll.

Toʻlov davriQarz oʻzlashtirilishiQarz qoldigʻiToʻlov miqdoriToʻlanishi lozim boʻlgan umumiy mablagʻ****Asosiy qarz toʻloviFoizlar*Bir martalik boshlangʻich va boshqaruv toʻlovlari**Majburiyatlar uchun toʻlov***25.11.202414 161,0014 161,000,002 380,00409,89409,8925.05.202534 878,9049 039,90490,56562,711 053,2725.11.202534 878,9083 918,801 726,97482,902 209,8725.05.202635 454,80119 373,602 907,06387,343 294,4025.11.202635 454,80154 828,404 203,81303,164 506,9725.05.202741 585,80196 414,205 363,47209,085 572,5525.11.202741 585,80238 000,006 916,84106,277 023,1125.05.2028229 500,008 500,008 290,200,0016 790,2025.11.2028221 000,008 500,008 081,9716 581,9725.05.2029212 500,008 500,007 655,7516 155,7525.11.2029204 000,008 500,007 483,3115 983,3125.05.2030195 500,008 500,007 066,8415 566,8425.11.2030187 000,008 500,006 884,6415 384,6425.05.2031178 500,008 500,006 477,9414 977,9425.11.2031170 000,008 500,006 285,9814 785,9825.05.2032161 500,008 500,005 921,5714 421,5725.11.2032153 000,008 500,005 687,3114 187,3125.05.2033144 500,008 500,005 300,1313 800,1325.11.2033136 000,008 500,005 088,6513 588,6525.05.2034127 500,008 500,004 711,2313 211,2325.11.2034119 000,008 500,004 489,9812 989,9825.05.2035110 500,008 500,004 122,3312 622,3325.11.2035102 000,008 500,003 891,3212 391,3225.05.203693 500,008 500,003 552,9412 052,9425.11.203685 000,008 500,003 292,6511 792,6525.05.203776 500,008 500,002 944,5211 444,5225.11.203768 000,008 500,002 693,9911 193,9925.05.203859 500,008 500,002 355,6110 855,6125.11.203851 000,008 500,002 095,3310 595,3325.05.203942 500,008 500,001 766,7110 266,7125.11.203934 000,008 500,001 496,669 996,6625.05.204025 500,008 500,001 184,319 684,3125.11.204017 000,008 500,00898,009 398,0025.05.20418 500,008 500,00588,909 088,9025.11.20410,008 500,00299,338 799,33JAMI238 000,000,00238 000,00142 216,812 380,002 461,35382 678,16

* Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda 2024-yil 13 sentabr holatiga SOFR stavkasi 5,39% ga teng deb hisoblanadi.

** Bir martalik boshlangʻich toʻlovlar qarz mablagʻi hisobidan toʻlanadi.

*** Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.

**** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.