PQ-465-son Qaror · 30.12.2024

Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-465
  • Qabul qilingan sana:30.12.2024
  • Kuchga kirgan sana:03.01.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/465/0007

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda, sohilboʻyi mintaqalari bundan mustasno, (keyingi oʻrinlarda — dala chetlari) hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini samarali tashkil qilish va koʻpaytirish orqali mamlakatning eksport koʻrsatkichlarini oshirish maqsadida:

1. Belgilansinki, dala chetlari hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagi yangi tartib joriy etiladi:

a) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish boʻyicha:

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida mahsulot yetishtirish, qishloq xoʻjaligi subyektlariga urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirishni tashkil qilish vazifasi yuklatiladi;

(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

Qoʻmita yil davomida daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning talablarini oʻrganadi;

(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

Suv xoʻjaligi vazirligi tegishli dala chetlarida suv taʼminoti mavjudligi va ushbu yerlarga ekin ekilishi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmasligi yuzasidan, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi esa tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, meva va uzum navlari yuzasidan xulosalarni Qoʻmitaga taqdim etadi;

(1-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

Qoʻmita har yili 1-yanvarga qadar talabni hisobga olgan holda, shuningdek, har bir tuman va mahallaning iqlim sharoitidan, bu yerdagi aholining tajribasidan kelib chiqib, ekin turlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga taklif beradi;

(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat inspektorlari har bir qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga alohida biriktiriladi;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga dala chetlarini ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish uchun dala chetlariga doir maʼlumotlar (jumladan, mulkchilik shakli, suv taʼminotiga oid) Qoʻmita tomonidan “Agrokoʻmakchi” mobil dasturida keng jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi;

(1-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har yili 1-fevralga qadar tegishli yil hosili uchun dala chetlarida ekin ekish ishlarini tashkil etish va yetishtiriladigan mahsulotning prognoz koʻrsatkichlari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinadi;

Qoʻmita har yili 15-fevralga qadar har bir konturga urugʻ, koʻchat tarqatadigan va mahsulotni sotib oladigan tadbirkorlarni aniqlab, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga bogʻlab beradi;

(1-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

b) dala chetlaridan samarali foydalangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha:

ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;

dala chetlariga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli koʻchatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli koʻchatga 25 ming soʻmdan oshmagan holda Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.

2. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan mablagʻlarni tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan Markaziy bankning asosiy stavkasida tijorat banklariga resurs sifatida yoʻnaltirsin. Bunda Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tavsiyasiga koʻra:

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari dala chetini oʻzlashtirish va mahsulot yetishtirish uchun zarur boʻlgan urugʻ, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan taʼminlanadi;

suv bilan taʼminlash uchun nasos va quvurlarni oʻrnatish xarajatlarining 50 foizdan koʻp boʻlmagan qismini qarz oluvchining bank kartalariga oʻtkazish yoʻli bilan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

Mazkur resurslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-son qaroriga asosan Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratiladigan ssuda mablagʻlari hisobidan yoʻnaltiriladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-121-son qaroriga muvofiq:

a) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 50 milliard soʻm mablagʻ ajratishi;

b) ushbu mablagʻlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan:

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratilishi, bunda kredit summasining 60 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida oʻrnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi olinishi;

tashabbuskorlarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalar oʻrnatib berilgandan soʻng mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazib berish sharti bilan ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Markaziy bank Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga kreditlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-son qarori 6-bandida belgilangan talablar asosida Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratib borish choralarini koʻrsin. Bunda mazkur kreditlar meva-sabzavot mahsulotlarini quritish va qadoqlashga moʻljallangan uskunalar, stellajlar hamda plastik yashiklar xarid qilish uchun ham ajratilishi belgilab qoʻyilsin.

4. Quyidagilar:

Qoʻmita raisi boshchiligida dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy va tumanlar ishchi guruhlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy va tuman ishchi guruhi) 2 va 3-ilovalarga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Respublika ishchi guruhiga (I. Ergashev) quyidagi vazifalar yuklatilsin:

har bir tuman boʻyicha dala chetlaridagi hamda xonadon va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalaridagi yer maydonlarini oʻrganib, aniq oʻlchamlarini tasdiqlash;

tuman (shahar) hokimlari va Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari tomonidan mulkchilik huquqi aniqlanmagan dala chetlaridan foydalanish huquqini belgilash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarini tashkil qilish;

har bir tuman kesimida dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida ekin ekiladigan maydon va mahsulot turlarini oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar bazasini tegishli yilning 15-fevraliga qadar shakllantirish;

dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida ekish uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos urugʻ va koʻchatlar tanlab olinishi boʻyicha tavsiyalar berish hamda agrotexnik tadbirlarni subyektlar kesimida tashkil qilish;

hosildor urugʻ va koʻchat navlarining, shuningdek, mineral oʻgʻit va kimyoviy preparatlarning oʻz vaqtida yetkazib berilishini tashkil etish;

yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sotuvini, shu jumladan, “Uzex Agro” elektron savdo platformasi orqali tashkil qilish.

5. Dala chetlari hamda xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalariga doir maʼlumotlarni raqamlashtirish maqsadida bir oy muddatda:

a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda — dala chetlariga doir;

Suv xoʻjaligi vazirligi — kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga doir;

Kadastr agentligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda — xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldidagi yer maydonlari, mahallaning ichki koʻchalariga doir maʼlumotlarni yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalari chegaralari kesimida xatlovdan oʻtkazib, Qishloq xoʻjaligi vazirligining Geoaxborot tizimiga kiritsin hamda Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimidagi (UZKAD) maʼlumotlarning mazkur bandda nazarda tutilayotgan davlat tashkilotlariga taqdim qilinishini taʼminlasin;

(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 07/25/136/0321-son)

b) Qoʻmita Geoaxborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilsin;

(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

v) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi dronlardan foydalangan holda xatlovdan oʻtkazish ishlariga koʻmaklashsin.

6. Shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq dala chetlariga har yili 1-mayga qadar ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik holatlari aniqlanganda (fors-major holatlari bundan mustasno):

(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga ularning dala chetlari uchun yer soligʻi stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi;

(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan belgilangan tartibda ajratiladigan kredit resurslari hisobidan moliyalashtirish toʻxtatiladi;

dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima qoʻllanadi.

(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)

7. Respublika, hududiy va tuman ishchi guruhlariga quyidagi vakolatlar berilsin:

dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olish istagini bildirgan talabgorlar roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) shakllantirish. Bunda talabgorlar roʻyxatini shakllantirishda kambagʻal oilalarning aʼzolariga ustuvorlik beriladi;

dala chetlariga har yili 1-mayga qadar ekin ekmagan va yil davomida mahsulot yetishtirmagan yerdan foydalanuvchilarga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirib, jarima qoʻllash uchun Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim qilish, shuningdek, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kredit resurslari hisobidan moliyalashtirishni toʻxtatish yuzasidan tegishli tijorat banklariga murojaat qilish;

(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)

doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yerlarda joylashgan dala chetlaridan bir yil mobaynida unumli foydalanmaganligi yuzasidan ushbu yerlar biriktirilgan davlat organlariga taqdimnomalar kiritish;

dala chetlarining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi va ijarachisi har yili 1-mayga qadar ushbu yer maydoniga ekin ekmagan yoki ikkilamchi ijaraga bermaganda, dala chetlarini talabgorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻn yilgacha muddatga ikkilamchi ijaraga berish haqida dala chetlarining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi va ijarachisiga talabnoma kiritish.

(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)

8. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:

a) Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) dala chetlarida ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻz vaqtida suv bilan taʼminlash uchun masʼul ekanligi koʻrsatib oʻtilsin;

b) Statistika agentligi (B. Begalov) Agentlik (I. Ergashev) bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar Statistika agentligining integratsiyalashgan axborot tizimini Agentlikning “Agrokoʻmakchi” mobil dasturiga integratsiya qilish orqali respublika bozorlaridagi kuzatiladigan mahsulotlar narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin;

v) Qoʻmita dala chetlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, ularni zararli organizmlardan himoya qilishning uygʻunlashgan, samarali va innovatsion uslublarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi hamda har bir hududda seminar va treninglar oʻtkazilishini tashkil qilsin;

(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri va hokimlari:

ishchi guruhlarning tavsiyasiga asosan, dala chetida yetishtirilgan mahsulotlarni aholiga yetkazib beruvchi tadbirkorlarga har bir tuman (shahar)da dehqon bozorlari, savdo markazlari va transport qatnovi gavjum avtomobil yoʻllari chetlaridan joy ajratib berishni, harakatlanuvchi koʻchma doʻkonlar faoliyatini yoʻlga qoʻysin;

dala chetlaridan samarali foydalanish va qoʻshimcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi ilgʻor tajribaga ega usta dehqonlar tomonidan 4-ilovaga muvofiq respublikaning boshqa hududlarida har yili mart — aprel oylarida hamda takroriy ekin ekiladigan iyun — iyul oylarida har haftaning ikki kuni mobaynida koʻrgazmali seminarlar tashkil qilsin.

Andijon (Sh. Abduraxmonov), Namangan (Sh. Abdurazakov) va Fargʻona (X. Bozarov) viloyatlari hokimliklari mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq koʻrgazmali seminarlar tashkil qilish uchun ilgʻor tajribaga ega usta dehqonlarning respublikaning boshqa hududlariga yuborilishini tashkil qilsin.

9. Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar faoliyati yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, chora-tadbirlar va tegishli takliflar ishlab chiqish uchun masʼul boʻlgan Qoʻmita markaziy apparatida 8 ta shtat birligidan iborat boshqarma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalarida 2 ta shtatdan iborat boʻlimlar tashkil qilinsin.

Belgilansinki, mazkur shtat birliklari, istisno tariqasida, 2025 — 2027-yillar uchun joriy etiladi hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan saqlanadi.

(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-maydagi PQ-193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/193/0519-son)

10. Quyidagilar:

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda eksportbop mevali daraxtlar ekish prognoz koʻrsatkichlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq;

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarni aniqlash mezonlari 7-ilovaga muvofiq;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari tomonidan dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari samarali yetishtirilishini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoʻmita va tijorat banklarining qarzdorlik sababli banklar balansiga olingan issiqxona komplekslari, qayta ishlash sexlari va muzlatkichli omborlardan (keyingi oʻrinlarda — obyektlar) samarali foydalanish boʻyicha yangi tartibni joriy qilish toʻgʻrisidagi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev va Agentlik direktori I. Ergashev ikki hafta muddatda har bir obyektni ishonchli boshqaruvga olishga talabgor boʻlgan kamida uch nafar tajribali tadbirkorlar roʻyxatini shakllantiradi hamda ularni tijorat banklariga doimiy ravishda taqdim qilib boradi;

tijorat banklari tomonidan tajribali (ijobiy kredit tarixi va doimiy pul aylanmasiga ega boʻlgan) tadbirkorlarga obyektlar uch yil muddatga ishonchli boshqaruvga beriladi, bunda loyiha doirasida pul tushumlari boʻyicha operatsiyalar toʻliq bank orqali amalga oshirilishi belgilanadi;

obyektlardan kelib tushadigan daromadning 50 foizi tijorat banklariga oʻtkaziladi, bunda obyektlar qiymati boʻyicha qarzdorlik mos ravishda kamaytiriladi;

bir yil ichida ijobiy faoliyat yuritgan taqdirda, obyektlar tajribali tadbirkorlarga 10 yil muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi.

Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, Markaziy bank raisi T. Ishmetov, qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonov hamda Qoʻmita raisi ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi uchun masʼul va javobgar etib belgilansin.

(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish tavsiya etilsin.

13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Agentlik bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.

14. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlari izoh qismining toʻqqizinchi xatboshisi “Kadastr” soʻzlaridan keyin “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoʻmita raisi, Bosh prokuror oʻrinbosari J.J. Xatamov, ichki ishlar vaziri oʻrinbosari S.A. Nishanbayev, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbari A.J. Vaxabov, qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov, suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Kadastr agentligi direktori F.J. Pulatov, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi K.K. Kuranbayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari belgilansin.

(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 30-dekabr,

PQ-465-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga1-ILOVA

Dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha

Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga2-ILOVA

Dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha

Lavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Toshkent shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, hududiy ishchi guruh rahbariLavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, hududiy ishchi guruh rahbarining oʻrinbosariLavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining oʻrinbosari, hududiy ishchi guruh rahbarining oʻrinbosariLavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlariLavozimiga koʻra—Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlariLavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari boshliqlariLavozimiga koʻra—Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlariLavozimiga koʻra—Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi viloyat filiali rahbariLavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrosanoatni rivojlantirish boshqarmalari boshliqlariLavozimiga koʻra—Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlariLavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlarining yer masalalari boʻyicha oʻrinbosari, shuningdek, Toshkent shahri qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻiLavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari ichki fitosanitar nazorati boʻlimlari boshliqlari, viloyat ishchi guruhi kotibi

Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga3-ILOVA

Dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha

Lavozimiga koʻra—Tuman (shahar) hokimi, tuman ishchi guruhi rahbariLavozimiga koʻra—Tuman (shahar) prokurori, tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari Lavozimiga koʻra—Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosariLavozimiga koʻra—Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi, tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosariLavozimiga koʻra—Tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻiLavozimiga koʻra—Tuman (shahar) “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktoriLavozimiga koʻra—Tuman (shahar) agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻiLavozimiga koʻra—Tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi boshligʻiLavozimiga koʻra—Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻiLavozimiga koʻra—Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman (shahar) kengashi rahbariLavozimiga koʻra—Tuman (shahar) kadastr boʻlimi boshligʻiLavozimiga koʻra—Tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi prognozlashtirish va monitoring qilish boʻyicha bosh mutaxassisi, tuman ishchi guruhi kotibi

Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga4-ILOVA

Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatidagi usta dehqonlarning respublika hududlarida dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlardan samarali foydalanish boʻyicha koʻrgazmali seminarlar tashkil qilish uchun

T/rSeminar oʻtkaziladigan hududlar nomiSeminar oʻtkazishga masʼul viloyatlar 1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatiFargʻona viloyati2.Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlariAndijon viloyati3.Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariNamangan viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga5-ILOVA

Respublikada 2025-yilda dala chetlardagi maydonlarga mevali daraxtlar ekish

T/rHududlar nomiFermerlar soniJami dala chetiga mevali daraxt ekiladigan maydon,(ga)2025-yilda koʻchatlar ekishshundanolchaolxoʻribehiuzumbodomchilon jiydatut daraxtimaydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi2 65690590589045338591772730181911543082.Andijon4 1672 1592 1591 68421618343228121618343247564832413065861733.Buxoro1883 0573 0572 9506115206113973062601531687643826111 2234.Jizzax4 2734 0234 0233 5818056848055234023428058858454223627245.Qashqadaryo5 3194 1544 1543 2302081778315404153538319141 2466234152082084156.Navoiy28125525526251435133262213145427611237.Namangan2 066555555441564711172564711112216783281428568.Samarqand7 5593 6233 6233 3337256161 0877063623087257973621813627259.Surxondaryo3 8442 2182 2181 7084443774442882221891111226653331778915531110.Sirdaryo4 8333 6383 6383 2741 4551 23772847336430918220050925540080011.Toshkent viloyati6 6751 6901 6901 65633828733822016914433837225312725350712.Fargʻona2 6692 4832 4832 0051241064973232482114975467453721999917434813.Xorazm3 0721 1011 1011 13049642111094333623111623146314.Toshkent shahri163303025119853333213212Jami:47 76529 89129 89126 1675 9905 0925 9413 8612 9892 5414 2594 6853 4721 7364 1522 0763 0886 176

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga6-ILOVA

Respublikada 2025-yilda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga mevali daraxtlar ekish

T/rHududlar nomiJami dala chetiga mevali daraxt ekiladigan maydon,(ga)2025-yilda koʻchatlar ekishshundanolchaolxoʻribehiuzumbodomchilon jiydatut daraxtimaydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)maydon,(ga)koʻchat soni,(ming dona)1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi999997494210833201017342.Andijon4242334485448913631233.Buxoro1 2921 2921 24725822025816812911065713231622585174.Jizzax2662662375345533527235359562824485.Qashqadaryo93993973047401881229480188207282141944747946.Navoiy14514514929252919151278311535707.Namangan272721325432568411138.Samarqand35835833072611077036307279361836729.Surxondaryo546546420109931097155462730164824422387610.Sirdaryo3053052751221046140312615174321346711.Toshkent61616012101286512139591812.Fargʻona5 9055 9055 3111 4761 2551 0636917096027688446503255902956501 29913.Xorazm3333341513331174714Jami:10 01910 0198 9442 2501 9131 8951 2321 1209521 2251 3471 1165581 2566281 1572 315

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga7-ILOVA

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarni aniqlash

1. Ekin dalalarining kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari bilan tutashgan joyi yoki mazkur tarmoqlar bilan ekin yeri oʻrtasidagi chegara chizigʻi, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va suv fondi yerlari toifasidagi yoʻllar, ariqlar, lotoklar, kanallar, kollektorlar va drenajlarning qirgʻoqlari boʻylab ekin yerigacha boʻlgan foydalanilmaydigan sugʻorish imkoniyati mavjud va shoʻrlanmagan yerlar.

2. Ekin dalalarining atroflarida foydalanilmasdan qolib ketgan dala yoʻllari.

3. Kanallar, sugʻorish tarmoqlari va kollektor-drenaj tarmoqlarining sohilboʻyi mintaqa maydonlaridan tashqari foydalanilmayotgan yerlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qaroriga8-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari tomonidan dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari samarali yetishtirilishini tashkil qilish boʻyicha

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.