PQ-42-son Qaror · 06.02.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3351-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-42
  • Qabul qilingan sana:06.02.2025
  • Kuchga kirgan sana:07.02.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/42/0117

Transport vositalari uchun moylash materiallari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini va eksport hajmlarini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3351-son qaroriga ilovaning 2-pozitsiyasi “TIF TN boʻyicha kodi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2709 00, 2710 (2710 12 410 0-2710 12 590 0, 19 290 0, 2710 19 820 0, 2710 19 840 0, 2710 19 880 0 dan tashqari)”.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 6-fevral,

PQ-42-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.