PQ-96-son Qaror · 07.03.2025

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-96
  • Qabul qilingan sana:07.03.2025
  • Kuchga kirgan sana:08.03.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/96/0225

Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:

1. Xotin-qizlarning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagilar hisobidan 2025-yilda qoʻshimcha 200 million AQSH dollari yoʻnaltirilsin, bunda:

(a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ikki hafta muddatda yetti yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida jami 100 million AQSH dollari ekvivalentda, shundan AT “Xalq banki”ga 35 million AQSH dollari, “Mikrokreditbank” ATBga 30 million AQSH dollari va “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) 35 mln AQSH dollari miqdorida kredit resurslari ajratsin.

Bunda Kompaniyaga ajratilgan mablagʻlar u tomonidan tadbirkor ayollarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foizlik punkt yuqori stavkada uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatgacha tijorat banklariga kredit resursi sifatida joylashtiriladi.

(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)

(b) tijorat banklari “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 million AQSH dollari jalb qilsin.

2. Belgilansinki, xotin-qizlarning loyihalarini moliyalashtirishga:

(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)

(b) AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida kreditlar ajratiladi.

3. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 7-mart,

PQ-96-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.