PQ-393-son Qaror · 15.11.2024

Oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-393
  • Qabul qilingan sana:15.11.2024
  • Kuchga kirgan sana:19.11.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/393/0940

Mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, ularning barcha yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish boʻyicha belgilangan keng koʻlamli vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida:

1. Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning vertikal tizimini yaratish orqali oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisidagi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik (keyingi oʻrinlarda — CHQBT) fani nufuzini oshirish va CHQBT rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizimni joriy etish, bunda:

respublikada “Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusi, faol hayotiy pozitsiya” tamoyiliga asosan yangilangan CHQBT fanining oʻquv dasturi va darsliklarini yaratish;

taʼlim tashkilotlarida CHQBT fani haftasiga ikki soatdan oʻqitilishini belgilash.

Bunda tayanch oʻquv rejada 10-11-sinflarga haftasiga bir soatdan qoʻshimcha yuklama kiritish;

b) Mudofaa vazirligi tizimida chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari lavozimini (keyingi oʻrinlarda — CHQBT rahbari) joriy etish va CHQBT rahbari lavozimiga Mudofaa vazirligi tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda oliy taʼlim tashkilotlari harbiy taʼlim fakultetlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi bitiruvchilarini, Qurolli Kuchlarning rezervi (zaxira)dagi oliy maʼlumotga ega boʻlgan oddiy askar, serjant, shuningdek, ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarni ishga qabul qilish;

v) CHQBT rahbarlarining harbiy malakasini vatanparvarlik yoʻnalishida mudofaa tizimida, pedagogik koʻnikmalarini taʼlim tizimida oshirish;

g) CHQBT rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish;

d) Mudofaa vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishincha mavjud shtat birliklari doirasida:

Mudofaa vazirligi markaziy apparati tarkibidagi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi Yoshlar boʻlimi negizida Mudofaa vazirligi Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik va yoshlar bilan ishlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament)ni;

(1-band d” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-iyuldagi PQ-234-sonli qarori tahririda)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparatida Vatanparvarlik va chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni muvofiqlashtirish boʻlimini tashkil etish;

e) respublikadagi har bir tuman (shahar)da bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida bolalarni kichik yoshidan Vatanga cheksiz sadoqat ruhida, jismonan sogʻlom va maʼnaviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan “Jasorat maktabi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

sport turlari boʻyicha ushbu maktablarda “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

harbiy-sport musobaqalari, intellektual viktorinalar va koʻrik-tanlovlarni tashkil etish;

Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlarini oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqqan holda “jasorat maktablari”ga uslubiy yordam koʻrsatuvchi muassasa sifatida biriktirish tizimini joriy etish.

2. Belgilansinki:

a) 2025-yil 1-iyundan taʼlim tashkilotlaridagi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi tugatilib, shtat birliklari Mudofaa vazirligiga oʻtkaziladi va ushbu shtat birliklari hisobidan CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi hamda CHQBT rahbari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

Mudofaa vazirligi tomonidan biriktirilgan taʼlim tashkilotida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy kasbga yoʻnaltirish, harbiy-sport musobaqalari va CHQBT fani mashgʻulotlarini tashkil etish;

oʻquvchi-yoshlarni harbiy taʼlim muassasalariga saralash ishlarini olib borish;

“Vatan tayanchi” otryadi faoliyatini boshqarish hamda harbiy qism va poligonlarda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish;

b) CHQBT rahbarlariga:

umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi belgilanadi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun belgilangan yillik mehnat taʼtillari beriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan tartibda CHQBT rahbarlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pulli kompensatsiya toʻlanadi;

v) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab har bir yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari uchun 1 ta shtat birligidan iborat CHQBT rahbari lavozimi kiritib boriladi;

g) mudofaa vaziriga belgilangan tartibda Departamentning tashkiliy-shtat tuzilmasiga amaldagi shtatlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

3. “Jasorat maktablari” umumtaʼlim maktablari uchun harbiy vatanparvarlik yoʻnalishida tayanch maktab etib belgilanadi.

“Jasorat maktablari”da:

matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi;

oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash beshinchi sinfdan boshlab amalga oshiriladi;

robototexnika, kelajak oʻyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkaziladi;

oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib boriladi.

“Jasorat maktablari”ga biriktiriladigan CHQBT rahbarlariga taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi bilan birga tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari fuqaro xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, ustama haq, qoʻshimcha toʻlov, ragʻbatlantirish va moddiy yordam koʻrsatish shartlari ham tatbiq etiladi.

4. Taʼlim tashkilotlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda quyidagilar asosiy yoʻnalishlar etib belgilansin:

oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari sifatlarni, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;

mamlakatimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo, sohibqiron Amir Temurning bebaho merosi, Vatanimiz ozodligi va el-yurt tinchligi yoʻlida mardlik va jasorat koʻrsatgan vatandoshlarimizning qahramonligi asosida Oʻzbekiston xalqiga sodiq, qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash;

harbiylar hayotiga oid vatanparvarlik gʻoyasidagi qoʻllanmalar, film, ijtimoiy rolik, badiiy asar, turkum koʻrsatuvlar yaratish;

taʼlim tashkilotlarida “Turon” maktab teatri tanlovini muntazam ravishda oʻtkazib borish;

oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) taʼlim tashkilotlarida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi quyidagi toʻrt bosqichda amalga oshiriladi:

maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga (3 — 6 yosh) oila, Vatan, milliy qadriyatlar haqidagi ilk tushunchalar oʻrgatiladi;

boshlangʻich sinf oʻquvchilariga (1 — 4-sinf) mustaqillik tushunchasi, davlat ramzlariga hurmat va intizom kabi hayotiy koʻnikmalar singdiriladi;

oʻrta sinf oʻquvchilarida (5 — 9 sinf) huquqiy ong, milliy gʻurur, buyuk ajdodlarga munosib voris boʻlish tuygʻusi shakllantiriladi;

yuqori sinf oʻquvchilarida (10-11-sinf) harbiy xizmatga qiziqish va Qurolli Kuchlar bilan faxrlanish tuygʻusi kuchaytiriladi;

b) taʼlim tashkilotlarida:

oʻquvchilar oʻrtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak oʻyinlari boʻyicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari oʻtkaziladi;

ziyolilar va nuroniylar ishtirokida “uch avlod uchrashuvlari” tashkil etiladi;

harbiy xizmatchilar tomonidan motivatsion suhbatlar va mahorat darslari olib boriladi;

v) CHQBT rahbarlariga qonunchilikda belgilangan tartibda malaka toifalari beriladi.

6. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov):

har yili yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik kabi gʻoyalar asosida tarbiyalovchi badiiy asarlar (qissa, roman, doston, sheʼriy va nasriy asarlar toʻplami) yaratilishini tashkil etsin va barcha foydalanuvchilar uchun qulay boʻlgan onlayn platformalarda joylashtirsin;

har oyda ikki marotaba oʻquvchilar va talabalar uchun maʼnaviy ibrat timsoli boʻlib xizmat qiladigan tarixiy va zamonaviy qahramonlar obrazlari, mamlakatimiz tarixi aks ettirilgan asarlarni namoyish etish hamda ijodiy-maʼrifiy kechalar va ijodiy amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻysin.

7. Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Sport vazirligi (A. Ikramov) taʼlim tashkilotlarida oʻtkazib kelinayotgan harbiy-sport musobaqalarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ushbu tadbirlarni yillik ish rejalariga kiritgan holda moliyalashtirish ishlarini amalga oshirsin.

8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:

a) Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi;

b) “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

9. Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) bilan birgalikda:

a) uch oy muddatda:

taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan CHQBT rahbari lavozimiga nomzodlarni saralab olish tartibini ishlab chiqish;

CHQBT rahbarlarini Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy taʼlim fakultetlarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi va rejasini ishlab chiqish;

malaka oshirish davomida CHQBT rahbarlarini oʻquv-mashq harbiy yigʻinlariga jalb etish, ularning pedagogik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha mashgʻulotlarni Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazish, natijalari boʻyicha navbatdagi harbiy unvonni berish tartibini joriy etish choralarini koʻrsin;

b) 2025-yil 1-aprelga qadar CHQBT rahbari lavozimiga saralash natijalari boʻyicha tayinlangan xodimlar faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlarini (KPI) belgilash tartibini tasdiqlasin.

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari taʼlim tashkilotlarida CHQBT tadbirlarini moliyalashtirish, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash va oʻquv-moddiy bazasini barpo etish choralarini koʻrib borsin.

11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun Mudofaa vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan 2025-yilda Davlat budjetidan yetarli darajada qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.

12. Quyidagilar:

Oʻquvchilarda Vatan himoyachisi boʻlishga mehr va havas uygʻotish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Taʼlim tashkilotlari negizida tashkil etiladigan “jasorat maktablari” hamda ularga biriktirilgan vazirlik va idoralar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

13. Mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat tegishli vazirlik va idoralar hamda harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari zimmasiga yuklansin.

14. Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 15-noyabr,

PQ-393-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qaroriga1-ILOVA

Oʻquvchilarda Vatan himoyachisi boʻlishga mehr va havas uygʻotish boʻyicha

T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida amalga oshiriladigan tadbirlar Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining oʻquv dasturi va darsliklarini ishlab chiqish.1. Oʻquv dasturi va darsliklarni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzish.2. Oʻquv dasturi va darsliklarni ishlab chiqish va nashr qilish.2025-yilyanvar2025-yildekabrDavlat budjeti mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligiMaktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Vatanparvarlik burchagi”ni tashkil etish.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini armiyamiz qudratini aks ettiruvchi koʻrgazmali-targʻibot vositalari bilan jihozlash.DoimiyMahalliy budjet mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Mudofaa vazirligi“Jasorat maktablar”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish boʻyicha nizom ishlab chiqish.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil20-iyun–Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligiOʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini bosqichma-bosqich kuchaytirib borish va ularning yoshidan kelib chiqqan holda dastlabki normativlar topshirish tizimini ishlab chiqish.1. Oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini bosqichma-bosqich kuchaytirib borish boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2. Tasdiqlangan hujjat doirasida oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini bosqichma-bosqich kuchaytirib borish choralarini koʻrish.3. Oʻquvchilar tomonidan normativlar doimiy topshirib borilishini nazorat qilish.2025-yil20-iyunDoimiyOʻquv yili davomida–Sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiMaktab oʻquvchilari uchun tarix, maʼnaviyat va vatanparvarlikka oid oʻquv mashgʻulotlarini Oʻzbekiston tarixi, Temuriylar tarixi, Qurolli Kuchlar va “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidagi “Shon-sharaf” davlat muzeylari, shuningdek, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va ularning hududlardagi boʻlimlarida oʻtkazish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish.1. Oʻquvchilarni davlat muzeylari va ularning hududlardagi boʻlimlariga tashriflarini tashkil etish yuzasidan dastur ishlab chiqish.2. Dastur asosida oʻquvchilarni Oʻzbekiston tarixi, Temuriylar tarixi, Qurolli Kuchlar va “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidagi “Shon-sharaf” davlat muzeylari, shuningdek, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va ularning hududlardagi boʻlimlariga tashriflarini tashkil etish.3. Amalga oshirilgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.2025-yil1-aprelDastur asosidaDoimiyIjrochilar mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Madaniy meros agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiTaʼlim tashkilotlarida oʻtkazib kelinayotgan harbiy-sport musobaqalarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun ushbu tadbirlarni moliyalashtirish hamda oʻquv-moddiy bazasini barpo etish.1. Taʼlim tashkilotlarida harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish tartibini tasdiqlash boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish.2025-yil martIjrochilar mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi,Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi2. Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan texnik talablarga muvofiq mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan har bir tuman (shahar) hududidagi “Jasorat maktabi”da harbiy-sport musobaqalarini oʻtkazish uchun oʻquv-moddiy bazani (toʻsiqlar yoʻlagi, gimnastika shaharchasi, oʻq otish tiri, oʻquv qurol-aslahalarini saqlash xonasi, saf maydoni, yugurish yoʻlagi) barpo etish.2025-yil yakuniga qadarQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligiII. Kadrlar salohiyatini oshirishTaʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari (keyingi oʻrinlarda — CHQBT rahbari) tarkibini tanlov asosida saralab olish.1. Nomzodlarni tanlov asosida saralab olish maqsadida idoralararo ishchi guruh tarkibini tasdiqlash.2. CHQBT rahbarlari tarkibini tanlov asosida saralab olish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.3. Ishchi guruh tavsiyasiga koʻra mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari buyrugʻi asosida CHQBT rahbarlari lavozimlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish.2025-yil fevral2025-yil mart2025-yil avgust–Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligiCHQBT rahbarlari lavozimiga nomzodlarni saralash, ularning faoliyati samaradorligini baholash va qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. CHQBT rahbarlari lavozimiga nomzodlarni saralash natijalari boʻyicha tanlangan xodimlarning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlarini (KPI) belgilash hamda CHQBT rahbarlari mehnatini qoʻshimcha ragʻbatlantirish va moddiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.Bunda:CHQBT rahbarlarining faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirishni;koʻrsatkichlar asosida har oʻquv yili yakunida tahlil oʻtkazish va CHQBT rahbarlarining egallagan lavozimlarida faoliyat olib borishga loyiqligi masalasini koʻrib chiqishni;Mudofaa vazirligi tomonidan baholash koʻrsatkichlarining natijalarini eʼlon qilish va ushbu natijalar asosida mehnatga haq toʻlash tizimidagi ragʻbatlantirish toʻlovlarini berish, davlat va idoraviy mukofotlarga tavsiya etishni nazarda tutish.2025-yil30-aprel –Mudofaa vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiCHQBT oʻqituvchilarini Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy tayyorgarlik fakultetlarida qayta tayyorlash, malaka toifasini berish va malakasini oshirish, zaxira va rezervdagi harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar berish tartibini yoʻlga qoʻyish.1. Qurolli Kuchlardan rezervga (zaxiraga) boʻshatilib, CHQBT rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan nafaqadagi harbiy xizmatchilarni qayta tayyorlovdan oʻtkazish.2. Oliy taʼlim muassasalarining harbiy taʼlim fakultetlarini tamomlab, CHQBT rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassis kadrlarning malakasini oshirish.3. Malaka oshirish davomida CHQBT rahbarlarini oʻquv-mashq harbiy yigʻinlariga jalb etish, pedagogik koʻnikmalari boʻyicha mashgʻulotlarni Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻtkazish, natijalari boʻyicha navbatdagi harbiy unvon hamda malaka toifasini berish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabIjrochilar mablagʻlari Mudofaa vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiIII. Moddiy-texnik bazani mustahkamlashTaʼlim tashkilotlarida CHQBT tadbirlarini moliyalashtirish hamda moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, oʻquv-moddiy bazasini takomillashtirish va barpo etish choralarini amalga oshirish.1. Taʼlim tashkilotlaridagi CHQBT fani oʻquv-moddiy bazasini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish.2. Inventarizatsiya natijalariga koʻra tegishli hokimliklarga CHQBT fani oʻquv-moddiy bazasi boʻyicha maʼlumot hamda takliflarni taqdim etish.3. CHQBT fani sinf xonalarini bosqichma-bosqich zamonaviy mebel va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash hamda Mudofaa vazirligidan taqdim etilgan namuna boʻyicha targʻibot-oʻquv plakatlarini oʻrnatish.4. Taʼlim tashkilotlaridagi CHQBT sinflari, oʻq otish tirlari hamda oʻquv qurol-aslahalarini saqlash xonalarini bosqichma-bosqich jihozlash. 5. Talab darajasida jihozlangan oʻquv qurol-aslahalarini saqlash xonalari Milliy gvardiyaning texnik qoʻriqlov xizmati qoʻriqloviga olinishini tashkillashtirish.6. Oʻquv qurol-aslahalari saqlash xonalari talab darajasida jihozlangan hamda Milliy gvardiyaning texnik qoʻriqlov xizmati qoʻriqloviga olingan taʼlim tashkilotlarini oʻquv qurol-aslahalari bilan taʼminlash. 2025-yilmart2025-yilaprel2025 — 2028-yillar 2025 — 2028-yillarDoimiyIjrochilar mablagʻlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligiQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligiTaʼlim tashkilotlari oʻquvchilari bilan harbiy poligonlarda otish amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish. 1. Taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari bilan harbiy poligonlarda amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish. 2. Taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari bilan harbiy poligonlarda otish amaliy mashgʻulotlarini tashkil etish.Har yiliyanvar oyidaHar yilimart-may oylaridaIjrochilar mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariIV. Madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik targʻiboti tadbirlariOʻquvchilar uchun doimiy ravishda yuksak davlat unvonlariga ega boʻlgan harbiy xizmatchi va xodimlar, kursant va tinglovchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari va harbiy akademik litsey oʻquvchilari ishtirokida uchrashuvlar, suhbatlar va mahorat darslarini tashkil etish.1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.2. Tadbirlarga jalb etiladigan yoshlar roʻyxatini shakllantirish.3. Tadbirlarni oʻtkazish.4. Amalga oshirilgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.2025-2026 oʻquv yili davomidaMablagʻ talab etilmaydiMudofaa vazirligi,Harbiy-maʼmuriy sektorlar,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qaroriga2-ILOVA

Taʼlim tashkilotlari negizida tashkil etiladigan “jasorat maktablari” hamda ularga biriktirilgan vazirlik va idoralar

T/rT/rTuman (shahar)Maktab raqamiBiriktirilgan vazirlik (idora)QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI1.1.Amudaryo tumani56-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 2.2.Beruniy tumani62-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 3.3.Qonlikoʻl tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 4.4.Qoraoʻzak tumani28-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 5.5.Kegeyli tumani5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 6.6.Nukus tumani31-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi7.7.Xoʻjayli tumani15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya8.8.Qoʻngʻirot tumani43-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi 9.9.Nukus shahri44-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 10.10.Taxiatosh tumani4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi11.11.Moʻynoq tumani3-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi 12.12.Taxtakoʻpir tumani3-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi13.13.Toʻrtkoʻl tumani18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya14.14.Chimboy tumani36-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya15.15.Shumanay tumani7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi 16.16.Ellikqalʼa tumani36-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi 17.17.Boʻzatov tumani7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi ANDIJON VILOYATI18.1.Andijon shahri35-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya19.2.Jalaquduq tumani49-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya20.3.Xonobod shahri3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi21.4.Andijon tumani1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 22.5.Izboskan tumani3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 23.6.Oltinkoʻl tumani4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 24.7.Asaka tumani25-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 25.8.Boʻston tumani48-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiMilliy gvardiya 26.9.Buloqboshi tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi 27.10.Qoʻrgʻontepa tumani65-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi28.11.Marhamat tumani43-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi 29.12.Baliqchi tumani34-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi30.13.Paxtaobod tumani4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi31.14.Ulugʻnor tumani13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi32.15.Xoʻjaobod tumani23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya33.16.Shahrixon tumani25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligiBUXORO VILOYATI34.1.Buxoro shahri16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi35.2.Kogon shahri8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi36.3.Buxoro tumani30-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi37.4.Qorovulbozor tumani1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya38.5.Vobkent tumani5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 39.6.Olot tumani2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 40.7.Gʻijduvon tumani47-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 41.8.Jondor tumani5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi42.9.Kogon tumani21-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiMilliy gvardiya 43.10.Qorakoʻl tumani15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 44.11.Peshku tumani28-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi45.12.Romitan tumani7-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi46.13.Shofirkon tumani21-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligiJIZZAX VILOYATI47.1.Baxmal tumani5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi48.2.Zomin tumani60-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya49.3.Sh.Rashidov tumani32-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi50.4.Forish tumani55-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi51.5.Jizzax shahri4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya52.6.Arnasoy tumani22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 53.7.Yangiobod tumani3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 54.8.Gʻallaorol tumani26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 55.9.Doʻstlik tumani20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi56.10.Paxtakor tumani19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi57.11.Zarbdor tumani9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi58.12.Zafarobod tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi59.13.Mirzachoʻl tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligiQASHQADARYO VILOYATI60.1.Gʻuzor tumani53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya61.2.Qarshi tumani52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi62.3.Muborak tumani6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi63.4.Nishon tumani35-sonli umumtaʼlim maktabiMilliy gvardiya64.5.Qarshi shahri45-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya65.6.Dehqonobod tumani85-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 66.7.Qamashi tumani52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 67.8.Koson tumani33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 68.9.Kasbi tumani16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi69.10.Kitob tumani4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi70.11.Mirishkor tumani4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi71.12.Chiroqchi tumani105-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi72.13.Shahrisabz tumani83-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 73.14.Yakkabogʻ tumani5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi 74.15.Shahrisabz shahri5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi 75.16.Koʻkdala tumani3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligiNAVOIY VILOYATI76.1.Konimex tumani7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 77.2.Qiziltepa tumani41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 78.3.Navbahor tumani34-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 79.4.Karmana tumani10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 80.5.Nurota tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi81.6.Tomdi tumani1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi 82.7.Uchquduq tumani5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi 83.8.Zarafshon shahri1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya84.9.Navoiy shahri1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya85.10.Xatirchi tumani65-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya86.11.Gʻozgʻon shahri1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligiNAMANGAN VILOYATI87.1.Kosonsoy tumani25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi88.2.Mingbuloq tumani8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi89.3.Namangan tumani41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi90.4.Pop tumani1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya91.5.Chust tumani9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi92.6.Namangan shahri11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi93.7.Norin tumani11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi94.8.Yangiqoʻrgʻon tumani65-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi95.9.Toʻraqoʻrgʻon tumani4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi96.10.Uychi tumani1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi97.11.Uchqoʻrgʻon tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya98.12.Chortoq tumani9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya99.13.Davlatobod tumani58-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi100.14.Yangi Namangan tumani71-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligiSAMARQAND VILOYATI101.1.Oqdaryo tumani45-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya102.2.Bulungʻur tumani34-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi103.3.Jomboy tumani31-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi104.4.Ishtixon tumani33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi105.5.Payariq tumani80-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi106.6.Narpay tumani66-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi107.7.Nurobod tumani41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi108.8.Kattaqoʻrgʻon tumani15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi109.9.Pastdargʻom tumani82-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi110.10.Kattaqoʻrgʻon shahri14-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiMudofaa vazirligi111.11.Qoʻshrabot tumani85-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi112.12.Samarqand tumani2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 113.13.Toyloq tumani60-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 114.14.Urgut tumani121-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 115.15.Paxtachi tumani17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 116.16.Samarqand shahri1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiyaSURXONDARYO VILOYATI117.1.Oltinsoy tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya118.2.Angor tumani35-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi119.3.Boysun tumani6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi120.4.Bandixon tumani3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi121.5.Denov tumani100-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi122.6.Jarqoʻrgʻon tumani62-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi123.7.Sariosiyo tumani10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi124.8.Termiz shahri17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya125.9.Muzrabot tumani8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 126.10.Qumqoʻrgʻon tumani70-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 127.11.Termiz tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 128.12.Uzun tumani4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 129.13.Sherobod tumani42-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 130.14.Shoʻrchi tumani31-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 131.15.Qiziriq tumani10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi SIRDARYO VILOYATI132.1.Oqoltin tumani3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi133.2.Boyovut tumani40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 134.3.Guliston tumani27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 135.4.Mirzaobod tumani3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi136.5.Sirdaryo tumani6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi137.6.Shirin shahri2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi138.7.Sardoba tumani14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 139.8.Xovos tumani1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya140.9.Guliston shahri16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya141.10.Sayxunobod tumani41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya142.11.Yangiyer shahri7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligiTOSHKENT VILOYATI143.1.Boʻstonliq tumani1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi144.2.Oqqoʻrgʻon tumani18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi145.3.Ohangaron tumani17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi146.4.Zangiota tumani13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi147.5.Yangiyoʻl tumani37-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi148.6.Angren shahri6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi149.7.Chirchiq shahri10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya150.8.Quyi Chirchiq tumani9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi151.9.Parkent tumani5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya152.10.Piskent tumani8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi153.11.Toshkent tumani9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi154.12.Chinoz tumani35-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 155.13.Oʻrta Chirchiq tumani49-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 156.14.Yuqori Chirchiq tumani6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 157.15.Boʻka tumani14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi158.16.Bekobod tumani55-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 159.17.Qibray tumani9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 160.18.Bekobod shahri9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 161.19.Ohangaron shahri6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi162.20.Olmaliq shahri12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi163.21.Yangiyoʻl shahri7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi164.22.Nurafshon shahri26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligiFARGʻONA VILOYATI165.1.Oltiariq tumani14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 166.2.Qoʻshtepa tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 167.3.Bagʻdod tumani32-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 168.4.Beshariq tumani15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 169.5.Buvayda tumani2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 170.6.Dangʻara tumani2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 171.7.Quva tumani64-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi172.8.Soʻx tumani30-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi173.9.Qoʻqon shahri33-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiMilliy gvardiya174.10.Margʻilon shahri18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi175.11.Fargʻona shahri32-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi176.12.Uchkoʻprik tumani20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi177.13.Fargʻona tumani19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 178.14.Furqat tumani8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 179.15.Yozyovon tumani5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi180.16.Rishton tumani20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi181.17.Toshloq tumani8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi182.18.Oʻzbekiston tumani22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi183.19.Quvasoy shahri6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi XORAZM VILOYATI184.1.Bogʻot tumani36-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 185.2.Gurlan tumani42-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya186.3.Qoʻshkoʻpir tumani1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 187.4.Yangibozor tumani1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 188.5.Yangiariq tumani37-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya189.6.Xiva shahri10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi190.7.Tuproqqalʼa tumani20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi191.8.Shovot tumani53-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiMilliy gvardiya192.9.Urganch shahri24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya193.10.Urganch tumani44-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi194.11.Hazorasp tumani23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi195.12.Xonqa tumani27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi196.13.Xiva tumani3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligiTOSHKENT SHAHRI197.1.Mirzo Ulugʻbek tumani148-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi198.2.Mirobod tumani214-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi199.3.Sergeli tumani237-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMudofaa vazirligi200.4.Yunusobod tumani58-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya201.5.Bektemir tumani337-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi202.6.Uchtepa tumani14-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi203.7.Yashnobod tumani161-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya 204.8.Chilonzor tumani138-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 205.9.Shayxontohur tumani39-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiIchki ishlar vazirligi 206.10.Olmazor tumani326-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya207.11.Yakkasaroy tumani172-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiMilliy gvardiya208.12.Yangihayot tumani8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiFavqulodda vaziyatlar vazirligi

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.