Xorazm viloyatiga xorijiy turistlarni keng jalb qilish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, qoʻshimcha madaniy meros va turizm namoyishi obyektlarini ishga tushirish, joylashtirish vositalari fondini koʻpaytirish, soha yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, viloyatning turizm salohiyatini xorijiy mamlakatlarda manzilli targʻib qilish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2026-yil 31-dekabrga qadar Turizm qoʻmitasining Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Xorazm viloyatidagi joylashtirish vositalari (mehmonxonalar)dan tushadigan turistik yigʻim Xorazm viloyatining turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
xorijiy va mahalliy turizm bozorida Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish va targʻibot materiallarini tayyorlash;
turistlarni jalb qilishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini tashkil qilish uchun yoʻnaltiriladi.
Bunda ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Turizm qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining murojaati (talabnomasi) asosida Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrga qadar Xorazm viloyatida investorlar (tadbirkorlik subyektlari) tomonidan foydalanishga topshirilgan mehmonxonaning har bir xonasi uchun subsidiya (keyingi oʻrinlarda — subsidiya) ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 10 million soʻm;
1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 million soʻm;
2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 million soʻm;
3, 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorida belgilangan miqdorlarda.
Subsidiya 2025-2026-yillarda Davlat budjeti parametrlarida mazkur tadbirlar uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar doirasida ajratiladi.
4. Quyidagilar:
2024 — 2026-yillarda Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Xorazm viloyatiga turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Xorazm viloyati turizm salohiyati targʻiboti tashkil etiladigan xorijiy davlatlarning manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Davlat budjetidan subsidiya ajratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi tasdiqlanishini taʼminlasin.
6. Madaniy meros agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xorazm viloyatidagi madaniy meros obyektlarini tiklash, taʼmirlash va restavratsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni har yili ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplashni nazarda tutsin.
7. Xorazm viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Kadastr agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Xiva tumani hududidan 3,4 ming gektar yer maydonini Xiva shahri tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha aniq konturlarni belgilab, asoslantirilgan hujjatlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Xiva tumani hududidan 3,4 ming gektar yer maydoni Xiva shahri tasarrufiga belgilangan tartibda oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
8. Turizm qoʻmitasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar Xorazm viloyatining Amudaryo daryosi boʻyida xavfsizlik omillarini inobatga olgan holda suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda Amudaryo daryosining qirgʻoqlarini betonlashtirish, zamonaviy plyaj va aholi hordiq chiqarish zonalarini tashkil qilish hamda mehmonxona, savdo va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish nazarda tutilsin.
9. Madaniyat vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2025-yildan boshlab doimiy ravishda “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasida teatrlashtirilgan sahna koʻrinishi hamda “Har kuni bir tadbir” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha reja-grafikni ishlab chiqib, tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib borsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov belgilansin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-noyabr,
PQ-394-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-394-son qaroriga1-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishning
T/rKoʻrsatkichlar nomiBirlik2024-y.2025-y.2026-y.1.Xorijiy turistlar soni mln kishi1,01,41,82.Ichki turistlar soni mln kishi4,04,55,03.Xizmatlar eksporti*mln AQSH doll350,0500,0700,04.Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan joylashtirish vositalari soni dona4150655.Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan mehmonxonalarda qoʻshimcha oʻrinlar sonidona3005509006.Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan oilaviy mehmon uylarida qoʻshimcha oʻrinlar soni dona1502102807.Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan xostellarda qoʻshimcha oʻrinlar soni dona3045808.Faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan turoperator/turagentlar sonidona152535
Izoh: Maqsadli koʻrsatkichlar turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlardagi vazifalarga muvofiq oʻzgarishi mumkin.
* xorijiy tashrif buyuruvchilarning hududda qolish muddati davomidagi oʻrtacha sarf-xarajatlari miqdorida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-394-son qaroriga2-ILOVA
Xorazm viloyatiga turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariBajarish uchun masʼullarI. Turizm infratuzilmasini tashkil qilish1.Viloyatdagi turizm va unga yondosh soha obyektlarida infratuzilmani yaxshilash choralarini koʻrish maqsadida taʼmirlanadigan yoʻllarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritib borish.1. Manzilli roʻyxatni shakllantirish va tasdiqlash.2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida dasturlarga kiritish.2025-2026-yillar davomida-Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Turizm qoʻmitasi,Xorazm viloyati hokimligi2.Bogʻot tumani “Qalʼajiq qalʼa” turistik majmuasiga olib boruvchi ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash.1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2. Tarmoq jadvalini tasdiqlash.3. Taʼmirlash ishlarini yakunlash.2025-2026-yillar davomidaAvtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasiXorazm viloyati hokimligi,Transport vazirligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi3.Xiva tumanidagi 4R164 avtomobil yoʻlidan “Qorakoʻl” ekoturizm obyektiga olib boruvchi 5 km ichki yoʻlni joriy taʼmirlash.1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2. Tarmoq jadvalini tasdiqlash.3. Taʼmirlash ishlarini yakunlash.2024-2025-yillar davomidaAvtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasiTransport vazirligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi4.“Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasidagi Arab Muhammadxon madrasasida joylashgan muzey fondini eksponatlari bilan birgalikda boshqa joyga koʻchirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.1. Muzey fondini boshqa joyga koʻchirish boʻyicha oʻrganish ishlarini amalga oshirish maqsadida tegishli vazirlik va idora vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.2024-yil noyabr-Xorazm viloyati hokimligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Kadastr agentligi,Madaniy meros agentligi2. Ishchi guruh tomonidan muzey fondini boshqa joyga koʻchirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.2024-yil dekabr3. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishib, takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil mart5.“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumi faoliyatini takomillashtirish.1. Texnikumning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, amaliyot jihozlari bilan taʼminlash, laboratoriyalar tashkil qilish, obodonlashtirish, sport majmualarini ishga tushirish.2. Xorijiy mamlakatlar, jumladan, Turkiyadan turizm taʼlim yoʻnalishida mutaxassislarni jalb qilish.2024 — 2026-yillar davomidaTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiTurizm qoʻmitasi,Xorazm viloyati hokimligi6.Viloyatning Amudaryoga tutash hududlarida dam olish joylari va ekohududlarni tashkil qilish.Amaliy chora-tadbirlar.2024 — 2026-yillar davomidaTashabbuskorlar mablagʻlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Suv xoʻjaligi vazirligi7.Ichan qalʼa va Deshon qalʼaning tarixiy ahamiyatini, shuningdek, Ichan qalʼa hududidagi aholi turar joylari binolarining tarixiy koʻrinishini saqlab qolish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.1. Hujjat loyihasini ishlab chiqish.2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil fevral-Xorazm viloyati hokimligi,Madaniy meros agentligi,Turizm qoʻmitasi8.Ichan qalʼa va Deshon qalʼada milliy hunarmandchilik, ayniqsa, suvenir mahsulotlarining raqobatbardoshligi va sifatini, turistlar uchun jozibadorligini yanada oshirish, shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlarini keng targʻib qilish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Amaliy chora-tadbirlar.2025-yil yanvar-Xorazm viloyati hokimligi,Turizm qoʻmitasi,“Hunarmand” uyushmasiII. Turizm sohasida yangi xizmat turlarini kengaytirish va xizmat sifatini yaxshilash9.Tuproqqalʼa tumanida 5 ming gektar maqbul yer maydonlarida qoʻriqlanma zonalarni tashkil qilish orqali safari va ov turizmini rivojlantirish.Amaliy chora-tadbirlar.2025-yil davomidaEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlariEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Xorazm viloyati hokimligi10.Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasiga kirish va chiqish tizimini raqamlashtirish uchun onlayn chipta xarid qilish imkoniyatini yaratish boʻyicha yangi platforma ishlab chiqish.1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tanlov eʼlon qilish.2. “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasiga kirish uchun onlayn chiptalarni xarid qilish imkonini beradigan platformani ishga tushirish.2025-yil may“Ichan-qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi mablagʻlari Madaniy meros agentligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi11.Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlarga va yuqori martabali mehmonlarga xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar)da xizmat sifatini yaxshilash boʻyicha xorijiy tajriba asosida konsepsiya ishlab chiqish.1. Hujjat loyihasini ishlab chiqish.2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.2024-yil dekabr-Turizm qoʻmitasi,Oshpazlar uyushmasi,Xorazm viloyat hokimligi3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil fevral12.Xorazm viloyatining Amudaryo daryosi boʻyidagi hududlaridan oqilona foydalanish maqsadida xavfsizlik omillarini inobatga olgan holda suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda:Amudaryo daryosining qirgʻoqlarini betonlashtirish;daryo boʻyida zamonaviy plyaj va aholi hordiq chiqarish zonalarini tashkil qilish;zamonaviy mehmonxona, savdo va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish nazarda tutiladi.1. Hujjat loyihasini ishlab chiqish.2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2024-yil dekabr2025-yil mart-Turizm qoʻmitasi,Suv xoʻjaligi vazirligi,Favqulodda vaziyatlar vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Xorazm viloyati hokimligi13. Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligida ekoturizm infratuzilmasini yaxshilash va investorlarni jalb etish.Amaliy chora-tadbirlar.2024 — 2026-yillar davomida-Oʻrmon xoʻjaligi agentligiIII. Madaniy koʻngilochar tadbir va festivallar oʻtkazish, targʻibot tadbirlarini amalga oshirish14.Xiva shahrida “Gilamlar jilosi” nomi ostida xalqaro gilam koʻrgazmasini tashkil etish.1. Koʻrgazmani oʻtkazish joyini belgilash.2. Koʻrgazma bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasini va koʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi bayoni loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Koʻrgazmani yuqori saviyada oʻtkazish.2025-yil oktabr oyidan boshlab har yiliTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari“Hunarmand” uyushmasi,Turizm qoʻmitasi,Xorazm viloyati hokimligi 15.Xiva shahrida “Xorazm xonlari milliy taomlari” xalqaro gastronomik festivalini tashkil etish.1. Gastrofestivalni oʻtkazish joyini aniqlash.2. Gastrofestival bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasini va tadbirni oʻtkazish boʻyicha tegishli bayon loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish.2025-yil sentabr oyidan boshlab, har yiliTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlariTurizm qoʻmitasi,Xorazm viloyati hokimligi 16.Turistlarni jalb qilish va ularning viloyatda qolish muddatini uzaytirish maqsadida turistik mavsum davomida (mart-oktabr) “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasida “Har kuni bir tadbir” loyihasini amalga oshirish.1. Tadbirlarni oʻtkazish vaqtini belgilash.2. Tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasini va tadbirni oʻtkazish boʻyicha tegishli bayon loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish.2025-yildan boshlab doimiyShartnoma asosida “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi mablagʻlariMadaniyat vazirligi,Xorazm viloyati hokimligi17.Xorazm viloyatining turizm salohiyatini Turkiya, Xitoy, Eron hamda Ozarbayjon davlatlarida tizimli targʻib qilib borish.Turkiya, Xitoy, Eron hamda Ozarbayjon davlatlarida tashkil qilinadigan turistik yarmarkalarda viloyat delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash va targʻibotini amalga oshirish.2024 — 2026-yillar davomidaTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlariTurizm qoʻmitasi,Tashqi ishlar vazirligi,Xorazm viloyati hokimligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-394-son qaroriga3-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Xorazm viloyati turizm salohiyati targʻiboti tashkil etiladigan xorijiy davlatlarning manzilli
T/rTadbir nomiOʻtkaziladigan davlat nomiIshtirok etuvchilarMuddati*Moliyalashtirish manbalariMasʼul tashkilotlar2024-yil1.“Tourism Expo Japan” turizm koʻrgazmasida qatnashishTokio, YaponiyaTurizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar, madaniyat sohasi vakillari, madaniy meros va “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi vakillari, gastroturizm, turizm sohasi xodimlariNoyabrXorazm viloyati hokimligi mablagʻlari,tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlariTurizm qoʻmitasi,Xorazm viloyati hokimligi,Tashqi ishlar vazirligi2.“WTM London” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishLondon, Buyuk BritaniyaDekabrTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari2025-yil3.Yevropaning nufuzli shaharlarida “Road show” taqdimotlarini tashkil qilish va “FITUR” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishYevropa davlatlariTurizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar, madaniyat sohasi vakillari, madaniy meros va “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi vakillari, gastroturizm, turizm sohasi xodimlariYanvar-fevralTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlariTurizm qoʻmitasi,Xorazm viloyati hokimligi,Tashqi ishlar vazirligiMadaniyat vazirligi4.“EMIT” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishIstanbul, TurkiyaFevralXorazm viloyati hokimligi mablagʻlari,tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari5.“ITB Berlin” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishBerlin, GermaniyaMartTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari6.“AITF” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishBoku, OzarbayjonAprelXorazm viloyati hokimligi mablagʻlari,tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari7.“ITB China” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishShanxay, XitoyMayTashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari8.“IFTM Top Resa”Parij, FransiyaOktabrTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari tashabbuskorlar mablagʻlari9.“Tourism Expo Japan”Tokio, YaponiyaOktabrXorazm viloyati hokimligi mablagʻlari,Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari10.“TTG Rimini”Rimini, ItaliyaOktabrTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari11.“WTM London”London, Buyuk BritaniyaNoyabrTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,tashabbuskor mablagʻlari2026-yil12.“FITUR” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishMadrid, IspaniyaTurizm sohasi tadbirkorlik subyektlari, madaniyat sohasi vakillari, madaniy meros va “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi vakillari, turizm sohasi xodimlariYanvarTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,tashabbuskorlar mablagʻlariTurizm qoʻmitasi,Xorazm viloyati hokimligi,Tashqi ishlar vazirligi,Madaniyat vazirligi13.“IFTM Top Resa” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishParij, FransiyaOktabrTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari14.“TTG Rimini” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishRimini, ItaliyaOktabrTashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari15.Salohiyatli hududlarda “Khiva tourism and culture days” tadbirini tashkil qilish va “WTE Miami” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishMayami, AQSHOktabrTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari16.“WTM London” turizm koʻrgazmasida ishtirok etishLondon, Buyuk BritaniyaNoyabrTurizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari
Izoh: Turizm qoʻmitasi hamda tadbir tashkilotchilari tomonidan targʻibot tadbirlarini tashkil etish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.