PQ-132-son Qaror · 01.04.2025

Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-132
  • Qabul qilingan sana:01.04.2025
  • Kuchga kirgan sana:04.04.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/132/0302

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-223-son Farmonida belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib 16 ta tuman (shahar)da:

(a) sanoat ishlab chiqarishi hajmi oʻrtacha 7-8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 15 — 17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi hajmi 4-5 foizga barqaror oʻsishini taʼminlash;

(b) ishsizlik darajasini 4-5 foizga, kambagʻallik darajasini 5-6 foizga pasaytirish, bunda Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari hamda Margʻilon shahrini ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylantirish;

(v) ular markazlarida aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish belgilansin.

II. Hududlarni jadal kompleks rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar

2. Tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish dasturlari (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqilgani va Dastur doirasida tuman (shahar)larda yuqori iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 1 trillion soʻm mablagʻ ajratilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Bunda quyidagi loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilsin:

(a) sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish;

(b) infratuzilmani rivojlantirish, “yashil” tamoyil va yondashuvlarni hamda raqamlashtirishni joriy qilish;

(v) xizmatlar sohasini rivojlantirish, jumladan, kreativ industriyalar, turizm va yoʻlboʻyi infratuzilmasi imkoniyatlarini ishga solish;

(g) tuman (shahar)lar markazlarida aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish;

(d) kasbga oʻqitish, zamonaviy yoshlar mikrohududini tashkil qilish kabi tadbirlarni amalga oshirish.

3. Belgilansinki, Dastur doirasidagi tuman (shahar)larda:

(a) xorijiy hamkorlar ishtirokidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirish, ularni pilot tariqasida tanlash hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilishga ustuvorlik beriladi;

(b) 2026-yildan boshlab koʻp qavatli uy-joy massivlarini qurish tartibi mazkur qaror doirasidagi tuman (shahar)lar markazidagi eski uy-joylar oʻrnida renovatsiya dasturi asosida quriladigan obyektlarga ham tatbiq etiladi.

4. Quyidagilar:

(a) jadal kompleks rivojlantirish belgilangan tuman (shahar)larning 2025-yilga moʻljallangan iqtisodiy oʻsish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

(b) tuman (shahar)larni 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi 2.1 — 2.16-ilovalarga muvofiq;

(v) Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga jadal kompleks rivojlantirish belgilangan tuman (shahar)larda yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritiladigan yer uchastkalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 4-ilovaga muvofiq tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlarini xatlovdan oʻtkazib, ularni bir joyda joylashtirish boʻyicha loyiha konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Dastur doirasidagi tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish boʻyicha amaliy dasturni tasdiqlasin. Bunda koʻp qavatli yoki yangi quriladigan maʼmuriy binolarning 1 va 2-qavatlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo va servis faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilsin.

7. Belgilansinki:

(a) maʼmuriy binoni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash mahalliy budjetning ichki imkoniyatlari, budjet ssudasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

(b) mahalliy boshqaruv organlarining boʻshaydigan binolarini sotishdan tushgan tushumlar budjet ssudasini qaytarishga yoʻnaltiriladi.

III. Hududlarda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda:

(a) 2025-yil 1-iyulga qadar Dastur doirasidagi tuman (shahar)lar markazlarining ishlab chiqilganiga 10 yildan ortiq muddat boʻlgan bosh rejalarini 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratib, soddalashtirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda yangilangan bosh reja loyihalari;

(b) bir oy muddatda Asaka, Gʻijduvon, Gʻallaorol, Xatirchi, Chortoq, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot tumanlari va Yangiyoʻl shahri markazlari va ularga tutash hududlarda aholi va sayyohlarning yashashi, dam olishi va sayr qilishi hamda xizmatlar va boshqa yoʻnalishlarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan master reja loyihalari;

(v) ikki oy muddatda Xatirchi, Quva va Chortoq tumanlarida turizm yoʻnalishidagi master reja loyihalari;

(g) ikki hafta muddatda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan germaniyalik ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Yakkabogʻ va Bulungʻur tumanlarini kompleks iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha master reja loyihalari;

(d) uch oy muddatda xorijiy kompaniyani jalb qilgan holda Qoʻngʻirot va Chimboy tumanlari markazlarini kompleks rivojlantirish boʻyicha master reja loyihalari ishlab chiqilishini yakunlab, tasdiqlasin.

Bunda bosh reja va master reja loyihalari tasdiqlangandan soʻng ularni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

(a) 2025-yil 1-iyulga qadar barqaror iqtisodiy oʻsish uchun foydalanilmagan yuqori imkoniyat va zaxiraga ega boʻlgan 30 ta urbanizatsiya hududini tanlab, ularning roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

(b) 2025-yil 1-noyabrga qadar 2026-yil ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa dasturlar asosida, shuningdek, davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarini qamrab oluvchi 30 ta tuman (shahar) boʻyicha aniq rejalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2025-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni talablari asosida Dastur doirasidagi tuman (shahar)larda (Yangiyoʻl va Margʻilon shaharlari bundan mustasno) paxta va gʻalla maydonlaridan tashqari boʻsh turgan yer uchastkalarini tanlab olib, kamida 500 gektardan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin.

11. “Uzagrostar holding” kompaniyasi biriktirilgan tijorat banklari bilan birgalikda tegishli tumanlarda:

(a) 10 kun muddatda yuqori malakali xorijiy agrotexnolog, marketolog, brend-menejer mutaxassislarni ixtisoslashgan kompaniyalarga jalb qilish boʻyicha shartnomalar imzolanishini taʼminlasin;

(b) bir oy muddatda tuman va mahallalar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholi tomorqalari va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlarda bir xil turdagi urugʻ va koʻchat navlari yetkazib berilishi va ekilishini tashkillashtirsin;

(v) ikki oy muddatda uzoq muddatli lizing asosida transport vositalarini xarid qilish va bunda dehqon xoʻjaliklari hamda aholi tomorqalariga arzon va sifatli transport xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;

(g) 2025-yil 1-sentabrga qadar kamida 1 gektar maydonda “yashil texnologiyalar”, jumladan, quyosh panellari, geliokollektorlar, tomchilatib sugʻorish va lazerli tekislash uskunalari, issiqlik nasoslaridan foydalangan holda zamonaviy issiqxona, plantatsiyalar, agrologistika markazlari va boshqa ochiq maydonlarda tashkil etiladigan loyihalarni amalga oshirish dasturini tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin.

IV. Moliyaviy resurslar

12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:

(a) 2025-yil 1-sentabrga qadar Jahon banki ishtirokidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligi va shaharlar barqarorligi uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish” (PforR) loyihasini moliyalashtirish boʻyicha 250 million AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimini imzolasin;

(b) 2025-yil 1-dekabrga qadar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligi va shaharlar barqarorligi uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish” (RBL) loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish uchun 150 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini jalb etish boʻyicha kelishuvga erishsin.

13. Hazorasp tumani jadal kompleks rivojlantirish dasturi loyihalari ishlab chiqiladigan tuman (shahar)lar roʻyxatiga kiritilsin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil davomida Dastur doirasidagi tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish uchun Davlat budjeti xarajatlarining maqbullashtirilgan qismi hisobidan qoʻshimcha 120 milliard soʻm mablagʻ ajratsin.

14. Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorovga mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda Davlat budjeti parametrlarida jadal kompleks rivojlantirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarning tegishli xarajat yoʻnalishlarini belgilash va qayta taqsimlash hamda loyihalarga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.

V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir hafta muddatda Dastur doirasidagi tuman (shahar) hokimliklarida huquqiy eksperiment tariqasida 2026-yil 1-yanvarga qadar “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida Loyiha ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻysin.

Bunda tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi va kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi amaldagi shtatlari doirasida 3 nafargacha malakali xodimlar jalb qilinsin.

Loyiha ofisining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

(a) Dastur doirasida amalga oshiriladigan loyiha (tadbir)larning tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va har bir loyihaga masʼullarni belgilash;

(b) loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha tashabbuskorlarga koʻmaklashish;

(v) aniqlangan muammo va masalalarning yechimi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va respublika darajasida hal etiladigan masalalarni hokimlik orqali vazirlik va idoralarga yuborish;

(g) amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va natijasi boʻyicha hokim huzurida muhokamalarni tashkil etish.

16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 10 kun muddatda mazkur qarorning 2.1 — 2.16-ilovalarida nazarda tutilgan tadbirlarni Dastur doirasidagi tuman (shahar)larning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturlarida inobatga olish boʻyicha Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga taklif kiritsin.

17. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosi:

(a) har oyda ikki marotaba Dastur doirasidagi tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli tuman (shahar) boʻlim va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida;

(b) har oyda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida;

(v) har chorakda Vazirlar Mahkamasida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.

18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari shaxsan masʼul etib belgilansin.

20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 1-aprel,

PQ-132-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga1-ILOVA

Jadal kompleks rivojlantirish belgilangan tuman (shahar)larning 2025-yilga moʻljallangan iqtisodiy oʻsish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha

foizdaT/rTuman (shahar) nomiSanoat(oʻsish surʼati)Bozor xizmatlari(oʻsish surʼati)Qishloq xoʻjaligi(oʻsish surʼati)Ishsizlik darajasiKambagʻallik darajasi1.Qoʻngʻirot tumani108,2114,5104,7xoli hududxoli hudud2.Chimboy tumani106,3114,6103,35,89,33.Asaka tumani102,0114,4104,3xoli hududxoli hudud4.Gʻijduvon tumani106,5115,0103,74,95,55.Gʻallaorol tumani107,1115,0103,6xoli hududxoli hudud6.Yakkabogʻ tumani106,7114,5104,35,47,17.Xatirchi tumani106,2114,5104,33,04,88.Chortoq tumani107,6115,4103,23,94,79.Bulungʻur tumani106,5115,2104,25,04,010.Sirdaryo tumani106,5114,2103,83,74,911.Denov tumani107,7115,2104,3xoli hududxoli hudud12.Yangiyoʻl shahri107,4115,3-3,93,113.Quva tumani108,3114,6105,25,55,614.Margʻilon shahri109,0114,9-xoli hududxoli hudud15.Shovot tumani106,1115,2103,35,17,116.Xazorasp tumani106,4115,0104,55,55,6

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.1-ILOVA

Chimboy tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

(2.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.2-ILOVA

Margʻilon shahrini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.3-ILOVA

Asaka tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.4-ILOVA

Gʻijduvon tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.5-ILOVA

Gʻallaorol tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

(2.5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.6-ILOVA

Yakkabogʻ tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.7-ILOVA

Xatirchi tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.8-ILOVA

Chortoq tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.9-ILOVA

Bulungʻur tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.10-ILOVA

Denov tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.11-ILOVA

Sirdaryo tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.12-ILOVA

Yangiyoʻl shahrini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.13-ILOVA

Quva tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.14-ILOVA

Qoʻngʻirot tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.15-ILOVA

Shovot tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

(2.15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-260-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 07/25/260/0774-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga2.16-ILOVA

Hazorasp tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish

(2.16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga3-ILOVA

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga jadal kompleks rivojlantirish belgilangan tuman (shahar)larda yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritiladigan yer uchastkalari

T/rTuman (shahar) nomiHudud nomiYerdan foydalanuvchi nomiKontur raqamiJami yer maydoni, gashundanYer fondining qaysi toifasiga oʻtkazilmoqdaFoydalanish maqsadisugʻoriladigan, gaLalmi yerlar, gaYaylov va pichanzorlar,gaBoshqa yerlar, gaBall bonitetiAsaka tumani1.Asaka tumani“Yangi hayot” massivi, “Ergashobod” mahallasiTuman hokimligi zaxirasidagi yerlar337-338-k8,58,5BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarKichik sanoat zonasi tashkil etish2.Asaka tumani“Yangi hayot” massivi, “Fayzobod” mahallasiQoʻrgʻontepa sharob savdo MCHJ29q1,071,0776,7Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarAgrologistika markazini tashkil etishJami8,58,5Gʻijduvon tumani1.Gʻijduvon tumaniQassobonTuman hokimligi zaxirasida13057 (107)0,060,06BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun2.Gʻijduvon tumaniOlmazorTuman hokimligi zaxirasida5983q (165)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun3.Gʻijduvon tumaniOqrabotTuman hokimligi zaxirasida7703q0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun4.Gʻijduvon tumaniVazirshohTuman hokimligi zaxirasida12223 (320)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun5.Gʻijduvon tumaniSoktariTuman hokimligi zaxirasida8506 (394)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun6.Gʻijduvon tumaniGʻishtiTuman hokimligi zaxirasida7919q (877)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun7.Gʻijduvon tumaniArmechanTuman hokimligi zaxirasida14285q (568)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun8.Gʻijduvon tumaniDenovTuman hokimligi zaxirasida13789q (74)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun9.Gʻijduvon tumaniXalqobodTuman hokimligi zaxirasida6043, 6044q (386)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun10.Gʻijduvon tumaniSarmijonTuman hokimligi zaxirasida11903q (431)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun11.Gʻijduvon tumaniSarvariTuman hokimligi zaxirasida10467q (252)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun12.Gʻijduvon tumaniPozagariTuman hokimligi zaxirasida9365q (382)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun13.Gʻijduvon tumaniZarangariTuman hokimligi zaxirasida10036q (433)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun14.Gʻijduvon tumaniYangiobodTuman hokimligi zaxirasida12886 (150)0,030,03BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun16.Gʻijduvon tumaniGulistonobodTuman hokimligi zaxirasida11260q (449)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun17.Gʻijduvon tumaniM. MirzayonTuman hokimligi zaxirasida14907q0,060,06BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun18.Gʻijduvon tumaniChagʻdariTuman hokimligi zaxirasida12574 q (709)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun19.Gʻijduvon tumaniOʻzanonTuman hokimligi zaxirasida14699q (208)0,10,1BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun20.Gʻijduvon tumaniZarangariTuman hokimligi zaxirasida10136q (426)0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun21.Gʻijduvon tumaniOʻzanonTuman hokimligi zaxirasida14 699 (208)0,970,9758Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun22.Gʻijduvon tumaniSharqTuman hokimligi zaxirasida13727q (2)8858Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun23.Gʻijduvon tumaniKoʻshkTuman hokimligi zaxirasida12 265q (152)1,981,9858Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun24.Gʻijduvon tumaniOqgulTuman hokimligi zaxirasida11 933 (472b)1,651,6558Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun25.Gʻijduvon tumaniOqgulTuman hokimligi zaxirasida11 962q (482)2,952,9558Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun26.Gʻijduvon tumaniKoʻlijabborTuman hokimligi zaxirasida11 550 (94)2,72,758Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun27.Gʻijduvon tumaniTodonTuman hokimligi zaxirasida3902q (14)4,14,158Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun28.Gʻijduvon tumaniSharqTuman hokimligi zaxirasida3895, 3896, 38973,063,0658Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun29.Gʻijduvon tumaniDenovTuman hokimligi zaxirasida7, 85,05,058Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar“Yangi Oʻzbekiston” bogʻini tashkil etish uchunJami32,9132,7000,21Gʻallaorol tumani1.Gʻallaorol tumaniQoʻytosh MFYDavlat oʻrmon xoʻjaligi1800,730,73baholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarGeologik qidiruv jarayonlarni amalga oshirish2.Gʻallaorol tumaniQoʻytosh MFYDavlat oʻrmon xoʻjaligi327, 328, 128, 134, 13534,434,4baholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarGeologik qidiruv jarayonlarni amalga oshirish3.Gʻallaorol tumaniQoʻytosh MFYDavlat oʻrmon xoʻjaligi207,337,33baholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarGeologik qidiruv jarayonlarni amalga oshirish4.Gʻallaorol tumaniQoʻytosh MFYDavlat oʻrmon xoʻjaligi12633baholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarGeologik qidiruv jarayonlarni amalga oshirish5.Gʻallaorol tumaniQoʻytosh MFYDavlat oʻrmon xoʻjaligi365, 34915,7715,77baholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarGeologik qidiruv jarayonlarni amalga oshirish6.Gʻallaorol tumaniKoʻkbuloq MFYVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi476,376,37baholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarGeologik qidiruv jarayonlarni amalga oshirish7.Gʻallaorol tumaniMadaniyat MFYDavlat oʻrmon xoʻjaligi5058, 5059, 505017,4117,41baholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarGeologik qidiruv jarayonlarni amalga oshirish8.Gʻallaorol tumaniNurafshon MFYZaxira yerlar45812,602,60baholanmaganSavdo-servis obyektlarini tashkil etish moʻljallangan yerlarXizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish9.Gʻallaorol tumaniUzunbuloq MFYZaxira yerlar738625,025,0baholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarGeologik qidiruv jarayonlarni amalga oshirishJami112,612,60110,010Yakkabogʻ tumani1.Yakkabogʻ tumani“Oqtosh” MFYF/X balansida47q5555Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar12 ta (432 ta xonadon) koʻp qavatli uylar savdo va servis obyektlari qurish.2.Yakkabogʻ tumaniUygʻur MFYTuman hokimligi zaxirasida9143344Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun3.Yakkabogʻ tumaniNavroʻz MFYTuman hokimligi zaxirasi71b, 72b, 745541Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun4.Yakkabogʻ tumaniUchtepa MFYTuman hokimligi zaxirasida1400,40,445Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun5.Yakkabogʻ tumaniNavroʻz MFYTuman hokimligi zaxirasida691146Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun6.Yakkabogʻ tumaniObod MFYF/X balansida201154Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun7.Yakkabogʻ tumani“Uchpeta” MFYF/X balansida141157Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun8.Yakkabogʻ tumani“Tatar” MFYTuman hokimligi zaxirasida1725547Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarSavdo va servis shoxobchalari kompleksini tashkil etish9.Yakkabogʻ tumani“Yashnabod” MFYF/X balansida3314452Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar45-umumtaʼlim maktab filiali10.Yakkabogʻ tumani“Qoʻshchinor” MFYOʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatni rivojlantirish qoʻmitasi2000,50,546Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar90 oʻrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish11.Yakkabogʻ tumaniUchtepa MFYF/X balansida1050,10,155Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarSuv inshooti qurishJami26,011,56,08,50,0Chortoq tumani1.Chortoq tumaniDoʻstlik MFYZaxira yerlar47, 48, 45, 16, 17, 1435,035,076Savdo-servis obyektlarini tashkil etish moʻljallangan yerlarXizmat koʻrsatish va Turizm2.Chortoq tumaniSaroy MFYZaxira yerlar418, 416, 419, 417, 420, 422, 395, 423, 424, 392, 391, 393, 394, 390, 430, 507, 506, 428, 42560,060,056Savdo-servis obyektlarini tashkil etish moʻljallangan yerlarTurizm kompleksi3.Chortoq tumaniOʻrikzor MFYZaxira yerlar3892,02,040Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun4.Chortoq tumaniIftixor MFYF/X balansidagi140,50,590Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun5.Chortoq tumaniBeshkapa MFYZaxira yerlar91, 937,07,070Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun6.Chortoq tumaniTinchlik MFYZaxira yerlar241,51,530Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun7.Chortoq tumaniBogʻiston MFYZaxira yerlar591,51,543Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun8.Chortoq tumaniOʻrikzor MFYZaxira yerlar363-146-459-364-365-369-368-370-378-377-376-379-380-384-383-382-381-149-135-145-386-387-388-385-389-371-148-144-137-375-389-372-148-74-36710650,05641Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchunJami213,592,50,00,0121,0Bulungʻur tumani1.Bulungʻur tumaniZarbdor massiviTuman hokimligi zaxira yerlar43, 56, 114, 162, 171, 701, 577q25,125,1BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTurizm kompleksi2.Bulungʻur tumaniFozil Yoʻldosh massiviTuman hokimligi zaxira yerlar861, 862, 864, 12577,67,6861, 862, 864, 1257 konturlar 68 ballSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarAgrologistika markazi4.Bulungʻur tumaniMingchinor massivi“QODIR BAXADIR DALASI” FX522, 5232,02,0522, 523 kontur 58 ballSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarBir joyda optimal joylashtiriladiganmahalliy boshqaruv organlari5.Bulungʻur tumaniGʻoʻbdin massivi“Oʻrta charxin limoni” MCHJ, “Samarqand intensiv bogʻlari” MCHJ, “Samarqand limon koʻchatlari tomorqa xizmati” MCHJ, “Samarkandskiy granat” MCHJ891, 892, 8774,00,00,00,004,0055Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarKoʻp qavatli uylar savdo va servis obyektlari qurishJami38,79,6025,14Denov tumani1.Denov tumani“Shamoli” MFYFarovon zamin baraka MCHJ346q0,060,0670Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun2.Denov tumani“Oxunboboyev” SIU hududidagi “Chagʻoniyon” MFY“Zoxirshox Oʻrolovich” FX9810,210,273Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun3.Denov tumaniDenov tumani “Nuriston” MFY“Baxriddin” fx154q2,52,572Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun4.Denov tumani“A. Temur” SIU hududidagi“Lochin” MFY“Denov Vino-Aroq (SAVB)” AJ419q7,87,867Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun5.Denov tumaniDenov tumaniOʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va Qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi11242q6161BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun6.Denov tumaniDenov tumani “Lochin” MFYDenov tuman hokimligi zaxirasida398q2,52,5BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchunJami84,0612,706110,36Yangiyoʻl shahri1.Yangiyoʻl shahri“Yangihayot” mahallasi“Yangiyoʻl Xamkor” MCHJ475Q9,709,7085Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun2.“Nov” mahallasi“Saxiy Bogʻ Neʼmatlari” MCHJ456q8,308,160,1485Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchun3.“Nov” mahallasi“Fazilatxon Al Abdulaziz” f/x456q7,007,0085Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarTadbirkorlik loyihalari uchunjami25,0024,860,000,000,14Quva tumani1.Quva tumaniKatta Dehqonobod va M. Sherboʻtayev mahallasiZaxira yerlar13, 15, 7, 18, 9, 3, 4, 10, 11, 84, 85, 86, 87, 342-q, 343-q, 344-q101,2101,240Baliqchilikni rivojlantirishTadbirkorlik loyihalari uchun2.Quva tumaniTurk mahallasiZaxira yerlar141311,711,734Xizmat koʻrsatish“Yangi Oʻzbekiston” massivi3.Quva tumaniYangi xayot, Iftixor, Turk mahallasiZaxira yerlar645, 646, 740, 741, 826, 313, 739, 453, 454, 455, 409, 301, 96, 159-qisman11,011,064Xizmat koʻrsatishTadbirkorlik loyihalari uchunJami123,9123,90,00,00,0Shovot tumani1.Shovot tumani“Komiljon ota”“Shermat Xolmat” f/x46-q8,78,734Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarSanoat hududi tashkil etish2.Shovot tumani“K. Raximov” massivi“Amanbay-2001” f/x331-q7,06,768,8Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarSavdo kompleksini tashkil etish3.Shovot tumani“K. Raximov” massivi“Agro pilla” MCHJ322-q, 326-q, 327-q 295-q2,82,868,8Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarXizmatlar maskanini barpo etishJami18,518,20,00,00,0Hazorasp tumani1.Hazorasp tumani“Sanoat” mahallasi“Iskandar Safayev” f/x44k, 45k,14,314,363Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarSanoat hududi tashkil etish2.Hazorasp tumani“Sanoat” mahallasi“Xasanboy Otaniyazov” f/x40k,7,67,663Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarSanoat hududi tashkil etishJami21,921,90,00,00,0Jadal tumanlar jami:705,58350,466,00204,61144,21xx

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga4-ILOVA

Bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari

T/rTashkilot va idoralar nomi1.Mahalla uyushmasi tuman (shahar) boʻlimi;2.Tuman (shahar) arxitektura va uy joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi;3.Tuman (shahar) Kadastr boʻlimi;4.Kadastrlar palatasi tuman (shahar) filiali;5.Tuman (shahar) statistika boʻlimi;6.Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi;7.Tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi;8.Tuman (shahar) xalq qabulxonasi boʻlimi;9.Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi;10.Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi;11.Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi;12.Tuman (shahar) partiya Kengashlari;13.Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi;14.Tuman (shahar) pensiya boʻlimi;15.Tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimi;16.Tuman (shahar) madaniyat boʻlimi;17.Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi**;18.Tuman suv xoʻjaligi boʻlimi**;19.Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi;20.Tuman (shahar) oila va xotin qizlar boʻlimi;21.Tuman fermerlar Kengashi**.

Izoh:

* Tuman (shahar) imkoniyatlaridan kelib chiqib, qamrab olinadigan tashkilotlar oʻzgarishi mumkin.

** Yangiyoʻl va Margʻilon shaharlari bundan mustasno.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.