Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari bilan qamrab olish, ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatishning ijtimoiy adolat mezoniga asoslangan shaffof va raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy etish boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida har bir fuqaroni oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratish hamda ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi sabablarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida nazarda tutilgan imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish, hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yangicha yondashuvlarni joriy etish uchun “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartib-taomillarini takomillashtirish maqsadida:
1. Belgilansinki:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
a) “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sogʻliqni saqlash boʻyicha ijtimoiy yordamlar esa — oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarga ham taqdim etiladi.
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Bunda madaniy-maʼrifiy, taʼlim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari tushumlarining 25 foizidan koʻp boʻlmagan qismini yoʻnaltirishga ruxsat beriladi;
b) “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordamlar quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada kambagʻal oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qoʻshimcha murojaat talab etmagan holda “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishiga asos boʻladi;
“Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan shaxslarning ijtimoiy holatini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini esa — idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
2. “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali qoʻllab-quvvatlashning quyidagi yangi instrumentlari joriy etilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
a) kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining bandligi hamda ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun tegishincha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravarigacha grantlar ajratish;
b) “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan:
nogironligi boʻlgan yoshlarga parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun yoʻl haqi xarajatlarini har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha miqdorda qoplab berish. Bunda nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashishi Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi;
6 oy davomida muntazam ravishda sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilish;
v) yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan oilalarga uy-joylarini tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi orqali bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda yordam koʻrsatish.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
2025-yil 1-apreldan boshlab “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar, mehnat qurollari, urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun toʻlanadigan ssuda va subsidiyalar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi;
“Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamgʻarmalari orqali toʻlanadigan bir martalik moddiy yordamlar oʻrniga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun nazarda tutilgan nafaqalar toʻlanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yil 1-maydan boshlab “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali quyidagi shartlar asosida moliyalashtiriladi:
“Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalaridan tegishli mablagʻlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga koʻchirish, ushbu jamgʻarma tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilangan tibbiyot tashkilotida davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganidan soʻng amalga oshiriladi;
“Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan jarrohlik amaliyoti uchun oʻtkaziladigan mablagʻlar miqdori qonunchilikka muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanadigan bazaviy narxlar doirasida belgilanadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
5. “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur Farmonga muvofiq joriy etilayotgan yordamlarni ajratish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) 2025-yil 1-iyuldan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam oʻrniga ushbu hududlarda yashovchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga uy-joyida artezian quduq qazish, suv nasoslarini oʻrnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini joriy etish.
(6-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Bunda mazkur subsidiya artezian quduq qazish, suv nasoslarini oʻrnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish xarajatlarining 90 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi;
b) 2025-yil 1-maydan boshlab ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari miqdoridagi bir martalik nafaqa pulini uni tayinlashning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali toʻlash;
v) tuman (shahar) hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalarini tashkil etish.
7. Agentlik:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
2025-yil 1-iyunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga uy-joyida artezian quduq qazish, suv nasoslarini oʻrnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;
2025-yil 1-iyulga qadar “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan ijtimoiy yordam, xizmatlar va imtiyozlarni Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarga ham tatbiq etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
b) Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiylashuvini taʼminlash hamda bir martalik nafaqa pulini ularning moddiy va mulkiy holatidan kelib chiqqan holda tayinlash yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
(7-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlar bazasini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118-son Farmonining 12-bandiga muvofiq “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni taqsimlashning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
yoʻnaltirilishi belgilangan mablagʻlarning 30 foizi tuman (shahar)lardagi aholi soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga oʻtkaziladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
yoʻnaltirilishi belgilangan mablagʻlarning 70 foizi tuman (shahar)dagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar sonidan kelib chiqib, tuman va shaharlardagi “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalariga teng ulushda oʻtkaziladi. Bunda mablagʻlarni tuman va shaharlar boʻyicha taqsimlash tuman (shahar)ning toifasi, uning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib belgilanadigan tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.
9. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalari hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida quyidagilarga ruxsat berilsin:
a) “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalari hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan xaridlarni amalga oshirishda tovar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarni maxsus axborot portalida eʼlon joylashtirmasdan va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlash;
b) “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalari mablagʻlarini tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda iqtisodiyot va moliya boʻlimlari bilan kelishgan holda quyidagilarni amalga oshirishga yoʻnaltirish:
(9-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
tuman (shahar)da aholining hayot kechirishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
tuman (shahar)da sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish;
ekologiyani yaxshilash va atrof-muhitni asrash, aholi salomatligi va sanitariya-gigiyena sharoitini yaxshilash bilan bogʻliq boʻlgan hamda boshqa zarur xarajatlarni moliyalashtirish.
(9-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalari va “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalariga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan yagona maxsus hisobvaraqda yigʻilishini;
yigʻilgan mablagʻlar mazkur Farmonning 8-bandida belgilangan koʻrsatkichlarga mutanosib “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalariga avtomatik ravishda teng taqsimlanishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazirning oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-yanvar,
PF-17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoniga1-ILOVA
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar
* Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash, toʻlov-kontraktning bir qismini toʻlash, turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya hamda uy-joyni taʼmirlash xarajatlarini qoplash tarzidagi yordamlar bir jamgʻarma mablagʻlari hisobidan koʻrsatilgan boʻlsa, qolgan ikki jamgʻarma mablagʻlari hisobidan koʻrsatilmaydi.
** Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mazkur roʻyxatda nazarda tutilmagan ijtimoiy yordamlarni taqdim etish yoki boshqa maqsadlarga xarajatlar amalga oshirilishi hamda ijtimoiy yordamlarni taqdim etishning qoʻshimcha talab va shartlari ham belgilanishi mumkin.
*** Oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar “oilalarni Ijtimoiy reyestrga” kiritish uchun belgilangan tartib-taomillar asosida aniqlanadi.
**** Ushbu ijtimoiy yordamlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ham koʻrsatilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoniga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni bilan tasdiqlangan Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatida:
a) nomlanishidagi “roʻyxati” soʻzi “roʻyxati*” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “Chin yetimlar” soʻzlari “Yetim bolalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “deb eʼtirof etilgan oilalarning aʼzolari” soʻzlari “oilalarning bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi aʼzolari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) quyidagi mazmundagi 9-1 va 9-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
“9-1. Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolari;
9-2. Oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarning aʼzolari”;
d) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“* 9-1-bandda nazarda tutilgan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ham Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtirilishi mumkin.
9-2-bandda nazarda tutilgan oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarning aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118-son Farmonining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Belgilansinki, jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va maʼmuriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar alohida gʻaznachilik hisobraqamida jamlanadi va 3-ilovada belgilangan mablagʻlarning 70 foizi proporsional miqdorlarda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga hamda qolgan 30 foizi tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ijro hujjatlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarning oluvchilar va budjet tizimi budjetlari darajalari oʻrtasidagi taqsimoti mablagʻlarning belgilangan qismi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga oʻtkazilganidan keyin amalga oshirilishi belgilansin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6195-son Farmonida:
a) nomidagi “Saxovat” soʻzi “Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “Saxovat” soʻzi “Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari” soʻzlari “protez-ortopediya moslamalari, reabilitatsiya qilishning texnik vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandda:
“a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” internat uylarining”;
“v” kichik banddagi “Saxovat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida” soʻzlari “Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 16-bandning uchinchi xatboshisidagi “Saxovat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatidagi” soʻzlari “Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlaridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovada:
6-pozitsiyada:
“Hal etilishi lozim boʻlgan masalalar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kattaqoʻrgʻon tumanida Urgut nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar “Muruvvat” internat uyi uchun 300 oʻrinli bino va inshootlarni qurish”;
“Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2024-yil” soʻzlari “2024-2025-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7, 15 — 17, 19 — 21-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
23-pozitsiyada:
“Hal etilishi lozim boʻlgan masalalar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muassasada mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish”;
“Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2022-yil” soʻzlari “2025 — 2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-pozitsiyaning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2024-yil” soʻzlari “2025 — 2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-pozitsiyada:
“Hal etilishi lozim boʻlgan masalalar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muassasa uchun yangi bino-inshootlar qurish va jihozlash”;
“Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2023-yil” soʻzlari “2024-2025-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-pozitsiyaning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2023-yil” soʻzlari “2025 — 2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-32-pozitsiyalarning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2024-yil” soʻzlari “2025 — 2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-pozitsiyaning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2023-yil” soʻzlari “2025 — 2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-pozitsiyaning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2024-yil” soʻzlari “2025 — 2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6277-son Farmonining 2-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Bunda:
2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni toʻlash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni toʻlash muddatlari saqlab qolinadi;
Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning miqdorlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmonida:
a) 3-ilovaning 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7.Aholiga ijtimoiy sohada xizmat koʻrsatishni yanada kengaytirish.1. Boshpanalar, palliativ yordam muassasalarini tashkil qilish.2026-yil yanvar — martIjtimoiy himoya milliy agentligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni, nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini Agentlik tarkibiga oʻtkazish va ularning faoliyatini takomillashtirish.3. Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga talablarni belgilash va ular orasida tanlovni tashkil etish.2025-yil yanvar — mart4. Ijtimoiy xizmat koʻrsatiladigan aholi qatlamini qayta koʻrib chiqish hamda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi subyektlarni litsenziyalash tartibini ishlab chiqish.5. Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatini monitoring qilishni yoʻlga qoʻyish.2025-yil mart — iyul”;
b) 4-ilovada:
“g” kichik bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) 2026-yil 1-yanvardan boshlab palliativ yordam koʻrsatish markazlari va shelterlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha loyihalar va dasturlarni moliyalashtirish, shuningdek, doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy oshxonalar tashkil etish”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-son Farmonida:
a) 5-bandda:
birinchi xatboshidan “2024-yil 1-martdan boshlab” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxslarni daftarlarga kiritish, shuningdek, daftarlar, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshidagi “daftarlarga kiritilgan fuqarolar” soʻzlari “mahalladagi aholi soni, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar soni, nogironligi boʻlgan shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovada:
“I. Hokim yordamchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar” boʻlimining 8 va 13-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
“II. Xotin-qizlar faoli tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar” boʻlimida:
5-pozitsiya chiqarib tashlansin;
9-pozitsiyaning “Miqdori” ustunidagi “30” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;
10-pozitsiyaning “Miqdori” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turarjoy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha)”;
14 va 15-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
16-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16.Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan xotin-qizlar yoki ularning tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marta toʻlov-kontrakti toʻlab berishToʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda”;
22-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22.Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlarini bir yilda bir marta qoplab berishJarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha;jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida”;
24 va 25-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
26-pozitsiyaning “Miqdori” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 20 baravarigacha”;
27-pozitsiya chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 28-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“28.Kamida 3 nafar xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun bir yilda bir marta grantBHMning 60 baravarigacha”;
“III. Yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar” boʻlimida:
2, 4 — 6, 13, 15, 18 va 19-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
3-pozitsiyaning “Miqdori” ustunidagi “4” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
7-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7.Professional va oliy taʼlim tashkilotlari kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talabalarning taʼlim toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berishToʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda”;
8-pozitsiyaning “Ijtimoiy yordam va subsidiyalar turi” ustuni “Yoshlarga” soʻzidan keyin “tadbirkorlik, anʼanaviy va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9-pozitsiyaning “Miqdori” ustuni “Har oyda” soʻzlaridan keyin “, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
10-pozitsiyaning “Miqdori” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy bosqichlar uchun BHMning 4 baravarigacha, xalqaro bosqichlar uchun BHMning 40 baravarigacha”;
11-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11.Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplashUch oy muddatgacha BHMning 50 baravarigacha”;
12-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12.Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlarini bir yilda bir marta qoplab berishJarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha;jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun — Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida”;
16-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16.Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya ajratish12 oygacha har oyda ijara toʻlovlarining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha(Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha)”;
17-pozitsiyaning “Miqdori” ustunidagi “10” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 20 — 22-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“20.Kamida 3 nafar yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun bir yilda bir marta grantBHMning 60 baravarigacha21.Nogironligi boʻlgan yoshlarning parasport toʻgaraklariga qatnashida yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun har oyda kompensatsiyaBHMning 1 baravari22.6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini bir marta xarid qilishBHMning 10 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmonining 6-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos boʻluvchi imtiyozga ega abituriyentlar (nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yigirma besh yoshga toʻlmagan Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari boʻlgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolgʻiz ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi nomaʼlum boʻlgan bolalar hamda nikohda boʻlmagan onaning (yolgʻiz onaning) vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar) ular uchun ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida, tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4296-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari boʻlgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolgʻiz ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi nomaʼlum boʻlgan bolalar hamda nikohda boʻlmagan onaning (yolgʻiz onaning) vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar (yigirma besh yoshga toʻlganlar bundan mustasno) uchun oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga qoʻshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5216-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Belgilansinki, oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari boʻlgan, shuningdek vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolgʻiz ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi nomaʼlum boʻlgan bolalar hamda nikohda boʻlmagan onaning (yolgʻiz onaning) vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar (yigirma besh yoshga toʻlganlar bundan mustasno) uchun qoʻshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi. Bunda ushbu qoʻshimcha kvotalarning oliy taʼlim muassasalari boʻyicha taqsimoti Agentlik tomonidan belgilanadi”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlar dasturining 17-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17.Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent viloyati hududiy markazi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, yangi bino bilan taʼminlash orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish.Amaliy chora-tadbirlar2025-yil noyabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Toshkent viloyati hokimligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Kadastr agentligi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-257-son qarori 5-bandining “b” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “apreldan” soʻzi “oktabrdan” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “kattalar uchun vrach-ekspert, pediatr vrach-ekspert hamda reabilitologdan” soʻzlari “uch nafar vrach-ekspertdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi toʻgʻrisidagi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi PQ-268-son qarorida:
4-bandning uchinchi xatboshisidagi “ikki” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 15-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ikki” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarori 2-bandining “i” kichik bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda imtiyozli toifadagi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolari hamda oila aʼzolarining jon boshiga oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarning aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma orqali moliyalashtiriladi”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qarorining 13-bandi toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son qarori bilan tasdiqlangan 2025-yilda Samarqand viloyatida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatning 114-pozitsiyasi “Obyekt nomi va manzili” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kattaqoʻrgʻon tumanida Urgut nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar “Muruvvat” internat uyi uchun bino va inshootlar qurish (300 oʻrinli bino va inshootlar qurish va jihozlash)”.