PQ-113-son Qaror · 18.03.2025

Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-113
  • Qabul qilingan sana:18.03.2025
  • Kuchga kirgan sana:19.03.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/113/0253

Samarqand viloyati mahalliy budjetining imkoniyatlarini hisobga olib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini uzluksiz davom ettirish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, viloyatda boʻlib oʻtadigan xalqaro tadbirlarga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi, Samarqand viloyati mahalliy budjeti hamda “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish direksiyasiga ajratilgan mablagʻlar, kredit va ssudalarning asosiy qismi hamda foizlarini qaytarish muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bir oy muddatda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda tuzilgan kredit va ssuda shartnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini hamda foizsiz olingan qarz mablagʻini qaytarish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va maqsadli jamgʻarmalardan olingan ssuda va kreditlar hamda qarz mablagʻlari viloyat mahalliy budjeti va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlashga Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.M. Boboyev shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 18-mart,

PQ-113-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-113-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son qarorida:

a) 4-banddagi “5 yil” soʻzlari “13 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash

PROGNOZ JADVALI

Kredit summasi50 million AQSH dollariKredit muddati13 yil, shu jumladan, imtiyozli davr — 2 yilFoiz stavkasi2019-yil 27-dekabrgacha — yillik 2,25 foiz (shu jumladan, bank marjasi — 0,25 foiz) 2019-yil 27-dekabrdan — yillik 2,0 foizming AQSH dollariQoplash davrlariOʻzlashtirish miqdori*Toʻlov summasiJami toʻlov miqdori*asosiy qarzfoizlar*2018-yilning II yarim yilligi40 000,00-238,90**238,90**2019-yilning I yarim yilligi--398,91**398,91**2019-yilning II yarim yilligi10 000,00213,30**408,05**621,35**2020-yilning I yarim yilligi-422,05**489,44**911,49**2020-yilning II yarim yilligi-525,39**495,45**1 020,84**2021-yilning I yarim yilligi-16 109,34**695,74**16 805,08**2021-yilning II yarim yilligi-644,24**366,51**1 010,75**2024-yilning II yarim yilligi--449,27**449,27**2025-yilning II yarim yilligi-21 326,403 163,2024 489,602027-yilning I yarim yilligi-1 075,93351,021 426,952027-yilning II yarim yilligi-1 075,93108,941 184,872028-yilning I yarim yilligi-1 075,9396,831 172,762028-yilning II yarim yilligi-1 075,9384,731 160,662029-yilning I yarim yilligi-1 075,9372,631 148,552029-yilning II yarim yilligi-1 075,9360,521 136,452030-yilning I yarim yilligi-1 075,9348,421 124,352030-yilning II yarim yilligi-1 075,9336,311 112,242031-yilning I yarim yilligi-1 075,9324,211 100,142031-yilning II yarim yilligi-1 075,9312,101 088,03Jami50 000,0050 000,007 601,1857 601,18

* Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.

** Haqiqiy toʻlovlar”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “2021-2022-yillarda Samarqand shahrining infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirish va turizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-4999-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Samarqand viloyati mahalliy budjetiga 2021-yilda ikki yilda qaytarish sharti bilan ajratilgan 150 milliard soʻm budjet ssudasini qaytarish muddatini 6 yilga uzaytirish boʻyicha shartnomani rasmiylashtirsin.

Bunda Samarqand viloyati hokimligi mazkur budjet ssudasini 2027 — 2031-yillarda viloyat mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarishga shaxsan masʼul va javobgar etib belgilansin”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi “Samarqand viloyatida keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda turizm salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PQ-5249-son qarorida:

a) 2-banddagi “5 yil” soʻzlari “10 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash

PROGNOZ JADVALI

Kredit summasi30 million AQSH dollariKredit muddati10 yil, shu jumladan, imtiyozli davr — 2 yilFoiz stavkasiyillik 3,0 %ming AQSH dollariQoplash davrlariOʻzlashtirish miqdori*Toʻlov summasiJami toʻlov miqdori*asosiy qarzfoizlar*2021-yil II yarim yilligi30 000,00---2025-yil II yarim yilligi-12 795,843 572,3016 368,142027-yil I yarim yilligi-1 720,42748,382 468,802027-yil II yarim yilligi-1 720,42232,261 952,672028-yil I yarim yilligi-1 720,42206,451 926,872028-yil II yarim yilligi-1 720,42180,641 901,062029-yil I yarim yilligi-1 720,42154,841 875,252029-yil II yarim yilligi-1 720,42129,031 849,452030-yil I yarim yilligi-1 720,42103,221 823,642030-yil II yarim yilligi-1 720,4277,421 797,842031-yil I yarim yilligi-1 720,4251,611 772,032031-yil II yarim yilligi-1 720,4225,811 746,22Jami30 000,0030 000,005 481,9635 481,96

* Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-233-son qarorining 8-bandida:

a) birinchi xatboshidagi “3 yil” soʻzlari “7 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) toʻrtinchi xatboshidagi “2025-yildan” soʻzlari “2026-yildan” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.