PQ-428-son Qaror · 10.12.2024

Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-428
  • Qabul qilingan sana:10.12.2024
  • Kuchga kirgan sana:11.12.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/428/1017

Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy taʼlim muassasalarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:

1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligining Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:

muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat koʻrsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega muhandis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

hududdagi texnika yoʻnalishlarida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan kasbiy taʼlim tashkilotlarining metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;

zamonaviy oʻquv, ilmiy va IT laboratoriya bazasini yaratish, ushbu laboratoriyalarni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini amalga oshirish;

taʼlim jarayoniga ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllash, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;

yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash hamda talaba va professor-oʻqituvchilarning sanoat korxonalarida malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish;

amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;

talabalarni har tomonlama yetuk kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya va amaliyot uygʻunligini samarali tashkil etish.

3. Quyidagilar:

Qarshi davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

Qarshi davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

Qarshi davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin:

xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturlari asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantirish;

Universitet faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlar koʻrsatish hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni tashkil etish;

taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb qilish hamda ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash;

professor-oʻqituvchilarni oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha bajargan ishlarining natijasi hamda talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha ragʻbatlantirib borish.

5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda ikki oy muddatda Universitet faoliyatini takomillashtirish va taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Universitetda Transformatsiya markazini tashkil etsin.

Transformatsiya markazi quyidagi masalalar yuzasidan masʼul etib belgilansin:

Universitetning taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish;

Universitetni dunyoning eng nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;

Universitet taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda Universitet diplomlarining xorijda tan olinishiga erishish;

taʼlim xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida Universitet oʻquv-uslubiy boʻlinma hamda dekanatlar shtatlarini maqbullashtirish hisobidan Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

Universitetning taʼlim, tadqiqot va axborot-kutubxona faoliyatlarini hamda boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.

6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

a) 2024/2025 oʻquv yili davomida:

Universitet ilmiy salohiyatini oshirib borish chorasini koʻrsin hamda uning xalqaro hamkorligini yoʻlga qoʻyishda, xususan, yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma taʼlim va xalqaro almashinuv dasturlarini joriy etishga koʻmaklashsin;

malaka talablari va fanning oʻquv dasturlari ish beruvchilarning takliflari hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida xalqaro taʼlim standartlariga moslashtirilgan holda taʼlim jarayoniga joriy etilishini taʼminlasin;

Universitet boshqaruv kadrlari lavozimlariga oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori natijalar koʻrsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan istiqbolli mutaxassislarni jalb etsin;

Universitetni tanlov asosida ishlab chiqarish, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida katta ilmiy va (yoki) amaliy tajriba orttirgan mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;

b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:

Universitetda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va atrof-muhit muhandisligi yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash salmogʻini oshirish choralarini koʻrsin;

Universitet talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etsin;

Universitetda Taʼlim xizmatlari markazini tashkil etib, talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin;

Universitet professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuborish chorasini koʻrsin;

Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlar tashkil etsin;

v) Toshkent kimyo-texnologiya institutining sobiq Shahrisabz filiali bazasida Universitetning Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti faoliyatini yoʻlga qoʻyib, unda ustuvor ravishda oziq-ovqat texnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni tashkil etsin;

g) Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini tashkil etish choralarini koʻrsin;

Universitetga yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik va (yoki) yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.

7. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;

b) Universitet Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

v) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;

g) Universitet faoliyatini moliyalashtirish:

Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 10-dekabr,

PQ-428-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-son qaroriga1-ILOVA

Qarshi davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha

T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Qarshi davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etishQarshi davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish.1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2. Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.3. Universitetning tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.2025-yilyanvar — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,UniversitetUniversitetga tajribali va yuqori malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni jalb qilish.1. Mutaxassis va pedagog xodimlarni ochiq tanlov asosida saralab olish hamda ular bilan qonunchilik talablari asosida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.2. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchi xodimlarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2025-yilmart — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Universitet2025-yil davomidaUniversitet uchun zamonaviy kampus qurish.1. Universitetning zamonaviy kampusini barpo etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini, jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish:Qarshi shahridan kamida 20 gektar yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida Universitetga ajratish;Universitet kampusini loyihalash va qurilishda respublika budjeti, mahalliy budjet, Universitetning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ishlarni belgilash;Universitetning mavjud binova inshootlarini alohida lotlarga ajratib bosqichma-bosqich auksion savdolari orqali sotish va undan tushadigan mablagʻlarni Universitetga yoʻnaltirish;qurilish ishlari amalga oshiriladigan va Universitet kampusi foydalanishga topshiriladigan muddatni belgilash.2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil fevral2025-yilmart— Qashqadaryo viloyati hokimligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligiII. Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etishUniversitetda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish.1. Qashqadaryo viloyatidagi ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Universitetda kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini toʻliq qayta koʻrib chiqish.2025-yilmart — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,Universitet2. Mazmun jihatidan yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini birlashtirish orqali yiriklashtirish.2025-yilmayTaʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.1. 2025/2026 oʻquv yiliga qadar zamonaviy malaka talablarini va fan dasturlarini ishlab chiqish maqsadida ish beruvchilar takliflari hamda birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlarini tahlil qilish.2025-yilmart - aprel — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Ish beruvchilar takliflari va birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlari fanlar katalogini optimallashtirish.2025-yilmayTaʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.1. Taʼlim jarayonini innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish.2. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish.3. Talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida amaliy va sayyor mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,UniversitetUniversitetning 2 ta taʼlim yoʻnalishini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ichki va tashqi sifatni taʼminlash boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.2025/2026 oʻquv yili davomidaUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 3. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.2026/2027 oʻquv yili davomidaUniversitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariga kirishga tayyorlash.1. Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariga kiritish boʻyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasi va erishiladigan maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqlash.2025-yiliyunUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 2. Universitetni nufuzli xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalariga ulash hamda Universitetning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari uchun erkin foydalanish imkonini yaratish.2025-yilmart3. Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy maqolalarini iqtiboslik darajasi yuqori boʻlgan xorijiy jurnallarda chop etish.Doimiy4. Chora-tadbirlar rejasining ijrosini va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holatini monitoring qilib borish.Universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tajriba oshirishlarini tashkil etish.1. Universitet professor-oʻqituvchilarining respublikadagi ilgʻor ilmiy-tadqiqot markazlari va viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarini tashkil etish boʻyicha dastur tayyorlash va amalga oshirish.2024-yil fevralUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Universitet professor-oʻqituvchilarining xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash rejasini ishlab chiqish.2025-yil noyabr3. Har yili kamida 10 nafar professor-oʻqituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.Doimiy4. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar, oliy taʼlim tashkilotlari, korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.Universitetning oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga yuqori malakali xorijlik professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarni jalb qilish. 1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish.2. Xorijlik professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,UniversitetUniversitet tizimidagi akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish va taʼlim sifatini yanada oshirish.1. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyini Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi etib qayta nomlash. 2025-yilYanvarUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akademik litseyini Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi etib qayta nomlash.3. Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti akademik litseyini Qarshi davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi etib qayta nomlash.4. Universitet tizimidagi akademik litseylar oʻquv dasturlarini xalqaro dasturlar asosida takomillashtirish.2025/2026 oʻquv yiliga qadar5. Universitet tizimidagi akademik litseylarni yangi laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.1. Universitetda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.2. Roʻyxat asosida barcha resurslarni raqamlashtirish hamda elektron kutubxona tizimiga kiritish.2025/2026 oʻquv yili davomida Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,UniversitetIII. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlashIqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish.1. Universitet kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash va ilmiy loyihalar koʻlamini kengaytirish.2. Tarmoq korxonalarining muammolarini oʻrganish va ular boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish.2025-yil fevral — Qashqadaryo viloyati hokimligi,Universitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi3. Tarmoq korxonalarining buyurtmasiga muvofiq shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab doimiy4. Universitet va Qashqadaryo viloyati Yoshlar texnoparki oʻrtasida hamkorlik samaradorligini oshirish hamda hamkorlikda yangi innovatsion ishlanmalarni yaratish.Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida olib borilayotgan loyihalar va tadqiqotlarning natijadorligini oshirish.1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish.2025-yil aprelIlm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.DoimiyUniversitetda yosh olimlar va talabalarga muhandislik-texnika yoʻnalishlaridagi innovatsion ishlanmalarning tajriba nusxalari (prototiplari)ni tayyorlash uchun sharoit yaratish.1. Universitet hududida yosh olimlar va talabalar uchun innovatsion ishlanmalarining tajriba nusxalari va prototiplari tayyorlanadigan ustaxona, 3D loyihalash va modellashtirish hamda kichik ishlab chiqarish sexlaridan iborat majmua barpo etish konsepsiyasini ishlab chiqish.2025-yil aprelUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 2. Ishlab chiqarish sexlaridan iborat majmuani qurish ishlarini amalga oshirish.2026/2027 oʻquv yili3. Majmuani foydalanishga topshirish.davomidaUniversitet kampusi va bino-inshootlaridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish.1. Universitetning mavjud binolarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi holatini xatlovdan oʻtkazish.2025-yilmartUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Universitet2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish.2025-yiliyul3. Universitetning barcha binolarini optik tolali yuqori tezlikdagi internetga ulash.2025-yil sentabrUniversitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.1. Universitetni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (NEMIS)”ga ulash.2025-yil fevralUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet 2. “NEMIS” axborot tizimiga Universitetning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash hamda taʼlim tashkilotlariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.2025-yilmart

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-son qaroriga2-ILOVA

Qarshi davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar

T/rObyekt nomiManziliEgallagan maydoni, (m-2)Balansda saqlovchi1.Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bosh binosiQarshi shahri “Oydin” MFY Mustaqillik koʻchasi 225-uy140 554,4Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti2.Neft va gaz fakulteti binosiQarshi shahri “Naxshab” MFY Nasaf koʻchasi 6-uy19 470,43.Energetika fakulteti binosiQarshi shahri “Gungon” MFY Xonobod koʻchasi 33-uy16 100,04.Iqtisodiyot fakulteti binosiQarshi shahri “Neftchi” MFY Mustaqillik koʻchasi 226-uy30 040,35.Geologiya va konchilik ishi fakulteti binosiQarshi shahri “Oydin” MFY Xonobod koʻchasi 15-uy21 240,86.Qishloq xoʻjalik mashinalari kafedrasi va garaj binosiQarshi shahri “Gungon” MFY Xonobod shoh koʻchasi 7/158-uy15 389,67.2-sonli talabalar turarjoyi binosiQarshi shahri “Oydin” MFY M.Qoshgʻariy koʻchasi 4/86-uy3 422,98.Oʻquv poligoni binosiDehqonobod tumani “Duob” MFY30 275,09.Oʻquv-amaliyot poligoni binosi Kasbi tumani “Mesit” MFY20 189,610.Oʻquv-amaliyot poligoni binosiKasbi tumani “M.Ulugʻbek” MFY38 947,511.Oʻquv-amaliyot poligoni binosi Mirishkor tumani Vori qishlogʻi32 947,512.Oʻquv binosiQarshi shahri Xonobod shohkoʻchasi 19-uy55 608,8“Toshkent irrigatsiyava qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiQarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti13.Oʻquv-amaliyot poligoni binosi Kasbi tumani “Nazartepa” MFY Nazartepa qishlogʻi 21-uy17 000,014.Oʻquv-amaliyot poligoni binosi Qarshi tumani “Dasht” MFY 17 650,015.1-sonli oʻquv binosiShahrisabz shahriShahrisabz koʻchasi 20-uy37 900,0Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali16.2-sonli oʻquv binosiShahrisabz tumaniAvazmalik qishlogʻi 2-uy40 000,017.“A” oʻquv binosiQarshi tumani “Yertepa” QFY Mirmiron qishlogʻi48 193,8Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali18.“B” oʻquv binosiQarshi tumani “Mirmiron” MFY Mirmiron qishlogʻi 18-uy39 744,3

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-son qaroriga3-ILOVA

Qarshi davlat texnika universitetiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari

T/rTaʼlim tashkiloti nomiQuvvatiI. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari1.Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi 6002.Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi 4703.Qarshi davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi 450II. Kasbiy taʼlim tashkilotlari4.Gʻuzor tuman 2-son politexnikumi9005.Gʻuzor sanoat va texnologiyalar texnikumi5406.Dehqonobod tuman 2-son politexnikumi5407.Kasbi tuman 1-son politexnikumi9008.Kasbi tuman 2-son politexnikumi7409.Kasbi agrotexnologiyalar texnikumi75010.Kitob tuman 2-son politexnikumi60011.Kitob tuman 3-son politexnikumi60012.Koson agrotexnologiyalar texnikumi90013.Koson tuman 2-son politexnikumi60014.Koson tuman 3-son politexnikumi67515.Qamashi tuman 1-son politexnikumi54016.Qamashi tuman 2-son politexnikumi61517.Qamashi tuman 3-son politexnikumi75018.Qamashi agrotexnologiyalar texnikumi75019.Qarshi tuman 2-son politexnikumi61520.Qarshi dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi64521.Qarshi tuman agrosanoat texnikumi75022.Qarshi shahar 2-son politexnikumi54023.Qarshi shahar 3-son politexnikumi75024.Mirishkor tuman 2-son politexnikumi90025.Muborak tuman politexnikumi60026.Nishon tuman politexnikumi90027.Chiroqchi tuman 1-son politexnikumi90028.Chiroqchi tuman 2-son politexnikumi72029.Chiroqchi tuman 3-son politexnikumi90030.Yakkabogʻ tuman 1-son politexnikumi75031.Yakkabogʻ tuman 2-son politexnikumi60032.Yakkabogʻ tuman 3-son politexnikumi900

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.