PQ-455-son Qaror · 25.12.2024

Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-455
  • Qabul qilingan sana:25.12.2024
  • Kuchga kirgan sana:01.01.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/455/1092

[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

2025-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;

2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;

2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi 3-ilovaga muvofiq;

2025-yilda foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagi soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldirilsin:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻliq hajmda;

foyda soligʻi toʻliq hajmda (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻi bundan mustasno);

qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno).

Bunda soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq toʻlovchilardan tushumlar (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan foyda va qoʻshilgan qiymat soliqlari bundan mustasno) hududlar kesimida inobatga olinadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari oʻzgarishidan kelib chiqib, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozini tasdiqlangan koʻrsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.

Belgilansinki, 2024-yil IV chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini oʻtkazish 2025-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2024-yilgi hisobotlarda aks ettiriladi.

3. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yilda ijtimoiy soliq tushumlari boʻyicha 2024-yilda amal qilgan taqsimlash meʼyorlari saqlab qolinadi.

4. 2025-yil uchun quyidagi soliq stavkalari:

a) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda foyda soligʻi boʻyicha 5-ilovaga muvofiq;

b) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha quyidagi miqdorlarda:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun oltin boʻyicha — 10 foiz va palladiy, kumush, mis boʻyicha — 15 foiz;

“Navoiyuran” AJ uchun uran boʻyicha — 16 foiz;

“Oʻzbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati boʻyicha — 15 foiz;

v) oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim 1 grammiga 2 000 soʻm miqdorida tasdiqlansin.

Bunda mazkur bandning “b” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan soliq stavkalari ushbu korxonalarning barcha litsenziyalangan yer qaʼri uchastkalariga nisbatan qoʻllanadi.

5. Belgilansinki:

a) 2025-yilda uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan:

2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2024-yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi summasi 2024-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

Belgilab qoʻyilsinki, mustaqil baholash oʻtkazilgan va soliq organlariga taqdim etilgan, shu jumladan, oʻtgan ikki yilda oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalari jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari 2025-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.

Bunda soliq toʻlovchilar 2025-yil aprel oyiga qadar mustaqil baholashni oʻtkazish boʻyicha soliq organlarini xabardor qilishi lozim;

b) Soliq qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga noruda qurilish materiallaridan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq tushumining 3 foizi yoʻnaltiriladi.

Bunda yoʻnaltiriladigan mablagʻlar noruda foydali qazilma hajmini haqiqatda aniqlash boʻyicha oʻlchov ishlarini amalga oshirish uchun qoʻshimcha marksheyderlik xizmatini jalb qilish, zamonaviy videokuzatuv asboblari va qazib olingan foydali qazilmalarni oʻlchash uskunalarini xarid qilish uchun sarflanadi. Yer osti boyliklari va texnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning oldini olish maqsadida, soliq organlariga marksheyderlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan holda mutaxassislarni jalb qilish huquqi beriladi.

(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2025-y., 07/25/78/0191-son)

Soliq qoʻmitasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin.

6. Soliq qoʻmitasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan ichimliklar roʻyxatini shakllantirish, ular tarkibidagi shakar va boshqa moddalar miqdori hisobini yuritish va uni yangilab borish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.

7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:

2025-yil 1-aprelga qadar “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Soliq qoʻmitasi va Statistika agentligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻini hisoblash uchun ushbu yerlarning normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar qishloq xoʻjaligi yerlarining toifasi va bonitet balidan kelib chiqqan holda yerning normativ qiymatini aniqlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. 2025-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga hamda tumanlar va shaharlar budjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar ularning qoʻshimcha manbalari hisoblanishi va 2025-yilda maqsadli ravishda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish uchun yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.

9. Birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2025-yilda “tejamkorlik va barqarorlikni taʼminlash” tamoyili asosida budjet mablagʻlarini tejash va samaradorligini oshirish boʻyicha barcha zaruriy choralarni koʻrsin.

Bunda:

a) Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligi cheklangan miqdorining oshib ketishiga olib kelishi mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan qoʻshimcha xarajatlar faqat qoʻshimcha daromad manbai mavjud boʻlganda yoki boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi;

b) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqaruv xodimlari ish haqi miqdorlarini oshirish (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini oshirish bundan mustasno) boʻyicha takliflar kiritish taqiqlansin;

(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)

(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)

g) budjet tashkilotlarining 2025-yil uchun xarajatlar smetasini tuzish jarayonida mebel va ofis jihozlari hamda tovar-moddiy zaxiralarini xarid qilish xarajatlari miqdorini 2024-yilga nisbatan 10 foizga kamaytirgan holda (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari va sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari) rejalashtirilsin.

10. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga:

budjet xarajatlari parametrlarini shakllantirishda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek, kommunal xizmatlar xarajatlaridan mablagʻlar yetishmovchiligiga yoʻl qoʻyish;

mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan normativ-huquqiy asosi boʻlmagan qoʻshimcha shtat birliklarini saqlash;

moliyalashtirish manbai aniq boʻlmagan tadbirlarni amalga oshirish qatʼiyan taqiqlansin.

Belgilansinki:

2025-yil 1-yanvardan tuman (shahar) budjetlaridan mablagʻ bilan taʼminlanadigan sogʻliqni saqlash muassasalarini saqlash xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirishga oʻtkaziladi;

tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlar qismi 6-ilovaga muvofiq xarajat yoʻnalishlari boʻyicha shakllantiriladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga tegishincha tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalarini 2024-yildagi hajmdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirish, bunda tuman va shaharlar budjetlari uchun zarur boʻladigan qoʻshimcha mablagʻlarni tegishli yuqori turuvchi budjetlarning zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarini kamaytirish hisobiga rejalashtirish tavsiya etilsin.

11. Belgilansinki, 2025-yildan boshlab:

budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tasdiqlash joriy moliya yilining 20-yanvaridan kechiktirmay hamda belgilangan tartibda iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazish joriy yil 25-yanvargacha amalga oshiriladi;

budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari yanvar oyi uchun amal qiladi;

davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarining daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallari joriy moliya yilining 20-yanvaridan kechiktirmay tasdiqlanadi hamda joriy yil 25-yanvargacha belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 1-sentabrga qadar 2026-yildan boshlab vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish tartibini bekor qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

12. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2025 — 2027-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki:

vazirlik va idoralar rahbarlari budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;

vazirlik va idoralar maqsadli indikatorlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning yigirmanchi sanasiga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi hamda yigirma beshinchi sanasiga qadar oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boradi;

har chorak yakuni boʻyicha har bir vazirlik va idoraning maqsadli indikator koʻrsatkichlari bajarilishi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida tizimli va tanqidiy tahlil qilinadi. Bunda vazirlik va idoralarning maqsadli indikator koʻrsatkichlari bajarilishida sustkashlik va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan tegishli rahbarlariga taʼsirchan choralar koʻriladi;

tasdiqlangan budjet parametrlariga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, vazirlik va idoralar maqsadli indikator koʻrsatkichlarini mablagʻlarning aniqlashtirilgan miqdoriga mutanosib ravishda oʻzgartiradi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari hamda budjet dasturlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning oʻninchi sanasiga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot berish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.

14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025 — 2027-yillar uchun budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari sinov tariqasida budjet dasturlari kesimida ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2025-yil 10-yanvarga qadar 2025 — 2027-yillar uchun budjet dasturlari tasdiqlanadi va ushbu budjet dasturlari Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi budjet dasturlarining ijrosini oʻz vaqtida taʼminlasin.

15. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2025-yil 1-avgustga qadar 2026 — 2028-yillar uchun budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni taqsimlashni nazarda tutuvchi budjet dasturlarini ishlab chiqsin va 2026-yil Davlat budjeti loyihasida koʻzda tutish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritsin.

Belgilansinki, bir oy muddatda dasturiy budjetlashtirish tizimi joriy etilayotgan vazirlik va idoralar tuzilmasida belgilangan shtat birliklari doirasida 3 ta shtat birligidan iborat budjet dasturlarini shakllantirish, monitoring qilish va ularning ijrosini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etiladi.

16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda tashabbusli budjet uchun har yili tuman (shahar) budjetida mablagʻlarni rejalashtirishda hududdagi aholi sonidan kelib chiqib, lekin har bir tuman yoki shaharda 10 tadan kam boʻlmagan loyiha uchun yetarli mablagʻ rejalashtirish amaliyotini joriy etish yuzasidan Oliy Majlis Senati Kengashiga taklif kiritsin.

17. Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 40 foizini Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazsin, bundan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar mustasno.

(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)

18. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab gʻaznachilik xizmati bilan qamrab olingan davlat ishtirokidagi korxonalarning vaqtincha boʻsh turgan milliy va xorijiy valyutadagi mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish ularning soʻrovlari asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan elektron auksion orqali amalga oshiriladi.

19. Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat boʻlgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil etadigan hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qoʻllash;

b) Davlat ishtirokidagi korxonalarga yetkazilgan zararni Davlat budjetiga undirishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari sud va tergov jarayonida fuqaroviy daʼvogar sifatida ishtirok etishi.

20. Belgilansinki, ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, yosh olimlar (40 yoshgacha) ilmiy faoliyati uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalarni (keyingi oʻrinlarda — tovarlar) olib kirish 2027-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etiladi va roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda ikki oy muddatda ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, yosh olimlar (40 yoshgacha) ilmiy faoliyati uchun zarur boʻlgan tovarlar roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va zaruratga koʻra qoʻshimcha takliflar kiritib borsin.

21. Milliy statistika qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning asosiy vositalarini qayta baholashda indeks usulini qoʻllash uchun har yili 31-dekabrga qadar tegishli qayta baholash indekslarini ishlab chiqsin va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilsin.

(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

22. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 2025-yil uchun budjet siyosati konsepsiyasida belgilangan yoʻnalishlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, qoʻshimcha daromad manbalarini aniqlash, xarajatlar samaradorligini oshirish hamda budjet intizomiga rioya qilish yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.

23. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

27. Belgilansinki, ushbu qaror 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 25-dekabr,

PQ-455-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga1-ILOVA

2025-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga2-ILOVA

2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga3-ILOVA

2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga4-ILOVA

2025-yilda foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar

Izoh: roʻyxatda qayd etilgan korxonalar boshqa korxonalar tarkibiga kirganda va boshqa korxona bilan birlashganda yoki qayta tashkil etilgan holatlarda ushbu roʻyxatga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga5-ILOVA

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda soligʻi stavkalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga6-ILOVA

Mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarga muvofiqlashtirilgan holda tuman (shahar) budjetidan ustuvor ravishda amalga oshiriladigan xarajatlar

1. Aholi punktlarini obodonlashtirish, xususan, ichki yoʻllarni saqlash.

2. Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlar.

3. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish hamda qishloq xoʻjaligiga suv yetkazib berish tadbirlari.

4. Maktabdan tashqari taʼlim, madaniyat, bolalar musiqa va sanʼat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlash xarajatlari (maktabgacha va umumtaʼlim muassasalarining boshqa xarajatlari).

5. Hokimliklar va davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalarini saqlash xarajatlari.

6. Mahalliy budjet zaxira jamgʻarmasi.

7. Boshqa xarajatlar, shu jumladan, qonunchilikda tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga7-ILOVA

Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2025 — 2027-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari

* 2026-2027-yillar uchun budjet xarajatlari va maqsadli indikatorlarning reja koʻrsatkichlari kelgusi yillar uchun Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida qayta tasdiqlanishi mumkin.

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-son qaroriga 1-ilovada:

a) 20-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) 23-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2857-son qarorida:

a) 3-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2025-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tizimida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar va oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlarining faoliyatini amaldagi shtat birliklari doirasida yuridik shaxs maqomida qayta tashkil etish va ularga moliyaviy-buxgalterlik xizmati koʻrsatishni tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari zimmasiga yuklash”;

b) 1-ilovaning izoh qismi chiqarib tashlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3301-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanidagi Dehibaland, Sentob, Temirkovuk, Qizilcha, Gum va Choʻya aholi punktlari hamda Zarafshon shahri hududida 2017-yilning 1-oktabridan 2028-yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan davrda:

sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida (savdo va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilinadi va yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻlaydi;

chorvachilik va tuyachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

ushbu hududlarda roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻlaydi;

ushbu hududlarda roʻyxatga olingan va faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar muassislari tomonidan olingan dividendlar daromad (foyda) soligʻidan ozod qilinadi”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qarori 28-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4486-son qarori 3-bandining sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qaroriga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4940-son qarorining 1-bandida:

ikkinchi xatboshi “berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son qarori 7-bandida:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5250-son qarori quyidagi mazmundagi 6-2-band bilan toʻldirilsin:

“6-2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining ijtimoiy loyihalarni samarali amalga oshirish va aholining murojaatlariga tezkor javob berish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida “Axborot texnologiyalari markazi” DUK huzurida “SMS-xabar xizmati markazi” davlat muassasasini tashkil etish yuzasidan taklifiga rozilik berilsin”.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarorida 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “50” raqami “17,2” raqami bilan almashtirilsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qarori 3-bandining “a” va “b” kichik bandlari uchinchi xatboshisidagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasiga” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-76-son qarori 4-bandida:

a) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilmiy va taʼlim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlarini maslahatchi sifatida jalb qilish huquqi berilsin”;

b) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-167-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-366-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytiriladi”.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-405-son qarorida:

a) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf-xarajatlar uchun Davlat budjetidan Kadastr agentligiga zarur mablagʻlarni ajratsin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili Kadastr agentligining hududiy boʻlimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin”;

b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning

* Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

** Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va tizim tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

*** Yakuniy narx koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender (tanlov) natijalari asosida batafsil belgilanadi.

Izoh:

Kadastr agentligi tomonidan 2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarni oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning asosiy koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Kadastr agentligining tizimidagi tashkilotlarga ularning mablagʻlari hisobidan belgilangan oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebellar xarid qilish ushbu tashkilotlarning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi”.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-419-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2023-yildan 2026-yil 1-yanvarga qadar aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi”.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Sirdaryo viloyatida aholi bandligini taʼminlash va daromadini koʻpaytirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-431-son qarori 6-bandi “e” kichik bandining birinchi xatboshisidan “va 2023-yilda 50 milliard soʻm” soʻzlari chiqarib tashlansin.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qaroriga 3-ilovaning 61-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-447-son qarorining 7-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-177-son qarori 6-bandidagi “217” raqami “216” raqami bilan almashtirilsin.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-son qaroriga 6-ilova 36-pozitsiyasining “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Professional taʼlim muassasalarining” soʻzlari “Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorida:

a) 1-bandda:

“a” va “b” kichik bandlarda:

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda” soʻzlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Bunda mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;

b) 2-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisidagi “150” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;

v) 1-ilovaning 7-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-iyuldagi “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-253-son qarori 2-bandining “g” kichik bandidagi “2024” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin.

26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-260-son qaroriga 3-ilovaning 6-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-285-son qaroriga 3-ilovaning 17-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-292-son qaroriga 1-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-306-son qarori 8-bandining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yoʻl xoʻjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qaroriga 2-ilovada:

5-pozitsiyaning “Bajarish muddati” ustunidagi “2024-yil dekabr” va “2025-yil yanvar” soʻzlari tegishincha “2026-yil dekabr” va “2027-yil yanvar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

6-pozitsiyaning “Bajarish muddati” ustunidagi “2025-yil noyabr” va “2025-yil dekabr” soʻzlari tegishincha “2027-yil noyabr” va “2027-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;

7-pozitsiyaning “Bajarish muddati” ustunidagi “2025-yil fevral”, “2025-yil avgust” va “2025-yil oktabr” soʻzlari tegishincha “2027-yil fevral”, “2027-yil avgust” va “2027-yil oktabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;

8-pozitsiyaning “Bajarish muddati” ustunidagi “2025-yil yanvar” va “2025-yil fevral” soʻzlari tegishincha “2027-yil yanvar” va “2027-yil fevral” soʻzlari bilan almashtirilsin.

31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarorining 12-bandidagi “2024” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin.

32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-422-son qaroriga 6-ilovaning 35-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorida:

a) 7-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisidagi “1,5” raqami “1,1” raqami bilan almashtirilsin;

b) 10-bandning beshinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 1-ilovaning 2-pozitsiyasida:

“Chora-tadbirlar” ustunidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov)” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Qosimov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.

34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-8-son qaroriga 2-ilovada:

a) 71-pozitsiyada:

“Hisobotni qabul qiluvchi organ” ustunidagi “Gʻaznachilik xizmati organlari” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Hisobotni taqdim etish davriyligi” ustunidagi “Oylik” soʻzi “Choraklik” soʻzi bilan almashtirilsin;

b) 72-pozitsiyada:

“Hisobotni qabul qiluvchi organ” ustunidagi “Gʻaznachilik xizmati organlari” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Hisobotni taqdim etish davriyligi” ustunidagi “Oylik” soʻzi “Choraklik” soʻzi bilan almashtirilsin.

35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-91-son qaroriga 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“I. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash

II. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash

Izoh: Agentlik va Inspeksiya xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllanadi hamda amaldagi uzoq yillik xizmati uchun ustama miqdorlari saqlanib qoladi”.

36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi “Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-138-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Yangi avlod” MSZ hududidan oʻtgan gaz quvurlarini koʻchirish uchun 200 milliard soʻmgacha hamda ichki kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish uchun 150 milliard soʻmgacha miqdordagi budjet ssudasini haqiqatda bajarilgan ish hajmidan kelib chiqqan holda 2024-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga bosqichma-bosqich ajratilishini taʼminlasin”.

37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi “Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-179-son qaroriga 3-ilovaning 12-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

38. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qarori 11-bandi “v” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “2025” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin.

39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-234-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mahallani obodonlashtirish ishlari uchun mahalla fuqarolar yigʻinlariga Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2025-yil 1-yanvarga qadar har oyda 20 mln soʻmdan mablagʻ ajratiladi”.

40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-252-son qarorida:

a) 7-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) 8-banddagi “2024” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin;

v) 1a-ilovada:

1 va 2-pozitsiyalarda:

“Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil avgust”, “2024-yil sentabr” va “2024-yil dekabr” soʻzlari tegishincha “2025-yil avgust”, “2025-yil sentabr” va “2025-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Turonbank (Mirzayev)”;

3 va 4-pozitsiyalarda:

“Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil oktabr”, “2024-yil noyabr” va “2024-yil dekabr” soʻzlari tegishincha “2025-yil oktabr”, “2025-yil noyabr” va “2025-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Masʼul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Turonbank (Mirzayev)”.

41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2024 — 2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-308-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Energetika vazirligi bilan birgalikda xalqaro ekspertlar va xorijiy maslahatchilarni keng jalb etgan holda DXSH tamoyillari asosidagi loyihalar boʻyicha davlat tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar (sotib olish yoki toʻlab berish) va beriladigan tasdiq xatlarining (Comfort letter) yuqori chegarasini oʻrnatishning xalqaro andozalarga mosligi va bu boradagi xorijiy tajriba yuzasidan oʻrganishlarni tashkil etsin hamda 2026-yil oxirigacha oʻrganish yakuni boʻyicha berilgan tavsiyalar asosida amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin”.

42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarori 8-bandi “b” kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) 2025-yil 1-aprelga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Jamgʻarma bilan kelishilgan holda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxati hamda bazaviy narxlarini kasalliklarni davolash yoʻnalishlari asosida barcha tibbiyot tashkilotlari uchun qayta tasdiqlasin”.

43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-347-son qarorida:

20-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2026-yil 1-yanvarga qadar Vazirlikka tegishli jamgʻarmalar hisobidan va oʻz hisobidan moliyalashtiriladigan Vazirlik tizimidagi tashkilotlar shtat birliklarini, rahbar va xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish shartlarini va miqdorlarini mustaqil belgilash”;

7-ilovaning 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2722-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan har oylik ustamalar tatbiq etiladi”.

44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-431-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisidagi “bogʻdorchilik” soʻzi “gʻalla oʻrish” soʻzlari bilan almashtirilsin.

45. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 390-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandida:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.

46. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablagʻlarini samarali boshqarish toʻgʻrisida”gi 329-son qaroriga ilovada:

a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“buyurtmachi — budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjet mablagʻlari oluvchilar;

axborot tizimi — budjet tizimi budjetlarining budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan, budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot tizimi”;

b) quyidagi mazmundagi 28-1 va 28-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

“28-1. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarda koʻrsatilgan chet el valyutasini xarid qilishda chet el banklarining vositachilik haqlari hisobga olingan boʻlishi lozim.

28-2. Buyurtmachining chet el valyutasidagi xarajatlarining toʻlovlari boshqa birlikdagi chet el valyutasida amalga oshirilishi natijasida “kross kurs” hisobiga hosil boʻlgan kurs tafovuti miqdoridagi mablagʻ uch ish kunida buyurtmachi tomonidan oʻzining tegishli SHGʻHga oʻtkazilishi shart”;

v) quyidagi mazmundagi 33-1-band bilan toʻldirilsin:

“33-1. Joriy moliya yilida budjet mablagʻlari hisobidan konvertatsiya qilingan, lekin foydalanilmagan chet el valyutasidagi mablagʻlar moliya yili yakuniga qadar milliy valyutaga konvertatsiya qilingan holda tegishli buyurtmachining SHGʻHdagi kassa xarajatini kamaytirish yoʻli bilan budjetga tiklanadi (akkreditiv hisob-kitoblar va chet el banklari tomonidan undirilgan vositachilik haqlari bundan mustasno)”;

g) 51-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Bunda buyurtmachilarning SHGʻHda tegishli mablagʻ mavjud boʻlmagan hollarda ushbu xarajatlar axborot tizimining aniqlanmagan xarajatlari sifatida aks ettiriladi va tegishliligi boʻyicha buyurtmachi tomonidan qoplab beriladi”.

47. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23-3 va 23-4 va 23-6 bandlaridagi tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

48. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 400-son qaroriga ilovaning 6-bandi yigirmanchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Agentlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilish”.

49. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 527-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Taʼlim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning toʻlov-kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.

50. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi “Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-son qarorida:

a) 5-bandda:

birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi “mablagʻlari boʻyicha” soʻzlaridan keyin “daromadlar va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) ilovaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Daromadlar va xarajatlar smetasining va ularga ilovalarning shakllari, shuningdek, ularni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.

51. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 422-son qaroriga ilovaning 6-bandi oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilishga”.

52. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-avgustdagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishi uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 457-son qaroriga ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ushbu Nizom qoidalari tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning toʻlov-kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.

53. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 475-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandi “2” va “13” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

54. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 731-son qaroriga 6-ilovaning 19-pozitsiyasi “Shtat birligi soni” ustunidagi “1,5” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin.

55. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-apreldagi 167-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandida:

a) birinchi xatboshi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organlariga ijro agentligining loyiha qatnashchilari tomonidan import qilingan tovarlar HMI/HXMT mablagʻlariga xarid qilinganligi (yoki xarid qilinishi) hamda tovarlarning loyihada foydalanish uchun olib kirilganligi toʻgʻrisida tasdiqnomasi taqdim etiladi”;

b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Bunda import qilingan tovarlardan loyiha doirasida foydalanilmagan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻi belgilangan tartibda undirib olinadi”;

v) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

56. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 79-son qaroriga 1-ilovada:

a) 14-bandda:

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalanilgan suv hajmi, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan (keyingi oʻrinlarda — suv soligʻi) tegishli tuman yoki shahar budjetiga tushgan tushumning 40 foizi”;

uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“15. Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdori tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlarini saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori saqlab qolingan holda har yili mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda indeksatsiya qilib borish orqali aniqlanadi.

Ushbu mablagʻlar alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifining bir satrida ajratiladi va suv yetkazib berish xizmatlarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.

Suv soligʻi boʻyicha tuman yoki shahar budjetiga tushgan tushumning 40 foizi avtomatik taqsimlanadi va tegishli tuman yoki shaharlardagi Suv yetkazib berish xizmatlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.

Suv yetkazib berish xizmatlari tashkil etilmagan tuman (shahar)larda suv soligʻi tushumining 40 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan toʻliq oʻtkazib beriladi va ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, uni saqlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar xarajatlari suv yetkazib berish xizmatlarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”;

v) 18-band va ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

57. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 214-son qarorida:

a) 1-ilova 58-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“bayram sanalarida Vazirlikning jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan shtat jadvaliga binoan lavozim maoshining 2 baravarigacha miqdorda mukofot toʻlanadi”;

b) 6-ilovaning 4-bandi toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan mutaxassislar, jumladan xorijiy maslahatchilarni vazirlikka yoki tizim tashkilotlariga jalb qilish”.

58. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi 370-son qaroriga 1-ilovada:

a) 15-bandda:

oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

oʻn sakkizinchi — oʻttiz toʻrtinchi xatboshilar tegishincha oʻn oltinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 34 va 35-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

59. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-son qarori bilan tasdiqlangan Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish metodikasiga 1-ilovaning izoh qismi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Mazkur roʻyxatdagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarining amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-22-son qaroriga 4-ilovaga asosan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi”.

60. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi “Nukus yoshlar texnoparki faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 522-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“texnoparklarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni texnoparklarning xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish choralarini koʻrsin”.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga9-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2973-son qarorining 7-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qarorining 9-bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qarorining 1-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-oktabrdagi “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5267-son qarorining 1-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-146-son qarorining 14-bandi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli qarorining 9-bandi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-22-son qarori 18-bandining “b” kichik bandi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyundagi “2023-2024-yillarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-182-son qarorining 2, 3 va 7-bandlari hamda qarorga 1-ilova.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Toshkent shahri Chilonzor tumanining sanoat salohiyati va investitsiya jozibadorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-201-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi, 11-bandining “a” kichik bandi va qarorga 1-ilova.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-216-son qaroriga 1-ilovaning 13-pozitsiyasi.

11. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 347-son qarori.

12. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi “Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 963-son qaroriga 2-ilovaning 15-bandi.

13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 775-son qaroriga 2-ilova 1-bandining “a” kichik bandi.

14. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 779-son qarori.

15. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 37-son qarorining 5-bandi va qarorga 1-1-ilova.

16. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 282-son qaroriga 1-ilovaning 73-bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.