Yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini yanada takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish orqali paxta va gʻalladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida yuqori qoʻshilgan qiymatga ega va eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishni koʻpaytirish, oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim (keyingi oʻrinlarda — yangi tizim) yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, yangi tizim doirasida:
a) yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sugʻorish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda “E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
b) har bir lot hujjatida, keyinchalik esa yer uchastkasining ijara shartnomasida quyidagilar majburiy ravishda koʻrsatiladi:
yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali;
tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalari, oʻrganilgan vaqti;
almashlab ekish tavsiya etiladigan asosiy va takroriy ekin turlari;
suv bilan taʼminlash usullari, davlat tomonidan kafolatlanadigan yillik suv yetkazib berish limitlarining eng past va eng yuqori darajasi;
dala chetida (muhofaza zonasidan tashqari) 20 sotixdan koʻp boʻlmagan, lekin ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmagan qismida qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suv tejovchi texnologiyalar, dala shiyponi, texnika parki) joylashtirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasi;
v) elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar) ishtirok etishi mumkin. Bunda auksion gʻolibi keyinchalik yer uchastkasi joylashgan viloyatda (Qoraqalpogʻiston Respublikasida) yuridik shaxs tashkil etishi yoki oʻzining yuridik manzilini shu hududga koʻchirishi lozim;
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 06/26/68/0435-son)
g) elektron onlayn auksion savdolari orqali aniqlanadigan yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun toʻlovlar 15 ish kuni ichida toʻliq toʻlanishi shart;
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 06/26/68/0435-son)
d) quyidagilar:
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy boʻlinmalari — yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish materiallarini tayyorlash ishlari boʻyicha ijrochi hisoblanadi;
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti — tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalarini aniqlash boʻyicha ijrochi hisoblanadi;
e) elektron onlayn auksion savdolaridan tushgan mablagʻlar 1-ilovaga muvofiq taqsimlanadi.
2. Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion gʻolibi — ijaraga oluvchi Yer kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga:
a) quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
yer uchastkasidan qirq toʻqqiz yil ijara huquqi asosida foydalanish, keyinchalik ijara muddatini qonunchilikka muvofiq uzaytirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini, shuningdek, ularni yetishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish usullarini mustaqil ravishda belgilash, shu jumladan, paxta va gʻalla ekinlarini faqat oʻzi maʼqul deb hisoblagan taqdirdagina yetishtirish;
Yer kodeksiga muvofiq ijara shartnomasi boʻyicha oʻz huquqlari va majburiyatlarini tekinga yoki haq evaziga ijara muddati davomida boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish), yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;
ijaraga beruvchining roziligisiz yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qoʻyish, garov shartiga muvofiq mazkur huquqni boshqa shaxslarga erkin sotishi uchun garovga oluvchiga vakolat berish, bunda ijara huquqi garovga qoʻyilgani haqidagi axborot roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ijaraga beruvchiga elektron tarzda yuboriladi, garov huquqi realizatsiya qilinishi natijasida yer uchastkasiga ijara huquqini olgan shaxsga ham mazkur Farmonda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar toʻliq oʻtadi;
yillik suv yetkazib berish limitlarining eng past va eng yuqori darajasi doirasida kafolatlangan hajmda suv olish, ushbu majburiyat bajarilmagan hollarda yetkazilgan zararlarni talab qilib olish;
yer tuzish loyihasiga muvofiq dala chetida 20 sotixdan koʻp boʻlmagan, lekin ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmagan qismida qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suv tejovchi texnologiyalar, dala shiyponi, texnika parki) joylashtirish;
b) quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:
qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish;
yer uchastkasidan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish;
oʻz tanloviga koʻra har yili yer uchastkasida yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlari, shuningdek, toʻlov hujjatlariga asosan realizatsiya qilingan mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga kiritib borish;
yer uchastkasining normativ qiymati va bonitet bali, tuproq tarkibi va sifatini qonunchilikda belgilangan tartibda va davriylikda tekshirtirib borish.
3. Belgilansinki, yangi tizim birinchi bosqichda 2025-yil bahorgi ekish mavsumiga qadar 2-ilovaga muvofiq quyidagi hududlarda tuman hokimliklari tasarrufida turgan, 2025-yil va undan keyingi yillar hosili uchun paxta va gʻalla ekinlarini yetishtirish nazarda tutilmagan boʻsh turgan yer uchastkalarida joriy etiladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy, Nukus va Qoʻngʻirot tumanlarida jami 1 207,8 gektar yer maydonida;
Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Boʻston, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Shahrixon va Qoʻrgʻontepa tumanlarida jami 629,7 gektar yer maydonida;
Jizzax viloyatining Arnasoy, Paxtakor, Zarbdor, Sharof Rashidov, Mirzachoʻl va Zafarobod tumanlarida jami 511,7 gektar yer maydonida;
Toshkent viloyatining Yangiyoʻl va Oʻrta Chirchiq tumanlarida jami 953,8 gektar yer maydonida;
Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida 13,6 gektar yer maydonida.
4. Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari hamda Pop, Oʻrta Chirchiq, Yozyovon, Qoʻshtepa, Quva va Fargʻona tumanlaridagi ayrim fermer xoʻjaliklarining yangi tizimni 3-ilovadagi ijaraga berilgan yer uchastkalariga ham quyidagi qoʻshimcha shartlar asosida tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, unga muvofiq:
a) fermer xoʻjaligi:
hozirda foydalanayotgan jami yer maydonining oʻrtacha 80 foiz qismiga nisbatan ijara huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechib, ushbu yer uchastkalarini yangi tizim asosida elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish uchun tegishli tuman hokimligi tasarrufiga qaytaradi;
qolgan oʻrtacha 20 foiz yer maydonlari uchun mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlarga, xususan, yer uchastkasi uchun yangidan 49 yilga ijara huquqiga ega boʻladi;
yer maydonining oʻziga qoladigan qismi uchun ushbu yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdoridagi mablagʻni 15 ish kuni ichida toʻliq toʻlash majburiyatini oladi;
oʻzi lozim deb hisoblagan taqdirda, tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirishga, yer uchastkasiga ijara huquqining qiymatini yangi yuridik shaxsning ustav fondiga kiritishga haqli boʻladi;
b) fermer xoʻjaligi yer uchastkalarini oʻrtacha 80/20 foiz nisbatida taqsimlash oʻzaro muzokaralar asosida, konturlar yaxlitligi va sugʻorish tizimini imkon qadar buzmagan holda fermer xoʻjaligi ixtiyorida qoladigan yer maydoni hajmini 3 gektardan 50 gektargacha belgilash asosida amalga oshiriladi;
v) yer maydonini taqsimlashda uning fermer xoʻjaligi ixtiyorida qoladigan qismi uchun ham mazkur Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan yer uchastkasi haqidagi barcha materiallar tayyorlanadi;
g) mazkur bandda nazarda tutilgan kelishuvlar faqatgina 3-ilovada nazarda tutilgan yer uchastkalari ijarachilari bilan ular tomonidan qiziqish bildirilgan taqdirdagina amalga oshiriladi hamda tuman hokimi va fermer xoʻjaligi rahbari oʻrtasida tuziladigan yer uchastkasining bir qismiga boʻlgan huquqlardan ixtiyoriy voz kechish va yer uchastkasining ijara shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlanadigan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
5. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi yangi tizim samaradorligini muntazam ravishda tahlil qilgan holda, zaruratga koʻra, uni 2025-yilgi kuzgi ekish mavsumi va undan keyingi davrlarda boshqa hududlarga ham tatbiq etish boʻyicha taklif kiritib borsin.
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
bir hafta muddatda Adliya vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari uchun ijara shartnomasining tavsiyaviy shaklini, shuningdek, yer uchastkasining bir qismiga boʻlgan huquqlardan ixtiyoriy voz kechish va yer uchastkasining ijara shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi notarial shartnomaning tavsiyaviy shaklini ishlab chiqib, barcha manfaatdor shaxslarga yetkazsin;
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yangi ajratiladigan va ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifat koʻrsatkichlari tekshirib borilishini taʼminlasin;
malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda barcha yerlarda, shu jumladan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarda ham qishloq xoʻjaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda muayyan muddat davomida almashlab ekish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin.
7. Markaziy bank:
uch oy muddatda xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qoʻyish tartibini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin;
2026-yil oxiriga qadar har yarim yil yakunida yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qoʻyish hisobiga ajratilgan kreditlar, bu jarayonda aniqlangan tizimli muammolar va ularni bartaraf qilish boʻyicha koʻrilgan choralar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga batafsil axborot kiritib borsin.
8. Soliq qoʻmitasi bir oy muddatda oʻz axborot tizimlarida yer uchastkasida yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari va hajmlari, shuningdek, realizatsiya qilingan mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni kiritib borish uchun texnik imkoniyatni taʼminlasin.
9. Quyidagilar:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida “Qishloq xoʻjaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi” (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi);
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari huzurida “Ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlariga xizmat koʻrsatish direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda — Direksiyalar) tashkil etilsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
10. Belgilansinki:
Loyiha ofisi Direksiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Direksiya ijaraga oluvchilarning yer uchastkasining ijara shartnomasida belgilangan huquqlaridan amalda foydalanishlarini kafolatlaydi, xususan, suv yetkazib berish limitlariga rioya qilinmasligi natijasida yetkazilgan zararlarni darhol qoplab berib, keyinchalik regress tartibida undirib oladi;
Direksiya, oʻz tanloviga koʻra, ijaraga berilgan yerlarning sugʻorish tizimlarini yaxshilash, elektr energiyasi taʼminoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, texnikalar harakati uchun ichki xoʻjalik yoʻllarining holatini yaxshilash kabi ishlarga mablagʻ ajratadi, mazkur ishlarda buyurtmachi vazifasini bajaradi;
Direksiya direktori tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki hafta muddatda Loyiha ofisi va Direksiyalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi “E-ijara” va “Suv hisobi” axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yangi tizim doirasida ijaraga beriladigan yer uchastkalari boʻyicha suv bilan taʼminlash usullari, yillik suv yetkazib berish limitlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etsin.
Belgilansinki, yer uchastkasining ijara shartnomasida nazarda tutilgan suv yetkazib berish limitlariga rioya qilinmagan hollarda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tuman hokimliklari va Direksiya ijarachi oldida solidar javobgar boʻladilar.
12. Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda ijaraga oluvchilarga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va boshqa maqsadlar uchun kafolatlangan elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlasin.
13. Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan:
yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar) uchun besh yil muddatga 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha soliq toʻlanishi;
qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida yer soligʻi toʻlashdan ozod qilingani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Soliq qoʻmitasi mazkur Farmonga asosan yangidan ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar uchun ham mazkur imtiyoz toʻliq tatbiq etilishini taʼminlasin.
Belgilansinki, organik mahsulotlar yetishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organic va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 2028-yil 1-yanvarga qadar yer soligʻi 50 foiz miqdorida toʻlanadi.
14. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qaroriga asosan Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va saqlash uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga 12 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada (shundan 2 foizi bank marjasi) kreditlar ajratilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmoniga asosan xalqaro moliya institutlarining 220 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari tomonidan yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada milliy valyutada oziq-ovqat yoʻnalishidagi, sohada mahsulot yetishtirishdan tortib uni isteʼmolchiga yetkazib berishgacha boʻlgan qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan, aylanma mablagʻlar uchun 18 oy muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratilishi;
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida yuqori qiymatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qishloq xoʻjaligi texnikalari va asbob-uskunalarini xarid qilish, kichik hajmdagi sovitkichli omborxonalarni qurish uchun 300 mln soʻmgacha, shundan 100 mln soʻmgacha garov taʼminotisiz kreditlar ajratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Loyiha ofisi va Direksiyalar mazkur mablagʻlardan foydalanishda ijarachilarga har tomonlama koʻmaklashsin.
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilgan holda 2026-yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishda quyidagilarni nazarda tutsin:
xalq deputatlari Kengashlari qarorlari bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun yer soligʻi stavkalariga nisbatan oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash;
ijaraga berilgan yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali oshganda — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi miqdorini oshirmaslik, yaʼni ijaraga berilgan paytdagi normativ qiymatga asosan soliq hisoblash;
ijaraga berilgan yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali tushib ketganda — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi miqdorini mutanosib ravishda uch karragacha oshirish;
Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga kiritgan holda realizatsiya qilinganligi tasdiqlangan mahsulot hajmi yer uchastkasining normativ hosildorligiga mos boʻlgan taqdirda — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini belgilangan bazaviy stavkada hisoblash;
Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga kiritgan holda realizatsiya qilinganligi tasdiqlangan mahsulot hajmi yer uchastkasining normativ hosildorligiga nisbatan koʻp yoki kam boʻlgan taqdirda — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻiga bazaviy stavkaga nisbatan mutanosib ravishda uch karragacha kamaytiruvchi va uch karragacha oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash.
16. Adliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda bir oy muddatda iqtisodiy holati ogʻir boʻlgan xoʻjaliklar tomonidan yerdan va kreditlardan foydalanishdagi muammolarni oʻrganib, ushbu holatda yer uchastkasida mahsulot yetishtirilishini taʼminlash imkoniyatlari yuzasidan taklif kiritsin.
17. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi ikki oy muddatda barcha turdagi yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishda narxlarning asossiz oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik choralari, boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmlarining amalda samaradorlik holati, boshlangʻich narxni shakllantirish va tushgan toʻlovlarni taqsimlash boʻyicha qoidalarning asosliligini oʻrganib, natijalari boʻyicha taklif kiritsin.
18. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.U. Ermanov, Andijon, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimlari Sh.K. Abduraxmanov, Sh.Sh. Abdurazakov, Z.T. Mirzayev, X.X. Bozarov, Jizzax viloyati hokimi v.b. U.M. Mustafoyev yer uchastkalarini ajratish ishlarini 2025-yil 1-martga qadar toʻliq yakunlasin. Bunda:
2025-yil 6-fevralga qadar — Kadastr agentligi (F. Pulatov) boʻsh turgan yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlarni “E-ijara” axborot tizimiga taqdim etsin;
2025-yil 10-fevralga qadar — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Q. Yuldashev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari lotlarni elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin;
2025-yil 20-fevralga qadar — Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari yangi tizimga oʻtish istagini bildirgan fermer xoʻjaliklari bilan notarial shartnomalar imzolanishini va ular tomonidan tuman hokimliklari tasarrufiga qaytarilgan yer uchastkalarining elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin;
2025-yil 1-martga qadar — Kadastr agentligi (F. Pulatov) yer uchastkalarining ijara shartnomalari asosida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Q. Yuldashev) yer uchastkalari chegaralarini naturada (joyning oʻzida) belgilab bersin;
2025-yil 10-martga qadar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent, Fargʻona viloyatlari hokimliklari mazkur Farmon asosida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot kiritsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-15-son Farmoni 2-bandining “a” kichik bandi “, sotilmagan lotlarning narxi har takroriy savdoda 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlangʻich narxning 20 foizigacha kamaytiriladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
20. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida joylarda uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar, aholi va ijrochilar oʻrtasida tushuntirish va targʻibot tadbirlari oʻtkazsin;
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda mazkur Farmon haqida aholi va tadbirkorlarni internet tarmogʻi va mobil aloqa vositalari orqali tezkor ravishda xabardor qilish choralarini koʻrsin.
22. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov, Andijon, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimlari Sh.K. Abduraxmanov, Sh.Sh. Abdurazakov, Z.T. Mirzayev, X.X. Bozarov, Jizzax viloyati hokimi v.b. U.M. Mustafoyev belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-fevral,
PF-18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga1-ILOVA
Yangi tizim doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga 49 yilga ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash
1. Yangi tizim doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolarida sotishdan tushgan mablagʻlar, operator xarajatlari chegirib qolingan holda quyidagicha taqsimlanadi:
15 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga;
(5 foiz — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga, 2 foiz — Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutiga, 3 foiz — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga, 5 foiz — Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga. Bunda mazkur mablagʻlarning jami miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshmasligi lozim);
3 foizi — Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
5 foizi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi”ga;
25 foizi — tegishli “Ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlariga xizmat koʻrsatish direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
2. Yangi tizim doirasida fermer xoʻjaligining oʻz ixtiyorida qoldiriladigan yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdorida toʻlanadigan mablagʻlar ham ushbu tartib asosida taqsimlanadi, bunda operator xarajatlari uchun haq toʻlanmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga2-ILOVA
Hududlarda tajriba-sinov tariqasida yangi tizim asosida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan boʻsh turgan yer uchastkalari
gektar hisobidaT/rHudud (massiv) nomi Kontur soniKontur raqamiUmumiy yer maydonishu jumladan:Bonitet baliekin yerlarikoʻp yillik daraxtzorlarboʻz yerlaryaylov yerlarbutazorsuv osti yerlariyoʻl osti yerlaribino va inshootlar ostidagi yerlarboshqa yerlarjami:shu jumladan:bogʻlaruzumzorboshqaRespublika boʻyicha:652x3 316,62 579,349,631,917,30,4284,198,71,5129,914,70,5158,254Qoraqalpogʻiston Respublikasi420x1 207,8661,03,73,30,4281,761,01,494,510,30,593,742shundan: xBeruniy128x461,5221,8122,227,932,27,549,9461.Abay193835, 3828, 3824, 3825, 3848, 3849q, 3884, 3826, 3885, 3887, 3886, 3850, 3547, 3880, 3892, 3879, 3877, 3876, 3874136,0101,75,30,128,9442.Mahtumquli6911592, 11591, 11590, 11588, 11608, 11549, 11551, 11552, 11553, 11586, 11559, 11609, 11610, 11608, 11605, 11585, 11563, 11560, 11555, 11556, 11401, 11557, 11558, 11566, 11565, 11568, 11565, 11582, 11584, 11569, 11570, 11607, 11602, 11594, 11595, 11596, 11597, 11591, 11598, 11599, 11601, 11608, 11600, 11656, 11659, 11660, 11658, 11657, 11655, 11608, 11661, 11663, 11664, 11660q, 11665, 11666, 11662, 11669, 11652, 11614, 11615, 11616, 11617, 11651, 11620, 11618, 11611, 11623, 11624202,8113,016,726,424,46,316,0473.Oltinsoy164849, 4850, 4851, 4842, 4835q, 4836, 4846, 4847, 4845, 4840, 4791, 4835, 4833, 4820, 4803, 481264,762,80,90,70,3544.Ozod2412711, 12710, 12715, 12717q, 12945, 12946q, 12633, 12631, 12629, 12627, 12625, 12626, 12627, 12625, 12935q, 12935, 12932q, 12609, 12611, 12610, 12611, 12945q, 12932q, 1292958,046,03,81,51,60,44,739Nukus tumani105x244,5200,46,810,61,413,20,911,3395.Nukus4116995, 16994, 16996, 16997, 17001, 16998, 16999, 17000, 17004, 17005, 17003, 17182, 17007, 17008, 17009, 17011, 17012, 17143, 17145, 17150, 17147, 17153, 17154, 17156, 17151, 17152, 17155, 17158, 17159, 17160, 17161, 17335, 17333, 17336, 17338, 17340, 17339, 17335, 17286, 17284, 1716366,650,90,80,610,70,33,4376.Oqmangʻit 2816451, 16452, 16442, 16449, 16447, 16448, 16446, 16445, 16443, 16457, 16447, 16444, 16453, 16454, 16455, 16456, 16459, 16458, 16460, 16461, 16463, 16468, 16470, 16472, 16474, 16473, 16472, 1647173,455,310,01,41,30,54,9407.Darsan 3214832, 14875, 14876, 14877, 14878, 14866, 14880, 14881, 14882, 14865, 14862, 14861, 14885, 14887, 14860, 14859, 14858, 14857, 14889, 14888, 14891, 14890, 14975, 14978, 14897, 14903, 14904, 14908, 14910, 14911, 14831, 1483093,784,26,01,10,12,3408.Katti-agar 420150, 20034, 20035, 2003210,710,00,10,639Qoʻngʻirot tumani187x501,8238,83,73,30,4152,722,549,12,00,532,5409.Tazabirlik7222143, 22144, 22145, 22165, 22164, 22160, 22161, 22162, 22166, 22163, 22175, 22315, 22320, 22316, 22318, 22320, 22319, 22311, 22317, 22312, 22313, 22308, 22310, 22306, 22307, 22305, 22272, 22302, 22310, 22488, 22487, 22485, 22484, 22469, 22468, 22487, 22903, 22899, 22897, 22903, 22896, 22895, 22893, 22890, 22892, 22912, 22913, 22888, 22887, 22911, 22910, 22886, 22771, 22778, 22781, 22780, 22807, 22782, 22821, 22820, 22819, 22818, 22817, 22808, 22809, 22815, 22813, 22812, 22813, 22811, 22809, 22810227,7115,758,529,41,70,222,24210.Xorazm1157782, 7780, 7784, 7792, 7683, 7785-7786, 7783, 7797, 7796, 7683, 7798, 7795, 7798, 8935, 8934, 8959, 8933, 8932, 8960, 8962, 8961, 8957, 8958, 8936, 8958, 8956, 8952, 8955, 8953, 8954, 8967, 10121, 10131, 10132, 10122, 10129, 10133, 10134, 10128, 10124, 10125, 10240, 10393, 10392, 10387, 10243, 10249, 10248, 10244, 10246, 10250, 10104, 10115, 10103, 10102, 9038, 9039, 9041, 9044, 9058, 9057, 9056, 9055, 9060, 9061, 9059, 9062, 9066, 9067, 9063, 9065, 9041, 9042, 9045, 9076, 9073, 9052, 9072, 9053, 9047, 9046, 9830, 9829, 9828, 9827, 9825, 9826, 9824, 9823, 9822, 9846, 9845, 9858, 9848, 9852, 9850, 9849, 9835, 9834, 9842, 9840, 9839, 9843, 9838, 9847, 9832, 9831, 9833, 9837, 9836, 9845, 9853, 9855, 9854274,1123,13,73,30,494,222,519,70,30,310,336Andijon viloyati96x629,7603,825,960shundan: xAndijon tumani4x42,337,94,4471.T. Mirzayev15 2338,48,10,3472.A. Pattayev25396, 5401q27,625,02,6503.A. Choʻlpon1747q6,34,81,572Asaka tumani7x36,735,11,6504.Sharq haqiqati75576, 5575, 5577, 5569, 4838, 5012, 519736,735,11,650Baliqchi tumani2x42,641,01,6655.Oʻzbekiston14 72030,629,61,1656.Sheralichek11 30711,911,50,565Buloqboshi tumani1x34,233,30,9697.B. Rejapov1855q34,233,30,969Boʻston tumani8x45,841,74,1598.Ulugʻbek83264, 3293, 3294, 3295, 3296, 3297q, 3298, 3301 45,841,74,159Jalaquduq tumani14x52,449,62,9709.Oʻzbekiston29787q, 981213,013,07110.Yorqishloq29465, 94675,05,07111.Doʻstlik152422,02,06712.Oyim33593, 4151q, 420818,117,60,55113.A.Temur65435, 5437q, 5438, 5439, 5447, 5452q14,312,02,467Izboskan tumani3x58,056,51,56414.Sh. Yulduzi11 57820,620,10,56815.Izboskan248, 12837,436,41,048Ulugʻnor tumani8x40,738,91,84216.Mingbuloq31028, 1029, 101713,513,40,24017.M. Iminov172574,04,03918.Andijon16 4948,37,01,34019.Shahrixon13 1985,65,30,34520.Oʻzbekiston23417, 34199,29,20,046Marhamat tumani7x38,635,92,86021.Bobur71559, 1562, 1565q, 1568, 1641, 1696, 169738,635,92,860Oltinkoʻl tumani7x55,654,61,06422.S.Ashurov 24385, 438715,115,16223.Oltinkoʻl1160014,314,00,36124.Haqiqat12 85613,512,80,76825.M. Rizayev11 2638,78,75526.Mashʼal1310q3,03,06527.Namuna11876q1,01,068Paxtaobod tumani1x15,015,07528.Namuna118715,015,075Xoʻjaobod tumani3x34,432,81,65129.Oʻzbekiston11 80722,420,81,66930.Bobur113319,09,04231.Hamza12 4453,03,042Shahrixon tumani10x53,652,11,56432.Abdubiy21364, 154213,613,00,67333.Turkiston1213219,618,80,86034.Binokor doʻlan3496, 497, 60711,811,86835.Sardor31690q 1693q 1694q2,62,50,14736.Oʻrta Shahrixon 12 3066,06,060Qoʻrgʻontepa tumani21x79,879,50,36737.Savay 44412, 4421, 4872, 47257,67,67238.Toktagul26128, 61388,58,56439.Dardok81075, 1054, 1264, 1134, 1265, 1094, 1036, 84527,527,57240.Qoʻshtepa12257q6,06,07241.Maʼmurobod14981q1,51,56542.Namuna14008q3,03,08343.A. Navoiy12497q1,01,05844.Qorasuv15424q4,04,06345.Sh. Rashidov2175, 32620,720,40,339Jizzax viloyati30x511,7480,718,013,154shundan: xArnasoy4x94,094,0451.Y. Zoxidov22771, 277726,026,0442.Oltin vodiy12937q27,027,0463.A. Soibnazarov1213141,041,044Paxtakor2x40,038,61,4674.Samarqand2250, 25140,038,61,467Zarbdor9x101,180,018,03,1535.P. Umrzoqov74120, 4119, 4126, 4124, 4131, 4128, 412754,150,02,02,1536.Oq oltin1178931,030,01,0527.Toza urugʻ1355116,016,053Sharof Rashidov3x52,450,12,4608.Zarafshon31118, 1119, 113352,450,12,460Doʻstlik8x131,4130,01,4509.Jizzax ostonasi62976,2978,2980,2986,3003,3004100,0100,04910.Manas22794,279531,430,01,450Mirzachoʻl3x47,843,04,84811.Mirzachoʻl 22690, 269130,030,04812.Yangi dala 15487,07,04813.Istiqlol 1108417,813,04,849Zafarobod1x45,045,05514.S. Sindarov175245,045,055Toshkent viloyati104x953,8827,245,928,616,90,42,419,70,235,54,418,562shundan: xYangiyoʻl tumani91x782,7665,345,928,616,90,42,419,70,235,54,49,3621.Niyozbosh143155, 3165k, 3376, 3375, 3373, 3371, 3370, 3434k, 3169, 3170, 3172, 3180, 3178, 3183344,5328,27,17,18,40,50,2672.Ozod143950, 3949, 3952, 3938, 3939, 3940, 3941, 3951, 3948, 4071, 4070k, 3963, 3964, 396598,193,40,13,80,80,2623.Yangi hayot49118, 9174, 9178, 918073,171,01,80,10,3404.Qovunchi43736, 3750, 3751, 381854,147,50,20,21,30,74,4585.A. Ortiqov42307, 2291k, 2290k, 2289k22,120,80,10,90,2766.Tinchlik11 96812,211,511,50,6647.N. Niyozov42090, 2082k, 2085k, 445318,918,70,20,0658.Yangiobod165420, 5421, 5422, 5423, 5425, 5424, 5406, 5410, 5414, 5592, 5594, 5599, 5598, 5600, 5616k, 560753,921,80,20,22,418,310,00,30,8649.A. Navoiy8180, 179, 181, 176, 178, 177, 200, 738,514,116,916,90,23,80,72,95710.Bolgʻaboyev46307, 6308, 6282k, 6273k16,78,95,95,91,00,70,35311.U. Yusupov4753, 641k, 885, 88712,45,74,14,10,20,11,70,40,26212.UZMIE28585, 8586k10,610,00,50,18513.X. Tursunqulov 46915, 6916k, 6924k, 7375k8,98,95514.Bobur54974k, 4975k, 5231k, 5232k, 5233k8,48,00,30,16415.M. Ulugʻbek27990, 77165,33,71,30,35416.Yangiyoʻl 18800k5,14,50,30,20,160Oʻrta Chirchiq tumani13x171,1161,99,26017.Oxunboboyev21256, 125830,430,47218.Qorasuv12 27116,516,56819.Rovatak52497, 2499, 2500, 2511, 251266,163,32,86820.Haqiqat26347, 634814,113,40,76821.Doʻstlik31937, 1938, 193944,038,35,739Fargʻona viloyati2 13,66,67,1shundan: xYozyovon tumani2x13,66,67,11.Yangiobod MMTP2213, 210 (2277, 2278, 2279)13,66,67,1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga3-ILOVA
Hududlarda tajriba-sinov tariqasida ayrim xoʻjaliklar foydalanishidagi yer maydonlarining 20 foizi ijarachilarda qoldirilib, qolgan qismi elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari
gektar hisobidaT/rHudud (massiv) nomi Yerdan foydalanuvchilar soniKontur soniKontur raqamiUmumiy yer maydonishu jumladan:Bonitet baliekin yerlariboshqa yerlarRespublika boʻyicha:45254x2 222,42 141,680,7Namangan viloyati197x977,9977,9shundan:xPop tumani197x977,9977,9401.Chodak 197478, 499, 500, 473, 474, 502, 503, 468, 469, 506, 507, 190, 191, 194, 195, 196, 192, 193K, 202, 203, 409, 372, 380, 72, 77, 76, 69, 66, 63, 62, 54, 53, 251, 259, 260, 282, 7, 10, 14, 15, 19, 209, 219, 222, 42, 24, 26, 30, 34, 41, 225, 229, 231, 100, 80, 98, 99, 93, 90, 189, 188, 185, 184, 181, 179, 177, 176, 85, 86, 87, 88, 103, 168, 169, 161, 157, 158, 113, 118, 124, 126, 127, 153, 154, 164, 166, 170k, 132, 123, 121, 120, 112, 98e, 110, 134, 135, 137, 423977,9977,940Toshkent viloyati622x332,2321,910,3shundan:xOʻrta Chirchiq tumani622x332,2321,910,3651.Qorasuv252295q, 2298, 2300, 2256, 2258104,7101,53,2582.Rovatak152505, 2506, 2566, 2567, 257172,069,82,2703.Yangiturmush264541, 4530, 4534, 4372, 4380, 438666,865,31,5634.Kim Pen Xva24393, 395, 397, 59773,271,51,7675.Doʻstlik122159, 217815,413,81,7Fargʻona viloyati38135x912,3841,870,4shundan:xYozyovon tumani738x161,1132,728,4411.Yangiobod MMTP7382296, 2297, 2335, 2337, 2339, 2340, 2341, 2342, 2343, 2344, 2345, 2346, 2347, 2370, 2371, 2372, 2373, 2279, 2282, 2283, 2856, 2857, 2859, 2861, 2864, 3012, 3013, 2940, 3049, 2435, 2616, 2617, 2620, 2629, 2630, 2640, 2641161,1132,728,441Quva tumani1634x279,1258,820,4532.Boʻston1144109,89,70,2343.Navroʻz3113743, 4877, 4882, 4877, 4872, 4873, 4875, 5004q, 5021, 5014, 478073,465,57,9564.M.Mansurov11163997, 4034q, 3973, 3945, 3946, 3949, 4022, 4039q, 4066, 4067, 4064q, 4121, 4130q, 4051q, 3939, 3941161,7153,18,6465.M.Obidov163856, 3858, 3859q, 3860, 3890q, 389134,330,53,743Qoʻshtepa tumani832x263,5250,812,7486.Yassaviy Loyson4114039, 4048, 4053, 3999, 3998, 4002, 4062, 4009, 4013, 4056, 4057120,1114,75,4487.Baxt Paxtakor Garmdon4214188, 4198, 4200, 3743, 3745, 3747, 3749, 3751, 3812, 3814, 3816, 3838, 3839, 3840, 3841, 3844, 3845, 3848, 3917, 3932, 3933143,4136,17,348Fargʻona tumani731x208,6199,69,0608.Oqbilol2103467, 3476, 3692, 3704, 3705, 3737, 4743, 4740, 4742, 475168,466,81,6479.Chimyon-23123262, 3260, 3203, 3192, 3084, 3126, 3111q, 3115, 3112, 3108, 3094, 318970,865,94,96010.Chimyon123072, 30739,99,10,85411.Xonqiz173430, 3428, 6073, 6083, 6066, 6067, 607059,557,81,790