Mamlakatda tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning salohiyatidan toʻlaqonli foydalanish, strategik yoʻnalishlarda tizimli tadqiqotlarni oʻtkazish ishlarini yoʻlga qoʻyish, amalga oshirilayotgan islohotlarni ilmiy va axborot-tahliliy taʼminlash hamda ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishda ilmiy asoslangan tashabbuslarni ishlab chiqish amaliyotini joriy qilish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
2. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish boʻyicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritib borish;
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, texnologik, insonparvarlik, ekologik va boshqa sohalardagi dolzarb muammolar hamda chaqiriqlarni tahlil qilish, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatni strategik rivojlantirish boʻyicha gʻoya va tashabbuslar yaratish;
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar (“yoʻl xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) bilan muvofiqligini taʼminlash nuqtai nazaridan strategik tashabbuslarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishni muvofiqlashtirish;
konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarning (“yoʻl xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlari bilan toʻliq bogʻliqligi va uygʻunligini taʼminlash, shuningdek, ularning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish va baholash;
jamiyat va davlat hayotining turli sohalari kesimida mamlakat rivojlanishini uzoq muddatli rejalashtirish boʻyicha faoliyatni tashkil etish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish boʻyicha buyurtma berish tizimini joriy qilish;
yillik strategik yoʻnalishdagi tadqiqotlarni ishlab chiqish va belgilash, ularning natijalaridan mamlakatni yanada isloh qilishda ustuvor yoʻnalishlarni belgilash jarayonida foydalanish;
mamlakatning ichki siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha amaliy va obyektiv maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida sotsiologik tadqiqot ishlarini oʻtkazilishini rejalashtirish va tasdiqlash;
tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, zaruriyatga koʻra yangi markazlarni tashkil qilish, amaldagilarni qayta oʻzgartirish va ixtisoslashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
tahliliy faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, shu jumladan, xorijiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tahliliy tuzilmalar xodimlarini malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish;
maqbul takliflar va koʻp variantlilik prinsipi asosida turli sohalarni rivojlantirish ssenariylarini ishlab chiqish maqsadida davlat tahlil markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining mustaqil va xorijiy tahliliy tuzilmalar va ekspertlari bilan kooperatsiyasini (hamkorligini) taʼminlovchi yagona platformani yaratish;
statistik maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishning yagona standartlarini ishlab chiqish, shuningdek, qator vazirlik va idoralarning har oy yangilanadigan ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan idoralararo integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
asosiy idoralarning tadqiqot markazlari va yigʻma axborot-tahlil boʻlinmalari faoliyatining har yillik rejalariga takliflar kiritilishi va ijrosini tashkil etish.
3. Belgilansinki:
Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, davlat tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining strategik rejalashtirish va rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan idoralararo-kollegial organ hisoblanadi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash birinchi va ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan asosiy vazirlik va idoralar tahliliy boʻlinmalarining (departament, boshqarmalar) faoliyati muvofiqlashtiriladi;
respublikani rivojlantirish boʻyicha strategik tashabbuslar loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilingan asosiy vazirlik va idoralar rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari tadqiqot markazlarini axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlash hamda Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan hamkorlik qilishga masʼul boʻladi;
Muvofiqlashtiruvchi kengashning yigʻilishlari har chorakda oraliq majlislar shaklida tashkil etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
4. Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida quyidagi yoʻnalishlarga masʼul boʻlgan ishchi guruhlar 2 — 7-ilovalardagi tarkibga muvofiq tashkil qilinsin:
xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;
davlat va jamiyat qurilishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish;
tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;
hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;
ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim oʻzgarishi, suv taqchilligi masalalari.
Muvofiqlashtiruvchi kengashga ishchi guruhlar tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
5. Muvofiqlashtiruvchi kengash (S. Umurzakov) bir oy muddatda:
Muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisida nizomni hamda ishchi guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish, ularning Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin;
mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalarida strategik tahlil va tadqiqot qilishda yaxlit tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) Muvofiqlashtiruvchi kengashning tahliliy faoliyatini taʼminlash yoʻnalishida:
ishchi guruhlar oʻzlari masʼul boʻlgan yoʻnalishlarda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarni tahlil qiladi, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflarni har chorak yakuni bilan Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim qiladi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan maʼqullangan xulosa va takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim qilinadi;
b) ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish boʻyicha buyurtma berish tizimini joriy qilish yoʻnalishida:
Muvofiqlashtiruvchi kengashning takliflari asosida mamlakatning ichki rivojlanishi va tashqi siyosiy faoliyatining aniq masalalari boʻyicha ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish maqsadida ilmiy asoslangan va talabgir taklif va tashabbuslarni ishlab chiqqan holda buyurtma portfeli shakllantiriladi;
buyurtma portfeli asosida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish boʻyicha tadqiqot va tahliliy markazlar oʻrtasida tanlov oʻtkaziladi;
tadqiqot va tahlil ishlariga shartnoma asosida mustaqil ekspertlar va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, xorijiy olim-ekspertlarni (siyosatshunoslar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, ekologlar va boshqalar) jalb etish uchun tadqiqot va tahliliy markazlarga grant mablagʻlari ajratiladi.
7. Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 31-dekabr,
PQ-467-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Izoh:
1. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Kengash raisiga zarur hollarda Kengash ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga2-ILOVA
Xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi
Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga3-ILOVA
Davlat va jamiyat qurilishi boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi
Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga4-ILOVA
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi
1.O.A. Xakimov —Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori, Ishchi guruh rahbari2.N.N. Saydullayev—Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari3.I.I. Norqulov—iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari4.N.Q. Xolmurodov—investitsiya, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari5.M.A. Omarov—transport vazirining birinchi oʻrinbosari6.B.R. Mamatkarimov—energetika vazirining birinchi oʻrinbosari7.O.Z. Nasritdinxodjayev—togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari8.Lavozimi boʻyicha—kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari9.D.T. Sultanov—sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi10.Sh.A. Karimov—maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari11.Sh.X. Daliyev—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari12.A.B. Tadjixanov—madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari13.M.M. Mirzayev—Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari14.I.M. Muxtorov—Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari15.A.U. Qayumov—Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari16.N.D. Xusanov—Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari17.T.Z. Teshabayev—Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori
Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga5-ILOVA
Tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi
Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga6-ILOVA
Hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi
Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruh faoliyatiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
(6-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga7-ILOVA
Ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim oʻzgarishi, suv taqchilligi masalalari boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi
1.J.Sh. Salixov—Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) rektori, Ishchi guruh rahbari2.O.N. Qudratov—ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari3.B.R. Mamatkarimov—energetika vazirining birinchi oʻrinbosari4.O.Z. Nasritdinxodjayev—togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari5.D.T. Sultanov—sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi6.T.N. Butunbayev—suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari7.A.M. Qosimov—qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari8.B.S. Mirzayev—“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori
Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.