PQ-40-son Qaror · 03.02.2025

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-40
  • Qabul qilingan sana:03.02.2025
  • Kuchga kirgan sana:06.02.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/40/0109

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. Quyidagilar:

2024-yil 22-sentabrda Nyu-York shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Albaniya Respublikasi Vazirlar Kengashi oʻrtasida amaldagi diplomatik va xizmat pasportlari egalarini viza talablaridan ozod etish toʻgʻrisidagi bitim;

2024-yil 23-sentabrda Nyu-York shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Serbiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida diplomatik va rasmiy pasport egalari uchun viza talablarini bekor qilish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.

2. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Albaniya va Serbiya tomonlariga tegishli bildirishnomalar yoʻllasin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalarini bajarish ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 3-fevral,

PQ-40-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.